O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
IMLO LUG'ATI VA UNDAN FOYDALANISH
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- ETIMOLOGIK LUGAT VA UNDAN FOYDALANISH
- Ayrim lugatlardan namunalar Ensiklopedik lugatdan namuna
IMLO LUG'ATI VA UNDAN FOYDALANISH
Har bir tilda shu tildagi so'zlami to'g'ri yozishga qaratilgan maxsus qonun-qoidalar majmuyi bo'ladi. Bunga imlo yoki orfografiya qoidalari deyiladi. Imlo qoidalari amaldagi yozuvga mos ravishda yaratiladi. Kirill yozuviga asoslangan hozirgi o'zbek yozuvi uchun bugungi kunga qadar 1956-yili yaratilgan imlo qoidalari asos vazifasini o'tab kelmoqda. Lotin yozuviga asoslangan yangi o'zbek yozuviga o'tilishi munosabati bilan imlo qoidaiariga ham sezilarli darajada o'zgartirishlar kiritildi. Shu munosabat bilan 1995- yili professor A.Hojiyev muharririigida yangi «O‘zbek tilining imlo lug‘ati» nashr qilindi. Imlo lug'atlarida so'zlar orfografiya qoidalari asosida alifbo tartibida beriladi. Ayrim imlo lug'atlarining nashr ma’lumotlari: Birlashgan o'zbek alfaviti va orfografiyasi. - Toshkent: Fan, 1940. Ibrohimov S., Rahmonov M. Imlo Iug'ati. - Toshkent: O'qituvchi, 1956,1964. Ibrohimov S., Begmatov E., Ahmedov A. O'zbek tilining imlo Iug'ati. - Toshkent: Fan, 1976.' O'zbek tilining imlo Iug'ati / A.Hojiyev tahriri ostida. - Toshkent: O'qituvchi, 1995. ETIMOLOGIK LUG'AT VA UNDAN FOYDALANISH Tildagi har bir so'z o'zining kelib chiqish tarixiga, etimologiyasiga ega. Masalan, Toshkent so'zi qadimda Choch, Shosh deb yuritilgan. Aytishlariga qaraganda, bug'doy, sholi yanchiladigan xirmonning o'mi, maydonni choch, shosh deb atashgan ekan. Unga joy ma’nosini bildiruvchi kent so'zi qo'shishib Chochkent - Toshkent deb atay boshlashgan. Yoki ich- kari so'zi ich o'zagida tomon ma’nosini beruvchi gari qo'shimchasidan iborat. Tildagi so'zlaming kelib chiqish tarixini o'z ichiga olgan lug'atlar etimologik lug'atlar hisoblanadi. Professor Sh.Rahmatullayevning ko'p yillik samarali mehnatlari tufayli o'zbek tilida ham dastlabki etimologik lug'at paydo bo'ldi. Ayrim lug'atlardan namunalar Ensiklopedik lug'atdan namuna: TOVUQ. Uy parrandalari - tovuqsimonlar turkumiga mansub parranda. Yovvoyi bankiv tovug'idan tarqalgan. Parrandalaming eng ko'p sonli turi. Undan tuxum, go'sht, par va pat olinadi, axlatidan o'g'it sifatida foydalaniladi. Beriladigan mahsulotiga qarab T. lar serpusht, hammabop (tuxum - go'sht uchun boqiladigan) va go'shtdor zotlarga bo'linadi. Bular tashqi ko'rinishi va tuzilish xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Serpusht T. lar kichkina, tez voyaga yetadi, hammaboplari yirikroq, yaxshi rivojlangan bo'ladi. Xo'rozlarining oyoqlari pastki qismida pixi, boshida toji bo'ladi. Serpusht T. lar toji bargsimon, tumshug'i sal pastga qaragan. Tumshug'i va pixining rangi deyarli ham- ma zotlarda bir xil: sariq, och pusht, qora va hokazo. Pati turli rangda. Serpusht T. lar 1,8 - 2,2 kg, xo'rozlari 2,7 - 3,0 kg; hammaboplari 2,5 - 4,0 kg, go'shtdorlari 3,0 - 4,5 kg, tuxumdan chiqqan jo'jalari 30 - 35 g. 70 - 80 kunlik hammabop zot jo'jalari serpushtlaridan 20 - 30% og'ir.. Serpusht zotlar yiliga 220 - 250, ayrimlari 365 tagacha tuxum qiladi. Zotdor T. lar seleksiya yo'li bilan ko'paytirilganda serpusht bo'ladi. T. 5 - 6 oylikdan tuxumga kiradi, dastlabki tuxuirri 40 - 50 g, 1 yoshga yaqinlashgach 55 - 65 gramm. Hammabop zotlar tuxumi mayda. T. tullaganda tuxum qilmaydi, tullash 2-3 hafta, ba’zilarida 2 oy va undan ortiq davom etadi. T. 10 yilgacha tuxum qilfehi* mumkin. Sanoat maqsadida tuxum yetishtiradigan xojaliklarda T. lar tuxumga kirgandan keyin faqat bir yil saqlash iqtisodiy foyda keltiradi, chunki tuxumi T. ning yoshiga qarab yiliga 10 -15% kamayadi, naslchilik xo'jaliklarida faqat sermahsul T. lar 2-, 3-yilga qoldiriladi. Nasldor T. laming 50 - 60% yoshiga yet- magan, 30 - 35% ikki yoshli va 10% uch yoshli bo'ladi. Xo'rozlar 2—3 yii saqlanadi, 8 -1 12 tovuqqa 1 ta xo'roz to'g'ri keladi. Jo'jalar inkubatorda ochiladi. Embrional rivojlanish davri o'rta hisobda 21 kun. T. lar parrandaxonalarda don, sabzavot, mineral oziqlar, vitamin va b. bilan boqiladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling