O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
BARQAROR BIRI KM ALAR. BARQAROR BIRIKMALAR TASNIFI
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- FRAZEOLOGIZMLAR - IBORALAR
BARQAROR BIRI KM ALAR. BARQAROR BIRIKMALAR TASNIFI
Nutqiy jarayonda fikrimizni bayon qilish uchun so'zlar yordamidagina emas, balki bir necha so'zlaming barqaror bog'lanishidan hosil bo'lgan birikmalardan ham foydalanamiz. Masalan: Toshkentdagi istiqlol davrida qurilgan inshootlarni ko‘rib og'zim ochilib qoldi. Bu gapda og'zim ochilib qoldi birikmasi so'zlovchi tomonidan nutqqa tayyor holda olib kirilgan. Og'zi ochilib qolmoq birikmasi nutq jarayoniga qadar ham tayyor holda barqaror birikma sifatida mavjud va mazmunan bir leksema - hayron bo'lmoq leksemasi ifodalangan ma’noga teng keladi. Yoki yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda deydi xalqimiz jumlasida deydi xalqimiz birikmasi tarkibidagi so'zlar o'zaro erkin bog'langan bo'lsa, undan pldingi so'zlar so'zlovchining nutqiga qadar xalqimiz tomonidan yaratilgan, tilimizda tayyor holda mavjuddir. .. Ikki va undan ortiq so'zlaming o'zaro barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutq jarayoniga tayyor holda olib kiriluvchi, til egalari xotirasida imkoniyat sifatida mavjud bo'lgan til birliklari barqaror birikmalar deyiladi. Barqaror birikmalaming eng xarakterli belgilari quyidagilar: Nutq jarayoniga qadar tilda mavjudlik: nutqqa tayyor holda olib kirishlik. Ma’no butunligt - Tuzilishi va tarkibining barqarorligi. Barqaror birikmalardan o'rinli foydalanish nutq go'zalligini ta’minlaydi, shuning uchun ular nutqimiz ko'rki hisoblanadi. Barqaror blrikmalarni o'rganuvchi tilshunoslik bo'limi paremiologiya (lotincha parema - barqaror, logos - ta’limot), barqaror birikmalar lug'atini tuzish muammolarini o'rganuvchi bo'lim esa paremiografiya sanaladi. Barqaror birikmalar nutqqa tayyor holda olib kirilishi, tarkibiy qismlarining barqarorligi belgisiga ko'ra umumiylikni tashkil etsa ham, ma’no butunligi nuqtayi nazaridan turti- chadir. Shunga ko'ra, barqaror birikmalar quyidagi guruhlarga bo'linadi: Frazeologizmlar. Maqol va matallar. Aforizmlar. FRAZEOLOGIZMLAR - IBORALAR Iboralar - ma'nosi bir so'zga teng keladigan gap yoki so'z birikmalari. Iboralar har doim ko'chma ma’noda ishlatiladi. Ma’no yaxlitligiga ega bo'lgan va nutqiy jarayonga qadar ikki va undan ortiq so'zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi ko'chma ma’nodagi barqaror birikmalarga frazeologizmlar deyiladi, Masalan: bir yoqadan bosh chiqarib - ahil bo'lib; ko'ngli joyiga tushdi - tinchidi; tepa sochi tikka bo'ldi - jahli chiqdi, achchiqlandi; xamirdan qil sug'urganday - oson; tekkanga tegib, tegmaganga kesak otadi - xira, tegajoq; qo'y og'zidan cho'p olmagan yuvosh; aravani quruq olib qochadi - maqtanchoq, yolg'onchi; yerga ursa, ko'kka sakraydi - juda sho'x; qulog'i ding bo'lmoq - hushyor bo'lmoq; qovog'i osilmoq - xafa bo'lmoq; og'zining tanobi qochmoq - quvonmoq; dali-g'uli - ko'ngli toza; do'ppisi yarimta-beg'am kabi. Frazeologizmlar gap tarkibida uning bir bo'lagi vazifasida keladi. Iborani tashkil et- gan so'zlar uning faqat ichki uzvlari sanaladi. Gapning boshqa bo'laklari bilan yaxlit, bir butun holda munosabatga kirishadi. Masalan: Rais daladagi hosilni ko'rib boshi osmonga yetdi. Bu gapda boshi osmonga yetdi iborasi butun holda murakkab kesim vazifasini bajargan. Yoki: Ayolga qo'l ko'tarish gunoh hisoblanadi gapida qo'l ko'tarish iborasi yaxlit holda ega vazifasini bajargan. 1 Iboralar, asosan, so'zlashuv va badiiy uslubda keng ishlatiladi, rasmiy va ilmiy uslublarda qo'llanilmaydi. Iboralar ma’nodoshlik, antonimlik va shakldoshlik xususiyatiga ega. Bir-biriga ma’nosi yaqin iboralar ma'nodosh iboralar (frazeologik sinonimlar) deyiladi. Masalan: dunyoga kelmoq - tavallud topmoq; boshi ko'kka yetmoq - og'zining tanobi qochmoq; og'ziga qatiq ivitmoq - mum tishlamoq - og'ziga talqon solmoq kabi. Agar so'z va ibora ma'nodosh bo'lsa, leksik-frazeologik sinonimlar deb ataladi. Masalan: yog' tushsa yalagudek - toza; ilonning yog'ini yalagan - ayyor kabi. Qarama-qarshi ma’noli iboralar zid ma’noli iboralar (frazeologik antonimlar) deyiladi. Masalan: dunyoga kelmoq - dunyodan ketmoq; yerga ursang ko'kka sapchiydigan - qo'y og'zidan cho'p olmagan kabi. Agar so'z va ibora zid ma'noli bo'lsa, ular leksik-frazeologik antonimlar deb ataladi. Masalan: qimmat - suv tekin; baxil - qo'li ochiq kabi. Shakli bir xil, ma'nosi har xil iboralar shakldosh iboralar (frazeologik omonimlar) deyiladi. Masalan: boshga ko'tarmoq I - e’zozlamoq; boshga ko'tarmoq II - shovqin solmoq kabi. Dam bermoq, ko'z yummoq, qo'l ko'tarmoq, ko'nglini ochmoq, jon ber- moq, ko'nglini bo'shatmoq kabi iboralar ham shakldoshlik xususiyatiga ega. Ayrim iboralar so'z birikmalari bilan ham omonimlik hosil qiladi. Masalan: Ota-bobolarning nasihatini esdan chiqarmaslikni o'g'lining auloa'iaa auvdi - ibora; Shifokor dorini bolaning quloa'iaa quvdi - so'z birikmasi. Bunday birliklar o'z ma'nosida qo'llansa - so'z birikmasi, ko'chma ma'noda qo'llansa - ibora hisoblanadi. Qiyoslang: Ona uxlash uchun ko'z vumdi - so'z birikmasi, Yaqin bir oy ichida dunyodan ko'z vum- dj - ibora; Mashinadan kechgacha qovun tushirdi - so'z birikmasi, Aytmoqchi bo'lgan gapini unutgani uchun aovun tushirdi - ibora; Yuk omboming ichiaa sia'madi - so'z birikmasi; Feruza xursandligidan ichiaa sia'madi - ibora. Iboralaming eng asosiy belgilari sifatida quyidagilami ko'rsatish mumkin: Iboraning tarkibida ikki yoki undan ortiq so'zlar qatnashgan bo'ladi. Ibora yaxlit bir lug'aviy ma’noni ifodalaydi. Iboraning tarkibidagi so'zlar o'z leksik ma'nolarini yo'qotgan bo'ladi. Ibora turg'un birikma sifatida erkin birikma bilan faqat omonimlik hofatda bo'ladi. Iborani faqat yaxlitligicha almashtirish mumkin. Ibora gapning tarkibida yaxlitligicha bir sintaktik vazifada keladi. Iborani boshqa tillarga so'zma-so'z tarjima qilib bo'lmaydi, yaxlitligicha tarjima qilinadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling