O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR


Download 0.61 Mb.
bet71/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
mashq. Quyida berilgan birikmalardan kasbiy atamalarni toping va ularning qaysi kasbga oidligini aniqlang.
Chaplama qilib suvamoq, jiyak qadamoq, jo'yakni katta olmoq, pushtani keng tashlash.
mashq. Xalqimizga tegishli bo'lgan kasb-korlar haqida bahs yuriting, Matndan kasbiy atamalarni belgilang.
Paxtakorlik - bizga ota kasb. Shu bilan birga biz qorako'lchi va pillachilar hammiz. Paxtamiz uchun yer, suv, agrotexnik mexanizmlar, o'g'it va ishchi kadrlarimiz bor. Qorako'lchilikka poyonsiz yaylovlarimiz, ishbilarmon cho'ponlarimiz, zootexniklarimiz, oziq-ovqatimiz va dori- darmonlarimiz bor. Pillachilikda-chi?!


O'ZBEK TILI LEKSIKASINING BOYISH MANBALARI
O'zbek tili leksikasi, ya’ni so'z boyligi bir qancha manbalar asosida boyib, rivojlanib boradi. Ulami, eng avvalo, ikki katta guruhga ajratish mumkin:
Ichki manba - o'z ichki imkoniyatlari asosida boyish.
Tashqi manba - boshqa tillardan so'z olish asosida boyish.
1. O'zbek tili leksikasining o'z ichki imkoniyatlari asosida boyib borish imkoniyatlari juda kengdir. Ichki manba asosida boyish quyidagi yo'llar bilan amalga oshadi:
1) ilgari qo'llanilib, keyin iste’moldan chiqib ketgan so'zlardan yangi tushunchalarni ifodalash uchun foydalanish: vazir, hokim, viloyat, shirkat, noib, tuman kabi. Bunday so'zlar hozirda lug'at boyligimizda ko'plab topiladi;
2) so'z yasovchi qo'shimchalar va so'zlami qo'shish yordamida yangi so'z yasash: uyali telefon, omonatchi, pudratchi, bojxona, auditchi (auditoi), dizayn- chi (dizayner) va boshqalar;
3) dialektal so'zlami faollashtirish (shevalardan adabiy tilga so'z olish): mengzamoq (Xorazm) - o'xshatmoq, tenglashtirmoq, qiyoslamoq ma’nosida. Shevalardan so'z olish, asosan, kasb-hunarga doir so'zlar, adabiy tilda mavjud bo'lmagan so'zlar hisobiga bo'ladi. Masalan, dehqonchilikka oid yaxob (qishda yerlarni sug'orish), qirqim (chorvadorlikda qo'ylarning yungini qirqish) kabilar shevalardan adabiy tilga o’tgan.
O'zbek tili leksikasi tashqi manbalar asosida ham boyib bormoqda. Dunyoda boshqa tillardan so'z olmasdan faqat o'z ichki imkoniyatlari asosidagina rivojlanadigan birorta til yo'q. Bundan o'zbek tili ham mustasno emas. Faqat ma’lum zarurat tufay- li yangi tushunchani ifodalovchi o'z tilimizning ichki imkoniyatlari asosida ifodalab bo'lmagandagina tashqi manbalarga murojaat qilish foydalidir. Bobolarimiz Alisher Navoiy, Mahmud Koshg'ariy ham shunga da’vat qilgan.
Keyingi davrlarda tilimizga Yevropa tillaridan bir qancha so'zlar yangi tushunchalar bilan birgalikda kirib keldi. Masalan, monitoring, diler, skaner kabi Bulaming ham- masi o'zbek tili leksik imkoniyatlarini kengaytirib, boyitmoqda.
Tilimiz taraqqiyotida sinonimlar muhim ahamiyatga ega, u ikki baza asosida paydo bo'ladi: tilning ichki imkoniyatlari asosida va boshqa tildan so'z olish natijasida.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling