O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


KESIMNING BIRIKMALAR VA IBORALAR BILAN IFODALANISHI


Download 0.61 Mb.
bet88/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

KESIMNING BIRIKMALAR VA IBORALAR BILAN IFODALANISHI
Kengaygan birikma va iboralar yaxlit holda bitta gap bo'lagi bo'lib keladi va o'z ichida boshqa bo'laklarga ajratilmaydi. Murakkab kesim quydagicha ifodalanadi:
Ibora bilan: Salim bog'dan kelsangiz, tog'dan keladi. U birdaniga to'nini teskari kiyib oldi. Daladagi ishlarni ko'rib, raisning boshi osmonga yetdi.
Birikmalar bilan: Respublikamizning eng nufuzli bilim dargohi O'zbekiston Milliy universitetidir. Toshkent O'zbekiston Respublikasining poytaxtidir.
Kengaygan birikma bilan: Vazifamiz - bilim maskanlarida hamisha a'lo o'qish. Tarixni o'rganishdan asosiy maqsad - milliy o'zligimizni chug'urroq anglash. Komil insonlardagi olijanob xislat - o'tmishni unutmaslik.

EGA VA KESIMNING MOSLASHUVI


Ega kesim bilan grammatik va mazmun tomondan bog'langani uchun doimo kesimning shakliga mos shaklda turadi. Eganing kesim shakliga mos {shaxs-son) shaklda kelishiga moslashuv deyiladi.
Masalan, Men talabaman gapida talabaman kesimi I shaxs birlikda turgani uchun, uning egasi ham I shaxs birlikdagi olmosh - men. Yoki ishlaysiz kesimi II shaxs birlikda turgani uchun, uning egasi ham II shaxs birlikdagi olmosh - siz.
Kesim ega bilan ba'zan son shakli bo'yicha moslashmasligi mumkin. Xususan, ega narsa, hayvonlami bildiruvchi so'zlar bilan ifodalanganda kesim bilan moslashmaydi. Masalan: Qushlar sayraydilar emas, qushlar sayraydi. Bu yerda ega va kesim sonda (qushlar - ko'plik sonda, sayraydi - birlik sonda) moslashmagan.
Esda saqlang: Kesim ot kesim bo'lib, uning kesimlik shaklini ko'rsatuvchi bog'lamalar qo'llanilmasa, u vaqtda kesim ohang yordamida shakllanadi.
Ot kesimning kesimlik shakllari maxsus ifodalanmay, ohang yordamida shakllanganida shu tugallangan ohangni ifodalash uchun ega bilan kesim o'rtasiga yozuvda tire qo'yiladi. Masalan, Ro'paradagi bino - maktab. O'zbekistonning poytaxti- Toshkent. Samarqand - azim shahar.
OT KESIM VA EGA ORASIDA TIRENING ISHLATILISHI
Quyidagi hollarda ot kesim va ega orasida tire qo'yiladi:
Ot kesim kesimlik qo‘shimchalarisizyoki bog'lamasizqo'llanganida:
Tinchlik - farovon hayot manbayi.
Uch karra uch-to'qqiz.
Ukam - o'quvchi.
Aziza - tikuvchi.
Yulduz - a’lochilarimizdan.
Taniganim - do'stlarim.
Eshitganlarim - haqiqat.
Qo'l yugurigi - oshga, til yugurigi - boshga.
Yaxshining gapi - moy, yomonning gapi - loy.
Odamning oftobi - odamdan ko'radigan mehr-oqibati.
Sidiqjon - qarol bola, bu - o'ziga to'q bir odamning qizi.
Vatan gadosi - kafan gadosi.
Do'stlik — xalqimizning xulqi, odati, Do'stlik — o'lkamizning qudrati, shoni.
Boylikning eng yaxshisi - ko'ngil boyligi.
Shoshilish, yengil-yelpi ishlarga havas, jahldorlik - nodonlar ishi.
So'zga chechanlik - kirishimlilik alomati.
Gapning egasi yoki kesimi harakat nomi bilan ifodalanib, ke­sim tarkibida bog'lama yoki kesimlik qo'shimchasi bo'lmaganida:
O'qish - ulg'ayish.
Har narsaga qiziqish - biz uchun eski odat.
Maqsadim - o'qimoq.
Ega ko'rsatish olmoshi bilan ifodalansa:
Bu - siz uchun katta sinovdir.
Yaxshi niyatli kishilaming ahdi - shu.
Taniganim-shular.
Mening aytadigan gapim - shu.
Eganing ma’nosi ta’kidlab ko'rsatiiganida:
Men - mana shu minglaming biriman.
Urush - quyon ovi emas.
Sen - bizni ozod etuvchisan.
Ega bilan kesim bu, u, mana bu so'zlari bilan ajratilganfda:
Tinchlik - bu sevinchdir, hayotda lazzat, Tinchlik - bu totuvlik, har ishda orom.
Men tug'ilgan o'lka - u muqaddas.
Qozog'iston - bu oltin, kumush.
Vatan - u mening jon-u tanim, sajdagohimdir.
Ega bilan kesim orasida quyidagi hollarda tire qo'yilmaydif
Agar ega bilan kesim orasida ham yordamchisi bo'lsa: Olma ham meva. Bular ham a’lochi. Mening opam ham talaba. Sharifa ham to'quvchi.
Kesim shaxs qo'shimchasini olsa yoki yuklama bilan birikib kelsa: Bu ishni baja­ruvchi sensan. Yuragi qalam-u, qog'ozi - keng yer. A’lochilaringiz Salimjonmi?
Kesim sifat, son, olmosh, ravish bilan ifodalansa: Yurtimiz obod. Ona tilidan yuqori baho olgan talabalar soni yigirma beshta. Nega yurishingiz sekin? Vatanimiz go'zal. Bu qovun shirin. Bizning sinfimiz sakkizinchi.
Mashq. Topshiriqlami quyidagicha bajaring.
Gapning kesimi sifat, son kabilar bilan ifodalanganda u ega bilan moslash- masligiga misollar yozing.
Ega tarkibida ko'p, kam, oz so'zlari bo'lsa, kesim birlikda qo'llanishiga gapiar tuzib yozing.
Yodda tuting: gap bo'laklari orasidagi, ayniqsa, ega va kesim orasidagi moslashuvning buzilishi uslubiy xatolarga olib keladi.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
mashq. Kerakli o'rinlarga tire qo'yib gaplarni ko'chiring. So'ngra uni izohlang.
Kishidan kishiga qoladigan meros so'z. 2. Bilimsiz kishilar donolaming dushmani.
Dunyo shodligini olmoqchi bo'lgan odamga chora ezgulik. 4. Bilimsiz kishi yilqi- hayvon bilan teng. 5. Qo'limda keskir xanjar. Bu mening kimligimga ishora. 6. Ezgulik o'ng, yomonlik chapdir. 7. Ko'p so'zlash donolik belgisi emas. U ezmalik alomati.
Otalar so'zr aqlning ko'zi. 9. Do'stlikka yaramaydigan shaxsning eng yaramasi chaqimchi. 10. Qunt donoga yarashiq. Bilim mardlarga ziynat. 11. So'ramoq oson ish. Javob bermoq mushkul.
2-mashq. Tire ishlatilgan gaplarni tiresiz holga keltirib ko'chiring (ularning o'rniga kesimlik shakllari va bog'lamalarni qo'ying).
Ochiq yuzlilik - bekning yaxshi fazilatlaridan biri. 2. Shoshilish, yengil-yelpi ishlarga havas, jahldorlik - nodonlar ishi. 3. Fisq-fasod - qut-saodat dushmani. 4. Vaziriik - ulug' ish. 5. Tamagirlik - kishining boshiga bitgan balo. 6. So'zga chechanlik
kirishimlik alomati. So'zi go'zalning ishi ham yurishadi. Xotira baquvvatligi - elchiga ziynat. 7. Sirni eshitishga qobil bo'lgan ikki kishi bor: ulaming birinchisi - vazir, boshqasi
kotib. 8 Bu dunyodagi eng yirik yov - nafeing. 9. Qorin to'ysa, arpa ham, holva ham bir xil - ikkalasi ham ortib qolaveradi. 11. Ko'ngil chopmagan ishni qilish - xatar.
MUSTAQIL VA NOMUSTAQIL KESIMLIK SHAKLLARI
Tilimizda shart mayli shakli (istak gaplardagi bundan mustasno) nomustaqil kesimlik shaklini yasashga xizmat qiladi. Bunday kesimli gaplaming mustaqil ravishda qo'llani- shi uchun maxsus nutqiy sharoit talab etiladi. Ya’ni shart mayli shakli istak gapning kesim[ bo'lib, gap oxirida kelsa mustaqil kesim hisoblanadi. Masalan: Yomg'ir yoa'sa. cho'llar yashnaydi - nomustaqil kesim. Tezroq yoz kelsa - mustaqil kesim.
Shaxs-son va zamon shakllaridagi fe'l kesimlar hamda bog'lamali va bog'lamasiz ot kesimlar mustaqil kesimlardir.
EGA VA UNING IFODALANISHI
Gap kesimining qo'shimchalaridan anglashilib turgan shaxs-son ma’nosini aniqlashtiruvchi bo'lak egadir. Ega, asosan, kim? nima? so'roqlariga javob bo'lib keladi.
Ega doimo bosh kelishik shaklida bo'ladi, egalik va ko'plik shakllarini qabul qilishi mumkin.
Ega quyidagi so'z turkumlari bilan ifodalanadi:
1. Ot bilan: Aziz o'sha kitobni o'qidi. Milt-milt yonib turgan chiroq birozdan so'ng o'chdi.
Olmosh bilan: Sen o'zingni maqtama, seni birov maqtasin.
Otlashganda:
Son bilan: Ikkalasi ham chiqib ketishdi.
Sifatdosh bilan: O'qigan o'qdan o'zar, o'qimagan turtkidan shoshar.
Sifat bilan: Yaxshilar ko'paysin, yomon qolmasin.
Ravish bilan:.Ko'p so'zning ozi yaxshi, oz so'zning o'zi yaxshi.
Harakat nomi bilan: O'qish vafoli, keti jafoli.
Taqlid so'z bilan: Qars ikki qo'ldan chiqadi.
Modal so'z bilan: Bor so'zlaydi, yo'q o'ylaydi.

EGALI VA EGASIZ GAPLAR


Sodda gapiar egali (shaxsli) va egasiz (shaxssiz) bo'lishi mumkin. Egasi mavjud bo'lgan gapiar shaxsli gaplardir. Masalan: Biz bugun Samarqandga jo'naymiz. Egasi mavjud bo'lmagan gapiar shaxssiz gaplardir. Masalan; Bugun Samarqandga jo'naladi. Birinchi gapda ega (biz) ishtirok etgan, ikkinchi gapda esa ega ishtirok etmagan, kesim- dan ifodalangan ish-harakatning kim tomonidan bajarilishi ma’lum emas.
EGASI YASHIRINGAN GAPLAR
Egasi yashiringan gapiar ikki turlidir:
1. Egasi (shaxsi) ma'lum gapiar. 2. Egasi (shaxsi) umumlashgan gapiar.
EGASI MA’LUM GAPLAR. Egasi ma'lum gapiarda gapning egasi matndan, nutq sharoitidan, kesimning shaxs-son shakllaridan ma’lum bo'lib turadi. Bunday gaplaming kesimi, odatda, I va II shaxs shaklida bo'ladi.
Masalan:
Topshiriqni o'z vaqtida bajaring.
So'zimning ustidan chiqaman.
Yaqin kunlarda yakuniy test sinovlaridan o'tamiz.
San-manga bormaylik, masalani odillik bilan hal etamiz.
EGASI UMUMLASHGAN GAPLAR. Egasi umumlashgan gapiarda gap­ning umumiy mazmuni barcha shaxslarga aloqador bo'ladi. Bunday gaplaming kesimi
va III shaxs shakllarida keladi:
Hurmat qilsang, hurmat ko'rasan.
Avtobusga orqa eshikdan kiriladi.
Sog'liq tilaSang, ko'p yema.
Izzat tilasang, ko'p dema.
Yaxshilikni minnat uchun qilmaydilar.
Maqol va matallar, hikmatli so'zlar, odat tusiga kirgan rasm-rusumlami bayon etuv- chi gapiarda ega, asosan, umumlashgan bo'ladi.
Esda saqlang: Kesimi majhul nisbatdagi fe'l bilan ifodalangan gapiarda egani tushirish mumkin emas: Uy ham qurildi, suv quvurlari o'tkazildi, elektrlashtirish va gazlashtirish ishlari bitkazildi.
Gapda harakatning bajaruvchisi ta'kidlanishi zarur bo'lgan hollarda ega tushirilishi mumkin emas: Kim gulxan yoqadi? - Men yoqaman, - dedi Sharifjon.
EGASIZ GAPLAR. SHAXSI NOMA’LUM GAP
Egasiz gapiarda ega umuman bo'lmaydi va gap ma'nosidan anglashilmaydi. Egasiz gapiar shaxsi noma’lum gapiar, atov gapiar, so'z-gaplar kabi 3 turga bo'linadi.
SHAXSI NOMA’LUM GAPIarda kesim fe’l bilan ifodalanadi va ish-harakat- ni bajarishga imkoniyat, zaruriyat, shart, tilak, istak kabi ma'nolami ifodalab keladi.
Bunday gapiar kesimining eng muhim belgisi - uning tarkibida egalik qo'shimchasining yo'qligidir. Bu gapiar shaxssiz emas, harakatni mantiqan kimdir bajaradi, lekin uni gap­da ifodalab bo'lmaydi.
Bunday gaplaming kesimi quyidagicha bo'ladi:
harakat nomi + kerak, lozim, darkor, shart, mumkin, zarur.
Masalan: Vazifani bajarish kerak.
To'garakka borish kerak.
Bu yerda o'rtoq Ergashevning hushyorligiga tan berish kerak;
kesimi to'g'ri keladi, to'g'ri keimaydi fe’li shaklida bo'ladi.
Masalan: Ko'nglida armon qolmasin deb, chilyosin ham qildirishga to'g'ri keldi.
Yo'lda biroz to'xtashga to'g'ri kelib qoldi;
kesimi bo'ladi, bo'lmaydi fe’li shaklida bo'ladi:
Oyni etak bilan yopib bo'lmaydi.
ATOV GAPLAR
Atov gapiar so'zlovchi ko'z o'ngida biror voqea-hodisani, narsa-buyum yoki davmi jonli gavdalantirishga, uning xotirasida yoki xayolida ular bilan aloqador voqea-hodisalar- ni tiklashga xizmat qiluvchi muhim tasviriy vositadir. Atov gapiar, asosan, aniqlik maylining hozirgi-kelasi, ba’zan esa o'tgan zamon shakllaridagina keladi.
Atov gapiar bitta so'zdan iborat bo'lishi ham, aniqlovchilar bilan kengayib kelishi ham mumkin. Atov gapiar turli xildagi sodda va murakkab aniqlovchilar bilan bemalol kengayadi. Atov gap kengaygan harakat nomi bilan ham ifodalanishi mumkin. Misollar:
Bahor. Kunlar iliqlashgan.
Maktab. Yoshligimning oltin davri shu dargohda o'tdi.
Sentabrning boshlari edi. Talabalikning ilk kunlari edi.
Hamon yodimdadir: gul chog'i erdi.
Amu-Buxoro kanali. Qaqragan ming-ming gektar yerlarga hayot suvi olib kelgan qudratli inshoot.
Urush... Oynisa ayvon ustiga suyangancha qotib qoldi.
Qo'shiq. San’atning bu turini sevmagan kim bor?
YOYIQ ATOV GAPga misollar:
Yam-yashil o'tov. Mulkar bu yerga kelsa qanday quvonadi. - Bu gapdagi yoyiq atov gap aniqlovchining bir turi bilan, ya'ni sifatlovchi-aniqlovchi bilan kengaygan.
Qip-qizil saraton quyoshi. Muloyim jilmayib saxovat bilan nur socha boshladi. - Bu gapdagi yoyiq atov gap aniqlovchining ikkita turi bilan, ya'ni sifatlov­chi-aniqlovchi va qaratqich-aniqlovchi bilan kengaygan.
Yangi shahar ko'chalari. Ilk bahor shabadasi yoqimli esadi. - Bu gap­dagi yoyiq atov gap aniqlovchining ikkita turi bilan, ya’ni sifatlovchi-aniqlovchi va qa- ratqich-aniqlovchi bilan kengaygan,

SO‘Z-GAPLAR


Bir so'zdan iborat bo'lib, tarkibga ajralmaydigan, boshqa so'zlar bilan kengaya olish imkoniyatiga deyarli ega bo'lmagan gapiar so‘z-gaplar deyiladi. Ular tasdiq, inkor, so'roq; taajjub, his-hayajon kabilarni ifoda etlb, matn bilan bog'liq bo'ladi. So'z- gaplar, asosan, modal va his-hayajon munosabatlarini ifoda etgani uchun ham ko'proq dialogik, ba'zan monologik nutqqa xosdir. Masalan:
Sog'lig'ingiz yaxshimi?
Rahmat. Tuzukman.
Ertalab uchrashamiz-da.
Albatta. Bekatda. Soat 9 da.
Qabulga birga kiramizmi?
Yo'q. Avval siz kiring.
Bo'pti. Ma’qul.
Oh-o! Savollaringiz tugamaydi-ku. Mayli, marhamat.
Kishilar o'rtasidagi oddiy muomalada tez-tez ishlatilib turadigan bir so'z yoki ibora (biriik)lar so'z-gaplar vazifasida qo'llanadigan bo'lib qolgan: assalomu alaykum, yoqimli ishtaha, marhamat, salomat bo'ling, qulluq, osh-bo‘lsin, yaxshi boring, xush ko'rdik, labbay, jonim bilan, bajonidil kabi.
Ba'zan so'z-gaplar takrorianib qo'llanadi:
Ergash tushunmadi:
Nima-nima? - dedi ko'zini katta ochib.
Biror gap eshitdingizmi? - so'radi Jo'raxon.
-Yo'q-yo'q!
So'z-gaplar shaklan to'liqsiz gaplarga o'xshab ketsa-da, ular bir-biridan farq qila­di. To'liqsiz gap nutq vaziyatidan kelib chiqqan holda ayrim gap bo'laklari tushirilgan gap bo'lib, uni boshqa gap bo'laklari bilan kengaytirish mumkin, so'z-gapning esa bosh­qa bo'laklar bilan kengayishi o'ta chegaralangan. Qiyoslaymiz:
Ertalab uchrashamiz-da.
Albatta. Bekatda. Soat 9 da.
Ushbu dialogik matnda «.Aibattai> so'z-gap, «Bekatda», «Soat 9 da» birliklari esa to'liqsiz gapiar hisoblanadi. Chunki «Albatta» gapini boshqa bo'laklar bilan kengaytirib bo'lmaydi. «.Bekatda» gapini uBekatda ertalab uchrashamiz»\ «Soat 9 da» gapini «Soat 9 da ertalab uchrashamiz» deya oldingi gap maz­muniga qarab kengaytirish mumkin.
Modal so'zlar, undov so'zlar dialogik matnda so'z-gaplar bo'lib keladi. Albatta, xo'p, yo'q, ehtimol, mayli kabi birliklar modal so'zlar bo'lsa, rahmat, labbay, bajonidil, xayr, marhamat kabi birliklar nutqiy odat undovlari hisoblanadi.
Esda saqlang: so'z-gaplar bilan birga boshqa gap bo'laklari kelsa, so'z-gaplar boshqa gap bo'laklari bilan aloqaga kirishmaganligi uchun sintaktik jihatdan kiritma hi­soblanadi. Qiyoslang:
Ertalab uchrashamiz-da.
Albatta. - so'z-gap.
Ertalab uchrashamiz-da.
Albatta. uchrashamiz. - kiritma.
SODDA YIG'IQ VA YOYIQ GAPLAR
Sodda gapiar ikkinchi darajali bo'laklaming ishtirokiga ko'ra sodda yig'iq gap va sodda yoyiq gaplarga bo'linadi. Faqat ega va kesimdan iborat gap sodda yig'iq gap hisoblanadi. Masalan: Men (ega) o'qidim (kesim). Sen (ega) yozding (kesim).
Ega va kesimdan boshqa bo'laklar bilan kengaygan gap sodda yoyiq gap deyiladi. Gapda ikkinchi darajali bo'laklardan birortasi qatnashsa, sodda yoyiq gapdir. Masalan: Men (ega) kitobni (to'ldiruvchi) kecha (hoi) o'qidim (kesim).
Esda saqlang: sodda yig'iq gapiarda ega va murakkab kesim qatnashishi mum­kin. Bunday hollarda murakkab kesim birikmalar bilan ifodalangan bo'lsa-da, ularga yoyiq gap sifatida qaralmaydi:
Men kutib olishim kerak.
Ular besh kishidan iborat edi.
Fikrlar o'zingniki bo'lsin.
Akam talaba bo'ldi.
IKKINCHI DARAJALI BO'LAKLAR
Gapning kesimi yoki egasiga tobelanib, ularga ergashib keladigan bo'laklar ikkinchi darajali bo'laklar deyiladi. Ikkinchi darajali bo'laklar uch turlidir: aniqlovchi, to'ldiruvchi va hoi. Ular fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlid so'zlar, olmoshlar bilan ifodalanishi mumkin. Aniqlovchi, to'ldiruvchi, hollar gapni, uning ayrim bo'laklarini kengaytirishga, aniqlashga xizmat qiladi.
Gap bo'laklarini aniqlashda eng birinchi kesim boshqa bo'laklarga nisbatlanma- gan holda tarkibidagi .kesimlik shakllariga qarab aniqlanadi. Boshqa bo'laklar esa kesimga nisbatlangan holda aniqlanadi. Kesimga nisbatlangan degani kesimdan so'roq berish yo'li bilan aniqlashdir. Gapdagi barcha bo'laklar kesimga bevosita yoki bilvosita bog'lanadi. Bevosita deganda to'g'ridan to'g'ri bog'lanish tushuniladi, bunda boshqa bo'laklar kesimdan so'roq berib aniqlanadi. Bilvosita bog'lanish deganda biror bo'lakning kesimdan boshqa bo'lakka bog'lanishi tushuniladi. Masalan, Biz bog‘da chiroyli gullarni terdik gapida terdik so'zi gapning kesimi hisoblanib, biz, bog'da, gullarni bo'laklari kesimga bevosita bog'lan­gan: kim? terdi (biz terdik), qayerda? terdik (bog'da terdik), nimalarni? terdik (gullarni terdik); chiroyli so'zi esa terdik so'ziga emas, gullarni so'ziga bog'lan­gan: qanday? gullar (chiroyli gullar), chiroyli so'zi bog'langan gullarni so'zi kesimga bog'langani uchun u kesimga bilvosita bog'langan hisoblanadi: chiroy­li gullarni (chiroyli so'zi gullar so'ziga bog'langan) - gullarni (gullarni so'zi terdik so'ziga bog'langan) terdik. Demak, gapdagi barcha bo'laklar kesimga nisbatlangan holda aniqlanadi. Ikkinchi darajali gap bo'laklari quyidagicha aniqlanadi:
Grammatik shakliga qarab. Bunday gap bo'laklariga qaratqich-aniqlovchi va vositasiz to'ldiruvchi kiradi. Qaratqich-aniqlovchi faqat qaratqich kelishigi bilan, vosi­tasiz to'ldiruvchi faqat tushum kelishigidagi so'z bilan ifodalanadi. Bunda faqat so'zlarn- ing grammatik shakli, ya'ni qaysi kelishikda ekanligi muhim.
Maatanaannina uyiga bor. Bu gapdagi maqtanganning so'zi qaratqich ke­lishigi shaklida bo'lgani uchun qaratqich-aniqlovchi hisoblanadi.
Birni kessang, o'nni ek. Bu gapdagi birni va o'nni so'zlari tushum kelishigida bo'lgani uchun vositasiz to'ldiruvchi hisoblanadi.
il. Bog'langan so'ziga qarab. Bunday gap bo'laklariga sifatlovchi-aniqlov- chi, ravish holi va daraja-miqdor holi kiradi. Bunda so'zlaming qaysi turkumdagi so'z bilan bog'lanayotganligi muhim.
Sifatlovchi-aniqlovchi: aandav?. qaysi?, nechta?, qancha? + ot:
Ozoda va chiroyli xonaga kirdik. - qanday? + ot Yetti kishi bekatda avtobus kutib turar edi. - qancha? + ot Ravish holi: aandav? + fe’l:
Bolalar ozoda va chiroyli kiyingan. - qanday? + fe’l Daraia-miador holi: qancha?, nechta? + ot:
Yetti o'lchab, bir kes. - qancha? + fe’l.
III. So'rog'iga qarab. Bunday gap bo'laklariga vositali to'ldiruvchi, o'rin holi, payt holi, sabab holi, maqsad holi kiradi. Bunda so'zlaming qanday so'roqqa javob bo'layotganligi muhim.
Vositali to'ldiruvchi: kimoa?. nimaga?, kimda?, nimada?, kimdan?, nimadan? , kim uchun?, kim'haqida?, nima haqida?, kim bilan?, nima bilan?
She’mi kitobdan (nimadan?) daftarga (nimaga?) ko'chirdim.
O'rin holi: qayerga?, qayerda?, qayerdan?, qayergacha?
Uydan (qayerdan?) maktabga (qayerga?) jo'nadim.
Pavt holi: aachonaa?. qachon?, qachondan?, qachongacha?, qachondan beri? Bahordan (qachondan?) kunlar isib ketadi.
Sabab holi: neaa?. nima uchun?, nima sababdan?
Uvalaanidan (nima sababdan?) qizarib ketdi.
Maasad holi: nega?, nima uchun?, nima maqsadda?
Sizdan xabar olishga (nima maqsadda?) keldik.
HOL VA UNING IFODALANISHI
HOL kesim ifodalagan ish-harakat, holat, voqea-hodisaning o'mini, payti, miqdor-darajasi, sababi, maqsadi, bajarilish sharti, qurol vositasi, qanday vaziyatda bajarilgani *kabi belgi-xususiyatlarini ifodalab keladi. Hollar hamisha gap markazi - ke­simga tobelanadi. Hollar mustaqil ma’noli istagan so'z turkumi bilan ifodalanishi mum- kin. Otlar, harakat nomlari va sifatdoshlaming gap tarkibida hoi vazifasida kelishida kelishik hamda ko'makchilarning xizmati beqiyosdir.
Hollar ravish so'zlar, kelishik shaklidagi va ko'makchili otlar bilan, sifat, son, taqlid so'z va undovlar bilan, fe’lning xoslangan shakllari bilan ifodalanishi mumkin.
Esda saqlang: Hoi doimo fe'l kesimga bog'lanadi. Masalan, Quyosh ko'kdan mo'ralab qarar gapida qarar so'ziga mo'ralab so'zi bog'lanib undan anglashilgan harakatning tarzinr, ko'kdan so'zi qarar so'ziga bog'lanib uning o'mini bildiradi. Ba’zan hoi ot kesimga ham bog'lanishi mumkin. Bunday vaqtda hoi ot kesim­dan anglashilgan predmetning o'mini bildiradi. Masalan: Andijonda o't yoqsam, O'shda tutuni.
Ayrim paytlarda hoi kesim vazifasida kelmagan fe’llarga ham bog'lanishi mumkin. Hoi bog'lanib kelgan fe’lning kesim vazifasida kelishi yoki kelmasligiga ko'ra hollar mus­taqil va nomustaqil hollarga bo'linadi.
Esda saqlang: To'g'ridan to'g'ri kesim vazifasidagi fe’lga tobe bog'lanib kelgan hollar mustaqil hollar deyiladi. Masalan: Dalalarda bosh- lanadi ish. Bu gapda qayerda? so'rog'iga javob bo'luvchi dalalarda o'rin holi nima qiladi?, nima bo'ladi? so'rog'iga javob bo'luvchi fe'l kesimga tobe bog'lanib kelyapti. Shuning uchun u mustaqil holdir.
Esda saqlang: Kesim vazifasida kelmagan fe’lga tobe bog'lanib kel­gan hollar nomustaqil hollar deyiladi. Masalan: Daladan charchab kelgan yigit tezda uxlab qoldi. Bu gapda qayerdan? so'rog'iga javob bo'luvchi daladan o'rin holi kesimga emas, balki aniqlovchi vazifasidagi charchab kelgan bo'iagiga tobe bog'lanib kelyapti. Shuning uchun u nomustaqil holdir.
Hollar sodda (bir so'zdan) va murakkab (ikki va undan ortiq so'zdan iborat) tuzilishga ega bo'ladi. Murakkab hollar takror so'zlar, so'z birikmasi, iboralar, kengaygan birikmalar bilan ifodalanadi.
Murakkab holga misollar:
Ayol sochlari parishon, oyoqlari yalang, yoqasi ochiq ko'chaga otildi.
Tursunali bir-bir bosib minbarga chiqdi va dona-dona gapirdi. U vazifaning muhimligini takror-takror ta’kidladi.
3.o`g'lining to'yini ko'rolmadi bechora, dunyodan ko'zi ochiq ketdi.
Urush boshlanganda u hali ko'krakdan ajralmagan go'dak edi.
Tiniq suvdan hovuch-hovuch oldi, qonib-qonib ichdi.
Shodmonbek zarbdan ko'zi tinib hushidan ketdi.
Sharifa bilan Nasiba arazlashganda Durdona ulami yarashtirib qo'ydi.
PAYT HOLI ish-harakat yoki holatning bajarilish paytini bildirib, qachon?, qachongacha? qachondan beri? qay vaqt? kabi so'roqlarga javob bo'ladi. Payt holi ko'pincha ot yoki payt ravishi bilan, shuningdek, son birikmalari bilan ifodaianadi. Bundan besh yil ilgari, o'sha kundan beri, shu yildan boshlab shaklidagi so'z birikmalari ham birgina payt holi sanaladi.
Tunda sovuq, ertalab tuman, tushda issiq, namozgar yomg'ir, hozir yulduzlar charaqlab turgan oydin kecha.
Hozir maktab o'quvchisiman, kelasi yil talaba bo'laman.
O'RIN HOLI makon-zamon (jo'nalish, o'rin-payt, chiqish) kelishiklaridagi so'zlar yoki ko'makchili otlar va o'rin ravishlari bilan ifodalanadi. O'rin holi o'zi ergashgan so'zga boshqaruv yo'li bilan bog'lanadi.
Oilada osoyishtalik, hayotda farovonlik, dunyoda tinchlik bo'lsin.
Bunda bor harorat, muhabbat.
Bunda qurtlar ipak to'qiydi.
Uy ichida odam ko'p edi.
RAVISH HOLI ish-harakatning qay tarzda bajarilganini bildirib, qanday? qanday qilib? qanday ahvolda? so'roqlariga javob bo'ladi. Ravish holi ravish, fe’l va ko'makchili otlar bilan ifodalanadi. Ravish holi kesimga bitishuv yo'li bilan bog'lanadi, ko'pincha o'zi ergashgan so'zdan oldin keladi:
Bola epchillik bilan turdi, qisqa va lo'nda javob berdi.
Mardlarcha kurashdi.
Botirlarcha harakat qildi.
Senday yashayman.
Bolalarday gerdaymayman.
Pastkashlardek yalinmayman.
Yig'lab-yig'lab marza olsang, o'ynab-o'ynab sug'orasan.
DARAJA-MIQDOR HOLI ish-harakatning miqdorini va darajasini bildirib, qancha? nechta? necha marta? qay darajada? so'roqlaridan biriga javob bo'ladi. Dara- ja-miqdor holi sonlar bilan, miqdor ravishlari bilan, marta so'zi qatnashgan birikmalar bilan ifodalanadi:
Kam de, oz ye - ko'p yashaysan.
Guruchni qopi bilan olishdi.
Qirq marta esHitgandan bir marta ko'rgan yaxshi.
SABAB HOLI ish-harakatning sababini bildirib, nimaga?, nima uchun?, nima sababdan? nima sababli? kabi so'roqlarga javob bo'ladi. Sabab holi -lik, -sizlik qo'shim­chalarini olgan otlar, -gani qo'shimchali sifatdoshlar va sababli, uchun ko'makchi qurilmalar bilan ifodalanadi:
Quvvatsizligidan tez charchardi.
Go'lligi sababli har joyda kaltak yeydi.
Arzimagan narsa uchun janjal ko'tarardi.
Tinchlik tufayli yurt obod.
Yaxshi o'qigani uchun u mukofotlandi.
Boshqa hech narsasi yo'qligi uchun bitta-yu bitta ho'kizini berib yubordi.
Joni halqumiga kelgan Sattor alamidan baqirib yig'lab yubordi.
MAQSAD HOLI ish-harakatning maqsadini bildirib, nima uchun? nima maqsad­da? nima qilgani? so'roqlariga javob bo'ladi. Maqsad holi maqsad ravishdoshlaridan, ot yoki fe'llardan keyin uchun, deb, maqsadida, maqsadi bilan kabi so'zlami keltirish orqali, shuningdek, jo'nalish kelishigi qo'shimchasini olgan ish otlari orqali ifodalanadi:
Hammani kuldirish uchun ataylab shunday antiqa kiyindi.
Qoratoy do'stining dov-daragini surishtirish uchun yelib-yugurdi.
Bolalar o'ynab kelgani ko'chaga chiqib ketdi.
Hammamiz umid bilan mehnat qildik, rohatini ham ko'raylik.
O'quvchilar dam olishga dala shiyponiga kelishdi.
Ravishdoshlar harakat tarzi shakllari tarkibida hoi bo'lib kelmaydi. Ular bir mustaqil fe’lni ikkinchi bir mustaqil ma'noli fe’l bilan bog'lab kelgandagina gapda hoi vazifasini bajaradi. Bu yangilikdan Abduqodir qotib kuldi - hoi. Bu yangilikdan Abduqodir qotib qoldi - hoi emas. Bu gapni avta-avta charchadim - hoi. Bu gapni hech kimga ayta ko'rma- hoi emas. Xatni o'qib qutiga tashladi - hoi. Xatni birpasda o'qib tashladi - hoi emas.
Holga misollar:
Nodonga yuz (son - miqdor-daraja holi) aytsang ham, befoyda.
To'g'ri (sifat - ravish holi) yursang, murodingga oson (sifat-ravish holi) yetarsan.
Bunda (olmosh - payt holi) bor harorat, muhabbat, shafqat.
Shamol g'ir-g'ir (taqlid so'z - ravish holi) esardi.
Uy ichida (ko'makchili ot - o'rin holi) odam ko'p edi.
Po'latjon juda erta (ravish - payt holi), hammadan oldin (ravish - payt holi) uyg'ondi.
Tevarakda (ot - o'rin holi) gala-gala chumchuqlar to'xtovsiz (ravish - ravish holi) chirqillashadi.
Sal o'tmay (ravish - payt holi) Shirinoy daladan (ot - o'rin holi) qaytib keldi.
Bunda (olmosh - o'rin holi) qurtlar ipak to'qiydi.
Ota yuz-qo'llarini yuvgandan so'ng (ko'makchili ot—payt holi) sal nariga (ravish
o'rin holi) borib o'tirdi.
U o'ychan ko'zlari bilan Botirga qarab sekin (ravish - ravish holi) gapirdi.
Ko'p (ravish - miqdor-daraja holi) so'zlama, oz (ravish - miqdor-daraja holi) so'zla, oz (ravish - miqdor-daraja holi) so'zlasang ham soz (sifat-ravish holi) so'zla.
Hozirgacha (ravish - payt holi) g'o'za uch marta (son - miqdor-daraja holi) chopiq qilindi.
Hamdam ikkovini ham bilmadi va yig'laganicha (ravish - ravish holi) narigi uyga (ot-o'rin holi) kirib ketdi.
Yig'lab-yig'lab (ravishdosh - ravish holi) marza olsang, o'ynab-o'ynab (ravish­dosh - ravish holi) sug'orasan.
Umringda (ot - payt holi) necha marta (olmosh - miqdor-daraja holi) asal yegansan.
Joni halqumiga kelgan Sattor alamidan (sabab holi) yig'lab yubordi.
Hammamiz ham umid bilan (ko'makchili ot - maqsad holi) mehnat qildik, roha­tini ko'raylik.
Eshik oldi gulhovuz, gul tergali (ravishdosh - maqsad holi) kelganmiz.
Salima darsni yaxshi tayyoriagani uchun (ko'makchili sifatdosh - maqsad holi) maqtovga sazovor bo'ldi.
O'quvchiiar dam olishga (harakat nomi - maqsad holi) dala shiyponiga (ot - o'rin holi) kelishdi.
Boshqa hech narsasi yo'qligi uchun (ko'makchili ot - sabab holi) bitta-yu bitta ho'kizini berib yubordi.
U qasddan (ravish - maqsad holi) Suqsuroyni xonga olib berdi.
Ertalab (ravish - payt holi) atayin (ravish - maqsad holi) sizni izlab kelgan edim.

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR


mashq. O'qing. Hollami topib ulami o'zi bog'langan so'z bilan birga birikma tarzida ko'chiring, qaysi so'z turkumlari bilan ifodalanganini va turini ayting.
Xiyobonning chap tomonida kutubxona joylashgan. 2. Xiyobon oxirida ayvoni baland bahavo binoni butun hovlining ko'rki desa bo'ladi. 3. Ular qushdan ham yengil uchardilar. 4. Oraga jimlik cho'kdi, hammaning qulog'i ding bo'ldi. Hech qayerdan hech qanday sado eshitilmas, faqat Chorsu maydoni tomonda sadaqa so'rab yurgan bir gadoning o'tkir ovozi elas-elas quloqqa chalinardi. 5. U sal noxushlik seza boshladi.
Lakshman esa darrov tanidi, ularni Chorsu maydonida, bozorda, to'y-tomoshalarda ko'p ko'rgan. 7. Shunday dedim-u, apil-tapil ko'zimni ochdiml 8. Men atay indamasdan chiqib ketayotgandim. 9. Axsidan chiqib ketganimning beshinchi yili Xo'jandda turganimda yashirincha bolalarimni ko'rib kelishga qaror qildim. 10. Samarqand hokimi maktubni avaylab naycha holiga keltirdi-da, bir lahza Chorsu tomonga, uzoqlarga tikildi.
Abu Bakr Kalaviy pokdomon odam edi.
mashq. O'qing. Hollami topib quyidagicha tahlil qiling: a) ma'nosiga ko'ra turi; b) qaysi so'z turkumi bilan ifodalanganligi; d) tuzilishiga ko'ra turi (sodda yoki birikmali).
U hayron bb'lib ohista boshini ko'tardi, oyoqlarini ko'rpaning ichiga uzatib o'tirgan holda quloq soldi. 2. Hamma yerda bulbulning shirin kuylari hamisha qulog'i ostida jaranglab turardi. 3. Qish oxirlab, vodiydagi qoriar allaqachon erib ketgan. 4. Oyqizning yuzlari qizarib ketdi, uyalganidan boshini quyi solib indamay qoldi. 5. Oyqiz o'z-o'zicha o'ylanar edi. 6. Ko'zlari tolib, endigina uyquga ketgan Oyqiz yarim kechada qichqirgan xo'rozning bo'g'iq ovozidan uyg'onib ketdi. 7. U kamzulchasini yelkasiga tashlagan holda ohista yurib chiqdi, musaffo havodan to'yib-to'yib nafas oldi. 8. U o'zini zo'rg'a bosib olib Umurzoq otaning ko'kragiga boshini shilq etib tashlar, shivirlab iltijo qilardi.
TO'LDIRUVCHI VA UNING IFODALANISHI
To'ldiruvchi fe’lga bog'lanib, kimga? nimaga? kimdan? nimadan? kimni? nimani? kim bilan? nima bilan? singari so'roqlarga javob bo'luvchi gap bo'lagidir. Masalan: Bu so'zdan Hamid ajablandi.
E'tibor bering: Men undan (kimdan?) so'radim: Mehringni qo'yib, bunchalar saralab gul (nimani?) terding kimga? Gulidan (nimadan?) ko'zini (nimani?) uzmayin singlim Asta javob berdi: - O'qituvchimga (kimga?).
To'ldiruvchi kesimdan anglashilgan harakat-holat, belgi-xususiyat bilan bog'langan predmetni bildirgani tufayii ot, olmosh va otlashgan so'zlar bilan ifodalanadi.
To'ldiruvchi doimo gapning kesimi bilan bog'lanadi. Agar u bog'langan so'z kesim bo'lib shakllanolmagan esa, ana shu so'z bilan birgalikda kesimga nisbatan bitta gap bo'lagi vazi­fasida keladi. Bunday vaqtda u gapning emas, bo'lakning bo'lagi bo'ladi. Masalan, Onam- dan eshitgan gaplarni aytdim. Bu yerda onamdan eshitgan gaplarni birikmasi nimalami? so'rog'iga javob bo'lib, kesimga bir butun holda bog'lanadi. Bu birikmali to'ldiruv­chi o'z ichida qismlarga bo'linadi: onamdan eshitgan (qanday?) gap. Qanday? so'rogiga javob bo'luvchi onamdan eshitgan birikmali aniqlovchi o'z ichida yana tarkibiy qismlarga bo'linadi: onamdan (kimdan?) eshitgan.
Shunday qilib, to'ldiruvchilar kesimga to'g'ridan to'g'ri bog'lanish-bog'lanmasligiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: 1) mustaqil to'ldiruvchilar; 2) nomustaqil to'ldiruvchilar.
Esda saqlang: To'g'ridan to'g'ri kesimga bog'lanib keluvchi to'ldiruvchi­lar mustaqil to'ldiruvchilar sanaladi. Masalan, seni sog'indim gapida kimni? so'rog'iga javob bo'luvchi seni so'zi nima qiladi? nima bo'ladi? so'rog'iga javob bo'luvchi fe’l kesimga tobe bog'lanib kelyapti. Shuning uchun bu to'ldiruvchi mustaqil to'ldiruvchidir.
Esda saqlang: Kesim vazifasida kelmagan fe’lga tobe bog'lanib kelgan to'ldiruvchilar nomustaqil to'ldiruvchilar deyiladi. Masalan: Dan- gasaning non yeyishini ko'r. Bu gapda dangasaning non yeyishini birikmasi nimani? so'rog'iga javob bo'lib, birikmali to'ldiruvchi vazifasida kelyapti. Birikmali gap bo'lagi esa kimning? nimaning? so'rog'iga javob bo'luvchi aniqlovchi (dangasaning) va to'ldiruvchi (nonni)lami o'z ichiga oladi. Bu bo'lak tarkibidagi non bo'lagi nomustaqil to'ldiruvchi, bo'lakning bo'lagidir.
To'ldiruvchi hokim bo'lakka kelishik qo'shimchalari yoki ko'makchilar yordamida bog'lanadi. Tushum kelishigidagi to'ldiruvchi doimo fe'l orqali ifodalangan kesimga bog'lanadi. To'ldiruvchi 2 ga bo'linadi: 1. Vositasiz to'ldiruvchi. 2. Vositali to'ldiruvchi.
VOSITASIZ TO'LDIRUVCHI belgili va belgisiz tushum kelishigi shakllari bilan ifodalangan to'ldiruvchidir. Kimni? nimani? so'rog'iga javob bo'ladigan so'zlar bilan birikma hosil qiladigan fe’llar o'timli fe’llardir:
Qarilari kutadi mehmon (ot), pazandasi yopadi shirmon (ot).
Bechoraning oh-u dodini (undov so'z) tinglang, uni (olmosh) xushnud qiling.
Birni (son) kessang, o'nni (son) ek. *
Zebi onasining beradigan javobini (ot) ilgaridan bilardi.
Kelinlari aytadi alia (ot), qo'shiqchisi kuylaydi yalla (ot).
O'tirganlar otning dupur-dupurini (taqlid so'z) baralla eshitishdi.
Yurgan (sifatdosh) daryo, o'tirgan (sifatdosh) bo'yra deydilar.
Yaxshini (sifat) yomondan farqlang.
Yashashni (harakat nomi) istasang, ishlashni (harakat nomi) o'rgan.
VOSITALI TO'LDIRUVCHI hokim so'zning kimga?, nimaga?, kimdan?, nimadan?, kim uchun?, nima uchun?, kim haqida?, nima haqida?, kim bilan?, nima bilan? kabi so'roqlariga javob bo'lib keladigan kengaytiruvchilaridir. Vositali to'ldiruvchi jo'nalish, chiqish, ba’zan o'rin-payt kelishiklari yoki uchun, bilan, orqali, xususida, to'g'risida kabi ko'makchilarni olgan so'zlar yoki so'z birikmalari bilan ifodalanadi:
Qizg'ish - pushtidan to'qroq, aizildan ochroq rang.
Azamat - futbolchilarimizaa sardor.
Bekorchidan xudo bezor.
Beshaa uchni qo'shsak, sakkiz bo'ladi.
Kitob ikki qismdan iborat.
Otdan baland, itdan past
Ochko'z molaa - qul, saxiy - ejga hokim.
So'rashdan uyalma, bilmaslikdan uyal.
Chaqmoqning valt-vultidan bola qo'rqdi.
Chizmani kitobdan daftama ko'chirdim.
Yutuq kutaanimizdan ziyodroq bo'ldi.
Yaxshiaa yondosh, vomondan qoch.
To'ldiruvchilar boshqa gap bo'laklari kabi birikmali holda ham qo'llaniladi:
Men uning go'zal siymosida aalbim ko'zausini. visol orzusini. umidim aulshanini ko'rardim.
O'qituvchining pedagogik mahorati u tarbivalaaan shoairdlarnina bilimdonliai bilan o'lchanadi.
O'qituvchida zilol chashmadek tuganmas mehr va bilim bo'lmoa'i kerakliaini unut- mang.
Bola bir auruh ianachilarni botqoalikdan xatarsiz o'tkazib ao'vaanini aytdi.
To'ldiruvchilar yordamida aytilmoqchi bo'lgan fikr ravshanlashadi: Oyni (etak bilan) yopib bo'lmas. Odam (mehnatda) sinaladi. Bu gaplardagi etak bilan, mehnatda bo'laklari yordamida so'zlovchining niyati to'la ochilgan.
To'ldiruvchiga misollar:
Elga el qo'shilsa - davlat, eldan el ketsa - mehnat.
U Ikromjonni frontga ana shunday kuzatib qolgan edi.
Bu kitobni ukam uchun oldim.
Yaxshini maqtagan yarashur, yomonni maqtagan adashur.
Ko'rganni eshitgan yengibdi.
Qiy-chuv bilan ulami yengib bo'lmaydi.
Birni birov beradi, ko'pni - mehnat.

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR


mashq. Berilgan matnni davom ettiring. Mustaqil to'ldiruvchilarni aniqlang.
Non - bu mo'jiza. Non - bu ilohiy ne’mat. Non - bu ona kabi muqaddasdir. Ha, nonni ta’riflashga har qanday so'z ojizlik qiladi. Non to'g'risida rejissyorlar yuzlab filmlar yaratdilar. Uning shifobaxsh xususiyati haqida shifokorlar ilmiy asarlar yozdilar. Non haqida ertakchilar ajoyib rivoyatlar-u ertaklar to'qidilar...
mashq. Muhammad alayhissalomning quyida berilgan vasiyatlarini o'qing, ulaming mag'zini chaqing. To'ldiruvchilami toping, qanday vositalar orqali shakllanayotganini, uning turlarini ayting.
Namuna: Yo Ali, bir xurmoni (-ni) tirikligingda sadaqa qilishing o'lganingdan so'ng sen uchun (-uchun) yuz tillani (-ni) sadaqa qilganlaridan (-dan ko'ra) yaxshiroqdir.
Yo Ali, ahmoqning uch alomati bordir: Alloh taoloning farmonlarini bajo keltirmas; behuda so'zlami ko'p so'zlar; bandalarning orqasidan g'iybat qilar. .
Yo Ali, solih kishining alomati uchdir: ixlos birla toat qilar; gunoh ishlardan o'zini tiyar; yomonlik qilganga yaxshilik qilar.
Yo Ali, badkorning alomati uchdir: Alloh taoloning toatini esdan chiqarar; Allohning bandalariga qo'pollik, dag'allik qilar; yaxshilik qilganga yomonlik qilar.
Yo Ali, oliyhimmatlik, saxiylikning alomati uchdir: qasos olishga qodir bo'la turib afv etar; molining zakotini to'la berar; mehmonni e’zoz-ikrom etar.
Yo Ali, do'stning alomati uchdir o'z nafsini do'stiga fido qilar; molini unga bag'ishlar; uning sirini asrab fosh etmas.
ANIQLOVCHI VA UNING IFODALANISHI
Aniqlovchi hokim bo'lakdan anglashilgan narsaning qandayligi, kimga yoki nimaga qarashli ekanini bildirib, qanday?, qanaqa?, qaysi?, qancha?, nechta?, kimning?, nimaning?singari so'roqlargajavob bo'luvchi gap bo'lagidir. Aniqlovchilar ma'nosiga ko'ra 2 xil bo'ladi: 1. Sifatlovchi aniqlovchi. 2. Qaratqich aniqlovchi.
SIFATLOVCHI-ANIQLOVCHI hokim bo'lakdan anglashilgan narsaning bel­gisini bildirib, qanday?, qanaqa?, qaysi?, qancha?, nechta? so'roqlariga javob bo'ladi. Fe’l, ot, sifat, ravish, taqlid so'z, olmoshlar bilan ifodalangan va hokim so'zda egalik qo'shimchalari bo'lishini talab etmaydigan aniqlovchilar' sifatlovchi aniqlovchilardir: Mustaqil O'zbekiston, gja! gul, mohir qo'llar, ao'shni hovli, kuzai bug'doy, uzoadaai do'st, temir eshik. Aniqlovchi aniqlagan (bog'lagan) bo'lak aniqlanmish hisoblana­di. Aniqlovchi narsa-buyumning rang-tusi, mazasi, hajmini bildiradi.
Aniqlovchi ega, ot kesim, to'ldiruvchi va holga bog'lanadi. Masalan:
Bahaybat samolyot (ega) yerga ohista qo'ndi.
Salimjon - a’lochi o'quvchi (ot kesim).
Ilg'or ishchilarga (to'ldiruvchi) mukofollar topshirildi.
Mehnat faxriylari bilan yangi bog'da (hoi) uchrashdik.
Sifatlovchi aniqlovchi quyidagi so'z turkumlari bilan ifodalanadi:
Sifat bilan: Uning ziyrak qo'ng'ir ko'zlarida horg'inlik bor edi.
Son bilan: Tepalikdagi chinor, ikki tup sadaqayrag'och to'rt-besh kishilik talay supalarga soya solib turardi.
Olmosh bilan: Qirlardan esayotgan mayin shabada ana shu ajoyib gullarning g'unchalarini yozmoqda.
Ot bilan: Kumush qishdan, zumrad bahordan qolishmaydi kuzning-ziynati.
Ravish bilan: Uzoq-yaqin yerlardan odamlar yig'ila boshladi.
Sifatdosh bilan: Mayin esgan shabada ko'ngiimizni chog' qildi'
Modal so'z bilan: Zarur ishlarimizni bitirdik.
Taqlid so'z bilan: Zavodning mashina bo'limidan gurs-gurs zarb uzluksiz
eshitilib turardi.
Sifatlovchi aniqlovchiga misollar:
Ko'm-ko'k (sifat) g'o'zalar hosilga kirib, nishonasi gulga, guli ko'sakka aylanmoqda.
Bu (olmosh) kishining fe’l-atvori menga juda yoqib tushdi.
Mahallada duv-duv (taqlid so'z) gap tarqaldi.
Aytilgan (sifatdosh) so'z - otilgan (sifatdosh) o'q,
Sanjar sakkizinchi (son) sinfda o'qiydi.
Besh-olti (son) keksa yig'ilishib maslahat qilishdi.
Ko'cha tomondan gurs-gurs (taqlid so'z) oyoq tovushi keldi.
QARATQICH-ANIQLOVCHI hokim bo'lakdan anglashilgan narsaning uchta
shaxsdan biriga qarashli ekanini bildirib, kimning?, nimaning? singari so'roqlarga javob bo'ladi. Qaratqich aniqlovchili so'z birikmalarining asosiy belgisi tobe so'zning hokim so'zdan egalik qo'shimchalari bilan kelishni talab qilishidir: rna^bimizning to'garagi, hunar maktabi. Qaratqich aniqlovchi doimo aniqlanmishga bo9‘*anadi. Ana shu belgisi bilan tushum kelishigini olgan to'ldiruvchidan farq qiladi. Tushum kelishigida­gi to'ldiruvchi doimo fe'l orqali ifodalangan kesimga bog'lanadi. Solishtiring: olmaning bargi - olmani yedim.
Qaratqich aniqlovchilar qaralmish bilan munosabatga kirishganda turlicha shakllanadi:
qaratqich va qaralmish belgili keladi (daraxtning bargi);
qaratqich belgisiz, qaralmish belgili keladi (direktorxonasi);
qaratqich va qaralmish belgisiz keladi (o'rik danak, yong'oq mag'iz);
ayrim vaqtda qaratqich belgili, qaralmish belgisiz kelishi ham murrain (bizning qishloq).
Qaratqich aniqlovchi quyidagi so'z turkumlari bilan ifodalanadi:
Ot bilan: Shiftga osig'lik qirqinchi chiroqning qalpog'i uy devoriarining tepa yog'iga cho'ziq soya soigan.
Otlashgan sifat bilan: Yaxshining yaxshiligi tegar har yerda, yomonning yomonligi tegar tor yerda.
Otlashgan son bilan: Birining ko'zi qora, ikkinchisining ko‘z' ko'k edi. O'nning yarmi - besh.
Olmosh bilan: Bizning eshon - kabobpazlaming piri.
Otlashgan sifatdosh bilan: So'raganning bir yuzi qora, bei'maganning ikki yuzi qora.
IZOHLOVCHI - aniqlanmishning millati, jinsi, kasb-kori, nasl-nasabi, un- voni, laqabi, yoshi, qarindoshligi kabi qo'shimcha belgilami tasvirlovchi aniqlovchilar. Izohlovchi predmetni boshqa bir nom berish bilan aniqlab keladi. Masalan: akademik Habib Abdullayev, Jo'ra soatsoz, dutorchi qizlar kabi.
Aniqlovchili so'z birikmalarining izohlovchi-izohlanmish turida izohlovchi va izohlanmish- ning o'mini almashtirish ma’noga ham, so'z birikmasidagi so'zlararo munosabarlarga ham ta’sir ehnaydi. Ayol hamshira birikmasida ayol izohlovchi, hamshira izohlanmish bo'lsa, hamshira ayol birikmasida hamshira izohlovchi, ayol izohlanmish.
Izohlovchi aniqlovchining bir turi bo'lib, u shaxs yoki narsani boshqacha nom bilan aniqlaydi. Izohlovchilar ko'pincha ot so'zlar bilan ifodalanadi. Avol hamshira, erkak o'qituvchi, ingliz muhandis, shaxmatchi Rahmatilla, direktor Ra’no Ahmedova, vazir Rustam Yunusov, akam Abduqodir, ao'shnim Salimjon, mavlono Jomiy, hazrat Abdulqodir, ustoz Nurmuhammad, professor U.Tursunov.
Unvon, amal: Kapitan Mansurov so'zladi. Anjumanda direktor Holiqov ham qatnashdi.
Mashg'ulot, kasb: Oshpaz Shukur, gulchi Nizom va duradgor Vahobjonlar yetib kelishdi.
Yosh, jins, qarindoshlik: O'sha kuni Mavjuda xola bilan Sobir amaki foy- daii nasihatlar qildilar.
Laqab: Jalil sovuq va Juman pismiqning askiyalarini eshitdik.
Taxallus: Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek yirik nasriy asarlar muallifidir.
Izohlovchi taxallus va o'xshatish ma’nolarini bildirganda izohlovchi bilan izohlan­mish o'rtasiga tire qo'yiladi. Masalan: Erk kuychisi - Abdulhamid Cho'lpon she’rlarini sevib o’qiyman.
Hayotning poyonsiz ummoni ichra Bor shunday g‘ariblar - temirlar hissiz.
Kengaygan aniqlovchi - bitta kengaygan birikma nechta so'zdan iborat bo'lsa ham, u bitta gap bo'lagi bo'lib keladi, lekin bir necha so'z birikmalariga bo'linadi. Sifatlovchi aniqlovchilar ba'zan o'ziga qarashli so'zlar bilan birikmali holda qo'llanadi. Masalan: Jamilovning egnida oq shohi kitel, sariq koverkot shim, oyog'ida kavkazcha etik, boshida chust do'ppi edi. Yuzida bilinar-bilinmas chechak o'rni qolgan, sochlarini o'ng tomonga silliq taragan jumalist shoirga bir qarab qo'ydi.
Aniqlovchi vazifasida kelgan sifatdoshlar birikmali qo'llanib sifatdosh qurilmani hosil qiladi. Yuqorida keltirilgan so'nggi misolda ikki sifatdosh qurilma bor: yuzida bilinar-bilin­mas chechak o'rni qolgan, sochlarini o'ng tomonga silliq taragan.
Kitobda tasviriangan voqea uni hayajonlantirdi.
Biz sizga hikoya qilib bermoqchi bo'lgan hodisa badiiy uydirma emas, balki hayotiy haqiqatdir.
Uydan chiqayotgan odam atrofga olazarak bo'lib qaradi.
Buxoroni tomosha qilishga keladigan sayyohlar shu mehmonxonada yashaydilar.
Daraxtni undiradigan, o'stiradigan va mevasini laziz qiladigan quyosh, yer va suv bo'lsa, badiiy mahoratni undiradigan va o'stiradigan, samarasini jozibali qiladigan xalq hayotidan olingan ilhomdir.
Baqirgandan ko'ra maromi bilan sekinroq qilingan ta’na quloqqa yaxshiroq kiradi, zehnga yaxshiroq o'rnashadi.
GAP BO‘LAKLARINING TARTIBI
O'zbek tilida gap bo'laklarining joylashish tartibi, asosan, erkin bo'lsa-da, ular gapda ma'lum grammatik qoidalar asosida o'rinlashadi. Odatda, gapda ega va unga bog'langan bo'laklar oldin, kesim va unga bog'langan bo'laklar keyin joylashadi, ba’zan aksinchasi ham bo'ladi: Bu yo'llar menga tanish - Menga tanish bu yo'llar.
Eganing ko'proq gap boshida, kesimning asosan gap oxirida, holning kesimdan oldin, to'ldiruvchining kesimdan oldin, aniqlovchining egadan oldin kelishi odatdagi, me’yoriy tartibdir.
Lekin nutqda doim ham gap bo'laklarining odatdagi tartibi saqlanavermaydi, gap­dan ko'zda tutilgan umumiy fikrga qo'shimcha ma’no, uslubiy yuk berish uchun tartib o'zgartirilishi mumkin. Gap bo'laklari tartibining o'zgartirilishi inversiya deyiladi. Bunday holat gap urg'usi olgan gap bo'laklarida kuzatiladi: Kecha samolyotda Farg'onadan akam keldi. Ko'rinadiki, e'tiborni qaratgan bo'lak kesimdan oldinga keltiriladi.
Gap bo'laklari odatdagi va o'zgargan tartibining nutqda o'z qo'llanilish o'rni bor. Odatdagi tartib ilmiy asarlar uslubi uchun mos bo'lsa, o'zgargan tartib og'zaki nutq uchun va badiiy (ayniqsa, she’riy) nutq uslubi uchun xos.
TO'LIQ VA TO'LIQSIZ GAPLAR
Gapiar o‘z bo'laklarining to'la ifodalangani yoki ifodalanmay qolganiga (tushib qol- ganiga) ko'ra ikkiga bo'linadi: to'liq gapiar va to'liqsiz gapiar.
Biror bo'lagining ifodalanmagani sezilmaydigan, fikr ifodalash uchun zarur bo'lgan hamma bo'laklari saqlangan gapiar to'liq gapiar deyiladi: Shoira o'zi yozgan she’rni o'qidi.
-Shoira nimani o'qidi?
O'zi yozgan she’mi (Bu to'liqsiz gap).
Suhbat nutqida, matn ichida qo'llanilib biror bo'lagi tushirib qoldirilgan va nutq sharoitidan anglashilib turadigan gapiar to'liqsiz gapiar deyiladi. To'liqsiz gap uchun zaruriy umumiy qoida, qonuniyatlar xos emas. Qaysi bo'lakning qoldirilishi kerakligi va qaysi bo'lakni tushirish mumkinligini faqat nutq sharoiti belgilaydi.
To'liqsiz gapiarda quyidagi gap bo'laklari tushirilishi mumkin:
Kesim va unga oid so'zlar: - Seni qurol ushlashga qaysi nomard majbur qildi? - Vijdonim, xalqimning amri.
Ega: - Siz she’r ham yozyapsizmi, Oydin? - Yozyapman.
Ega va kesim: - Ishni men kimdan qabul qilib olayotibman? - Byuro a’zosidan.
Ikkinchi darajali bo'laklar: - Kim muzeyga bormoqchi? - Hammamiz boramiz.
TINISH BELGILARINING QO'LLANILISH ASOSLARI
Punktuatsiya - tinish belgilarini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limi. Hozirgi yozma adabiy tilda 10 ta tinish belgisi qo'llaniladi: nuqta (.), so'roq belgisi (?), undov belgisi (!), ko'p nuqta (...), qavs 0, qo'shtimoq («»), vergul (,), nuqtali vergul (;), ikki nuqta (:), tire (-).
Ma'lum bir maqsad, fikr og'zaki nutqda ma’lum bir ohang bilan, yozuvda esa gapning grammatik qurilishi va tinish belgilari orqali ifodalanadi. Tinish belgilari fikrni, maqsadni yozuvda ko'rsatishda qo'shimcha, ammo zaruriy vositadir. So'zlovchining maqsadini tinish belgilari orqali bilib olamiz: Poyezd keldi. Poyezd keldi! Poyezd keldi?
Bu uch gapdagi xabar, his-hayajon, so'roq mazmuni gaplardan so'ng qo'yilgan tinish belgilari orqali bilinadi.
Tinish belgilari mazmun, ohang va gapning grammatik qurilishiga ko'ra qo'llanadi:
Mazmun. Ifodalanmoqchi bo'lgan mazmun tugallangan bo'lsa, nuqta, undov yoki so'roq belgisi, uch nuqta qo'yiladi. Masalan:
O'zimiz institut ochyapmiz, bilib qo'y...
Institut?
Institut!
O'zgalarning gapi bo'lsa, qo'shtimoqqa olinadi: «Ertaga sinovlar boshlanadi», - dedi o'qituvchimiz.
Gapiar orasidagi mazmun munosabatlari qo'shma gapiarda ikki nuqta, tire, vergul yoki nuqtali vergul orqali ifodalanadi.
Tugallanmagan yoki izohtalab tushunchalar ko'p nuqta yoki qavslar orqali ifodalanadi.
Grammatik qurilish. Ayrim tinish belgilari gapning grammatik tuzilishiga ko'ra qo'llanadi. Masalan, ega bilan kesim orasida tire qo'yilishi yoki qo'yilmasligi ma’lum grammatik qoidalar asosida belgilanadi.
Ayrim ergash gapiar o'z tuzilishiga ko'ra vergul bilan ajratiiadi. Masalan: Yo'lchi, qancha aqchasi bo'lsa ham, berishga tayyor edi. Bu jumladagi qancha aqchasi bo'lsa ham ergash gap bo'lgani uchun, bosh gap orasida to'xtalish (pauza) bo'lmasa ham, undan so'ng vergul qo'yiladi.
Ohang. Ohang fikr, maqsadning og'zaki nutqdagi ifodasidir.
Har bir tinish belgisi o'ziga xos ohangga ega bo'ladi: undov, so'roq belgisi, ko'p nuqta va nuqta tugallangan ohang bilan; qo'shtirnoq, qavs kichik to'xtalish bilan, ajratilgan ohang bilan; ikki nuqta, tire izoh ohangi bilan; vergul, nuqtali vergul kichik to'xtalish ohangi bilan talaffuz qilinadi.
Ayrim tinish belgilari ohang talabi bilangina qo'yiladi:
Qush mag'rur- qanoti bo'lgani uchun,
. Tog' mag'rur-savlati bo'lgani uchun.
Bu jumlada tire ohang talabi bilan, birinchi gaplaming ma'nosiga diqqatni jalb etish talabi bilan qo'yilgan.
Vatanimiz - kelgusida buyuk davlat bo'ladi. Bu jumlada kesim egaga bo'ladi bog'lamasi bilan birikkani uchun, egadan so'ng tire qo'yilmasligi kerak edi. Ammo ega mantiqiy urg'u olgani bois, undan so'ng tire qo'yilgan.
NUQTA VA UNING QO‘LI_ANISHI
Nuqtaning yozuv belgisi sifatida ishlatiiishi qadimgi arab manbalariga borib taqaladi. U o'zbek tilida tinish belgisi sifatida XIX asrning ikkinchi yarmidan ishlatila boshladi.
Nuqta o'zbek tilida, odatda, quyidagi o'rinlarda ishlatiladi:
His-hayajonsiz aytilgan darak, buyruq va undov gaplardan so'ng:
Milliy istiqlol shrofati bilan yangicha tafakkur shakllanmoqda. O'zingga ravo ko'rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko'rma. Farzandlarimiz doimo sog' bo'lsin.
Atov gaplardan keyin:
Ilk bahor. Daraxtlar endi kurtak yoza boshlagan palla.
Ism, otasining ismi (ba'zan familiya ham) qisqartirilganda ulaming birinchi harfidan so'ng:
M.Behbudiy, A.Fitrat, A.Cho‘lpon kabi ijodkorlaming nomi hamisha barhayot.
Nashriyot ishlarida, lug'at va ma’lumotlarda shartli ravishda qisqartirilgan ayrim so'zlaming birinchi harfi yoki bo'g'inidan so'ng:
va sh.k. (va shu kabilar); s.t. (so'zlashuv tilida); G'.G'. (G'afur G'ulom), Nav. (Navoiy).
Qo'shma gapning birinchi qismidan so'ng kuchli to'xtam bo'lsa, mantiqan biri ikkinchisiga bog'lanmagan qo'shma gapiar orasida ham nuqta ishlatiladi. Bunday hollarda ikkinchi gap ammo, lekin, biroq, chunki, shuning uchun bog'lovchilari bilan boshlanishi mumkin:
Bobo dehqon yerga baraka urug'ini ekish bilan band. Chunki dalalarda ish qizg'in.
Ba'zi bir hollarda yil, oy, kunni ifodalovchi raqamlardan so'ng ham nuqta qo'yilishi kuzatiladi:
21.03.2012. ,
Butunning qismlarini sanash uchun qo'llaniladigan arab raqamlaridan so'ng ham nuqta ishlatiiishi mumkin:
Tovushlar quyidagi turlarga bo'linadi: 1. Unli tovushlar. 2. Undosh tovushlar.
Hisob-kitob ishlarida nuqta belgisidan ko'paytiruv alomati sifatida ham foydalaniladi. 2 2 = 4 (ikki karra ikki to'rt).
VERGUL VA UNING QO‘LLANISHI
Vergul tinish belgisi sifatida G'arbiy Yevropada XV asrdan ishlatila boshlagan. O'zbekcha matnlarda XX asr boshlaridan uchraydi. Undan quyidagi o'rinlarda foydalaniladi:
Uyushiq bo'laklar orasida:
Bolalarning xulqi, odobi, yurish-turishi, ko'cha-ko'yda, mahallada o'zini tutishi, do'stlari orasidagi mavqeyi, hurmati, oila yumushlariga qo'shayotgan hissasi bilan doimo qiziqib turish lozim.
Undalmalar vergul bilan ajratiladi:
Uka, o'qishning erta-kechi bo'lmaydi. Men sizni, oyijon, juda yaxshi ko'raman. Salom sizga, purviqor tog'larl
Kirish so'z va kirish birikmalardan so'ng:
Shubhasiz, Vatanimiz jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoridan o'rin olajak. Forobiyning yozishicha, inson jamiyatda, o'zaro munosabatlarda voyaga yetadi.
Tasdiq, ta’kid, inkor va shu kabi ma’nolarni bildiruvchi ha, yo'q, rahmat, xo'sh, qani, xayr, ofarin, salom kabi so'z-gaplardan keyin kelgan bo'laklami ulardan ajratish uchun ham vergul qo'yiladi:
Ha, hushyor bo'lish har bir fuqaroning Vatan oldidagi muqaddas burchidir. Xayr, biz jo'nab ketyapmiz, Xo'sh, xalq uchun siz nima qildingiz?
Ajratilgan bo'laklar orasida:
Onaga, eng ulug' zotga, ehtirom chinakam insoniylik sanaladi. O'zbekistonda, jahonga yuz tutgan obod va ozod mamlakatda, ilm-fan kundan kunga barqarorlashib bormoqda.
Bog'lovchisiz qo'shma gaplarni tashkil qilgan sodda gapiar orasida:
Do'sting mingta bo'lsa ham oz, dushmaning bitta bo'lsa ham ko'p. Yurgan - daryo, o'tirgan - bo'yra.
Bog'langan qo'shma gapiarda ham vergul ishlatiladi:
Bilimli va tadbirkor bo'ling, lekin bu xisiatlaringiz sizni xudbinlikka sira yetaklamasin. Yo biz boraylik, yo siz keling.
Undov so'zlar his-hayajon bilan aytilmasa, ulardan so'ng vergul ishlatiladi.
Ey, menga bir minutga qarab qo'ying.
Kochirma gap darak, buyruq gap bo'lsa, undan so'ng vergul qo'yiladi:
«lnson qalbi javohirlardek toza, pok bo'lmog'i lozim», - deb aytgandi Abu Rayhon Beruniy.
SO'ROQ BELGISI VA UNING QO'LLANISHI
So'roq belgisining kelib chiqishini lotincha questio - so'roq so'ziga borib taqaydilar. So'roq ma’nosida mazkur so'zning birinchi harfi «Q» ishlatila boshlagan, keyinchalik uning shakli hozirgi holatga kelib qolgan. O'zbekcha matnlarda 1885-yildan uchraydi. 1900-yildan so'ng muntazam ishlatila boshlagan.
So'roq belgisi quyidagi o'rinlarda qo'llanadi:
So'roq gaplaming oxirida: „
Yomonliklarning jazosiz qolmasligini bilasizmi? Navoiyning tilshunoslikka bag'ishlangan qanday asari bor? Vazifani bajarib bo'ldim (darak gap). Vazifani bajarib bo'ldim? (ohang o'zgaradi).
Kim, nima, qanday, qanaqa, qaysi kabi so'roq olmoshlaridan so'ng:
Rang-tusni bildiruvchi sifatlar qanday? qanaqa? qaysi? kabi so'roqlarga javob
bo'ladi.
Gap yoki matn ichidagi birorta so'z yoki jumla mujmal, noaniq, tushunarsiz bo'lsa, undan so'ng qavs ichiga qo'yiladi. «Toping!» ma'nosida:
Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kuniar» qissasida (?) o'zbek xalqining yaqin o'tmishi haqida hikoya qilinadi.
UNDOV BELGISI VA UNING QO'LLANISHI
Undov belgisi o'zbek tiliga rus tilidan o'tgan. Mutaxassislar fikricha, u lotincha lo
undov.so'zidan kelib chiqqan bo'lib, unga nuqta (.)ning qo’shilishidan hosil bo'lgan.
Undov belgisi quyidagi o'rinlarda ishlatiladi:
Kuchli his-hayajon bilan aytilgan gaplardan so'ng:
Oqpodsho yerdan bir siqim tuproq oladi.
-Ana tuproq, mana tuproq! - deydi. - Bo'rsildoq tuproq, mag'izdor tuproq, hosildor tuproq. Tuproqmisan-tuproq!
Buyurish, yalinish, istak, xohish va shu kabi ma’nolarnl ifodalovchi gaplaming oxirida ham ishlatiladi:
Siz ham oyoq ishlating! - deb buyurdi. Suv ostida o'pqonlar ko'p. Tortib ketmasin!
So'z boshida kelib kuchli his-hayajon bilan aytilgan undalmalardan so'ng qo'yiladi:
Ey arslonlar arsloni! Mening yozuqlarimdan o't, mening qo'limni tut, belimni bog'la,
muqaddas fotihangni ber!
Ha, yo'q, xo'p, uzr, mayli, xayr, salom kabi so'z-gaplar kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ulardan so'ng qo'yiladi:
Balli-balli! - dedi Rahim va Sharifga qarab im qoqdi. Yo'q! Borolmayman, - dedi qayrilib.
Matn ichida alohida ta’kidlangan, ajratib ko'rsatilgan so'zlardan keyin qavs ichida berilishi mumkin:
«Bobumoma»da tarix, etnografiya, til, adabiyot, geografiya, biologiya, botanika, hatto tabobatga (!) oid g'oyat qimmatli ma’lumotlarni uchratish mumkin.
Aytilishi lozim bo'lgan fikr o'ta kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket uchta belgi qo'yiladi:
Charos kafti bilan yuzini to'sgancha o'zini orqaga tashladi.
—A-a-a!l! - dedi chinqirib.
Chiqar buni jallod!!! Jallodlar harakatlandilar.
His-hayajon bilan aytilgan so'roq, shuningdek, ritorik so'roq gaplardan so'ng:
Kimdir seni kutsa, kimnidir sen ham sog'insang, qanday baxt bu!
QAVS VA UNING QO‘LLANISHI
Qavs o'zbek yozuvida XIX asr oxirgi choragidan ishlatila boshlangan. Dastlab «Turkiston viloyatining gazeti»da 1873-yili qo'llangan.
U quyidagi o'rinlarda ishlatiladi:
1. Kirish gapiarda:
O'zbekiston paxta ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi davlatlardan biri hisoblanib (Xitoy, AQSh, Hindiston va Pokistondan keyin beshinchi o'rinda turadi), eksport bo'yicha AQShdan so'ng ikkinchi o'rinni egallaydi:
Remarkalarda:
Xon (yolg'iz). Shu tiriklikdan-da bezdirdilar meni (Turib yuradur). Bir dushmanimning qoni qurimayin, yana bittasi chiqib qoladur.
Olingan misollar yoki gapiar manbaida:
Ilm insonlaming hayoti, madori, rahbari, najotidur (Abdulla Avloniy).
Izoh ma’nosidagi so'z yoki so'z birikmalarida:
Ro'za hayiti (lyd al-Fitr) va Qurbon hayiti (lyd al-Adha)ning birinchi kuni O'zbekiston Respublikasi hududida dam olish kuni deb belgilangan. Demokratiya yunoncha so'z bo'lib, tarjimada xalq hokimiyati (demos - xalq, kratos - hokimiyat) ma’nosini bildiradi.
Shaxs, joy, asar, hodisa va shu kabilaming ikki xil varianti berilsa, ulardan biri qavsga olinadi:
«Qutadg‘u bilig» (Baxt keltiruvchi bilim).
Qavsdan matematika fanida ham keng foydalaniladi:
(57+ 38)-17 = ?
KO‘P NUQTA VA UNING QO'LLANISHI
Ko'p nuqta XIX asrning ikkinchi yarmidan o'zbekcha matnlarda ishlatila boshlangan. 1876-yildan e’tiboran «Turkiston viloyatining gazeti»da muntazam qo'llangan.
U quyidagi o'rinlarda ishlatiladi:
Mazmunan tugallanmay qolgan gapiar oxirida:
-Mana shu imperiya...
So'zlovchining cheksiz his-hayajonini, beqiyos tabiat manzaralarini ifodalash uchun:
Men... men O'zbekistonda besh-olti yil ishlab edim, - deya yig'ladi.
Qish... Butun atrof oppoq libosda...
Matn (jumla) qisqartirilsa:
Ilkimdan kelgancha... - deb boshlanar edi.
Fikr bo'lib-bo'lib ifoda qilinsa yoki duduqlanib aytilsa:
-Turkistonda birinchi m...m...m...artaba tia...t...t...tr, -dedi-da, fikrg'a toldi.
Suhbatdoshlaming gapi javobsiz qoldirilsa:
Manavi dub eshiklaringizni yelkamda tashib kelganman, Tushundingizmi?
-Tushundingizmi deyapman?
Tushirib qoldirilgan harf, so'z yoki boshqalar o'mida:
Nuqtalar o'miga kerakli harflarni qo'yib ko'chirib yozing. XayrL.h, a...loq, ...abar.
TIRE VA UNING QO‘LLANISHI
Tireni amaliyotga rus yozuvchisi N.M.Karamzin (XVIII asr) kiritgan. U o'zbek yozuvida XIX asming 70-yillaridan ishlatila boshlagan.
Tire quyidagi o'rinlarda ishlatiladi:
1 Dialoglardagi har bir gapning boshida:
-Amaki, o'ylab gapiryapsizmi? Qancha yo'l yurib kelganimizni bilasizmi?
Bilmayman. Qayerdan kelganingizning menga farqi yo'q.
?iz tabibmisiz o'zi?
Odamlar shunaqa deyishadi. Olloh istasa, men bir vositachi bo‘laman-u, dardmanga shifo yetadi. Bo'lmasa yo'q.
Bog'lamasiZ qo'llangan ot kesim bilan ega orasida. Til - millatning qalbi. Yer - don, dehqon -xazinabon. Mehnating - boyliging.
Uyushiq bo'laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so'zdan oldin:
Na qor, na yomg'ir, na to'fon va na bo'ron - hech narsa dovyuraklikni qo'rqitmaydi.
Muallif gapi bilan ko'chirma gap orasida:
«0ddiylik axlo.qiy barkamollikning bosh shartidir», - deb yozgandi LN.Tolstoy.
Ma’lumot mazmunidagi asosiy gapdan so'ng tartib bilan sanalgan har bir gap boshida:
1996-yil 26-aprelda ta’sis etildi:
«Amir Temur» ordeni;
«Buyuk xizmatlari uchun» ordeni.
Bog'lovchisiz qo'shma gapiarda ikkinchi gapning kesimi tushirilsa:
Olamni quyosh yoritadi, insonni - ilm.
Ayrim so'z yoki gapiar izohlansa, ularning o'rtasida:
O'zbekiston Milliy sug'urta kompaniyasi - «o`zbek-invest». Veksel - qimmatbaho qog'oz, pul qarz olganlik haqidagi tilxat, qarz hujjatidir.
Zid ma’noli bog'lovchisiz qo'shma gapiar orasida:
Vaqting ketdi - baxting ketdi.
Kirishlar va ajratilgan bo'laklar har ikki tomonidan vergul yoki tire bilan asosiy bo'laklardan ajratiladi:
Biz - yoshlar - millatning tayanchi, Vatanning ishongan tog'larimiz. Samarqanddagi Ulug'bek rasadxonasida - bir paytlari bu yerdan turib ulug' bobomiz osmon ilmini o'rgangan edi - katta ko'lamda ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.
Tenglik, taqqoslash va hokazo ma’nolarni bildiruvchi so'zlar orasida:
Toshkent-Andijon «Oltin vodiy» poyezdi 6-yo‘lga kelib to'xtadi.
Nashr, kitobat ishlarida:
Sultonov X. Onamning yurti: Qissa va hikoyalar. - Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987.
Eslatma: Hisob-kitob bilan bog'liq fanlarda tire ayirish belgisini bildiradi. 307 - 23 = 284. Bugun Toshkentda - 3°C sovuq bo'ladi.
Topshiriq. Matnlarni ko'chirib yozing. Tirening qo'yilish sabablarini tushuntirib bering.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 137-moddasiga muvofiq, quyidagi kunlar bayramlar sifatida dam olish kunlari deb belgilandi:
1 -yanvar—Yangi yil;
mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni;
21 -mart - Navro'z bayrami;
may - G'alaba kuni (Xotira va qadrlash kuni);
1 -sentabr—Mustaqillik kuni;
8-dekabr - Konstitutsiya kuni.
Jo'rayev N. Agar ogoh sen...: Portretga chizgilar: Siyosiy esse. - Toshkent: Sharq, 1998.
«Turkcha baxtsizdir. Ming yillardan beri ezila kelmishdir, lekin bitmamishdir. Bitmas, yashamishdir, yashar. Negakim boy-dir...» - deb yozgandi A.Fitrat ona tilimiz haqida.
Ko'laga yalingansimon unga yaqin yurib keldi.,.
Kim bu?
Men Kumush!
Otabek tovush egasini tanidi. Bu majnuna Zaynab edi.
Ket mundan!
Men Kumush!.. - dedi Zaynab, ammo ketmay iloji qolmadi. Zeroki, dunyodagi eng yaqin kishisi unga «ket!» amrini bergan edi.
QO‘SHTiRNOQ VA UNING QO'LLANILISH O‘RINLARI
Qo'shtimoqni amaliyotga rus olimi prof. A.A.Barsov kiritgan. O'zbek yozuvida u kiritish belgisi sifatida XIX asming 80-yillaridan uchraydi.
Qo'shtimoq quyidagi o'rinlarda ishlatiladi:
1. Ko'chirma gap qo'shtirnoqqa olinadi:
«Apil-tapil qilingan ishning umri qisqa», - degandi Sa’diy Sheroziy. I.V.Gyote shunday deb aytgan edi: «Donishmandlik faqat haqiqatdadir». «Er kishiga zeb-u ziynat, - degan edi Alisher Navoiy, - hikmat va donishdir».
Sitatalar qo'shtimoq ichida yoziladi:
Buyuk yozuvchimiz A.Qahhorning quyidagi gaplari hali-hanuz o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q: «Yozuvchi adabiyotga ikki xil kiradi: birinchi asari bilan tutab, birinchi asari bilan yashnab kiradi. Tutab kirgan yozuvchi uzoq tutaydi, ko'nglidan chiqarib emas, -qornidan chiqarib yozadi. Yozuvchilikka cho'g'day yashnab kirgan yozuvchi asardan asarga yashnayveradi...»
Ko'chma ma’noda qo'llangan so'zlar, ishlatiiishi odat tusiga kirmagan, eskirgan yoki yangi qo'llanayotgan, kesatiq, piching, do'q-po'pisa va shu kabi ma’nolarni bildiruvchi leksik birliklar qo'shtimoq ichida yoziladi:
...oradan yana bir necha oy o'tib uchinchi marta sud bo'lgan. Bu safar Botirovning «jinoyati» o'n bir yillik qamoq bilan «taqdirlandi» (T. Malik). «Xalq artisti» beliga o'q tekkanday erta-yu kech to'rdagi karavotga yonboshlab «Teatr» jumalini varaqlaydi, xalq artisti bo'lmoq sirlarini axtaradi, chamasi (E.A’zamov). Toshkentda Germaniyaning «Daymler-Bens» konserni vakolatxonasi ishlab turibdi.
Badiiy asarlar, gazeta, jumal, musiqa asarlari, spektakl va kartina nomlari qo'shtimoq ichida beriladi:
«Lison ut-tayr» (Qush tili) asari haqida suhbatlashdik. «Ma'rifat» gazetasi, «Saodat» jumali, «Mening oppoq kabutarlarim» spektakli, «Sohibqiron» dramasi, «Amir Temure portreti.
Korxona, muassasa, tashkilot, zavod, fabrika, mehmonxona, kema nomlari qo'shtimoq ichida yoziladi:
«O‘zdunrobita» qo'shma korxonasi, «Kochxolding» konserni, «Kamolot» ijtimoiy harakati, «lstiqlol» tennis sport majmuasi, «Diyor» savdo uyi, «Ekosan» xalqaro jamg'armasi, «O‘zbekavtotrans» davlat aksionerlik korporatsiyasi, «O‘ZDEUavto» O'zbekiston - Janubiy Koreya qo'shma avtomobil zavodi, «Chorsu» mehmonxonasi.
Transport (mashina, samolyot, avtobus va sh.k.)laming markasini bildirgan so'zlar, o'simliklarning turini, mahsulotlaming nomini ifodalovchi leksik birliklar qo'shtimoqqa olinadi:
«Neksiya» rusumli yengil mashina, «Boing» samolyoti, «Otayo‘l» mikroavtobusi, «Rayhon» alkogolsiz ichimligi, «Kibo» oyoq kiyimi, «Hojimatov damlamasi*.
Ayrim orden va medallar, faxriy unvonlar nomi qo'shtimoq ichida beriladi:
«EI-yurt hurmati» ordeni 1998-yil 28-avgustda ta’sis etildi. Professor Q.G‘..
Abdullayev «O‘zbekistonda xizmat ko'rsatgan xalq ta'limi xodimi» faxriy unvoni bilan mukofotlandi.
Qonun, farmon, buyruqlaming nomi, ayrim bandlari qo'shtimoq ichida beriladi:
yilning 6-may kuni «Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonunga o'zgartirishlar kiritish haqida» Qonun qabul qilindi.
Sinflarning tartibini bildiruvchi harflar, baho ballari ham qo'shtimoq ichida beriladi:
«A» sinfi «Quvnoqlar va zukkolar» bahsida g'olib chiqdi. O'qituvchimiz bugungi
javobimga «besh» baho qo'ydi.
Topshiriq. Qo'shtirnoqning qo'yilish sabablarini tushuntirib bering.
yilning 23 - 26-aprel kunlari Toshkentda to'qimachilik va ko'nchilik sanoatining birinchi xalqaro «Osiyo: gazlama, charm - 96» ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. M.Qayumovning «lsmoil Buxoriy», N.Mahmudovning «Bahouddin Naqshband» hujjatli fiimlari namoyish etildi. Yaponiyalik Noriko Magosaki xonim «Yapon va o'zbek tillarining qiyosiy tavsifi» nomli ilmiy risola yozib nashr qildirdi. «Qozi» o'z ishiga puxta bo'lsa-da, xojasining martabasini izzat qilib «siz buyuring» deganday qaradi (T.Malik). «Tanqid
kelajakning mevasi», - deydi dono xalqimiz. «Shaharlar xotirasi» yodgoriik majmuyi haqida «o`zbekiston ovozi» gazetasida maqola berishdi.

IKKI NUQTA, NUQTALI VERGUL VA ULARNING QO‘LLANISHI


Ikki nuqta o'zbek yozuvida XIX asr oxiri va XX asr boshlaridan e'tiboran ishlatila boshlangan.
U quyidagi o'rinlarda qo'llanadi:
Shaklan tugallangan, lekin mazmunan keyingisi birinchisining uzviy davomi sanalgan bog'lovchisiz qo'shma gaplardan so'ng:
Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga o'tmabdi, odamlarga kerakli ekanman, hayotda iz qoldiribman (A.Qahhor).
Muallif gapi ko'chirma gapdan oldin kelganda undan so'ng:
Bundan so'ng qutidor turib ichkariga yugurdi, yarim yo'ldanoq tanchada o'tiruvchi Oftoboyim va Kumushga qichqirdi:
Sir ochildi! (A. Qodiriy)
Uyushiq bo'laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so'zdan keyin:
O'zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari: Davlat bayrog'i, Davlat gerbi va
Davlat madhiyasi milliy iftixorimiz, sharaf va shonimiz sanaladi.
Reja, mavzu, qaror qilindi kabi so'zlardan so'ng:
Mavzu: «Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostoni».
Yuqoridagilar asosida yig'ilish qaror qabul qildi:
Jamoaning Navro'z bayramiga tayyorgarlik ishlari qoniqarli deb topilsin.
Navro'z - umumxalq bayramini ko'tarinki ruhda munosib kutib olish uchun yana zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqilsin.
Uslubiy ravonlikni, muxtasarlikni ta'minlash maqsadida turli xil rasmiy ma'lumotlarda, nashr ishlarida ayrim so'zlardan keyin:
Toshkentda «Mustaqil O'zbekiston: falsafa va huquqning dolzarb masalalari» mavzuyida uchinchi an’anaviy respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi bo'lib o'tdi.
Sport musobaqalarida raqiblar o'rtasidagi hisobni ifodalash uchun olingan ochkolaryoki kiritilgan gollarning nisbatini belgilash uchun:
Sidneydagi XXVII yozgi Olimpiada o'yinlarida hamyurtimiz Muhammadqodir Abdullayev raqibini 27:21 hisobi bilan yengdi.
«Andijon» (Andijon) va «Paxtakor» (Toshkent) jamoalari o'rtasidagi o'yin durang natija bilan tugadi-2:2.
Eslatma: Hisob-kitob ishida bo'luv alomati sanaladi:
100:2 = 50
Topshiriq. Gaplarni o'qing. Ikki nuqtaning qo'yilish sabablarini tushuntirib bering.
Kurashda bir tabiat qonuni bor: polvon, davrada mag'lub bo'lsa, taqdirga tan berib ketmaydi (T.Murod). 2. Abdulla Avloniy shunday degandi: «llm - dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g'oyat oliy va muqaddas fazilatdur». 3. Ma’naviy-axloqiy tarbiyalangan inson shunday insonki, u shariat, tariqat va haqiqat borasida mukammaldir. Unda to'rt narsa shakllangan bo'ladi: yaxshi so'z, yaxshi amal, yaxshi xulq va ma’rifat. Uning dili pok-u, tili pok, ishi va niyatlari ham pokdir (Bahouddin Naqshband). 4.o`zbekla'r orasida qadim-qadimdan chinakam insoniy fazilatlar: do'stlik, mehr-oqibat, odamgarchilik, axloqiy-teranlik ulug'lanib kelgan. 5. Mavzu: «O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va buning olamshumul ahamiyati».
Dam olish dasturi: 23.35. «Jazda faqat qizlar». 7. Tahririyat manzili: 710000, Termiz shahri, Navoiy shohko'chasi, 71-uy. Tel: 25-04-92. 8. «Neftchi» (Farg'ona) va «Navbahor» (Namangan) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0.

NUQTALI VERGUL VA UNING QO'LLANISHI


Nuqtali vergul o'zbek yozuvida 1885-yildan uchraydi.
U quyidagi o'rinlarda ishlatiladi.
Bog'lovchisiz qo'shma gapiar tarkibidagi sodda gapiar mazmun jihatidan tugal fikrni anglatib, bir-biriga yaqin bo'lmagan hollarda:
Lekin avtor shu kichkinagina hikoyada katta ish qiladi; o'quvchining ko'z oldiga odamning havasi keladigan, har qanday kishining muhabbatini o'ziga qaratadigan, har qancha izzat qilsa arziydigan va bu izzatga o'zining jafokashligi, g'ayrati, farosati, el- yurt uchun qayg'urishi bilan sazovor bo'lgan bir chol keladi (A.Qahhoi).
Bog'lovchisiz qo'shma gap tarkibiga kirgan sodda gaplardagi voqealar bir-biriga qiyoslanganda:
Ish kuchini yelga berma, yerga ber; jamg'armani selga berma, elga ber!
Yaxshini yomon dema, olishing bo'lsa ham; Yomonni yaxshi dema, yaqintng bo'lsa ham.
Uyushiq bo'laklar guruhlanib, o'zaro vergullar yordamida bir-biridan ajratilganda har bir guruhni anglatuvchi so'zdan keyin.
Gerb rangli tasvirda bo'lib, Humo qushi kumush rangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanog'i va «o`zbekiston» degan yozuv tilla rangda; g'o'za shoxlari va barglari, vodiylar yashil rangda; tog'lar havo rangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarimoy va yulduz oq rangda beriladi.
Reja, qaror, farmon, buyruq, qonun va shu kabilaming oxirgi bandidan tashqari har bir bandi oxirida:
Otabek timsoliga tavsif:
Otabek - o'qimlshli, o'z davrining yetuk kishisi;
Otabek - mard va jasur yigit;
d) Otabek - o'z ahdlga sodiq, vafoli yor.
Hayhotday hovli fayzsiz; daraxtlar ostini O‘t-O‘lan bosgan, hovlining etak tomonida bir juft yirik-yirik qarg'a loqayd kezib yuribdi (O.Otaxonov). Obidjon borib pechkaning ichiga qo'l tiqadi: nimanidir mahkam ushlaydi (A.Qahhoi).
TINISH BELGILARINING QO'SHALOQ HOLDA ISHLATILISH O‘RINLARI
O'zbek yozuvida uslubiy aniqlik, ravonlik hamda turli xil leksik-grarnmatik ma’nolarni ifodalash uchun tinish belgilarini qo'llash hollari ham uchrab turadi. Ulaming qo'llanilishidagi asosiy o'rinlar quyidagilardan iborat:
His-hayajon bilan aytilgan so'roq gapiar oxirida so'roq va undov belgilari ketma- ket qo'yiladi:
Axir, ablah, - derdi Yunus, - birovning uyiga oyog'ingni artmasdan kirgani ibo qilasan, nega havoni bulg'atgani ibo qilmaysan?! (A.Qahhoi)
So'roq va undov gapiar kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket ikkita yoki uchta bir xil belgi qo'yilishi mumkin:
Ey purviqor tog'lar! Nega jimsizlar, nega!!! (A.Cho'Ipon)
So'roq va undov mazmunini bildirgan gapiarda fikr tugallanmay qolsa, mazkur belgilardan so'ng uch nuqta qo'yiladi:
«Ertaga! - deya xotirjam dilidan o'tkazdi va birdan to'xtadi. - Xo'sh, ertaga nima bo‘ladi?..» (N.Qiliche\/) Berkinboy tuyqusdan tilla topganday quvonib-suyunib, turgan joyida dik-dik sakray boshladi:
-Topdi-mmL Topdi-im!.. (Sh.Bo'tayev)
Muallif gapi va ko'chirma gapiar o'rtasida tinish belgilari ketma-ket ishlatiiishi mumkin:
«Adabiyot hunar, uni kasbga aylantirib olgan yozuvchi olmaga tushgan qurtdan farq qilmaydi», - deb yozgandi A.Qahhor.

GAPNING UYUSHIQ BO'LAKLARI HAQIDA MA’LUMOT


Uyushiq bo ‘laklar bir xil so'roqqa javob bo'lib, bir xil sintaktik vazifada keladigan, o'zaro teng aloqada, boshqa bo'laklar bilan esa tobe aloqada bo'lgan bo'laklardir. Masalan: Dadam, oyim va men hayvonot bog'iga bordik. Uyushiq bo'laklar o'zaro teng bog'lovchilar yoki tenglanish ohangi orqali birikadi. Ular bir-biridan pauza bilan ajratilib, sanash ohangi bilan aytiladi. Har bir uyushiq bo'lakning o'z ayrim urg'usi bo'ladi. Uyushiq bo'laklar quyidagicha ifodalanadi:
So‘z qo'shilmalari bilan: O'qituvchilar va o'quvchilar o'rik va olmalami terishdi.
So'z birikmalari, kelishik qo'shimchalari qo'llangan so'zlar bilan: O'quvchilar maktab bog'ida va xo'jalik o'rikzorida yetilgan o'riklarni terdilar.
Kengaygan birikmalar. O'quvchilar bargak qilish uchun yaraydigan va yaxshi pishib yetilgan o'riklarni terdilar.
Gap bo'laklari ham, bo'lakning bo'laklari ham uyushib kelishi mumkin. Masalan: Eshilib, to'lg'onib ingranadi kuy gapida eshilib, to'lg'onib so'zlari qay tarzda? so'rog'iga javob bo'ladi. Bu yerda hollar uyushgan. Rangi o'chgan, umri kechgan kuz guli... egil gapida rangi o'chgan, umri kechgan bo'laklarining har ikkisi qanday? so'rog'iga javob bo'ladi, kuz guli bo'lagiga tobe bog'langan. Bu bo'laklar o'zaro sanash ohangi yordamida teng bog'langan eganing aniqlovchilari sifatida bo'lak­ning uyushiq bo'laklari hisoblanadi.
Gapning kesimi ham, egasi ham, ikkinchi darajali bo'laklar ham uyushib kelishi mumkin.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling