O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


Download 0.61 Mb.
bet55/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

TASVIRIY IFODA
Shaxs, narsa-buyum, voqea-hodisalami tasvirlash yo'li bilan bildiradigan so‘z birikmalari tasviriy ifodalar yoki parafrazalar deyiladi. Ular biror narsa va hodisani boshqa bir narsa va hodisaga o'xshatish orqali tasvirlab ifodalaydi hamda narsa va hodisalarning ikkinchi nomi hisoblanadi. Tasviriy ifodalar so'zning ma’nosini oydinlashtirish, matnni badiiylashtirish, takrorning oldini olish kabi uslubiy vazi- falarni bajaradi. Masalan:
po'lat ot chavandozlari, zangori kema kapitanlari - mexanik-haydovchilar
dunyo tomi - Pomir
po'lat etak - bunker
yashil vodiy - Farg'ona
xalq oqsoqoli - Prezident
po'lat ot-traktor
kumush tola - pilla
ekinning qoni - suv
zangori olov - gaz alangasi
oq oltin toglari - paxta uyumlari
ilm kaliti - kitob
yashil boylik - o'rmon
dala malikasi - makkajo'xoH
mo'yqalam sohiblari - rassomlar
kino yulduzi - mashhur kino artisti
charm qo'lqop ustasi - bokschi
hayvonlar podshosi - sher
qanotli do'stlar - qushlar
Tasviriy ifodalarda ham ma’nodoshlik va shakldoshlik kuzatiladi. Bir so'zning bir necha tasviriy ifodalari bo'lsa, ular ma’nodosh hisoblanadi. Masalan: televizor - zangori ekran, oynayi jahon; bahor — fasllar kelinchagi, uyg'onish fasli kabi.
Ba’zan bir tasviriy ifoda bir necha so'z o'mida qo'llanadi. Bunday holda ular shakldosh hisoblanadi. Masalan:
aql gimnastikasi - shaxmat va matematika;
asr vabosi - OITS va giyohvandlik;
qora oltin - neft va ko'mir;
bahor elchisi - qaldirg'och va boychechak kabi.

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR


mashq. Quyidagi tasviriy ifodalami daftaringizga ko'chirib yozing va ularga izoh bering.
Mo'yqalam sohibi - Salomatlik posborilari - Charm qo'lqop ustasi - G'azal mulkining sultoni - Hayotimiz qomusi - Oltin boshoq - Ko'zimning nuri - Kumush choyshab -
mashq. Gaplarni o'qing. Tasviriy ifodalar orqali nimalar haqlda gap ketayotganini belgilang.
Zangori ekran orqali «Qishloqdagi tengdoshim» ko'rsatuvi namoyish etildi. 2. Oq oltin ijodkorlari bu yil ham o'z zimmalaridagi vazifani sharaf bilan bajarishdi. 3. Dalalarga baraka urug'i ekib bo'lindi.
mashq. Gaplarni o'qib, tasviriy ifodalami toping, ularga izoh bering.
Yaylov bahodiriari qo'zilatish kampaniyasini boshlab yubordilar. 2. Yurtimizga uzoq o'lkalardan qanotli do'stlarimiz uchib kela boshladi. 3. O'zbekiston «qora oltin»i bilan ham dunyoga mashhur bo'lmoqda.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling