O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
SIFAT YASOVCHI QO‘SHIMCHAI_ARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- OT VA SIFAT YASOVCHI QOSHIMCHALARNING OMONIMLIGI
- SIFATLARNING TUZILISHIGA KORA TURLARI
SIFAT YASOVCHI QO‘SHIMCHAI_ARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Sifatlarning tub va yasama bo'lishidan xabardorsiz. Hech qanday yasovchi qo'shimchalarsiz belgi bildiruvchi so'zlar tub sifatlar sanaladi. Masalan, go'zal, xunuk, oq, qora kabi. Yasovchi qo'shimchalar yordamida boshqa so'z turkumlaridan hosil qilingan sifatlar yasama sifat hisoblanadi. Masalan, suv so'ziga -li qo'shimchasi qo'shish orqali o'zak ifodalagan narsaning mavjudligini, me’yordan ortiqligini [suvli] bildiradi, -siz qo'shimchasini qo'shish orqali esa, aksincha, o'zak ifodalagan narsaning yo'qligi yoki me'yordan kamligini (suvsiz) bildiradi. Sifat yasovchi -li qo'shimchasi -dor, -kor qo'shimchalari va ba- old qo'shimchasi bilan sinonimik munosabatda bo'ladi, shuning uchun birining o'mida ikkinchisini qo'llash mumkin. Masalan, go'shtli - go'shtdor, gunohli - gunohkor, mazasiz - bemaza kabi; lekin doimo ham bir-biri bilan almashtirish mumkin emas. Masalan, yurakli, kuchli so'zlarini bayurak, yurakdor, yurakkor, kuchdor, bakuch, kuchkor deb bo'lmaydi. Sifat yasovchi -siz qo'shimchasi be-, no- old qo'shimchalari bilan sinonimik munosabatda bo'ladi. Shuning uchun ko'pincha birining o'mida ikkinchisini qo'llash mumkin. Masalan, umidsiz, beumid - noumid; lekin doim ham bir-biri bilan almashtirib bo'lmaydi. Masalan, aqlsizni beaql deyish mumkin, lekin noaql deb bo'lmaydi. Shuningdek, nomard, noma’lum singari so'zlardagi no- old qo'shimchasini be- old qo'shimchasi va -siz qo'shimchasiga almashtirib bo'lmaydi, chunki bu so'zlar fors-tojik tilidan o'zbek tiliga tayyor holda o'tgan. Hozirgi o'zbek tilida yasalgan emas. Shunga ko'ra, sifat yasovchi qo'shimchalardan o'rinli foydalanish katta ahamiyatga ega. OT VA SIFAT YASOVCHI QO'SHIMCHALARNING OMONIMLIGI -in: ekin (ot) — to'lin (sifat) ... -a: jizza (ot) - to'la (ot) -ak: qarsak (ot) - g'alvirak (sifat) -gi: sezgi (ot) - kuzgi (sifat) -ki: tepki (ot) - qishki (sifat) -qi: achitqi (ot) - sayroqi (sifat) -k: tilak (ot) - chirik (sifat) -q: taroq (ot) - quvnoq (sifat) -ik: ko'rik (ot) - yugurik (sifat) -iq: chiziq (ot) - ?iniq (sifat) -uq: yutuq (ot) - yumuq (sifat) -qin: toshqin (ot) - sotqin (sifat) -g‘in: yong'in (ot) - ozg'in (sifat) -im: bilim (ot) - ayrim (sifat) -ma': tortma (ot) - qaynatma (sifat) -chak: burchak (ot) - kuyunchak (sifat) -choq: ovunchoq (ot) - erinchoq (sifat) -chiq: suyanchiq (ot) - qizg'anchiq (sifat) -g‘oq: to'lg'oq (ot)—toyg'oq (sifat) -qoq: botqoq (ot) - urishqoq (sifat) -dor: mulkdor (ot) - aybdor (sifat) -don: qalamdon (ot) - bilimdon (sifat) -lik: boialik (ot) - qishlik (sifat) -oq: yotoq (ot) - qochoq (sifat) -ch: quvonch (ot) - tinch (sifat) -kor: paxtakor (ot) - hiylakor (sifat) -chi: suvchi (ot) - a’lochi (sifat) SIFATLARNING TUZILISHIGA KO'RA TURLARI Sifatlar tuzilishiga ko'ra sodda, qo'shma, juft va takroriy bo'ladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling