O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
So'roq gapiar so'roq ma'nosini bildirgan gaplardir
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soroq gapiar quyidagicha hosil qilinadi: Soroq olmoshlari yordamida. Bunday soroq gapiar soroqqa javob boluvchi sozni talab qiladi. Masalan
- Sen akademik litseyda oqiysanmi Ha, men akademik litseyning bitiruvchi oquvchisiman.
- Dars tugadi Nahotki sozi yordamida: Nahotki, bugun siz kelmaysiz
So'roq gapiar so'roq ma'nosini bildirgan gaplardir.
O'zingizga noma’lum voqea-hodisa haqida axborot olish uchun tarkibida so'roq olmoshlari, so'roq yuklamalari yoki so'roq ohangi bo'lgan gap shaklini (qolipini) tanlaysiz. Masalan, uyingizga kimdir keldi, lekin bu shaxsning kimligini bilmaysiz. Ana shu shaxs haqida aniq ma’lumot olish uchun kim keldi deb so'raysiz va so'rog'ingizga kelgan shaxs haqida aniq ma’lumot olasiz. So'roq olmoshlari (kim? nima? qayer? qancha?), so'roq yuklamalari (-mi, -chi, -a, -ya) yoki so'roq ohangi yordamida ifodalanib, so'zlovchiga noma'lum voqea-hodisa haqida axborot olish maqsadida qo'llanuvchi gapiar so'roq gapiar deyiladi. So'roq gapiar quyidagicha hosil qilinadi: So'roq olmoshlari yordamida. Bunday so'roq gapiar so'roqqa javob bo'luvchi so'zni talab qiladi. Masalan: Ko'chatiarga kim suv quydi? - Salim. So'roq yuklamalari yordamida. Bunday so'roq gapiar «ha» yoki «yo‘q» javoblami talab qiladi. Ha va yo'q so'zlarini javob tarzida qo'llab, so'ngra unga izoh beriladi. Masalan: Sen akademik litseyda o'qiysanmi? Ha, men akademik litseyning bitiruvchi o'quvchisiman. Yozuvda -mi yuklamasi so'zga qo'shib, -chi, -a, -ya yuklamalari so'zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. So'roq ohangi yordamida. So'roq ohangi gapning oxiriga qarab ko'tarilib boruvchi ohangdir. Bunday so'roq gapiar, ko'pincha taajjub ma'nosini bildiradi: Dars tugadi. Dars tugadi? Nahotki so'zi yordamida: Nahotki, bugun siz kelmaysiz? So'roq gapiar mazmuniga ko'ra quyidagicha bo'ladi: Sof so'roq gapiar. Bunday gaplarda so'zlovchi o'ziga noma’lum bo'lgan voqea-hodisa haqida axborot olishni oldiga maqsad qilib qo'yadi va bu gapiar so'roqqa javob talab qiladi: Siz qaysi faniarni yoqtirasiz? So'roq-darak gapiar. Ba'zan darak ma'nosini ifodalash uchun so'zlovchi darak shaklidan (qolipidan) emas, balki so'roq gap shaklidan (qolipidan) foydalanadi. Masalan: Bunikim Mmayd/? Mazkur so'roq gapiar javob talab qilmaydi. Javobi shu gapning o’zlda bo'ladi. So'roq gap kesimi bo'lishsiz fe'llar bilan ifodalangan bo'lsa, tasdiq darak gap ma’nosini; aksincha, bo'lishli fe’llar bilan ifodalangan bo'lsa, inkor darak gap ma’nosini bildiradi. Qiyoslang: Go'zal yurtimizda hamma narsa bor- tasdiq mazmuniga ega darak gap. Go'zal yurtimizda nima yo'q?- tasdiq so'roq-darak gap. Tinch uyda janjal chiqishini hech kim xohlamaydi - inkor mazmuniga ega darak gap. Kim tinch uyda janjal bo'lishini xohlaydi? - inkor so'roq-darak gap. So'roq gap orqali ifodalangan darak gap ma'nosi darak gap orqali ifodalangan darak ma’nosidan kuchliroq bo'ladi. Bunday so'roq gapiar so'roq-darak gapiar yoki ritorik so'roq gapiar deyiladi. Ritorik so'roq gapiar so'roq shaklida bo'lib, javob talab qilmaydi. Badiiy tilda, ba'zan ommaviy nutqda so'zlovchi o'z his-tuyg'ularini hayajon bilan ifoda etadi. Ritorik so'roq gapiar jumlaning ta'sirli bo'lishiga xizmat qiladi va badiiy uslubning bir turi hisoblanadi. Masalan: Nahotki Ahmadjonning shuncha mehnatlari bemaqsad ketsa ?! Bilmayman, bu ijod kishiiarisiz qaydan olar edim qal- bimga o'tni? Nahotki u dunyoga kelib durustroq niyat bilan yashamagan bo'lsa?! So'roq-buyruq gapiar. So'roq gap shakli orqali buyruq ma’nosi ham ifodalanishi mumkin. Masalan: - Yurmaysanmi? («yuring» ma’nosida) So'roq gap orqali ifodalangan buyruq gap ma’nosi buyruq gap orqali ifodalangan buyruq ma’nosidan kuchliroq bo'ladi. Bunday so'roq gapiar so'roq-buyruq gapiar deyiladi. Demak, so'roq gap shakli orqali so'roq, darak, buyruq ma'nolari ifodalanadi. BUYRUQ GAPLAR VA ULARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI Ma’lum bir harakat-holatni, voqea-hodisani bajarish yoki bajarmaslikka tinglovchi- ni da’vat etmoqchisiz. Ana shu joyda kesimi buyruq maylidagi fe’llardan ifodalangan gaplardan foydalanasiz. Masalan: Oldin o'yla, keyin so'yla. Buyruq gapiar - kesimi buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalanib, buyurish, da’vat qilish ma’nolarini bildirgan gapiar. Masalan: Chiroyli yoz. Buyruq gaplaming kesimi buyruq shaklidagi fe'llar orqali ifodalanadi. Esda saqlang: Buyruq gaplaming buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalangan kesimi ba’zan tushib qolishi mumkin, lekin uning izi nutq vaziyatidan bilinib turadi. Masalan: Hamma paxta terimigal Buyruq gap oxiriga nuqta, ba'zan undov belgisi qo'yiladi. Buyruq gaplaming kesimi aniqlik nisbati, II shaxs, buyruq maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi. Masalan: Chekmang! Ba'zan majhul nisbat, III shaxs, buyruq maylidagi fe’llar bilan ifodalanishi ham mumkin. Masalan: Ishga qabul qilinsin. Esda saqlang: Ayrim hollarda III shaxs buyruq maylidagi fe’llar bilan ifodalangan gapning kesimi II shaxs ma’nosida qo'llaniladi. Masalan: Chekmang o'miga chekilmasin. Uyga kiring o'miga uyga kirilsin. Bunday vaqtda iltifot, mulozamat bildirish, kesatiq kabi ma’nolami ifodalaydi. Buyruq gapning kesimi, odatda, gap oxirida keladi. Ba’zan buyruqni kuchaytirish, do'q-po'pisa ma’nosi ifodalanganda kesim gap boshida keladi. Masalan: Qo'lingizni oling o'miga oling qo'lingizni kabi. Buyruq gapga misollar: Moziy va istiqbolga munosib bo'iish uchun, keling, biz ham mana shu tabarruk ayyomlarning totini teran his qilib shukronalik bilan hayot kechiraylik. Ey Navoiy, boda birian xurram et ko'ngil uyin... Olamning farzandi bo'lmish har bir odam ixtiyorsiz ravishda o'z ulug' volidasiga taqlid qilib yashasin. Yer yuzini munavvar etaylik. ISTAK GAPLAR VA ULARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI Nutq jarayonida boshqalarga o'zingizning istak-xohishingizni bayon qilgingiz kelsa, ana shu maqsadingizga muvofiq kesimi shart-istak maylidagi fe’l bilan ifodalangan gap shaklini tanlaysiz. Masalan: Toshkentga borsam. Mustaqillik maydonini ko'rsam. Istak gapiar kesimi shart-istak maylidagi fe’llar orqali ifodalangan gaplardir. Masalan: Xorijiy tillami yaxshi o'rganib, chet ellarga o'qishga borsam. Qani hamma xotin ham sizday bo'lsa... Qani til bo'lsa-yu, u bilan suhbatlasha qolsal GAPNING HIS-HAYAJONNING ISHTIROKIGA KO'RA TURLARI Gapiar his-hayajonning ishtirokiga ko'ra ikki turga bo'linadi: 1) his-hayajonsiz gapiar; 2) his-hayajon (undov) gapiar. Darak, so'roq va buyruq gapiar his-hayajonsiz gaplardir. Bular nutqda kuchli his-hayajonga ega bo'lishi bilan his-hayajpn gaplarga aylanishi mumkin. His-hayajon gapiar undov gap ham deb nomlanadi. Undov gap fikmi kuchli his-hayajon bilan ifodalaydigan, kuchli ohang bilan aytiladigan gaplardir. Ular shodlik, quvonch, suyunish, qo'rquv, tantana, taajjub, qayg'u, afsuslanish kabi turli hissiyotlami ifodalaydi va baland ohangda aytilishi bilan boshqa gap turlaridan farq qiladi. Yozuvda undov gapning oxiriga undov belgisi qo'yiladi. Masalan: Voy, qomatingdan onang o'rgilsin! O'z qilmishlaringizdan uyalmaysizmi? Qadamlaringizga hasanot! His-hayajon gapiar his-hayajon ohangi bilan aytilgan darak, so'roq, buyruq shaklidagi gaplardir. Masalan: Ey Vatan! Poivonlaring bor bo'lsin! Uyg'oq bo‘lsin His-hayajon gapiarda ko'pincha qancha, naqadar, qanday, shunchalar so'zlari hamda undov so'zlar ishtirok etadi yoki kesim gapning oldida keladi. Masalan: Oh, naqadar go'zal ona tabiatt Yozuvda his-hayajon gapiar oxiriga undov belgisi qo'yiladi. Agar so'roq gap his-hayajon bilan aytilsa, oldin so'roq belgisi, undan so'ng undov belgisi qo'yiladi. Masalan: Chiqmaysizmi?! Atsangiz-chi, nima dedi?! Salomlashish-so'rashish, xayrlashish singari holatlar bilan bog'langan gapiar ham yuqori ohang bilan aytiladi (To'y muborak! Xayr, do'stim!) va undov gapiar hisoblanadi. His-hayajon gapiarda ko'pincha kesim gapning oldida keladi. Masalan: His-hayajonsiz gapiar His-hayajonli (undov) gapiar Poyezd keldi. Keldi poyezdl Uyingiz nurga to'lsin. Nurga to'lsin uyingiz! Dalaga chiqmaysizmi? Chiqmaysizmi dalaga?! Vatanim bog'larga burkansa. Eh, bog'larga burkansa Vatanim! GAPNING TUZILISHIGA KO‘RA TURLARI Nutqimizda gapiar bir yoki ikki grammatik asosdan tuzilishi mumkin. Grammatik asos deganda gapning bosh bo'laklari: ega va kesim nazarda tutiladi. Shu jihatdan gapiar ikkiga bo'linadi: 1) sodda gapiar; 2) qo'shma gapiar. Grammatik asosi bitta bo'lib, ma’lum bir fikmi (ba’zan unga qo'shimcha ravishda his-hayajonni) ifodalovchi gapiar sodda gap deyiladi: Shahnoza o'q idi. Shahnoza kitobni o'qidi. Shahnoza shu kitobni o'qidi. Shahnoza shu kitobni haya- jon bilan o'qidi kabi. Mazkur gaplaming hammasida bosh bo'laklar, ya’ni ega va kesim bitta: Shahnoza - ega, o'qidi - kesim. Ikki va undan ortiq grammatik asosdan tashkil topib, murakkabroq fikr anglatuvchi gap qo'shma gap deyiladi. Shu payt eshik ochildi va hovliga harbiycha kiyingan bir yigit kirib keldi. Bilimli o'zar, biiimsiz to'zar. Odam borki, odamiarning naqshidir. Mazkur gaplaming grammatik asosi, ya’ni ega va kesimi ikkitadan. 1 -gapda eshik - ega, ochildi - kesim; 2-gapda yigit - ega, kirib keldi - kesim. SODDA GAP HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT Sodda gap tarkibida kesimlik shakllariga ega bitta kesim bo'ladi. Sodda gap tarkibidagi barcha bo'laklar shu kesirfi atrofida birlashadi. Qo'shma gap tarkibida esa ikki va undan ortiq (uyushmagan) kesim bo'ladi. Grammatik asoslaming miqdoriga ko'ra gapiar sodda (bir grammatik asosli) va qo'shma (ikki va undan ortiq grammatik asosli) gaplarga bo'linadi. Qiyoslang: Bu shaharda tanish-bilish yo'qligi Mirzayevga shu bugun bilindi. - Kampiming ko'zlari allanechuk olayib ketdi, yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi. Sodda gapiar eganing ishtirok etish yoki etmasligiga ko'ra ikkiga bo'linadi: egasi mavjud gapiar (Biz yangi filmni tomosha qildik - biz gapning egasi) va egasiz gapiar (Yangi filmni tomosha qildik - gapning egasi yo'q). Sodda gapiar ikkinchi darajali bo'laklarning ishtirok etgani yoki etmaganiga ko'ra sodda yig'iq gapiar (Kamola kirib keldi), sodda yoyiq gapiar (Kamola darvozadan shoshilib kirib keldi)ga bo'linadi. GAPNING BO'LAKLARGA AJRATILISHI Gap tarkibidagi o'zaro tobe bog'lanishda bo'lgan so'zlardan bittasi tobe bo'lak, ikkinchisi hokim bo'lak vazifasini bajaradi. Tobe bo'lak hokim bo'lakka bog'lanib hokim bo'lak talab etgan sintaktik vazifada keladi. Ana shu vazifa gap bo'lagi nomi bilan yu- ritiladi. Gapda so'zlar o'zaro grammatik munosabatga kirishib gap bo'laklarini hosil qiladi. Gap bo'laklari vazifasini mustaqil so'zlargina bajaradi. Har bir gap bo'lagi boshqa gap bo'laklari bilan bo'lgan grammatik munosabatlariga ko'ra belgilanadi, ya'ni har bir gap bo'lagi o'zi munosabatga kirishgan so'z bilan ma’lum sintaktik aloqada bo'ladi. Masalan: Dildora kecha uchrashuv haqida zavqlanib gapir- di gapida quyidagi gap bo'laklari mavjud; Dildora (kim?) - ega, kechagi (qachongi? qaysi?) - aniqlovchi, uchrashuv haqida (nima haqida?) - to'ldiruvchi, zavqlanib (qay tarzda?) $ hoi, gapirdi (nima qildi?) - kesim. So'zlar quyidagicha sintaktik aloqaga kirishgan: 1) Dildora gapirdi; 2) zavqlanib gapirdi; 3) uchrashuv haqida gapirdi; 4) kechagi uchrashuv. Gap bo'laklari 5 ta: kesim, ega, aniqlovchi, to'ldiruvchi, hoi. Demak, gap bo'lagi tobe bog'lanish doirasida, tobe qism vazifasida kelgan bo-lak hisoblanadi. Uning qaysi bo'lak vazifasida kelayotgani hokim bo'lakka nisbatan aniqlanadi. Gapda kesimgina boshqa bo'laklarga nisbatlanmagan holda aniqlanadi, chunki uning kesim ekanini kesimlik shakllari ko'rsatib turadi. Shuning uchun uni gap tarkibidan to- pish qiyinchilik tug'dirmaydi. Qolgan bo'laklar kesimga nisbatan aniqlanadi. Boshqa bo'laklar javob bo'lishi lozim bo'lgan so'roqlar kesimga qarab belgilanadi. Masalan: Sen Pushkinning sevgan malagi gapida kim? so'rog'iga kesim vazifasidagi Pushkinning sevgan malagi boiagida bog'lanadi. Kim? so'rog'iga javob bo'luvchi bo'lak ega vazifasida keladi. Demak, ega ham kesimga nisbatan belgilanadi. Esda saqlang: Gapning gap sifatida shakllanishida muhim bo'lgan, uning mazmuniy va grammatik markazi hisoblanuvchi bo'lak - kesim. Shuping uchun u gapning eng muhim bo'lagi, bosh bo'lak sanaladi. Ega kesimga ergashib kesimda ifodalangan belgi, harakat-holatning bajaruvchisini ko'rsatadi va kesimdan keyingi bo'lak sanaladi. To'ldiruvchi va hoi bo'laklari kesim bilan tobe munosabatga kirishib ulami to'ldiradi, aniqiaydi yoki izohlaydi. Shuning uchun ular gapning ikkinchi darajali bo'laklari deyiladi. Aniqlovchi yuqoridagi barcha bo'laklarga bog'lanib ularning ma’nosini izohlab keladi. Gapda qaysi bo'lak bilan munosabatda bo'lsa, shu bo'lak bilan birgalikda bitta gap bo'lagi, birikmali gap bo'lagi bo'lib keladi. Aniqlovchi shu birikmali gap bo'laklarining bo'lagi sifatida keyingi bosqichda ajralib chiqadi. Shunday qilib, gap bo'laklari bir necha darajalarga bo'linadi: Bosh bo'laklar: kesim, ega. Ikkinchi darajali bo'laklar: to'ldiruvchi, hoi, aniqlovchi. KESIM VA UNING IFODALANISHI Kesim gap markazi bo'lib, u tasdiq-inkor, zamon, mayl, shaxs-son ma’nolarini ifodalab keladi, hukmni ifodalaydi va gapning boshqa bo'iaklarini o'z atrofida biriashtiradi. Gapni yuzaga keltirish, fikrni ifodalash jihatidan kesimning gapdagi ahamiyati juda katta. U hukmni ifodalovchi, gaplikning asosiy belgilarini ko'rsatuvchi eng muhim bo'lakdir. Gapda ega ham, ikkinchi darajali bo'laklar ham bevosita yoki bilvosita kesimga bog'lanadi. Kesim nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi? (ba’zan nechanchi? qanday?) so'roqlariga javob bo'ladi. Kesimlik ma'nolari kesimlik shakllari orqali ifodalanadi. Har bir kesimlik ma'nosi alohida-alohida ifodalanishi mumkin. Masalan: yozmas- aydim: yoz - ma (tasdiq-inkor) - say (mayl) - di (zamon) - m (shaxs-son). Bitta kesimlik shakli bir necha kesimlik ma’nolarini ifodalaydi. Masalan, keldi: keldi (o'tgan zamon, III shaxs, tasdiq, aniqlik mayli) yoki o'quvchiman: o'quvchi-man (I shaxs, hozirgi zamon, tasdiq, aniqlik mayli). Ba’zan kesimlik ma’nolari nol shakl orqali ifodalanadi. Masalan: Kel (kelasi zamon, II shaxs, tasdiq-buyruq mayli) yoki Men o'quvchi (I shaxs, hozirgi zamon, tasdiq, aniqlik). Kesim qaysi turkum so'zlari bilan ifodalanishiga ko'ra ikki xil (fe'l kesim, ot kesim), tuzilishiga ko'ra ikki xil (sodda kesim va murakkab kesim) bo'ladi. FE’L KESIM VA OT KESIM Felning turli shakllari orqali ifodalangan kesim fe’l kesim deyiladi. Fe’l kesimlar quyidagi ko'rinishlarga ega: sof fe’l kesimlar: Men maktabga boraman; ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Motor gurillab, mashina oldinga intildi; d) sifatdosh bilan ifodalangan kesim: Ithurar-karvon o'tar. Po'lat xatni kecha yuborgan. ce’ldan boshqa so'z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so'z) bilan, shuningdek, fe’lning harakat nomi shakli bilan ifodalangan kesim ot kesim deyiladi. Ot kesimlar quyidagicha ifodalanadi: Ot bilan: Teshaboy ashaddiy dushman-u, siz xizmatini qilayotgan depo xo'jayini do'stmi? Yaxshi ro'zg'or-jannat, yomon ro'zg'or-do'zax. Sifat bilan: Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. Son bilan: Bimiki-mingga, mingniki—tumanga. Bu birinchisi. Ikki marta ikki-to'rt. Olmosh bilan: Maqsadim - shu. O'zim harjoydaman, ko'nglim sandadur. Ravish bilan: Sizdan umidim ko'p. Modal so‘z bilan: Yo'qoling, siz bilan adi-badi aytishishga vaqtim yo'q. Harakat nomi bilan: O'qish - igna bilan quduq qazish. Taqlid so‘z bilan: Osmonda yulduzlar g‘uj-g‘uj. Fe’l kesimlar shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, mayl ma’nolarini kesimlik (fe’l) orqali ifodalaydi. Ot kesimlarda esa otni kesim qilib shakllantirish uchun maxsus vositalar man, -san, -dir, bo'la (-man, -san, -di), hisoblana (-man, -san, -di), sana (-man, -san, -di) qo'shiladi. Masalan: U o'quvchi (dir). U o'quvchi hisoblanadi. U o'quvchi sanaladi. Ot kesimni shakllantiruvchi bunday vositalar bog'lama deyiladi. Bog'lama ba'zan qo'llanilmasligi mumkin. Bunday vaqtda kesim ohang yordamida shakllanadi. Masalan, U o'quvchi. Misollar Fe’l kesim: Mo'tabar eshikni sekin yopib chiqib ketdi. Ot kesim: 1. Oltita bolani bag'riga olgan Mahkam taqachi - shu (olmosh). Sanasangiz - sanamasangiz ham hammasi qirqta (son). Tez hal qilish kerak (harakat nomi), talabgorlar ko'p (ravish). Bu qaromi amalga oshirishdagi birinchi qadam - o'qish (harakat nomi), o'qiganda ham a’lo o'qish edi (harakat nomi). Mingbuloq o'zi yaxshi, suv serob, lekin u qarovsiz (sifat). Uning Vohid Mirobiddinov haqidagi gaplari ham qiziq (sifat). Tabiatda hech qanday sirli kuch ta’sirida ro'y beradigan narsa yo'q (modal so'z). SODDA KESIM VA MURAKKAB KESIM Kesimlar tuzilishiga ko'ra ikki xil bo'ladi: sodda kesim va murakkab kesim. Birgina so'z bilan ifodalangan kesim sodda kesim deyiladi: Paxta va tilladan yurt bezanadi. Alisher Navoiy - she’riyat quyoshi. Ikki va undan ortiq so'z bilan ifodalangan kesim murakkab kesim (akademik litsey darsligida qo'shma kesim deb berilgan) deyiladi: Ayozli kunlar asta-sekin o'tib borayotir. Uchrashuv qiziqarli bo'ldi. Murakkab kesim tarkibidagi so'zlardan biri yordamchi so'zlar (ko'makchi fe’l, bog'lama, nisbiy so‘zlar)dan bo'lishi mumkin. Masalan: Dugonam tashqariga ko'z qirini tashladi. Baxil o'z molini asrash uchun qattiq azob chekadi. Hasadchi esa yaramas fe’li tufayli tinch yashay olmaydi. Unisi o'ziga bergan azobdan qiynaladi, bunisi esa o'z qilig'idan dard chekadi. MURAKKAB OT KESIMLARNING TUZILISHI Murakkab ot kesimlar ot (keng ma'noda) + bog'lama vazifasida kelgan yordamchi fe’l yoki ko'makchi fe’l tarzidagi qo'shiluvdan hosil bo'ladi. Bunda asosiy ma’no otdan anglashiladi, ko'makchi yoki to'liqsiz fe’l qo'shimcha ma’no bildiradi va kesimning ega bilan bog'lanishini ta'minlaydi. Kesim bilan egadni bog'lashga xizmat qiluvchi bunday so'zlar bog'lama deyiladi. Ular asl mustaqil ma’nosini to'la yoki qisman yo'qotib yordamchi vazifaga. ko'chgan. Ulaming vazifasi fe'l bo'lmagan so'zlar bilan qo'shilib kesimni shakllantirishdir, ya’ni mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalashdan iborat. Kesimni shakllantirishga xizmat qiladigan bunday bog'lamalar bo'l-, qil-, edi, ekan, emish, hisoblan-, sana- kabi yordamchilardir. Kerak, zarur, darkor so'zlari ham bog'lama vazifasida qo'llanadi. Misollar: O'sha kuni sovuq qattiq edi. Bu katta ahamiyatga ega hodisa hisoblanadi. Men kutib olishim kerak. Akam talaba bo‘ldi. Fikrlar o'zingniki bo'lsin. So'zga chiqishing shart. Qo'shni xona doimo ozoda bo'ladi. Hammasini aytib berishing darkor, Dadam kasalxonaning bosh vrachi hisoblanadi. Chaqaloqni bir ko'rgim keldi. Uyimizdan yaxshilar qadami sira uzilmas edi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling