O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
FILOLOGIK LUG'ATLAR VA ULARNING TURLARI. IZOHLI
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
FILOLOGIK LUG'ATLAR VA ULARNING TURLARI. IZOHLI
LUG'AT. TARJIMA LUG'AT. ULARDAN FOYDALANISH Filologik lug'atlar ma'lum bir tildagi so'zlami o'z ichiga oladi. So'zlar muayyan bir tartibda (yo alfavit asosida, yo mazmuniy guruhlar asosida) joylashtiriladi. Filologik lug'atlaming o'zi, avvalo, izohli va tarjima lug'atlarga bo'linadi. Tildagi so'zlami izohlashga qaratilgan lug'atlar izohli lug'at, muayyan tildagi so'zlaming ikkinchi tilga tarjimasini berishga qaratilgan lug'atlar esa tarjima lug'at sanaladi. 1981-yili Moskvadagi «Russkiy yazik» nashriyotida nashr qilingan 2 jildlik «O‘zbek tilining izohli lug‘ati», 2006 - 2008-yillarda O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti tomonidan nashr qilingan va 80 ming so'z hamda so'z birikmasini o'z ichiga olgan 5 jildli «O‘zbek tilining izohli lug'ati», 2001-yili Toshkentdagi «Sharq» nashriyot-matbaa konserni bosh tahririyati tomonidan nashr etilgan «O‘zbek tili faol so'zlarining izohli lug‘ati» yoki o'zbekcha-ruscha, inglizcha-o'zbekcha-ruscha lug'atlar bunga misol bo'la oladi. Izohli lug'atlar so'zlikning tanlanishiga ko'ra umumiy va tarmoq lug'atlarga bo'linadi. Tilning barcha so'zlarini izohlashga qaratilgan lug'atlar umumiy izohli lug'atlar, ma’lum bir tarmoqqa doir so'zlarnigina tanlab, ulami bir tartibda joylashtirib izohlashni maqsad qilgan lug'atlar tarmoq lug'at hisoblanadi {masalan, kasb-hunarga doir lug'atlar, ma’lum fan sohasi bo'yicha atamalar iug'ati va boshqalai). Har qanday lug'at shu lug'atning egasi bo'lgan xalqning katta madaniy va ma’naviy boyligi sanaladi. Ayrim izohli lug'atlaming nashr ma’lumotlari: Navoiy asarlari Iug'ati. - Toshkent: Adabiyot va san’at, 1972. - 784 b. O'zbek tilining izohli Iug'ati. - M., 1981.1-jild. 632 b; 2-jild, 715 b. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli Iug'ati. - Toshkent: Fan, 1983.1-jild. 656 b; 1983.2-jild, 644 b; 1984.3-jild. 622 b; 1984.4-jild. 634 b. Mustaqillik izohli ilmiy-ommabop Iug'ati. -Toshkent: Sharq, 1998. - 318 b. O'zbek tili faol so'zlarining izohli Iug'ati. - Toshkent: Sharq, 2001. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling