O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


UYUSHIQ BO'LAKLARDA UMUMLASHTIRUVCHI SO'ZNING QO'LLANILISHI


Download 0.61 Mb.
bet90/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

UYUSHIQ BO'LAKLARDA UMUMLASHTIRUVCHI SO'ZNING QO'LLANILISHI
Sanalayotgan bo'laklar ma’nosini jamlab ifodalagan so'z umumlashtiruvchi so'z deyiladi. Umumlashtiruvchi so'z umumlashtiruvchi ma’noli so'zlar (olmoshlar, otlar, fe'llar va hokazo), so'z birikmasi, kengaygan birikmalar bilan ifodalanishi mum­kin. Uyushiq bo'laklar umumlashtiruvchi so'zning ma’nosini izohlab, aniqlab kejadi. Uyushgan bo'laklar, narsa va hodisalami, belgi-xususiyatlarni alohida-alohida ifoda- lasa, umumlashtiruvchi so'z ularning hammasini jamlagan holda ifodalaydi. Demak, uyushgan bo'laklar bilam umumlashtiruvchi so'z o'rtasida xususiylik-umumiylik, jins-tur munosabati mavjud bo'ladi. Uyushgan bo'laklar xususiylikni, jinsni; umumlashtiruvchi so'z esa umumiyllkni, turni bildiradi..
Uyushgan bo'laklar qaysi grammatik shaklda bo'lsa va qanday so'roqqa javob bo'lsa, umumlashtiruvchi so'z ham ko'pincha ana shunday shaklda bo'ladi va shunday so'roqqa javob bo'ladi.
Uyushgan bo'laklar qaysi bo'lak bilan tobe munosabatda bo'lsa, umumlashtiruvchi so'z ham shu bo'lak bilan tobe aloqada bo'ladi.
Ayrim gapiarda grammatik qo'shimchalar uyushiq bo'laklarga emas, umum­lashtiruvchi so'zga qo'shiladi. Bunda uyushiq bo'laklarning sintaktik vazifasi umum­lashtiruvchi so'zning sintaktik vazifasiga qarab belgilanadi. Masalan, Dasturxpn- ga husaynl, charos, asadi~ hammasidan qo'ydik. Bu gapda -dan kelishik qo'shimchasi uyushiq bo'laklarga qo'shilmagan, ulaming uyushiq to'ldiruvchi ekanligi umumlashtiruvchi bo'lakning grammatik shakliga qarab aniqlandi.
Umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'laklardan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin.
Umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'laklardan oldin kelsa, umumlashtiruvchi so'z bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga ikki nuqta (:) qo'yiladi. Masalan: Bog'imizda mevalar: olma, o'rik, shaftolilar bor. Umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'laklardan keyin kelsa, umumlashtiruvchi so'z bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga tire (-) qo'yiladi. Masalan: Ku- tubxonamizda Abdulla Oripov, Erkin Vohidov - barcha taniqli shoirlarning asarlari bor. Misollar:
Yaxshi xulolar: diyonat, qanoat, shijoat, vijdon, Vatanni suymak va boshqalar in- sonni ulug'laydi.
G'azab, jaholat, adovat, g'iybat, tama, zulm - vomon xulalar kishini tubanlik qa'riga tashlaydi.
Quyosh, havo, suv - hammasi bizning eng qadrli do'stimiz.
Bittanaiz: yo Shahobiddin yoki siz so'zga chiqasiz.
Yig'ilishda hech kim: na Sa'dulla, na Akbarali bu haqda gapirmadilar.
So'zlashdan oldin yiq'ilaanlaraa: minbardagilarga, pastda o'tirganlarga, eshik va devor oldida turganlarga bir-bir qaradi.
Ba'zan uyushiq bo'lakli gapiarda kiritma ham ishtirok etadi.
Agar umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'laklardan keyin kelsa va undan oldin kiritma qatnashsa, kiritmadan oldin tire, kiritmadan keyin vergul qo'yiladi. Masalan: Oppoq soqoli bilan farzandlarini ham, nevaralarini ham, qo'shni o'g'il-qizlami ham, ko'cha-ko'ydagi begona bolalami ham - xuilas, barchani sizlab gapirardi. Bu gap­da xuilas kiritma, barcha ni umumlashtiruvchi so'z bo'lib, xullasAan oldin tire, keyin vergul qo'yiladi.
Agar umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'laklardan oldin kelsa va undan keyin kirit­ma qatnashsa, kiritmadan oldin vergul, keyin ikki nuqta ishlatiladi. Masalan: Mam- lakatimizdagi ko'plab pedaaogika institutlari. masalan: Farg'ona, Namangan va Guliston institutlari - universitetlarga aylantirildi. Bu gapda pedagogika institutlari umumlashtiruvchi so'z, masalan kiritma bo'lib, masalandan oldin vergul, keyin ikki nuqta qo'yiladi.
Uyushiq bo'laklar yozuvda vergul bilan ajratiladi. Agar uyushiq bo'laklar guruh-gu- ruh bo'lib kelsa, guruhlar bir-biridan nuqtali vergul bilan ajratiladi. Masalan: Ularda o'nlab xildagi gullar: nasrin, nastarin, nargis, nilufar, savsan, rayhon, xino, zanboq guli, lola, sadbarg, ra’no, hazorg'uncha, zag'far, sumanpar; yoqimli hidi va go'zal ko'rinishi bilan gulni eslatuvchi giyohlar: sunbui, ishqi pechan; manzarali daraxtlar: sarv, ar-ar, arg'uvon, shamshod kabilar haqida ma’lumot beradi.
Ovga kirishadigan sohibchangal qushlardan: qarchig'ay, miqqiy, qirg'iy; urishadigan qushlardan: dakan xo'roz, oddiy xo'roz, amirxon xo'roz, kaklik, bedana (bu so'nggi ik- kisi sayrash uchun ham boqilib, cho'pqafasda, to'rqafasda saqlanadi); sayraydiganlar- dan: qumri, sa’va, bulbul, mayna va boshqalar.
Demak, uyushiq bo'lakli gapiarda tinish belgilardan: vergul, ikki nuqta, nuqtali ver­gul, tire ishlatiladi.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
mashq. Umumlashtiruvchi bo'laklami toping, tushirilgan tinish belgilami qo'yib ko'chiring.
Ishlangan yerlar, yo'llarning ikki tomonidagi ariqlarda jildirab oqayotgan suv. Ariqlar labida qad ko'targan yosh teraklar hammasi Olimjonning diliga sevinch-quvonch bag'ishlardi. 2. Hovuz bo'yida o'tirgan brigadir ikki hovuchini to'lg'azib suv olar zavq bilan yuzini, bo'ynini, ko'kraklarini barcha qoraygan joylarini yuvar edi. 3. Cho'lpon umri davomida juda ko'p narsalami: qiziq, shirin nash’ali voqealarning guvohi bo'lgan.
Shu yerda Oyqizning buyrug'i bilan to'g'on qurilardi. Sement quyilmoqda uzluksiz shag'al to'kilmoqda tosh tashlanmoqda. 5. Shu vaqt ichida hamma hunar o'rgandi bir xillar transportyorga yuk ortish ixtisosini egalladi yana birovlar esa misrang yoki bel bilan ishlashga mutaxassis bo'ldi, 6. Barcha odamlar fidokorona ishlardilar ulaming ba’zilari bir me’yorda borib kelardi, ba’zilari esa haqiqiy ishga berilib ketardi.
mashq. Ko'chiring. Uyushiq bo'laklami aniqlab ustiga turini yozing. Uyushiq bo'lakli gaplardagi umumlashtiruvchi so'zlar tagiga chizib, uning ifodalanishini, o'mini va ulardagi tinish belgilarining qo'llanishini tushuntiring.
Umrzoq hamma narsani: konvertni ham, mayda-mayda qilib yozilgan oq qog'ozni ham, undan keyin cheti qora hoshiyali pushtirang qog'ozni ham ko'rdi. 2, Yog'liq qo'y go'shti yaxnasi ham, tok bargi va uzum boshining surati solingan chinni kosadagi qaymoq, non, qora mayiz - hammasi dasturxonda qo'l tekkizilmay turardi. 3. Kanalning ikki qirg'og'ida g'uj-g'uj bo'lib turgan odamlar: erkaklar, ayollar va bolalar shod-xurram, suvning orqasidan, Bekbo'taning orqasidan chopib borardilar. 4. Tog' etaklari hali ham ko'm-ko'k bo'lib, turli go'zalliklar bilan: sariq va qizg'ish tusdagi boychechaklar, chuchmomalar, qoshlariga qop-qora o'sma qo'ygan lolalar bilan yasangan edi. 5. Oldin mutaxassis-olimlar: geologlar, gidrogeologlar, geodezistlar keldilar. 6. Tizgin tortilganmi, bo'sh qo'yilganmi, jadaliga olinganmi, ravon qo'yilganmi - xuilas, shunga qarab hushtak chalishib hazil qilishganlari, sho'x-sho'x kulgilari - hammasi ishning bir me’yorda qizg'in ketayotganidan dalolat berardi.
AJRATILGAN BO'LAKLAR
Gapning ajratilgan bo'laklari o'zlari aloqada bo'lgan bo'laklarning ma'nosini izohlab, bo'rttirib, aniqlashtirib yoki ta’kidlab keladi. Ular boshqa bo'laklardan maxsus to'xtam bilan ajralib gap urg'usini oladi. Misollar: Soraxon shuncha kundan beri yetolmagan niyatga - Roziyani avvalgiday shod, go'zal ko'rish niyatiga - Sattor bir lahzada yetdi. Sizga, o'rta bo'yli qizga, atlas juda yarashibdi.
Ajratilgan bo'laklar: a) bir bo'lak holida keladi: Boyagi yigitning, Avazning, qo'li gul ekan; b) birikmali holda keladi: Shu kuni kechqurun, daladan qaytishda, qori Sidiqjonga hamroh bo'lib qolibdj. .
Ajratilgan bo'lak o'zi izohlayotgan bo'lakdan doimo keyin keladi va yozuvda vergul, tire, ba'zan qavs bilan ajratiladi.
Ajratilgan bo'laklar gapdagi qaysi bo'lakka oidligiga ko'ra quyidagi tuiiarga bo'linadi: ajratilgan hollar, ajratilgan aniqlovchilar, ajratilgan izohlovchilar, ajratilgan to'ldiruvchilar.
Ajratilgan hoi o'zidan oldin kelgan holning ma’nosiga aniqlik kiritadi. Ajratilgan bo'lak vazifasida ko'pincha o'rin, payt hollari keladi: hu ana shu joyda, taxta ko'prikning ostida, kichik bir buloq bor. Dadam shu atrofdan - qishloqning chiqaverishidan - do'kon qidirdi. Cho'pon otadan bir chaqirimcha pastlikda, Boysunning naq bo'yida, uch-to'rt tup jiyda o'sgan bir xilvat joy bor.
Ajratilgan to'ldiruvchi o'zidan oldin kelgan to'ldiruvchining ma'nosini izohlaydi, unga aniqlik kiritadi. Vositasiz to'ldiruvchi ham, vositali to'ldiruvchi ham ajratilgan bo'lak sifatida qo'llanishi mumkin: Nasihatimni, otangning so'zini, esingda tut. Xatni uning o'ziga, Muqad- dasga, bering. Unsin uchun, bechora qiz uchun, bu qanday mudhish motam!
Ajratilgan aniqlovchi stiaxs yoki narsaning belgisini, kimga yoki nimaga qarash­liligini ta'kidlab, ayirib ko'rsatish uchun ishlatiladi. Masalan: Qobil bobo, yalangbosh, yalangoyoq, eshik yonida dag'-dag' titraydi. Bizning, o'quvchi yoshlarning, o'zimizga yarasha or-nomusimiz bor. Axir uning, Vohidning ham_o‘ziga yarasha obro'si, yigitlik g'ururi bor. Seryoja -oddiy, navqiron, mard yigit - o'rtoqlari uchun jonini fido qiladi.
Ajratilgan izohlovchilar, asosan, izohlanmishdan keyin keladi va o'ziga xos ohang bilan aytiladi. Ajratilgan izohlovchilar ko'pincha egaga taalluqli bo'ladi: O'g'lim, qo'zichog'im, orom olyapti. Birozdan so'ng Hasan aka, fizika o'qituvchisi, kirib keldi.
AJRATILGAN GAP BO'LAKLARINI HOSIL QILISH USULLARI
Esda saqlang. Gap tarkibidagi ma’lum bo'lakning ma’nosini ta’kidlab, izohlab keluvchi, boshqa bo'laklardan to'xtam va ohang jihatidan ajralib turuvchi bo'laklar ajratilgan bo'laklar, shunday bo'lakli gaplarga esa ajratilgan bo'lakli gapiar deyiladi.
Ajratilgan bo'laklar ishtirok etgan gapiar mazmunan murakkablashadi. Gapning asosiy qismi ifodalagan axborotga ajratilgan bo'lakdan anglashilgan qo'shimcha axborot qo'shiladi. Masalan: Tursunali akaga, shunday katta olimga, kuyov bo'lish hazil gap emas (O'.Usmonov). Bu gapda birinchi axborot - Tursunali akaga kuyov bo'lish hazil gap emasligi gapning asosiy qismi orqali, ikkinchi axborot - Tursunali akaning katta olimligi ajratilgan bo'lak orqali ifodalanadi.
Yuqorida bayon qilihganidek, ajratilgan bo'laklar ikki xil vazifani bajaradi:
ma'lum bir bo'lak ma’nosini ta’kidlash, bo'rttirish;
ma’lum bir bo'lakning umumiy ma'nosini izohlash, konkretlashtirish, tushunarsiz ma'nosini tushuntirish.
Ajratilgan bo'lakning bu ikki xil vazifasi uning ajratish usuli orqali ham bilinib turadi.
Esda saqlang. Ajratilgan bo'laklar yuqoridagi vazifaga muvofiq ikki xil yo'l bilan ajratiladi:
tartibni o'zgartirish;
bir nomni boshqacha nomlash.

TARTIBINI O‘ZGARTIRISH ORQALI GAP BO'LAKLARINI AJRATISH


Sifatlovchi-aniqlovchi, odatda, aniqlanmishdan oldin keladi. Ba'zan tinglovchlning diqqati sifatlovchiga tortilganda so'zlovchi uning odatdagi tartibini o'zgartirib, sifatlanmishdan keyin keltiradi. Natijada sifatlovchi gapning boshqa bo'laklaridan boshqacha ohang*bilan ajralib qoladi. Sifatlovchining ma’nosi odatdagi tartib bo'yicha qo'llangan sifatlovchiga nisbatan bo'rttiriladi, alohida ta’kidlanadi. Gapdagi eng ahamiyatii, yangi axborot tashuvchi qismga aylanadi.
Esda saqlang. Tartibi o'zgartirilgan, lekin sifatlovchilik xususiyatini saqlab qolgan sifatiovchi-aniqlovchilar ajratilgan bo'lakka aylanadi.
Masalan: Bu o'zbek yigiti - tanti, mehribon.
Solishtiring: Rangi o'chgan, Umri kechgan kuz guli, Bir yo'li pastroq egil (Abdulhamid Cho'lpon). Kuz guli - Rangi o'chgan, Umri kechgan.
Juda muhim. Ajratilgan sifatiovchi-aniqlovchilar yozuvda boshqa bo'laklardan doimo vergul bilan, agar sifatlovchi-aniqlovchilarning o'zi uyushgan bo'lib, ichida vergul bilan ajratilgan bo'lsa, ajratilgan bo'lak boshqa bo'laklardan tire bilan ajratiladi.
Juda muhim. Ajratilgan sifatlovshi aniqlovchi, ajratilgan ravish holi, ajratilgan izohlovchilar tartibni o'zgartirish orqali hosil qilinadi. Masalan, Sizga xushbo'v. muattar gullar keltirdim (oddiy sifatlovchi-aniqlovchi) - Sizga gul keltirdim
xushbo'v. muattar (ajratilgan sifatlovchi-aniqlovchi). Qo'llar tez. mo'iizakor /sAi/ar(oddiy ravish holi) - Qo'llar ishlar- tez. mo'iizakorlajratilgan ravish holi). Xonaga fizika o'aituvchisi Hasan aka kirib keldi (oddiy izohlovchi) -Xonaga Hasan aka, fizika o'aituvchisi. kirib keldi (ajratilgan izohlovchi).
Mashq. Matnni o'qing. Gapning ajratilgan ikkinchi darajali bo'laklarini topib tagiga chizing va ustiga turini yozib qo'ying. Ular tobe bo'lgan bo'lakni ayting. So'ngra ajratilgan bo'laklardagi ohang va tartibni izohlang.
Insonning tavallud kunidan boshlab uning voyaga yetgan kuni j® balog'at yoshiga qadar bo'lgan uzoq davrni majoziy ma'noda bir maktab deb atasak, ana shu maktabning ramziy ma’nodagi ustozi ham boshlang'ich sinf muallimi, ham yuqori sinf o'qituvchisidir. Chunki farzand uchun hayotdagi ideal ustoz ona ekanligi bugungi kun tadqiqotlarida to'la-to'kis e’tirof etilmoqda. Zero, mustaqil hayot ostonasiga qadam qo'yguvchilar uchun, yosh avlod uchun, eng birinchi galda, onalarning ma’naviy dunyosi, muloqot madaniyati, axloqiy olami namuna maktabidir. Bu foniy dunyoda inson doimo orzular, umidlar olamida yashaydi. Tabiat insoniyatning dunyoga kelgan kunidan to hayotining so'nggi kuniga qadar odamzod qalbiga mana shu buyuk ikki hisni orzular va umidlar dunyosini oshufta qilgan. Farzandini dunyoga keltirgan onaning o'y-xayolida birgina orzu mujassam yashaydi - u ham bo'lsa, farzandlarning barkamol inson bo'lib yetishishidir (Gazetadan).
Mashq. Ko'chiring. Tartibi o'zgartirilgan, lekin sifatlovchilik xususiyatini saqlab qolgan sifatlovchi-aniqlovchili ajratilgan bo'laklami toping.
Ko'kdagi oy tanhodir, yakka-yu yolg'iz.
Shoyon mehnatingning nishonasi bu - Qora qoshlaringga qo'ngan chang, g'ubor. Suvori ekansan - zahmating ezgu, Zamona Barchini - mehnatkash, dildor.
Yo'lim boshladi to kezdim dala-tog‘, Kezdim ne yurtlami - chiroyi tengsiz.
Qozoq sahrosi - bu beadad sahro, Xayolday bepoyon, cheksiz va yiroq.
Bir zum dengizga ham boqqil betuyg'u, Dema, o'ylarimday u teran tengsiz.
Angladimki, olamda Yurt tanho, Vatan tanho, Nokaslar emas, yo'q, yo'q, Yolg'iz sen baland, tanho.
Ba’zan o'ylab deyman, ne bo'lardi, gar Qudratni ko'rgazsa tabiat hassos.
Qo'llarim ko'ksimda, betinch, betoqat Ta’zimlar qilurman senga ushbu dam.
U - menmi, u - senmi, kim bo'lma, faqat
Senga insof bersin, uchinchi odam! (A.Oripo\/)
IZOHLASH ORQALI GAP BO'LAKLARINI AJRATISH
Nutq jarayonida ko'pchilikka noma’lum so'zni qo'llasangiz, tinglovchiga tushunarli bo'lishi uchun uning yoniga ma'lum bo'lgan so'zni qo'yib bayon qilasiz. Masalan: Lingvistika - tilshunoslik, mening sevgan fanim bo'ladi. .
Ba’zan ma’nosi umumiyroq bo'lgan so'zning ma’nosini aniqlashtirish uchun unjng yoniga konkretroq, aniqroq ma'no bildiruvchi so'zni keltirasiz. Masalan: Bog'chadagi do'stimni - Qodimi ko'rib qoldim. Ayrim hollarda esa ma’lum bir narsani boshqa narsaga o'xshatib ulaming nomini yonma-yon ishlatamiz. Masalan: Shu farzandimning
ko'zim qorasining - elning ardog'ida bo'lishini xohiayman.
Natijada bir tushunchaning ikkita nomi vujudga keladi. Ikkita nom bo'lishi, har ikki nomning bir xil so'roqqa javob bo'lishi, har ikkisining ham bir xil grammatik shaklda bo'lishi bilan bunday ajratilgan bo'laklar uyushgan bo'laklarga o'xshaydi.
Solishtiring: Unda, Halimning ukasida, qiziqarli kitoblar ko'p. Bu gapdagi unda, Halimning ukasida bo'laklari ikki kishini bildirsa va sanash ohangi bilan talaffuz qilinsa uyushgan bo'lak, bir kishini bildirib, ikkinchisi birinchisidan biroz to'xtamdan so'ng pastroq ohang bilan talaffuz qilinsa ajratilgan bo'lak bo'ladi.
Juda muhim: Bunday ajcatilgan bo'laklar gapning boshqa bo'laklaridan vergul, ba’zan tire bilan ajratiladi. Gapning hamma bo'laklari ajratilishi mumkin. Qaysi gap bo'lagining so'rog'iga javob bo'lsa, ajratilgan bo'lak o'sha gap bo'lagining nomi bilan yuritiladi.
Jyda muhim. Ajratilgan to'ldiruvchi, ajratilgan qaratqich-aniqlovchi, ajratilgan payt va o'rin hollari izohlash orqali ayiriladi. Masalan, Xatni unga, Muaaddasaa. bering (ajratilgan to'ldiruvchi). Boyagi yigitning, Avaznina. qo'li gul ekan (ajratilgan qaratqich-aniqlovchi). Huv o'sha joyda, taxta ko'priknina taaida. kichkina buloq bor (ajratilgan o'rin holi). Haligina, siz kelmasdan sal avval. biroz o'zimga kelgachjoy-joylariga ketishdi (ajratilgan payt holi).
Mashq. O'qing. Ajratilgan hollami aniqlab tagiga chizing.
Temir eshikli podyezd, ikkinehi qavat, chap tomondagi kvartira - bu sizoing xonadoningiz. 2. Men ko'rsatilgan stulga - to'rga o'tib o'tirdim. 3. Haligina, siz kelmasdan sal avval, biroz o'zimga kelgach, joy-joylariga ketishdi. 4. Shoiming kulbayi vayronasi shaharning eng chekkasida, Bog'i Firuz va Bog'i Mahmud kabi ko'rkam bog'lar atrofida joylashgan edi. 5. Biz Xorazmda, Ma’mun saroyida besh yil birga xizmat qilganmiz, begim. 6. Yaxshiyam, Sulton Mahmud yoshlik chog'larida, yuragida insof va adolat tuyg'usi tamoman so'nib bitmagan mahallarda, Nargizabonu sabab sobiq g'ulomi Qutlug'qadamning daxlsizligi to'g'risida birdan bir adolatli farmon bergan ekan.
Endi bu hibsdan, o'laksa hidi anqigan jahannamdan tiriklayin chiqa oladimi, yo'qmi
bu yog'i yolg'iz Ollohga ayon. 8. Axsi - Movarounnahrda, Sayhun bo'yida joylashgan bo'lib, mashhur shaharlardan edi.
Mashq. Bir nomni boshqacha nomlash bilan ajratilgan bo'laklami aniqlang.
Komil buvaning uyi shu yong'oqzorning ichida - Bo'rijarning qoq ustida emish. 2. Dadam harsillab nafas olib narigi tomonga - pastga tushdi. 3. Ovqatdan keyin ayvonda, xontaxta atrofida o'tirib choy ichdik. Dadam sharqirab oqib yotgan ariq bo'yida, bir tup sadaqayrag'och tagida to'xtadi. 4. Chindan ham bomba ancha orqaga - o'rmonzorga borib tushadi. 5. Yangi yil kechasi - nemislar mast-alast bo'lib Rojdestvo bayrami qilayotganida hujumga o'tdik! 6. Endi u rosmana raisga - Umar zakunchiga aylangan edi. 7. Ochil akaning daftari ancha nariga - o'tlar ustiga otilib ketgan, varaqlari ochilib xira oydinda Oqarib ko'rinardi. 8. Biz - er-xotin yog' zavodida ishlaymiz. 9. Qo'zivoy hammani har yoqqa surib, uch-to'rt qadam orqaga, Sherzod cho'nqayib o'tirgan doska tomonga tisarildi.

AJRATILGAN BO‘LAKLARDA TINISH BELGILARINING QO'LLANILISHI


Ajratilgan bo'lak ikki tomondan vergul bilan ajratiladi: bayroq, havorang, mag'rur hilpirab turar.
Ajratilgan aniqlovchilar aniqlanmishdan bevosita oldin kelgani uchun, undan so'ng to'xtalish bo'lmaydi, vergul qo'yilmaydi. Fe’l bilan yonma-yon kelgan ravishdosh va ravishdosh qurilmalardan keyin ham tinish belgisi qo'yilmaydi: Kechagi, ya’ni urushdan oldingi hayotning naqadar maroqli ekanini bilgandir. Ajratilgan bo'lak ya’ni, masalan kabi so'zlar bilan bog'lanishi mumkin. Bunda vergul ana shu so'zlardan oldin qo'yiladi.
Agar ajratilgan bo'lak kengayib, uyushib gap oxirida kelsa, undan oldin tire qo'yiladi: Paxtakoro'zbekman-zabardast, mag'rur.
Ajratilgan bo'lak gap orasida kengayib yoki uyushib kelsa ham, har ikki yoki bir tomoniga tire yo vergul va tire qo'yiladi: Ismi barlos - sodda, dilovar - ov va qush ilmining piridir.

AJRATILGAN HOLLARDA TINISH BELGILARINING QO'LLANILISHI


Ravishdosh bilan ifodalangan hollar:
Bola, otasining g'azabidan, onasining ahvolidan qo'rqib, kampir o'rgat- gancha duo qildi.
Birozo'tiraylik, dedi Rozaliya, tosh kursini ko'rsatib.
So'ng, bukchayib, ohistagina yerga yiqildi.
Eson-omonmisiz, Qutbiniso, — dedi tomdan turib.
Ko'makchili birikmalar bilan ifodalangan hollar:
Gulnor namli ko'zlari bilan Yo'lchiga tikilib, bir nimadan qo'rqqan singari, yana unga suqildi.
Qo'ltiqlashib bir-biriga uzatgan qo'llar Navoiyni, uning xohishiga qarshi, yuqori chiqarib qo'ydi.
U, odati bo'yicha, shovqinsiz, toza havodan tin olish uchun o'midan turdi.
Sultonmurod o'n to'rtta shogirdlarini, ilmdagi darajaiariga muvofiq, kichik gu- ruhlarga bo'lib, peshingacha dars berdi.
Xolmurod oyoqlarini butoqlarga qo'yib, daraxtga mahkam yopishgan holda, bu yerda nima bo'layotganini tomosha qildi.
O'rtoqlar, O'zbekiston hukumatining topshirig'iga binoan, haykalni ochishga ruxsat berasiz.
Salima, hali ancha yosh bo'lishiga qaramay, ishni uddalab ketdi.
AJRATILGAN TO'LDIRUVCHILARDA TINISH BELGILARINING QO'LLANILISHI
«Unsiya»dagi Navoiy xonasida, uning har vaqtdagi yaqiniaridan tashqari, ash’orlar, olimlar bor edi.
Bu maktub, Yoqubbekdan Hirotda olingan ilgarigi nomalarga qaraganda, yanada chuqurroq muhabbat, qadrdonlik tuyg'ulari bilan to'la edi.
Shuni yodda tutingki, tiz cho'kib yashagandan ko'ra, tik turib o'lish yaxshiroq.
Bir vaqtlar pilta chiroq tutagan zax yerto'lalar o'miga, endi ishchilar uchun keng, yorug' uylar qurildi.
Barno, onasining betob yotgani ustiga, o'zini bu qadar yomon tutayotgan do'stidan juda xafa bo'ldi.
Uljon, vazmin bo'lishi bilan birga, har narsani sinchiklab qaraydigan ziyrak ona edi.
KIRITMALAR
Kiritmalar gapning, xususan, matnning umumiy mazmuniga aloqador bo'lsa-da, gapdagi biror bo'lak bilan hokim-tobelik aloqasiga kirmaydi, shuning uchun ular gapdagi boshqa bo'laklardan yozuvda vergul, tire, ba’zan qavslar bilan, talaffuzda esa kichik to'xtamlar bilan ajratiladi.
Kiritmalar so'zlovchining o'zi bayon etayotgan fikriga munosabati (ishonchi, gumom, tasdig'i, inkori va hokazo), fikrning birovga nisbatlanishi (mansubligi, aloqadorligi), o'z fikri tarkibiy qismlarining ahamiyatiiligi darajasi (birinchidan, ikkinchidan va hokazo), fikriga va uning tarkibiy qismlariga doir bayon etadigan qo'shimcha axboroti yoki izohi kabi rang-barang ma’nolami ifodalaydi.
Ishonch munosabati: albatta, shaksiz, shubhasiz. Bu iltimosingizni, albat­ta, bajaraman.
Gumon munosabati: balki, ehtimol, chamasi. Balki, kelib qolar.
Tasdiq munosabati: to'g'ri, darhaqiqat haqiqatan. To'g'ri, bu litsey binosi.
Achinish munosabati: afsuski, attang. Afsuski, men yordam berolmadim.
Fikrga yakun yasash munosabati: xuilas, demak. Xuilas, o'qishlar yaxshi.
Fikrning kimga qarashli ekanligi: menimcha, uning ta’kidlashicha, fikri ojizimcha, aytishlaricha. Menimcha, eng yaxshisi shu!
Fikrning tartibi: birinchidan, ikkinchidan, avvalo, avvalambor. Avvalo, men unday demoqchi emasman.
Kiritmalar ham uslubiy xoslanish xususiyatiga ega. Shuning uchun so'zlovchi o'zi qo'llayotgan nutq uslubiga muvofiq keladiganini tanlaydi. Masalan, shaksiz, shub­hasiz, darhaqiqat, demak, fikri ojizimcha, avvalambor kabi kirish so'zlar uslubiy xoslangan so'zlardir. Ulardan, shaksiz, shubhasiz, darhaqiqat, demak, avvalambor, fikri ojizimcha so'zlari kitobiy uslubga xos. Kitobiy uslubga xos bu so'zlar o'z ichida ichki xoslanishga ega: shaksiz, fikri ojizimcha badiiy uslubga xos; bayon qilinishicha publitsistik uslubga xos. Shuning uchun har qaysi kirish so'zini o'z o'rpida ishlatish madaniy nutq belgisi sanaladi.' !'
Kiritmalar barcha bo'laklar kabi sodda va murakkab bo'ladi. Sodda kiritmalar so'zlar va so'z-gaplar bilan, murakkab kiritmalar esa so'z birikmalari, kengaygan birikmalar va gapiar bilan ifodalanadi. Sodda kiritmalarga misollar: 1. Qani, ichkariga kiring, bemalol gaplashamiz. 2. Yolg'on gapirish, albatta, gunohdir. Lekin o'rinsiz haq so'zdan, nazarimda, sukut yoki bezarar yolg'on yaxshiroq. 3. Nahotki, daryolar oqar teskari? 4. Yaxshi hamki, yomg'ir yog'madi.
Murakkab kiritmalarga misol: Dunyoda hech bir xalq to'g'ri kelolmas, mening bilishimcha, sening elingga.
Mashq. O'qing. Kirish so'zlami ajrating. Kerakli o'ringa vergul qo'yib ko'chiring.
To‘g‘ri-da, hama ko'ngli yozilgani! Qolaversa kasal onasiga madad bo'ladi. 2. Rais ham Ra’noxonning ahvolini sezdi shekilli haytovur yo'q demadi. 3. To'g'ri qora kunga asrab qo'ygan bug'doyimiz ham, jo'xori ham ko'p edi. 4. Kun botmasidan oxirgi egatdagi kartoshkani ham terib oldik xayriyat. 5. Oyim chamamda bu gapni dadam- ga aytmadi. 6. Qiziq zakunchi kelib ketishi bilan oraga g'ashlik tushdi. 7. Binobarin yoshlarimizni hayot so'qmoqlaridan eson-omon olib o'tish har bir insonning muqaddas burchidir. 8. Afsuski bugungi kunda mafkura, targ'ibot va tashviqot kerak emas degan noto'g'ri xulosa bilan yashayotgan odamlar ham uchrab turibdi. 9. Ma’lumki oqko'ngil odam har qachon boshqalar baxtiga, ularning xizmatdagi yo shaxsiy hayotdagi yu- tuqlariga xuddi o'z baxti, o'z yutug'i kabi qarab quvonadi. 10. Albatta, baxillik qon yo jon bilan o'tadigan flziologik hodisa emas. 11. Darhaqiqat, mundog' o'ylab qaralganda, bola hadeb o'ksinaversa kuygunchakka, kuygunchaklik hasadga, hasad esa baxillikka, nihoyat baxillik ziqnalikka aylanganini ko'rish mumkin.
KIRITMA GAPLAR
Uni tanishsa kerak (Farg'onada bir-birini tanimaydigan odam kam), bir bola kosa- da yaxna choy olib chiqdi (O'.Umarbekov). Ushbu gapda asosiy axborot uni tanish­sa kerak, bir bola kosada yaxna choy olib chiqdi qismi orqali ifodalanadi. Farg'onada bir-birini tanimaydigan odam yo'q qismi esa gapning asosiy qismi tarkibidagi tanishsa kerak bo'lagi bilan bog'liq qo'shimcha ma'lumotni ifodalaydi.
Kiritma gapiar so'zlovchi bir fikmi ifodalayotgan paytda shu fikrga oid izoh, qo'shim­cha axborot berish ehtiyoji bilan qo'llanadi. Juda muhim. Bu qo'shimcha ma’lumot ifodalovchi qism gapdan tushirib qoldirilsa ham, gapning asosiy ma'nosiga ziyon yetmaydi.
Kiritma gapiar yozuvda qavs ichida, ba'zan vergul yoki tire bilan ajratilgan holda beriladi. Talaffuzda ular kichik to'xtamlar va ovoz balandligi bilan ajratiladi. Tarkibi un- cha katta bo'lmagan kirish gapiar vergul bilan ajratiladi. Tarkibi ancha katta bo'lgan va gapga umumiy izoh beruvchi gapiar qavsga olinadi yoki tire bilan ajratiladi. Misollar: 1. Chinoming yonish voqeasi (uning tafsilotini ikkinchi bobda bayon qilgan edik) jamoaga asta-sekin ma’lum bo'la boshladi. 2. Shokir sartarosh (tumanda uni ham­ma taniydi, siz ham tanisangiz kerak) o'g'lini uylantirmoqchi bo'libdi. 3. «O‘tkan kunlar* (siz bu romanni o'qigansiz, albatta) o'zbek romanchiligi tarixida alohida o'rin egallaydi. 4. Musobaqada Rahimberdi (siz uni taniysiz) peshqadamlikqilmoqda.
Yolg'iz borishga, to'g'risini aytsam, qo'rqaman, 6. Ko'nglingizga kelmasin-u, har xil odam bo'ladi. 7. Qurbon ota uning suhbatini xushlamasa ham, odamning yuzi is- siq - hamsafar bo'lish to'g'risidagi sazasini o'ldirmadi. 8. Bilasanmi, Yo'lchi, bir shoir
bilmadim Sofi Olloyormi, shunday deganlar. 9. O'sha kuni edimi yoki boshqa bir kun (anig'i esimda yo'q) Habiba mendan so'radi.
Kiritma gapiar juda keng qo'llaniladigan soha dramatik nutqdir. Bu nutqda qahramon nutqi qay tarzda bayon etilishi remarkalarda (personaj nomi bilan nutqi oralig'idagi qavslarda) ko'rsatib boriladi.
Kiritmalar, asosan, kitobiy uslubga xos. Kiritmalar fikrga qo'shimcha ma’lumot berganligi uchun, odatda, gap o'rtasida keladi va yozuvda doimo gapning boshqa qismlaridan qavs bilan ajratiladi.
Mashq. Ko'chiring. Kiritmalami aniqlang. Ohang va tinish belgilarini izohlab bering.
1. Ko'zlari bo'taloqning ko'zlariday javdirab turgan bu yosh, hurkak malakni (uning ismi ham jismiga monand - Qorako'z begim edil) amirga Buxoro hokimi Alp Tegin in'om qilib yuborgan. 2. Mana, bir oydan oshdi, G'aznadan maxfiy elchi Abulvafo Sariq kelib Ibn Sino hazratlarini topolmay noumid qaytib ketdi hamki, amir har on, har daqiqa G'aznadan sovuq xabar kutib (gunohkor bandangni o'zing kechirgaysen, Xu- dovandi karim!) betoqat bo'ladi, kechalari mijja qoqmay ehiqadi. 3. Sarpardaning chap tomonida, baland qilib to'shalgan oq kigizlar ustida... boshiga qora telpak, egniga uzun qora jun chakmon kiygan bir odam... (Yo rab! Bu odam Sulton Mahmud G'aznaviy edi!) uzala tushib yotardi! 4. Mirzajon aka (bizda birovni o'ta hurmat qilsang, yosh bo'lsa ham aka deymiz, men ham u kishini aka degim keladi)... muloyim kulimsirab qo'ydi. 5. Shundan keyin Saltanatni o'ninchi sinfni bitiruvchilar kechasida (bu to'yga odatdagiday hammamiz yigllgan edik) ko'rdim.
UNDALMA VA UNING USLUBIYATI
Undalma so'zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildiradi. Juda muhim. Undalmalar nutq jarayoniga undalgan, diqqati jalb qilingan shaxs-predmetlar bo'lgani uchun bosh kelishtkda turadi. Bu jihatdan u egaga o'xshaydi, lekin undash ohangi biian talaffuz qilinishi va kesim bilan mosla shmasligi bilan egadan farq qiladi.
Solishtiring: Ahmad keldi. Ahmad-ega. Kesim bilan grammatik bog'langan. Ahmad, keldi. Ahmad - undalma. Kimningdir kelganligi Ahmadga aytilyapti, kesim bilan grammatik bog'lanmaydi. Undash ohangi bilan talaffuz qilinadi.
Undalmalar ham ega singari bosh kelishikda qo'llanadi, ammo ega grammatik jihat­dan gapda kesim bilan bog'lanadi, undalmalar esa grammatik jihatdan hech bir bo'lak­ka bog'lanmaydi. Undalmali gaplaming kesimi ko'pincha I va II shaxs-son shakllarida bo'ladi. Undalma alohida ohang bilan ajratib aytiladi. Undalmalar gapning boshqa bo'laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaganligi sababli, uning o'rni erkin bo'ladi, lekin undalma gapning qayerida kelishiga ko'ra aiohida-alohida vazifa bajaradi. Un­dalmaning gapdagi o'rni erkindir: gap boshida ham, o'rtasida ham, oxirida ham kelishi mumkin. Undalmalar gap boshida kelsa chaqiriq, murojaatni bildiradi. Undalamalar gap oxirida kelsa mehr va hurmatni ifodalaydi.
So'zlovchi tinglovchining diqqatini nutq jarayoniga jalb etishni maqsad qilib olsa, undalma gap boshida keladi. So'zlovchi tinglovchilarga mutojaat etish orqali unga subyektiv munosabatini ifodalashni maqsad qilib olsa, undalma gap o'rtasi va oxirida keladi. Masalan: Nechun kerak bo'ldi senga ko'z yoshim, Nechun kerak, rubob, senga shuncha g'am?! Gar shut eshitganim bo'lmasa ro'yo - Sen beshik emassan, dorsan, tabiat.
Undalmalar ba’zan jonivorlar yoki jonsiz narsalarga ham qaratiladi: Qarg'avoy, men seni yeyman. Seni unutolmas yuragim aslo, ey O'rta Osiyo, O'rta Osiyo. Juda muhim. Undalmalar gapning boshqa bo'laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaganligi uchun yozuvda doimo boshqa gap bo'laklaridan vergul bilan ajratiladi. Undalma gap boshida kelsa undan so'ng, o'rtada kelsa ikki tomondan, oxirida kelsa undan oldin vergul qo'yiladi. Gap boshida kelib, kuchli undash ohangi bilan aytilsa un- dalmadan so'ng undov belgisi qo'yilishi ham mumkin. Masalan: Odamlar! Eshitmadim demanglar.
Undalmalar uyushib kelishi ham mumkin: Muhtaram otalar, onalar, kelinlar, o‘g‘illar, singular, sizga shu haqda murojaat qilamiz.
O'ziga qarashli aniqlovchisi yoki izohlovchisi bor undalmalar yoyiq undalmalardir.
Misollar: 1. Muhtaram Umidaxon, sizni tug'ilgan kuningiz bilan tabriklayman.
Jahonga yuz tutgan O'zbekistonim, sening har bir yutug'ing mening yu- tug'imdir. 3. Vatanimiz muvaffaqiyatini ko'rolmaydigan quzg'unlar, ayting, O'zbekistonning taraqqiyotiga kim g‘ov bo’la oladi?! O‘g‘lim Yodgori Aftidan, meni tanimading. Undalma qatnashgan gapiar, ko’pincha, shaxsi ma’lum gapiar bo'ladi. Ma­salan, Muhayyo, Surayyo, Ra’no, Muqaddas, ko'zimni yashnatib kiyibsiz atlas. Ushbu gapda ega tushib qoigan, ya’ni sizlar ko'zimni yashnatib kiyibsiz atlas bo'lishi kerak edi.
So'zlashish jarayonida tinglovchining diqqatini o'z nutqingizga qaratish uchun ko'pincha uning nomini aytib yoki opa, aka, singil, tog'a, amma, xola kabi so'zlar orqali murojaat qila- siz. Ba’zan tinglovchiga murojaat ifodalovchi so'zni qo'llash orqali unga shaxsiy munosa- batingizni ifodalaysiz. Masalan, Arpangizni xom o'ribmanmi, uka. Do‘ndig‘im, o'ynoqlab yuratur. Onajonim, balki, bir kun Aytganingday bo‘lar to‘y.
Undalma alohida ohang bilan ajratib aytilsa, undalmadan keyin vergul emas, un­dov belgisi qo'yiladi: Aziz vatandoshlar! Bizning ajdodlarimiz hamisha uzoqni ko'zlab yashaganlar. Zafar10yim keldilar.
Undalma gap boshida kelsa, undan so'ng, o'rtada kelsa, ikki tomondan, oxirida kelsa, undan oldin vergul qo'yiladi.
Undalmalar tinglovchining diqqatini kuchliroq jalb etish, emotsionallikni ta’minlash, hayron qolish ma’nosini ifodalash uchun ko'pincha ey, hoy, voy kabi undovlar bilan birgalikda keladi. Bunday undovlar ko'pincha undalma oldidan qo'llaniladi. Masalan: Hoy o'rtoqjon, quloq soling so'zimga. %
Ba’zan undalmadan so'ng ey, ho, ov, -u {-yu) kabi undovlar ham ishlatiladi: Karimjon-u (ov, ey, ho), bu yoqqa keling. Bu vaqtda undalma orqali ifodalangan shaxs yoki predmet so'zlovchidan uzoq masofada ekani ifodalanadi.
Esda saqlang: Undalmalar oldidan undov so'zlar ishlatilganda yo­zuvda undalma bilan undov so'zlar orasiga hech qanday tinish belgi qo'yilmaydi. Undov so'zlar undalmadan son’g kelganda esa undov bi­lan undalma chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
Undalmalar ko'pincha I shaxs birlikdagi egalik qo'shimchasini olib keladi. Bunday vaqtda undalma vazifasida kelayotgan tinglovchi so'zlovchiga yaqin ekanligini, erka­lash, suyish ma’nolarini ifodalaydi. Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz.
Ayrim hollarda undalma nutqda tushib qolib, uning o'mida undovlar qo'llaniladi. Ma­salan, Hoyiar, bu yoqqa kelinglar. Hoy, chilim keltir. Undalma o'mida hoy kelganda tinglovchiga hurmatsizlik, mensimaslik ma'nosi ifodalanadi.
Ba’zan, er-xotin bir-biriga murojaat etganda III shaxs birlikdagi egalik qo'shimchasi bilan kelgan undalmadan foydalaniladi. Masalan, Oyisi, keling. Dadajonisi, choy iching kabi.

SODDA VA QO'SHMA GAPLAR


Gapni gap qilib turgan asosiy belgi uning kesimlik (predikativlik) belgisi ekanligidan xabaringiz bor. Gapning kesimlik belgisi kesimlik ma’nolarini (zamon, shaxs-son, tas­diq, inkor, modal (mayl)lik) ifodalovchi kesimlik shakllari orqali ifodalanadi. Kesimlik ma'nosini ifoda etgan har qanday sintaktik birlik gap sanaladi. Masalan, Borma + sa(y) + di + m. Ko‘m-ko‘k dala. Bu gaplaming birinchisida kesimlik ma’nolari alohida-alohida kesimlik shakllari: tasdiq-inkor ma'nosi -ma shakli orqali, modal (mayl) ma'no -sa(y) shakli orqali, zamon ma'nosi -di shakli orqali, shaxs ma’nosi -m shakli orqali ifodalanmoqda. Ikkinchi gapda ham shu kesimlik ma'nolarining hammasi: tasdiq, aniqlik (modal ma'no), hozirgi zamon, I shaxs ma'nolari anglashiladi, lekin ular moddiy ko'rsatkichlarga egamas. Nol ko'rsatkich orqali umumiy tarzda ifodalangan. Ana shu ma’nolar mavjudligi uchun ham u sintaktik biriik gap sanaladi.
Bitta kesimlik belgisiga, mazmuniy va ohang tugalligiga ega gap sodda, ikki va un­dan ortiq sodda gapning o'zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topgan hamda ohang tugalligiga ega butunlik qo'shma gap sanaladi. Gap uchun eng muhim belgi kesimlikdir. Kesimlik belgisining miqdori gaplarni sodda va qo'shma gaplarga ajratishga asos bo'ladi. Qiyoslang: Jaloliddin Manguberdi mo'g'ul bosqinchilariga qarshi kurashda jasorati tufayli buyuk vatanparvar va milliy qahramon sifatida Sharq-u G'arbda dong taratdi - sodda gap. Quvonarlisi shundaki, Fitratning kitobi yangi milliy musiqashunosligimizga asos soldi - qo'shma gap.
Juda muhim. Qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplaming grammatik munosabati deganda shu sodda gaplaming bir-biri bilan ma'lum grammatik vositalar (bog'lovchilar, yuklamalar, olmoshlar, ohang) yordamida bog'lanishi tushuniladi. Mazmuniy muno­sabati deganda esa qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplaming mazmuniy muvofiqligi tushuniladi.
Har qanday sodda gap o'zaro bog'lanib qo'shma gapni hosil qilavermaydi. Faqat o'zaro mazmuniy muvofiq bo'lgan gaplargina bir-biri bilan bog'lanib qo'shma gapni tashkil etadi. Masalan: Qor yog'di va gullar ochildi; Bahor keldi, paxta terimi boshlandi deb bo'lmaydi, chunki bu gapiar bir-biri bilan mazmunan muvofiq kelmaydi.
Qo'shma gapni tashkil etgan sodda gapiar alohida qo'llangan sodda gapiar bilan teng emas. Alohida qo'llangan sodda gapiar grammatik, mazmun va ohang tugalligiga ega bo'ladi, qo'shma gap tarkibidagi sodda gapiar esa bunday xususiyatga ega emas. Ularning har biri garchi gapning asosiy belgisini o'zida namoyon etsa ham, grammatik, mazmun va ohang tugalligi qo'shma gapning oxirida namoyon bo'ladi. Shuning uchun qo'shma gap tarkibidagi sodda gapiar alohida-alohida gapiar emas, balki bir umumiy gapning qismlari sanaladi. Bir qismning ohangi ikkinchi qismni talab qilib turadi. Masalan: Suv keldi - nur keldi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling