O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
- II.QOSHMA SIFATLAR
SODDA SIFATLAR. Bir asosdan iborat sifatlar sodda sifatlar sanaladi: qizil, pushti, qalin, sersuv, xosiyatli, ko'kimtir, atrofdagi, kuzgi, keng kabi. Sodda sifatlar tub va yasama sifatlarga bo'linadi. Tub sifatlar tarkibi asos va so'z yasovchi qo'shimchaga ajralmaydigan, ya’ni tarkibida so'z yasovchi qo'shimcha bo'lmaydigan sifatlardir. Masalan, ko'k, oqish, qoramtir, muattar, go'zal, sariq, bo'sh, katta kabilar (eslatma: tub sifatlarning tarkibida lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalar bo'lishi mumkin). Sodda yasama sifatlar esa tarkibi asos va so'z yasovchi qo'shimchaga ajraladigan sifatlardir. Masalan, chiroyli, ochjg, quvnog, chidamH, kuzgi, oilaviy kabi. Sodda yasama sifatlar so'z yasalishning morfologik - affiksatsiya usuli bilan yasalgan (morfologik usul bilan so'z yasalishi deganda asosga so'z yasovchi qo'shimchalar qo'shib so'z yasash tushuniladi). Demak, sodda sifatlar deganda tub va morfologik usul bilan yasalgan sifatlar tushuniladi.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR mashq. Sifatlami topib, tuzilishiga ko'ra turi va sintaktik vazifasini aniqlang. 1. Otinbibi qari, jiddiy, sersavlat xotin. 2. O'ymakor gullari bilinmaydigan darajada o'chgan, qo‘sh tabaqali eski eshikka kiramiz. 3. Pochcham ellikdan oshgan, novcha, kasalmand, rangpar kishi. 4. Cho'ponlar sezgir, itlar ham ziyrak, bo'ridan ayyor. 5. Do'mbirachi qadimiy qozoq hayotidan dostonlar kuylamoqda. mashq. Sifatlami topib, tuzilishiga ko'ra turi va sintaktik vazifasini aniqlang. Barcha ezguliklar zamirida xosiyatli orzular yotadi. 2. Tuproq qatlami qalin, ser- suv yerlarda o'sgan archaiar yo'g'on va bo'ydor bo'ladi. 3. Atrofdagi hovlilardan ko'taril-, gan tutunlar ko'kimtir, mayin mavj bilan tiniq, sovuq havoda suzadi. A. Qo'limda bitta sigir bor. Jonivor juda sersut, qaymog'i suzsangiz bir enlik keladi. 5. Bu bog'lar juda oq qizg'ish, nafis, havorang marmardan qurilgan ko'rkam binolar, ko'shklar, kichik-kichik saroylar ko'zga tashlanadi. II.QO'SHMA SIFATLAR. Ikki va undan ortiq asosdan tashkil topgan sifatlar qo'shma sifatlar hisoblanadi. Qo'shma sifatlar, asosan, qo'shib yoziladi: erksevar, ochko'z, kulrang, mehmondo'st, devqomat, sheryurak, shirinsuxan, oqko'ngil, kaltafahm, sofdil, jonkuyar kabi. Narsa-buyumni boshqa biror narsa-buyumga nisbatlash, o'xshatish yo'li bilan bildiruvchi sifatlar qo'shib yoziladi; sheryurak,. bodomqovoq, quyonyurak, qirg'iyko'z, devqomat kabi. Rus tilidan aynan o'zlashtirilgan yoki so'zma-so'z tarjima yo'li bilan hosil qilingan qo'shma sifatlar qo'shib yoziladi: yarimavtomat, bayramoldi, suvosti. Tarkibida nim, yarim, g'ayri, umum, aro, rang, xush, bop so'zlari bo'lgan qo'shma sifatlar qo'shib yoziladi: nimpushti, nimqorong'i, g'ayritabiiy, umuminsoniy, xalqaro, jigarrang, xushbo'y, hammabop. Ikkinchi qismida -r (-ar), -mas qo'shimchasi qatnashgan qo'shma sifatlar ham qo'shib yoziladi: tinchliksevar, tezyurar, ishyoqmas kabi. Qo'shma sifatlarning tarkibi quyidagicha bo'ladi: ot + ot: toshbag'ir, sheryurak, bodomqovoq kabi; sifat + ot: kaltafahm, sofdil, qorasoclvoqko'ngil, shirinso'z kabi; ravish + ot: hozirjavob, kamquvvat, kamhosil kabi; « olmosh+ ot: umumjahon, umumxalq kabi; 1 ot + fe’l: tinchliksevar, ishyoqmas, mehnatsevar, ichakuzdi, osmono'par kabi;' ravish + fe’l: tezyurar, ertapishar, tezpishar, tezoqar kabi; MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR, mashq son + fe’l: beshotar kabi. . Qo'shma sifatlami topib, bog'langan so'zi va sintaktik vazifasini aniqlang. . " "' ,. ' ' ' ' ! ! 1. Hulkarning och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o'ynaydi. 2. Markaziy Osiyoning erksevar, mard va jasur xalqi dushmanga qarshi mardonavor kurashdi. Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g'oyalar bilan uyg'unlashib ketgan. 4. Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag'ishlaydi. 5. Ona yeming xushbo'y tafti mast qiladi kishini. 6. U otasi Muzaffar Farmonovning batamom aksi: dadasi yum-yumaloq, baqa- loq bo'lsa, bu xushqad, xushsurat. mashq. Qo'shma sifatlami topib, bog'langan so'zi va sintaktik vazifasini aniqlang. 1 Samig' aka elliklardan oshgan, tarvuzdek yum-yumaloq, hazilkash, shirinso'z odam. 2. O'zbek xalqi mehmondo'st xalq. 3. Ko'z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlami osmonga irg'itib o'ynatayotgan polvonlarketmasdi. 4. Osmono'par koshonalar, yangi libos kiygan cho‘l-u sahrolartasviri qo'shiq parvoziga esh bo'ladi. mashq. Qo'shma sifatlami topib, bog'langan so'zi va sintaktik vazifasini aniqlang. 1. Shirinsuxan, oqko'ngil insonlar mevali daraxtga o'xshaydi: hamma ulardan bahra oladi. 2. Nodon, kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi. 3. Mehnatsevar, zahmat- kash insonlar odamlaming ko'rki, ishyoqmaslar esa ulaming og'riq joyidir. 4. Toshbag'ir odamdan yaxshilik kutma. 5. Sofdil va jonkuyar insonlar bilan bu dunyo oboddir. 6. Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o'xshaydi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling