O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
OMONIM ASOSGA OMONIM QO'SHIMCHA QO'SHILISHI
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
OMONIM ASOSGA OMONIM QO'SHIMCHA QO'SHILISHI
NATIJASIDA,HOSIL BO'LGAN OMONIMLAR To'lat (fe’l) - to'lat (fe’l) to'la (sifat) +1 (so'z yasovchi) = to'lat (fe’l: chelakni to'lat); to'la (fe’l) +1 (orttirma nisbat - lug'aviy shakl yasovchi) = to'lat (fe'l: pulni to'lat); Kechik (fe’l) - kechik (ot) kech (ravish) + ik (so'z yasovchi) = kechik (fe’l: darsga kechjk); kech (fe'l) + ik (so'z yasovchi) = kechik (ot: daryoning kechjgi); Oqish (sifat) - oqish (fe’l) oq (sifat) + ish (ozaytirma daraja shakli - lug'aviy shakl yasovchi) = oqish (sifat: oqish yuzlariga qizillik yugurdi); oq (fe’l) + ish (harakat nomi - fe’lning vazifa shakli - lug'aviy shakl yasovchi) = oqish (fe'l: suvning oqjshi); Tildir (fe’l) - tildir (ot) 1. til (fe’l) + dir (orttirma nisbat - lug'aviy shakl yasovchi) = tildir (fe’l: yuragingni bevafoga tildir); 2) til (ot) + dir (kesimlik shakli - bog'lama - sintaktik shakl yasovchi) = tildir (ot: insonlar orasidagi aloqa vositasi tildir); Oqar (fe’l) - oqar (fe’l) oq (sifat) + ar (so'z yasovchi) = oqar (fe’l: uning rangi oqardi); oq (fe'l) + ar (kelasi zamon sifatdoshi - fe’lning vazifa shakli - lug'aviy shakl yasovchi) = oqar (fe’l: oqar suv); Tilim (ot) - tilim (ot) til (fe’l) + im (so'z yasovchi) = tilim (ot: ikki tiljm qovun yedik); til (ot) + im (egalik qo'shimchasi - sintaktik shakl yasovchi) - tilim (ot: ona tiljm o'lmaydi), Chaqmoq (ot) - chaqmoq (fe’l) chaq (fe’l) + moq (so'z yasovchi) = chaqmoq (ot: osmonda chaqmoq chaqdi); chaq (fe’l) + moq (lug'aviy shakl yasovchi - fe’lning harakat nomi shakli) =chaqmoq (fe’l: yong'oqni chaqmog) Terim (ot) - terim (ot) ter (fe’l) + im (so'z yasovchi) = terim (ot: paxta terimi boshlandi); ter (ot) + im (egalik qo'shimchasi - sintaktik shakl yasovchi) = terim (ot: issiqdan terim suv kabi oqdi) HAR XIL ASOS VA QO'SHIMCHAGA AJRALADIGAN SO'ZLAR Tilimizdagi ayrim omonim so'zlar har xil asos va qo'shimchaga ajraladi. Ulardan ba’zilarini ko'rib chiqamiz. Terim (ot) - terim (ot) ter (fe’l) + im (ot yasovchi) = terim (yasama ot: yig'im-terim boshlandi) ter (ot) + im (egalik qo'shimchasi) = terim (ot: issiqdan terim suv kabi oqdi) teri (ot: inson terisi) + m (egalik qo'shimchasi) = terim (ot: sovuqdan terim burishib qoldi) Ko'zlar (ot) - ko'zlar (fe’l) ko'z (ot) + lar (ko'plik hosil qiluvchi qo'shimcha) * ko'zlar (ot: Ko'zlar qayerga qaraydi?) ko'z (ot) + la (fe’l yasovchi) + r (sifatdosh shakli) = ko'zlar (fe’l: Ular nimani ko'zlar?) Bog'lar (ot) - bog'lar (fe’l) bog' (ot) + lar (ko'plik hosil qiluvchi qo'shimcha) = bog'lar (ot: Bogiar gulga burkandi) bog' (ot)la (fe’l yasovchi) + r (sifatdosh shakli) - bog'lar (fe’l: Sabzini bugunoq bog'lar) So'zlar, tuzlar, gullar, yo'llar, qo'llar, ishlar, tishlar kabi so'zlar ham xuddi ko'zlar va bog'lar so'zlaridagi kabi morfemalarga ajraladi. Olma (ot) - olma (fe’l) olma - ot, asosdan iborat, asos va qo'shimchaga ajralmaydi; o (fe’l) + ma (fe’lning bo'lishsiz shakli) = olma (fe'l: Kitobni olma) OMONIM QO'SHIMCHALAR RO'YXATI -a qo'shimchasi: -a - ot yasaydi (so'z yasovchi): jizza, sharshara; -a - sifat yasaydi (so'z yasovchi): to'la, ko'tara; -a - fe’l yasaydi (so'z yasovchi): tuna, sana; -a - fe’lning ravishdosh shaklini yasaydi (lug'aviy shakl yasovchi): yoza-yoza charchadim; -a - kelasi zamon shaklini yasaydi (sintaktik shakl yasovchi): yozaman; -a - so'roq va taajjub yuklamasi: kelasan-a. -i qo'shimchasi: -i - sifat yasaydi (so'z yasovchi): jannati, la’natj; -i - fe’l yasaydi (so'z yasovchi): boyimoq, tinchimoq; -i - III shaxs birlik sondagi egalik shaklini yasaydi (sintaktik shakl yasovchi): kitobj. -k qo'shimchasi: -k - ot yasaydi (so'z yasovchi): kurak, tilak; -k - sifat yasaydi (so'z yasovchi): chirik; -k -1 shaxs ko'plik sondagi shaxs-son shaklini yasaydi (sintaktik shakl yasovchi): keldik. -ik qo'shimchasi: -ik - ot yasaydi (so'z yasovchi): ko'rik; -ik - sifat yasaydi (so'z yasovchi): egjk; -ik - fe’l yasaydi (so'z yasovchi): birik. -q qo'shimchasi: -q - ot yasaydi (so'z yasovchi): tarog; -q - sifat yasaydi (so'z yasovchi): qaynog; -iq qo'shimchasi: -iq - ot yasaydi (so'z yasovchi): chizjg; -iq - sifat yasaydi (so'z yasovchi): sinjg; -iq - fe'l yasaydi (so'z yasovchi): zorig. -oq qo'shimchasi: -oq - ot yasaydi (so'z yasovchi): o'rog; -oq - sifat yasaydi (so'z yasovchi): qochsg; -oq - kuchaytiruv va ta'kid yuklamasi: kelibog. -uq qo'shimchasi: -uq - ot yasaydi (so'z yasovchi): yutug; -uq - sifat yasaydi (so'z yasovchi): yumyg. -gi qo'shimchasi: -gi - ot yasaydi (so'z yasovchi): sevgi; -gi - sifat yasaydi (so'z yasovchi): kuzgj. -ki qo'shimchasi: -ki - ot yasaydi (so'z yasovchi): tepki; -ki - sifat yasaydi (so'z yasovchi): ichki. 1T. -qi qo'shimchasi: -qi — ot yasaydi (so'z yasovchi): -qi - sifat yasaydi (so'z yasovchi): sayrogi. -ka qo'shimchasi: -ka - jo'nalish kelishigi qo'shimchasi, ismlaming munosabat shakH (sintaktik shakl yasovchi): yurakka; -ka - fe'liarda harakatning davomiyligi va kuchliligini bildiradi (lug'aviy shakl yasovchi): surkg. -ka - fe’l yasaydi (so'z yasovchi): iska. -qa qo'shimchasi: -qa - jo'nalish kelishigi qo'shimchasi, ismlaming munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi): o'roqga; -qa - fe'llarda harakatning davomiyligi va kuchliligini bildiradi (lug'aviy shakl yasovchi): chaygg. -qin qo'shimchasi: -qin - ot yasaydi (so'z yasovchi): toshqin: -qin - sifat yasaydi (so'z yasovchi): jo'shqin: -qin - fe’lning II shaxs birlik sondagi buyruq-istak maylini yasaydi (sintaktik shakl yasovchi): boqain. -g'in qo'shimchasi: - g'in - ot yasaydi (so'z yasovchi): vona'in: - g'in - sifat yasaydi (so'z yasovchi): oza'in: -qich qo'shimchasi: -qich - ot yasaydi (so'z yasovchi): ochqich: -qich - sifat yasaydi (so'z yasovchi): qaqshatqich: -qoq qo'shimchasi: -qoq - ot yasaydi (so'z yasovchi): botaoa: -qoq - sifat yasaydi (so'z yasovchi): tirishqoq. -g'oq qo'shimchasi: -g'oq - ot yasaydi (so'z yasovchi): to'la'oq: -g'oq - sifat yasaydi (so'z yasovchi): tova'oa. -ch qo'shimchasi: -ch - ot yasaydi (so'z yasovchi): sevineti; -ch - sifat yasaydi (so'z yasovchi): jirkanch. -chi qo'shimchasi: -chi - ot yasaydi (so'z yasovchi): o'auvchi: -chi - sifat yasaydi (so'z yasovchi): yolg'onchi; -chi - so'roq va taajjub yuklamasi: sen-chL -cha qo'shimchasi: -cha - ot yasaydi (so'z yasovchi): tushuncha: -cha - sifat yasaydi (so'z yasovchi): faro'onacha: -cha - ravish yasaydi (so'z yasovchi): o'zicha: -cha - otlardagi erkalash va kichraytirish shaklini yasaydi (lug'aviy shakl yasovchi): kitobcha. -chak qo'shimchasi: -chak - ot yasaydi (so'z yasovchi): burchak; -chak - sifat yasaydi (so'z yasovchi): kuvunchak: -chak - otlardagi erkalash va kichraytirish shaklini yasaydi (lug'aviy shakl yasovchi): kelinchak. -choq qo'shimchasi: -choq - ot yasaydi (so'z yasovchi): ovunchoq: -choq - sifat yasaydi (so'z yasovchi): erinchoq: -choq - otlardagi erkalash va kichraytirish shaklini yasaydi (lug'aviy shakl yasovchi): qo'zichoq. -loq qo'shimchasi: -loq - ot yasaydi (so'z yasovchi): o'tloq: -loq - otlardagi erkalash va kichraytirish shaklini yasaydi (lug'aviy shakl yasovchi): bo'taloq. -xon qo'shimchasi: -xon - ot yasaydi (so'z yasovchi): kitobxon: -xon - otlardagi erkalash va hurmat shaklini yasaydi (lug'aviy shakl yasovchi): onaxon. -lik qo'shimchasi: -lik - ot yasaydi (so'z yasovchi): yoshjjk; -lik - sifat yasaydi (so'z yasovchi): qishjik. -la qo'shimchasi: -la-fe’l yasaydi (so'zyasovchi): ishla; -la - fe’llarda harakatning davomiyligi va kuchliligini bildiradi (lug'aviy shakl yasovchi): ishqala; -la - bilan ko'makchisining qisqargan shakli (ko'makchi): siz-ja (siz bilan): -la - -oq(-yoq) yuklamasining ma’nodoshi (yuklama): kelib-la ketdi. -da qo'shimchasi: ? -da - o'rin-payt kelishigi qo'shimchasi, ismlaming munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi): yurakda; -da - kuchaytiruv va ta’kid yuklamasi: yurak-da. -dir qo'shimchasi: -dir- kesimlik shakli (sintaktik shakl yasovchi): U o'quvchidir; -dir - fe’llardagi orttirma nisbat shakli (lug'aviy shakl yasovchi): kuldir, yondir; -dir-gumon olmoshi yasovchisi: kimdir; -dir-gumon yuklamasi: kelgandir.” -don qo'shimchasi: -don - ot yasaydi (so'z yasovchi): guidon: -don - sifat yasaydi (so'z yasovchi): bilimdon. -dor qo'shimchasi: -dor - ot yasaydi (so'z yasovchi): mulkdor: -dor - sifat yasaydi (so'z yasovchi): avbdor. -kor qo'shimchasi: -kor - ot yasaydi (so'z yasovchi): paxtakor: -kor - sifat yasaydi (so'z yasovchi): fusunkor. -kash qo'shimchasi: -kash - ot yasaydi (so'z yasovchi): aravakash: -kash - sifat yasaydi (so'z yasovchi): sustkash. -gar qo'shimchasi: -gar - ot yasaydi (so'z yasovchi): zargar; -gar - sifat yasaydi (so'z yasovchi): hiylaaar. -m qo'shimchasi: -m - ot yasaydi (so'z yasovchi): to'piam; -m - egalik shakli, ismlarning munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi): ukam; -m - shaxs-son shakli, fe’llaming munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi): keldim. -im qo'shimchasi: -im - ot yasaydi (so'z yasovchi): terim; -im - sifat yasaydi (so'z yasovchi): ayrim; -im - egalik shakli, ismlarning munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi): kitobim. ' -ma qo'shimchasi: -ma - ot yasaydi (so'z yasovchi): qurilma: -ma - sifat yasaydi (so'z yasovchi): qavnatma: -ma - fe’lning bo'lishsizlik shaklini yasaydi (lug'aviy shakl yasovchi): kelrna- -moq qo'shimchasi: -moq - ot yasaydi (so'z yasovchi): guvmoa: -moq - fe’lning harakat nomi shaklini yasaydi (lug'aviy shakl yasovchi): kelmoq. -miz qo'shimchasi: -miz - egalik shakli, ismlarning munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi): bizning o'quvchimiz: -miz - kesimlik shakli, ismlarning munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi): Biz o'quvchimiz: -miz - shaxs-son shakli, fe’llaming munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi): Biz boramiz. -man qo'shimchasi: -man - kesimlik shakli, ismlarning munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi): Men o'quvchiman: -man - shaxs-son shakli, fe’llaming munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi): Men boraman. -ng qo'shimchasi: -ng - egalik shakli, ismlarning munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi): ukang; -ng - shaxs-son shakli, fe’llarning munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi): kelding. -ng' qo'shimchasi: -ing - egalik shakli, ismlarning munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi)! kitobina: -ing - shaxs-son shakli, fe'llaming munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi)^ kelina. -ngiz qo'shimchasi: -ngiz - egalik shakli, ismlarning munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi^ ukanaiz: -ngiz - shaxs-son shakli, fe’llarning munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi): keldinaiz. -san qo'shimchasi: -san - kesimlik shakli, ismlarning munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi):! Sen o'quvchisan: -san - shaxs-son shakli, fe’llaming munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi): Sen borasan. -siz qo'shimchasi: -siz - sifat yasaydi (so'z yasovchi): xabarsiz: -siz - ravish yasaydi (so'z yasovchi): tinimsiz: -siz - kesimlik shakli, ismlarning munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi): Siz o'quvchimiz; -siz - shaxs-son shakli, fe'llaming munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi): Siz boragjz. -sa qo'shimchasi: -sa - fe'l yasaydi (so'z yasovchi): suvsa; -sa - fe’lning shart maylini yasaydi, fe’llaming munosabat shakli, (sintaktik shakl yasovchi): kelsa. -si qo'shimchasi: -si - fe’l yasaydi (so'z yasovchi): qaranqsi: -si - egalik shakli, ismlarning munosabat shakli, (sintaktik shakl yasovchi): ukasL -r qo'shimchasi: -r - fe’l yasaydi (so'z yasovchi): qisqar, o'zgar; -r—sifatdosh shaklini yasaydi (lug'aviy shakl yasovchi): so'roqlar; -r - kelasi zamon shaklini yasaydi, fe’llarning munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi): oqirman. -ar qo'shimchasi: -ar - fe’l yasaydi (so'z yasovchi): ko'kgr, oqar; -ar - sifatdosh shaklini yasaydi (lug'aviy shakl yasovchi): oqar daryo; -ar - kelasi zamon shaklini yasaydi, fe’llaming munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi): borarman; -ar - fe’lning orttirma nisbat shaklini yasaydi (lug'aviy shakl yasovchi): chiqar. -ir qo'shimchasi: -ir-fe'l yasaydi (so'z yasovchi): gapir; -ir-fe’lning orttirma nisbat shaklini yasaydi (lug’aviy shakl yasovchi): pishjr. -ay qo'shimchasi: -ay - fe’l yasaydi (so'z yasovchi): ko'pay, ozay; -ar - fe’lning buyruq-istak mayli shaklini yasaydi, fe’llarning munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi): Men boray; -y qo'shimchasi: -y - fe’l yasaydi (so'z yasovchi): qoray; -y - ravishdosh shaklini yasaydi (lug'aviy shakl yasovchi): o'qiy-oqiy charchadim; -y - kelasi zamon shaklini yasaydi, fe’llarning munosabat shakli (sintaktik shakl yasovchi): o'qiyman; -y - fe’lning buyruq-istak mayli shaklini yasaydi, fe’llarning munosabat shakli, (sintaktik shakl yasovchi): Men o'qiy. -I qo'shimchasi: -I - fe’lning o'zlik nisbat shaklini yasaydi, (lug'aviy shakl yasovchi): Kuy taraldi; -I - fe’lning majhul nisbat shaklini yasaydi, (lug'aviy shakl yasovchi): Soch taraldi. -il qo'shimchasi: -il - fe’lning o'zlik nisbat shaklini yasaydi, (lug'aviy shakl yasovchi): Gul ochMdi; -il - fe’lning majhul nisbat shaklini yasaydi, (lug'aviy shakl yasovchi): Sir ochlldi. -n qo'shimchasi: -n - fe'lning o'zlik nisbat shaklini yasaydi, (lug'aviy shakl yasovchi): Odamlar to'plandi; -n - fe’lning majhul nisbat shaklini yasaydi, (lug'aviy shakl yasovchi): Xazonlar yoqish uchun bir joyga to’plandi. -in qo'shimchasi: -in - ot yasaydi (so'z yasovchi): ekjn; -in - sifat yasaydi (so'z yasovchi): erkjn; -in - ravish yasaydi (so'z yasovchi): birjn-ketin; -in - fe’lning o'zlik nisbat shaklini yasaydi, (lug'aviy shakl yasovchi): Oy ko'nndi; -in - fe'lning majhul nisbat shaklini yasaydi, (lug'aviy shakl yasovchi): Ovqatga tuzsolindi. -un qo'shimchasi: -un - ot yasaydi (so'z yasovchi): tugun; -un - sifat yasaydi (so'z yasovchi): ustun. -(i)sh qo'shimchasi: -(i)sh - sifatning ozaytirma daraja shaklini yasaydi (lug'aviy shakl yasovchi): oqish, ko'kjsh: -(i)sh - fe'lning birgalik nisbat shaklini yasaydi (lug'aviy shakl yasovchi): o'qishdi, yozjshdi; -(i)sh - fe’lning harakat nomi shaklini yasaydi (lug'aviy shakl yasovchi): o'qish, vozish: -(i)sh - fe’lda harakat-holatning kuchsizligini bildiradi (lug'aviy shakl yasovchi): to'lishdi. -lab qo'shimchasi: -lab - ravish yasaydi (so'z yasovchi): ertalab. kilolab: -lab - chama son shaklini yasaydi (lug'aviy shakl yasovchi): yuzjab, minglab. -larcha qo'shimchasi: -larcha - ravish yasaydi (so'z yasovchi): mardlarcha. do'stlarcha: -larcha - chama son shaklini yasaydi (lug'aviy shakl yasovchi): vuzlarcha. minglarcha. -chiq qo'shimchasi: -chiq - ot yasaydi (so'z yasovchi): suyanchiq: -chiq - sifat yasaydi (so'z yasovchi): siroanchia. -gina(-kina, -qina) qo'shimchasi: -gina - otlardagi erkalash va achinish shaklini yasaydi (lug'aviy shakl yasovchi): qizgina: -gina - ayiruv-chegaralov yuklamasi: Ahmadaina darsaa kelmadi. QO'SHIMCHALARNING MA’NODOSHLIGI Qo'shimchalarda shakldoshlikdan tashqari ma'nodoshlik hodisasi ham uchraydi. Ba'zan ma’lum bir so'z yasash ma’nosini ifodalash uchun birdan ortiq qo'shimchalardan foydalanishga to'g'ri keladi. Masalan, -li o'miga -kor, -dor, bo-, ba-, ser- qo'shim- chalarini qo'llash mumkin: itoatli - itoatkor shirali - shirador savlatli—basavlat sutli - sersut obro'li-boobro' Shuningdek, -chi o'rnida -shunos, -kash, -kor, -siz o'mida esa be-, no- old qo'shimchalarini qo'llash mumkin, adabiyotchi - adabivotshunos aravachi - aravakash g'allachi - g'allakor hayosiz-behayo o'rinsiz-noo'rin Hamma holatlarda ham yuqoridagicha ma’nodoshlik yuzaga kelavermaydi. Masalan, nodavlat tashkilotiari deyish o'miga bedavlat tashkilotlari deyilsa, uslubiy g'alizlik yuzaga keladi. Demak, qo'shimchalardagi ma'nodoshlik nutqning muayyan davrdagi me’yortari asosida yuzaga keladigan til hodisasi hisoblanadi. QO'SHIMCHALARDA ZID MA’NOLILIK Nutqning ravon, ta’sirchan, emotsional-ekspressiv jihatdan bo'yoqdor bo'lib chiqishida zid ma’noli qo'shimchalardan foydalanishning ahamiyati katta. Masalan, -li qo'shimchasi -siz, be-, no- qo'shimchalariga nisbatan qarama-qarshi qo'yiladi. Aqlli aqlsiz, iboli-beibo, o'rinli-noo‘rin kabi. Bunday qo'shimchalar, asosan, sifat so'z turkumida ishlatiladi. ser- qo'shimchasi be- qo'shimchasiga, ba- qo'shimchasi -siz qo'shimchasiga, bo- qo'shimchasi -siz va be- qo'shimchalariga, -dor qo'shimchasi -siz va be- qo'shimchalariga nisbatan zid ma’nolidir; Bunday qo'shimchalami ikki guruhga bo'lish mumkin: biror belgi-xususiyatga, shakl-shamoyilga yoki rang-tusga egalikni bildiruvchi qo'shimchalar (-li, bo-, ser-, ba-, -dor); shunday belgiga ega emaslikni ifodalovchi qo'shimchalar (-siz, be-, no-). Masalan: badavlat - davlatsjz shirador - beshira, shirasjz sero't—o'tsiz boobro' - beobro', obro'sjz ko'ngilli—ko'ngilsjz Qo'shimchalar shakldoshligi, ma’nodoshligi va zid ma’noliligi nutqni ko'rkam qiladi, tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytiradi, uning uslubiy jihatdan rang-barang bo'lishini ta’minlaydi, ta’sirchanligini oshiradi. NUTQDA BIR ASOSLI SO'ZLARDAN FOYDALANISH Tildagi so'zlar yangi paydo bo'lgan so'zlar hisobigagina emas, balki oldindan muomala-munosabatda mavjud bo'lib kelgan so'z asosida yangi leksemalarni hosil qilish yo'li bilan ko'payib boradi. Bitta asos vositasida bir necha yangi so'z yasalishi mumkin: suvli, sersuv, suvsizlik. Bir asosli so'zlarga asosdosh so'zlar deyiladi. Namunalar: tinch, tinim, tinimsiz, notinch, notinchlik; gulli, guldor, gulchi, gulchilik, sergul; shoxli, shoxdor, shoxsimon, sershox; obro'li, obro'siz, boobro', beobro' va hokazo. Asosdosh so'zlar bir xil asosdan yasalgan bo'lishi kerak. Asosdosh so'zlami aniqlashda berilgan so'zlar asos va qo'shimchaga ajratib chiqiladi. Masalan: suvli, suvoq, suvarak so'zlari asosdosh so'zlar emas. Chunki suvli so'zi suv so'ziga -li qo'shimchasini qo'shish orqali yasalgan, suvoq so'zi esa suva fe’liga -q ot yasovchi qo'shimchani qo'shish orqali hosil qilingan, suvarak so'zi esa asos va qo'shimchaga ajralmaydi. Yoki toshloq so'zi bilan toshqin so'zlari asosdosh so'zlar emas. Chunki toshloq so'zi tosh otiga -loq o'rin-joy ma’nosini bildiruvchi ot yasovchi qo'shimcha qo'shilishi orqali yasalgan, toshqin so'zi esa tosh fe'liga -qin sifat yasovchi qo'shimcha qo'shilishi natijasida hosil qilingan. Toshloq va toshqin o'zlarining asoslari o'zaro omonim so'zlar hisoblanib, ular bir asosdan yasalgan emas. SO‘Z YASALISHI. SO‘Z YASALISHI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT Tilning lug'at tarkibi doimo o'zgarishda, rivojlanishdadir. Iqtisodiy, Ijtimoiy va siyosiy sohalarda paydo bo'lgan yangi-yangi tushunchalarni nomlash ehtiyoji tufayli tilda yangi so'zlar yuzaga keladi. Yangi so'zlar ikki xil yo'l bilan vujudga keladi: 1. Har bir tilning o'z ichki imkoniyati asosida. 2. Boshqa tillardan so'z olish asosida. Har bir tilning ichki imkoniyati asosida yangi so'zlaming hosil qilinishida shu tilda oldin mavjud bo'lgan so'zga qo'shimcha qo'shish usuli yoki so'z qo'shish usuli katta ahamiyatga ega. Masalan, kompyuter hayotimizga kirib kelishi munosabati bilan, uning nomi ingliz tilidan to'g'ridan to'g'ri olingan. Endi «kompyuter bilan ishlovchi shaxs» tushunchasini ifodalash ehtiyojini qondirish uchun kompyuter so'ziga o'zbek tilida oldindan ma’lum «mashg‘ulot bilan shug'ullanuvchi shaxs» ma'nosini ifodalovchi -chi qo'shimchasidan foydalanildi. Kompyuterchi «kompyuter bilan shug'ullanuvchi shaxs» ma'nosini bildiradi. Tilda oldin mavjud bo'lgan so'zga ma’lum yasovchi vositalar qo'shish bilan yangi so'z hosil qilinishiga so'z yasalishi hodisasi, shunday hodisani o'rganuvchi tilshunoslik bo'iimiga esa so'z yasalishi deyiladi. Demak, so'z yasalishi atamasi ikki ma'noda: a) so'z yasalishi hodisasi ma'nosida; b) so'z yasalish hodisasini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limi ma’nosida qo'llaniladi, SO'Z YASALISHINING TIZIMI Ter, terim, terimchi. 2. Tara, taroq, taroqchi so'zlariga e’tibor bersangiz, shuni sezasizki, birinchi guruhdagi so'zlaming hammasida ter so'zi takrorlanadi, ikkinchi guruhdagilarida esa tara qismi hammasi uchun umumiy sanaladi. Ko'rinadiki, so'z yasalishi hodisasi o'zining-ichki tuzilishiga ega. bo'ladi va ikkita tarkibiy qismni o'z ichiga oladi: a) yasashga as$?qism; b) yas(^8nrvosftaYasashga asos qism bilan yasovchi vosita birgalikda yasalmani tashkil qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan terim so'zida ter qismi yasashga asos, -im qismi yasovchi vosita, ikkala qismning qo'shilishidan hosil bo'lgan hosila - terim yasalma hisoblanadi. Terimchi so'zida esa terim yasashga asos qism, -chi yasovchi vosita, terimchi esa yasalma hisoblanadi. So'zning yasalish tuzilishi bilan morfemik tuzilishi bir-biridan farqianadi. So'zning ma’noli qismiarga bo'linishi uning morfemik tuzilishi hisoblanadi. So'zda nechta ma'noli qism bo'lsa, uning morfemik tuzilishi shuncha qismga ajraladi. Masalan, terimchi uchta ma’noli qismdan tashkil topgan: ter - im - chi. Terimchilar so'zi esa to'rtta ma’noli qismdan iborat: ter- im - chi - lar. Terim- chilarga so'zi esa beshta ma’noli qismdan iborat: ter- im - chi - lar- ga. Ko'rinadiki, so'zning morfemik tti7ilishi vasnvnhi nn'shimchalami ham, shakl yasnv- chi qo'shimchalami ham o'z ichiga oladi. So'zning morfemik tuzilishini belgilashda ma’noli qismlar so'z yasovchi yoki shakl yasovchi ekanligining ahamiyati bo'lmaydi. Qanday ma’noli qismlardan - morfemalardan iboratligi e’tiborga olinadi. So'zning yasalish tuzilishi esa faqat yasovchilarnigina o'z ichiga oladi. Shakl yasov- chi (so'z o'zgartiruvchi) qo'shimchalar so'z yasalish tuzilishiga kirmavdi. So'z yasalish tuzilishi doimo ikki tarkibiy qism: yasashga asos va yasovchi vositani o'z ichiga oladi. Aoar so'zda birdan ortiq so'z yasovchi qo'shimchalar ishtirok etsa, eng oxirgisi yasovchi vosita hisoblanadi, oldingilari esa yasashga asos qism tarkibiga kiradi. Masalan, taroqchi so'zining yasalish tuzilishi quyidagicha: taroq - yasashga asos qism, -chi - yasovchi vosita, taroqchi - yasalma. Demak, taroqchi oti otdan (taroq) yasalgan. taroq so'zining yasalish tuzilishi quyidagicha: tara - yasashga asos qism, -q - yasovchi vosita, taroq - yasalma. Demak, taroq oti fe'ldan (tara) yasalgan. Shuni ta'kidlash kerakki, so'z yasalishi tuzilishida yasashga asos qism bilan yasalma o'rtasida mazmuniy bog'liqlik, mazmuniy davomiytik bo'ladi. Yasalmada yasashga asos davom etadi. Masalan, tinchlik otining yasalish tuzilishini belgilasak: tinch - yasashga asos qism; -lik - yasovchi vosita; tinchlik - yasalma. Demak, tinchlik oti sifatdan (tinch) yasalgan, fe’ldan (tin) emas. So'zning morfemik tuzilishi bilan yasalish tuzilishi bitta narsa emas. Ayrim so'zlarda ular b|r xil bo'ladi. Masalan, gulchi so'zining morfemik tuzilishi va yasalish tuzilishini aniqlaymiz: gul-chi - morfemik tuzilishi; gul - yasashga asos qism, -chi-yasovchi vosita, bu gulchi so'zining yasalish tuzilishi. Ekinzorlarda so'zining morfemik va yasalish tuzilishini aniqlaymiz: -ek-in-zor-lar-aa.- 5 ta morfemadan iborat, bu morfemik tuzilishi; ekin - vasashoa asos oism. -zor - yasovchi vosita, bu yasalish tuzilishi. Ko'rinadiki, so'zning yasalish tuzilishida faqat so'z yasovchi morfemalargina e’tiborga olinadi, shakl yasovchilar e’tiborga olinmaydi. Yasovchi vosita sifatida esa eng oxirgi so'z yasovchi morfema olinadi, undan oldingilari yasashga asos tarkibiga kirib ketadi. Yasovchi asos (yasalish asosi) tub va yasama bo'lishi mumkin. Masalan, bilim, terim, gulzor, tinch, paxtakor kabi so'zlaming yasalish asosi tub so'zlar: bil, ter, gul, tin, paxta. Bilimli, terimchi, tinchlik, ekinzor so'zlarining yasalish asosi yasama: bilim, terim, tinch, ekin yasama so'zlaridir. So'zning morfemik tarkibini aniqlashda morfemalarning chegarasini biiish qanchalik aniq bo'lsa, yasalish tuzilishida yasovchi asos bilan yasovchi vositani aniqlash ham shunchalik muhim. Gulchilik, g'allachilik, baliqchilik so'zlarida yasovchi asos gulchi, g'allachi, baliqchi so'zlaridir, yasovchi vositachi bo'lsa, dehqonchilik, ozchilik, ahmoqchilik so'zlarida yasovchi asos dehqon, oz, ahmoq so'zlari bo'lib, yasovchi vosita -chilik qo'shimchasidir. Chunki tilda dehqonchi, ozchi, ahmoqchi so'zlari qo'llanmaydi. Yasovchi asos qo'shma, juft, takroriy so'zlar ham bo'lishi mumkin. Masalan, asalarichi (bu so'zda yasovchi asos: asalari, yasovchi vosita: -chi), ignabargli (bu so'zda yasovchi asos: ignabarg, yasovchi vosita: -li), sihat-saiomatlik (bu so'zda yasovchi asos: sihat-salomat, yasovchi vosita: -lik), sharshara (bu so'zda yasovchi asos: shar-shar, yasovchi vosita: -a) kabi. Qo'shma so'zlarda yasovchi asos ikki va undan ortiq bo'ladi. Masalan, ko'zoynak, tinchiiksevar, karnaygul, bodomqovoq so'zlari ikkita yasovchi asosdan, gulto- jixo'roz so'zi uchta yasovchi asosdan iborat. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN TOPSHIRIQLAR: 1 -topshiriq. Berilgan so'zlaming morfemik tuzilishi va yasalish tuzilishini yozing. Sanoqsiz, chidamlilik, o'ynoqi, qiyinchilik, to'plam, suvoqchilar, chiroyliroq. topshiriq. Berilgan yasama so'zlaming turkumi va qaysi turkumdan yasalganligini aniqlang. Namuna: so'roqsiz - sifat, so'roq - yasalish asosi, -siz - yasovchi vosita; demak, so'roqsiz sifati otdan (so'roq) yasalgan. Anglamoq, bilimli, to'kinlik, tilak, serunum, tinimsiz. SO‘Z YASALISH USULLARI So'z yasashga asos qismning qanday xususiyatga egaligiga ko'ra so'z C yasalishining bir necha usullari bor: 1. Affiksatsiya - morfologik usul - yasashga asos qismga qo'shimchalar qo'shish orqali so'z yastiash usuli. 2. Kompozitsiya - sintaktik usul - so'zlami qo'shish orqali so'z yashash usuli. Masalan, ishla so'zi ish qismiga (yasashga asos) -la qo'shimchasini qo'shish yo'li. bilan hosil bo'lgan. Bu affiksatsiya usulidir. Hozirgi o'zbek tilida so'z yasashning mahsuldor usuli qo'shimchalar qo'shish yo'li bilan so'z yasash - affiksatsiya usulidir. Bu usul tilda mavjud bo'lgan muayyan so'z yasash qoliplari asosida yuzaga chiqadi. Shuning uchun so'zlovchi xotirasida so'z yasashning qoliplari mavjud bo'ladi. Masalan, of + chi - shaxs oti yasovchi (ishchi, terimchi, suvchi)\ ot + li - belgining mavjudligi yoki ortiqligi (suvli, mevali) va hokazo. Ana shu so'z yasash qoliplari asosida turli-tuman so'zlar hosil qilinadi. So'zlovchi xotirasida so'z yasash qoliplari va ulaming ma’nolari haqida ko'nikmaning mavjud bo'lishi har qanday yangi yasalmaning oson tushunilishiga imkon beradi. So'z yasash qoliplari va ularning ma’nolari bir xil yasovchi qo'shimchali so'zlami ma'lum uyalarga birlashtirish asosida aniqlanadi. Masalan: traktorchi yig'la binokor kombaynchi sizla g'allakor suvchi qo'lla paxtakor ekskvatorchi oqla o'ymakor tikuvchi ishla sholikor Affiksatsiya bilan so'z yasalishi mustaqil so'z turkumlaridan ot, sifat, fe’l va ravish turkumlariga xosdir. Son va olmosh turkumida esa affiksatsiya usuli bilan so'z yasalishi uchramaydi. Gulchi, sinfdosh, to'shak, tutatqi, olmazor, saylgoh, terim, ko'rik so'zlari affiksatsiya usuli bilan yasalgan otlardir; sayroqi, sersuv, boodob, unumli, guldor so'zlari affiksatsiya usuli bilan yasalgan sifatlardir; o'yna, suvsa, birik, gapir, jarangla, qaltira so'zlari affiksatsiya usuli bilan yasalgan fe’llardir; mardlarcha, kilolab, uyalgannamo, majburan so'zlari affiksatsiya usuli bilan yasalgan ravishlardir. Qo'shma korxona, ishlab chiqarish singari so'zlar esa ikki so'zni bir-biriga qo'shish asosida hosil qilingan. Bu kompozitsiya usulidir. Kompozitsiya usuli orqali barcha mustaqil so'z turkumlarini yasash mumkin. Kompozitsiya usuli bilan qo'shma so'zlar hosil qilinadi. Qo'shma so'zlaming ba’zilari qo'shib, ba'zilari ajratib yoziladi. Qoshma son, qo'shma olmosh, qo'shma fe’llar har doim ajratib yoziladi. Qo'shma ot, qo'shma sifat va qo'shma ravishlaming ba’zilari qo'shib, ba’zilari ajratib yoziladi. Tosh- baqa, otboqar, sadarayhon, laylakqor, qiymataxta, kirsovun, shaftoliqoqi, O'rta Osiyo so'zlari qo'shma otlardir; tichliksevar, bug'doyrang, umumjahon, xalqaro, bodomqovoq, xushfe’l so'zlari qo'shma sifatlardir; o'n ikki, bir yuz yigirma yetti, olti ming so'zlari qo'shma sonlardir; mana bu, har kim, hech qanday, bir nima so'zlari qo'shma olmosh- lardir; tasdiq et, qabgl qil, sayr ayla, xizmat qil, sabr ayla so'zlari qo'shma fe’llardir; u yerda, shu onda, shu tobda, har doim so'zlari qo'shma ravishlardir. Esda saqlang: affiksatsiya usuli bilan ham, kompozitsiya usuli bilan ham yasalgan so'zlar yasama so'zlar hisoblanadi. Gapda nechta yasama so'z bor, deganda har ikkala usul bilan yasalgan so'zlar nazarda tutiladi. Masalan: Chin do'st uldirki, do'stini ranjit- maydi, xafa qilsa, uzrini qabul qiladi. Ushbu gapdagi yasama so'zlar sonini aniqlaymiz. 1 ta affiksatsiya usuli bilan yasalgan fe’l bor: ranjitmaydi = ranj + i; 2 ta kompozitsiya usuli bilan yasalgan fe’l bor: xafa qil, qabul qil. SO'Z YASASH JARAYONIDA RO'Y BERADIGAN O'ZGARISHLAR Turkiy, jumladan, o'zbek tili morfologik jihatdan agglyutinativ tillar qatoriga kiradi. Agglyutinativ tillar quyidagi xususiyatlari bilan flektiv tillardan ajralib turadi: nechta grammatik ma'no bo'lsa, ulami ifodalovchi shuncha grammatik shakl qo'llaniladi. Masalan, yoz - ma - say - di - m; grammatik shakllaming chegarasi bir-biridan aniq ajralib turadi; grammatik ma’noning ko'payishi bilan so'zning grammatik shakllari ham chapdan o'ngga qarab cho'zilib boradi; grammatik qo'shimchalaming qo'shilishi asos qismning fonetik tuzilishini o'zgartirmaydi. O'zbek tilida so'z yasalish jarayonida so'z yasash asosiga yasovchi qismning qo'shilishi natijasida asos qismning tovush tarkibida ba'zan o'zgarish ro'y berishining guvohi bo'lamiz. Ulami quyidagicha guruhlash mumkin: Sust, past singari so'zlarga -ay yasovchi vositasi qo'shilganda yasashga asos qismda mavjud bo'lgan oxirgi «f» undoshi tushib qoladi: past + ay- pasay, sust + ay- susay kabi. Qizil, sariq kabi ikki bo'g'inli so'zlardan -ar, -ay yasovchi vositalari yordamida yangi so'z yasalganda yasashga asos qism bo'lgan qizilning il qismi va sariqnmg ikkinchi bo'g'inidagi iunlisi tushib qoladi: qizil+ ar- qizar, sariq + ay- sarg'ay kabi. So'ra, sayla, quvna, to'qi, o'qi kabi ikkinchi bo'g'ini a bilan tugagan so'zlarga -q, -v yasovchi qo'shimchalari qo'shilganda yasashga asos qism oxiridagi a unlisi o unlisiga, i unlisi u unlisiga aylanadi: so'ra + q - so'roq, sayla + v - sayiov, quvna + q- quvnoq, to'qi + v-to‘quv, o'qi + v- o'quvkab\. O‘yin, qiyin kabi ikki bo'g'inli so'zlarga -a yasovchi qo'shimchasi qo'shilganda yasashga asos qismning ikkinchi bo'g'inidagi /'unlisi tushib qoladi: o'yin + a - o'yna, qiyin + a-qiyna kabi. Son, yosh, ong, of kabi so'zlarga fe’l yasovchi -a yoki -la qo'shimchasi qo'shilganda asos qismda tovush o'zgarishi ro'y beradi: son + a - s§na, yosh + a - yasha, of + a- ata, ong + la- angla kabi. Shu ko'rsatilgan o'zgarishlarning o'ziyoq o'zbek tilida ba'zi hollarda fuziya (fleksiya) elementlari ham mavjudligini ko'rsatadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling