O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- QO‘LLANILISH DOIRASI CHEGARALANMAGAN VA CHEGARALANGAN SOZLAR
- SHEVAGA XOS SOZLAR YOKI DIALEKTIZMLAR
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
mashq. Jonli so'zlashuv nutqiga xos so'zlami yozma adabiy tilda yozing. Namuna: sevindi - suyundi. Anjon - Andijon, Samarqan - Samarqand, asma- astma, do'slik- do'stlik, ishleman-ishlayman, telvizor - televizor, ko'yni - ko'ngli, obketaman - olib ketaman, to'r - to'rt, ishka - ishga, silar - sizlar, bo'maydi - bo'lmaydi, istudent - student, abzal - afzal, kexsa - keksa, mart - mard, dasro'mol - dastro'mol. mashq Hamzaning hajviy she’rini «nutq toni» (yuqori tantanavorlik, jo'shqinlik) ga e’tibor bergan holda o'qing. MEVALAR MOJAROSI Gilos haddan oshiqib, Xafalikdan toshiqib Keldi o'rik boshiga, Musht ko'tarib shoshiqib: «Ey o'rik, san so'zlama, Maqtanmoqni ko'zlama! Yonboshingga birtepay, Bog'ga hargiz yuzlama. G'o'rang qursin, kech bitar, Yegan kishi tish sinar...» Yuqoridagi she’rdan xulosa qilib, eski adabiy tilning xalq tiliga qanday moslashganini tushuntiring. QO‘LLANILISH DOIRASI CHEGARALANMAGAN VA CHEGARALANGAN SO'ZLAR So'zlar qo'llanilish doirasiga ko'ra chegaralanmagan va chegaralangan so'zlarga bo'linadi. Umumxalq tilida keng qo'llaniladigan va shu tilda so'zlashuvchilaming barchasi uchun tushunarli bo'lgan so'zlarga qo'llanish doirasi chegaralanmagan so'zlar deyiladi. Ular neytral leksika atamasi hamda faol lug'at atamasi bilan ham yuritiladi. Masalan; non, un, bug'doy, qalam, daftar, qor, bulut kabilar. Faqat ma’lum sotsialguruh hamda ma’lum bir hudud doirasidagina qo'llanilib, umumxalq tiliga xos bo'lmagan so'zlar chegaralangan so'zlar hisoblanadi. Qo'llanilish doirasi chegaralangan so'zlar nofaol lug'at yoki nofaol so'zlar atamasi bilan ham nomlanadi. Bunday so'zlami quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin: Hududiy chegaralangan so'zlar (dialektizmlar). Sotsial chegaralangan so'zlar. SHEVAGA XOS SO'ZLAR YOKI DIALEKTIZMLAR Faqat ma’lum bir hudud doirasidagina qo'llanilib, boshqa hudud- da yashovchi o'zbek tili vakillari uchun xos bolmagan so'zlar hududiy chegaralangan (shevaga xos) so'zlar yoki dialektizmlar deyiladi. Masalan: shoti (Andijon, Farg'ona, Namangan) - narvon, takya (Xorazm) - do'ppi. Buxoroda inak, qipchoq elida uy deb nomlanuvchi so'z adabiy tilda sigir deb ataladi. Shevada gavora deb nomlanuvchi so'z adabiy tilda beshik deb ataladi. Xorazm shevasida qo'llanuvchi uchak so'zi adabiy tilda tom deb nomlanadi. Adabiy tilda qo'llanuvch do'ppi so'zi shevada takya, kallapo'sh, qalpoq nomlari bilan yuritiladi. O'zbek shevalarida shunday so'zlar borki, ular adabiy tilda yoki boshqa shevalarda uchramaydi. Bunday so'zlar qishloq xo'jaligi, chorvachilik, qarindosh-urug', daraxt, gul, asbob-uskuna nomlari ichida faol qo'llaniladi. Masalan: Toshkentda - dovuchcha, Farg'onada-g'o'ra; adabiy tilda - chumoli, Samarqand, Buxoroda - mo'rcha, Xorazmda - qarindja; adabiy tilda - tuxum, qipchoq shevalarida - mayak, Xorazmda - yumirta. O'zbek sheva va lahjalari 3 turga bo'linadi: I. Janubi-sharqiy guruh: qarluq-chigil-uyg'ur shevalari. Bunga ko'pchilik shahar shevalari kiradi. Bu shevalarning eng muhim fonetik va morfologik belgilari quyidagilar: So'z oxiridagi k tovushi y tarzida aytiladi: bilak - bilay; terak - teray; elak-elay; ertak- ertay. Bu lahjaga kiruvchi ko'pchilik shevalar uchun «o»lashish muhimdir: oka, kotta, Akrom, Bohodir (Toshkentda), adabiy tilda - aka, katta, Akram, Bahodir. Hozirgi zamon davom fe'li -vot (Toshkentda - kevotti, yurvotti), -ut (Namanganda - kelutti, borutti), -yap (Andijon, Farg'ona, Qo'qonda - kelyapti, o'qiyapti), -op (Samarqand, Buxoroda - kelopti, boropti, ko'ropti) kabi qo'shimchalar bilan hosil bo'ladi. Adabiy tilda bu fe’ilaming -yap qo'shimchasi bilan hosil qilingan shaklidir. Qaratqich va tushum kelishigi qo'shimchasi -ni tarzida ishlatiladi: daraxtlarni bargi (daraxtlarning bargi), oshshi ta’mi (oshning ta’mi), gappi cho'zma (gapni cho'zma). Janubi-g'arbiy guruh: o'g'uz lahjasi - Xorazm, Qozog'iston, Turkmanistonda- gi ba’zi o'zbek shevalari. Bu shevalarning muhim fonetik va morfologik belgilari mana bular: Unli tovushlar qisqa va cho'ziq aytiladi: at (hayvon), a:d (ism, Ading kim?); o't (o'simlik), o‘;d (olov), yaz (yozmoq), ya:z (fasl). So'z boshidagi t tovushi d; k tovushi g tarzida aytiladi: d/7 - til, dog' - tog', duz - tuz, galdi - keldi, go'z - ko'z. Qaratqich kelishigi qo'shimchasi -ing (Hazorasping olmasi - Hazorasp- ning olmasi), jo'nalish kelishigi qo'shimchasi -a (atima - otimga, bolama - bolamga, Andijona boraymi? - Andijonga boraymi?) shaklida qo'llanadi. O‘g'uz lahjasida rayhon so'zi o'mida nozvoy, juda o'mida dim {dim yaxshi juda yaxshi), yangi o'rnida toza, shippak o'mida patik kabi so'zlar ishlatiladi. Shimoli-g'arbiy guruh: qipchoq shevalari - qishloq shevalari. Bu lahjaning o'ziga xos fonetik va morfologik belgilari quyidagilar: Ayrim shevalarda so'z boshidagi y tovushi o'miga j aytiladi: jo‘l - yo'l, jo‘q - yo'q, jur-yur, jamg'ir- yomg'ir. Ko'pincha so'z oxiridagi g' tovushi o'mida v aytiladi: tov - tog', sov - sog‘, ovdi - og'di. So'z oxirida q, k tovushlari tushiriladi: sari - sariq, kichi - kichik, eti - etik. Hozirgi zamon davom fe'li -jatir, -votir qo'shimchalari bilan hosil qilinadi: o'qijatir, borajatir, jazvotir. Jo'nalish keiishikdagi menga, senga, unga kishiiik olmoshlari mag'an, sag'an, ug'an tarzida ishlatiladi. Hozirgi o'zbek adabiy tili uchun qarluq lahjasiga kiradigan Farg'ona - Toshkent shevalari asos qilib olingan. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling