O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
NEOLOGIZMLAR
Neologizmlar - yangi paydo bo'lgan so'zlardir. Hozirgi kunda yangilik belgisini saqlab turgan so'zlarga yangi paydo bo'lgan so'zlar deyiladi. O'zbekiston mustaqillikka erishgach iqtisod, madaniyat, fan va texnika, tashqi aloqalar sohasida katta yutuqlarga erishdi, natijada' boshqa tillardan ko'plab so'z va iboralar kirib keldi. Bular yangi tushunchalarni ifodalagani uchun yangi paydo bo'lgan so'zlar deyiladi. Yevropa tillaridan kirgan yangi so'zlar: Avizo - hisob-kitob operatsiyasi, aksiya - paychiga beriladigan qimmatbaho qog'oz; auksion - kimoshdi gavdosi; balans - narsalaming o'zaro muvofiq salmog'i; broker - rasmiy dallol; viza - o'zga mamlakatlarga kirish uchun berilgan ruxsatnoma. Arab va fors tillaridan kirgan hamda eski o'zbek tilidan tiklangan yangi so'zlar: anjuman, badal, bayonnoma, boj, buyurtma, vazir, vasiqa, voris, jyuri, kafolat, erkin- lashtirish, muallif, xatboshi, paychi, hakam. Neologizmlar vaqt o'tishi bilan tilda turg'un holda qo'llana boshlaydi va shu tilning faol leksikasidan.o'rin oladi. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR mashq. Quyidagi so'zlami faol va passiv so'zlarga ajrating. Yer, quyosh, odam, bashar, chaqmoq, uy, yo'l, dinozavr, uzoq, imlo, g'azal, koi- not, ayol, odob, daryo, rejalashtirish, tabib, jadallashtirish, ekmoq, olim, magistratura, bakalavr, zilzila, toshqin, kuldi, sun’iy, agrotexnika, iste’mol, yigiamoq, yilnoma, yoqilg'i, hafta, sut, qatiq, tovar. mashq. Arxaik so'zlarga ma’no jihatidan muqobil zamonaviy so'zlar toping. Yog'iy, dubulg'a, bitik, cherik, firqa, yovuq, pud, qadoq, etmak, handasa. mashq. Ko'chiring. Yaqin otmishda qo'llanmagan yoki boshqacha nomlar bilan atalgan so'zlaming ostiga chizing. Fermer xo'jaliklari soni tobora ortmoqda. («Xalqso‘zi») 2. Har bir tuman va shaharlarda.yangi o'quv muassasalari qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. 3. «Oq- tosh» oromgohi Toshkent viloyatlda joylashgan. U yerdagi o'yingohda bolalaming sport bilan shug'ullanishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. 4. Keyingi yillarda tadbirkor- lik bilan shug'ullanayotgan yurtdoshlarimiz safi tobora kengaymoqda. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling