O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


Download 0.61 Mb.
bet65/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

Izohli lug'atdan namuna:
TOVUQ 1 Go'shti, pati va tuxumi uchun boqiladigan urg'ochi uy parrandasi. Ser- tuxum tovuq. Kurk tovuq. Tovuq katagi. Tovuqning tushiga don kiradi. Maqol. Bir tovuqqa ham suv kerak, ham don kerak tirikchilik uchun kishiga hamma narsa kerak degan ma'nodagi maqol. Ola tovuq somon sochar, o'z aybini o'zi ochar o'zining yoki yaqinlarining aybini gapirib yuradigan odam haqida aytiladigan maqol. Dumi yulingan tovuqday.' q. Dum 1 oyog'i kuygan tovuqday q. Oyoq.
Shu parrandaning go'shti (ovqat, masalliq sifatida). Qovurilgan tovuq. Tovuqni yesang biryeysan, tuxumini yesang ming yeysan. Maqol.
Ba’zi qushlaming modasi, makiyon. Qirg'ovulning tovug'i.
dial. Tunda xo'roz qichqirishi bilan belgilanadigan vaqt. Bir tovuq o'tganda yotdik.
Muchal yii hisobida o'ninchi yil nomi. Uning yili tovuq. Tovuq yili muchal yii hisobida o'ninchi yil.
VATAN (a) 1. Kishi tug'ilib o'sgan va uning grajdani hisoblangan mamlakat, ona - yurt: ona - Vatan, ulug' Vatan.
Kishining tug'ilib o'sgan o'lkasi, shahri yoki qishlog'i, yurt, diyor: Bulbul chamanni sevar, odam vatanni.
Turarjoy, boshpana, maskan, uy: o'ziga vatan qurmoq.
«Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop lug‘ati»dan olingan parcha
Davlat tuzilishi va uning shakllari. Davlat o'z tuzilishi jihatidan uch turda: feder­ate, konfederativ va unitar tarzda bo'lishi mumkin. Bunday holat davlatning tarkibiy qismlari o'rtasidagi, qismlarning markaziy hokimiyat bilan o'zaro munosabatlari, shuningdek, har bir hududiy qismning huquqiy mavqeyi turlicha mohiyat kasb etishidan kelib chiqadi.
Unitar (yaxlit) davlatlar, federatsiyadan farqli o'laroq, viloyat, o'lka, tuman, guberna, grafliklar singari ma'muriy-hududiy qismlardan tashkil topgan tuzumdir.
Federativ (murakkab) davlatlar esa davlatchilikning avtonom (muxtor) shtatlar, hududiy yer birliklari kabi qismlardan tuzilgan bo'ladi (Masalan, AQShda shtatlar, GFR- da hududiy yer birliklari federatsiyaning tarkibiy qismlaridir).
Konfederatsiya davlat tuzilishining shunday bir shakliki, unga ko'ra, konfederat- siyani tashkil etuvchi davlatlar o'z mustaqilligini to'la saqlab qolgan holda muayyan bir maqsad (harbiy, xo'jalik, muhim ichki va tashqi siyosat masalalari)da o'z kuchlarini uyg'unlashtirib ish ko'radilar.
Sh.Rahmatullayev, N.Mamatov, R.Shukurovning «O‘zbek till an- tonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan quyidagi misolga diqqat qiling.
ACHCHIQ 1 SHIRIN 1
Ta’mi qalampimikiga o'xshash achchiq Ta'mi shakamikiga o'xshash shirin
achchiq dori chuchuk dori
achchiq anor chuchuk anor
Achchiq bilan chuchukni totgan bilar, uzoq bilan yaqinni yurgan bilar (Otalar so'zi).
ACHCHIQ 2 SHIRIN 2
Kishining izzat-nafsiga tegadigan, xafa qiladigan Kishiga rohat bag'ishlaydigan, xursand qiladigan
achchiq so'z shirin so'z
achchiq turmush shirin turmush
Achchiq savol berib shirin javob kutma (Maqol).
A.O‘lmasov, N.To'xIiyevning «Bozor iqtisodiyoti» (qisqacha lug'at- ma’lumotnoma)dan olingan quyidagi misolni daftaringizga yozib oling.
POLIS (fr. polici, ital. pollissa - tilxat) - shaxsiy yoki mulkiy sug'urta shartnomasi zarurat tug'ilganda sug'urtachiga qarshi da’vo qo'zg'atib zarami undirish uchun sudga taqdim etiladigan rasmiy hujjat.
«O‘zbek tili omonimlarining izohli lug‘ati» (Toshkent: O'qituvchi, 1984) dan olingan quyidagi misolni o'qing.


BOG‘
Bog' 1 ot. Biror narsaning to'dalab bog'langan holati (puchok). Bog'lamoq, bog'lash. Bir bog' beda, bir bog' piyoz (ukrop, kashnich, rediska).
Bog' 2 (tojikcha) ot. Uzum (tok), mevali daraxtlar ko'p ekilgan yer uchastkasi (sad). Bog'bon, bog'dor, bog'iston, bog'cha (bolalar bog'chasi), bog‘-rog‘, bog'-bo'ston. Uzumini ye, bog'ini surishtirma. Bog'ga boqsang, bog' bo'ladi, botmon dahsar yog' bo'ladi (Maqol).
Atoqli tilshunos olim Mahmud Koshg'ariyning «Devonu lug'otit turk» asari turkiy xalqlarning ilk Iug'ati sanaladi. Muallif uni 1072-yili yoza boshlagan va 1074-yili tugatgan. Bunga qadar u bir necha o'n yillar davomida Chin (Xitoy)dan tortib to Rum (Vizantiya)ga qadar bo'lgan ulkan hududda yashovchi turkiy qabilalarni birma- bir o'rganib chiqqan. Bu haqda uning o'zi shunday yozadi:
Men turklar, turkmanlar, o'g'izlar, chigillar, yag'molar, qirg'izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko'p yillar kezib chiqdim, lug'atlarini to'pladim. Men bu kitobni maxsus alifbe tartibidagi hikmatli so'zlar, sajlar, maqollar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim. Bu ishda misoi tariqasida turklarning tilida qo'llanib kelgan she’rlaridan, shodlik va motam kunlarida qo'llaniladigan hikmatli so'zlaridan, maqollaridan keltirdim.
Devon ikki qismdan iborat: «Muqaddima» va «Lug‘at». Undan mehnat va marosim qo'shiqlari, o'gitnomalar, munozara shaklidagi to'rtliklar, Alp Er To'ng'a (Afrosiyob) marsiyasi kabi ajoyib adabiy yodgorliklar o'rin olgan. «Devonu lug'otit turk» bitmas- tuganmas ilm manbaidir.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling