O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
GUL VA NAVOIY NAVOSI
Alisher Navoiy o'z asarlarida gul, uning vazifasini o'taydigan giyoh va o'simliklar, gulga aloqador ashyolar, shuningdek, mavjudotlarning juda ko'pidan va xilma-xillaridan keng foydalanadi. Shu bilan birga, ulug' shoir o'z maqsadlarini ifodalashda gul va gulistonlardan ayrim g'azallarining ba'zi baytlaridagina foydalanib qo'ya qolmay, balki o'nlab g'azallarini butun-butunligicha ana shunday ifodalashga bag'ishlaydi. Ularda o'nlab xildagi gullar: nasrin, nastarin, nargis, nilufar, savsan, rayhon, xino, zanboq guli, lola, sadbarg, ra’no, hazorg'uncha, zag'far, sumanpar; yoqimli hidi va go'zal ko'rinishi bilan gulni eslatuvchi giyohlar: sunbul, ishqi pechan; manzarali daraxtlar: sarv, ar- ar, arg'uvon, shamshod kabilar haqida ma’lumot beradi. Ya'ni guloroy - gul bilan bezangan, gulrez - gul to'kuvchi, gulpo'sh - gul yopingan, qip-qizil gulday kiyingan, gulbang - yoqimli ovoz, bulbul ovozi, guldastaband - majozan quyosh nuriari kabi iboralar Navoiy asarlarining mazmunini ochib berishda mislsiz zo'r xizmat qiladi. Shuningdek, yuqorida aytib o'tilgan iboralarning aksariyatini ulug' Navoiy sinonimiya vositasida turli variantlarda ishlatgan gul, chechak, vard, shugufa kabi. Shu bilan birga, gulga oid ko'pchilik iboralardan omonimiya yordamida turli ma’nolar hosil qilgan: gul (chechak), gul (bezak), gul (yashnamoq), gul (mahbuba), gul (go'dak), gul (umuman, inson), gul (qizamiq) singari. Buyuk shoirning asarlarida gul tushunchasidan foydalanish ko'lami katta va keng... (O.Valixonov) UYADOSH SO'ZLAR Uyadosh so'zlar bir mazmuniy uyaga (guruhga) mansub so'zlardir. Masalan: qalpoq, do'ppi, telpak, ro'mol so'zlari bosh kiyimlari uyasiga; shippak, tufli, krasovka, botinka, mahsi kabi so'zlar oyoq kiyimlari uyasiga mansub. Tilimizdagi barcha so'zlar ongimizda ma’lum mazmuniy uyalarga birlashgan holda saqlanadi. Bu esa so'zlaming xotirada oson saqlanishi va nutqiy jarayonda ulardan oson foydalanish imkonini beradi. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR mashq. Quyida berilgan so'zlami qo'y va qoramol so'zlari ostiga biriashtirib yozib chiqing. Buzoq, qo'zichoq, qorako'l terisi, sigir, sovliq, novvos, qo'chqor, jun, buzoqboqar, qo'ychivon. mashq. G'o'za so'zi uyasiga biiiashadigan so'zlami aniqlang. Bu uyaga yana qanday so'zlami kiritish mumkin? G'o'za - tolasi uchun ekiladigan texnika ekinlaridan biri. Paxta tolasidan ip yigiriladi, undan xilma-xil gazmol to'qiladi. Chigitidan moy olinadi, undan sovun ham tayyorlanadi. Chigit chiqindisidan olinadigan kunjara mahsuloti chorva hayvonlari uchun to'yimli ozuqa hisoblanadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling