O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- TARTIB SONLAR
- GAP HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
TAQSIM SON. Narsalarning miqdorini taqsimlab ko'rsatadigan sonlarga taqsj^ son deyiladi. Ular -tadan qo'shimchasi yordamida yasaladi: ikkitadan, uchtacl$n kabi. Taqsim son dona sonni takroriash yo'li bilan ham hosil qilinadi: ikkita-ikkita beshta-beshta kabi.
mashq. Taqsim sonlami topib, ulaming sintaktik vazifasini aniqlang. 1. Azim har yelkasiga to'rttadan odam sig'adigan yigit bo'libdi. 2. Laylak har yili uchtadan bola ochar ekan. 3. U bu yilgi bahorda har yuz ona qo'ydan bir yuz yigirrna bittadan qorako'l qo'zisi oldi. 4. Eshakning ustiga ikkitadan bo'lib mindik. 5. U|ar ikkitadan bo'lib saf tortishdi. KASR SONLAR. Butun miqdorning qismini ifodalovchi sonlar kasr son deyil^j. o'ndan bir,. uchdan.ikki, yarim, chorak,. nirjichorak. Butun miqdorni bildiruvchi qism ko'pincha chiqish kelishigida keladi: beshdan uch, o'ndan ikki kabi. Masalan Bolalar eshakka yem berib, o'zlari ham oz-ozdan non yeb olguncha yarim soat vaqt o'tdi. Rejaning uchdan ikki qismi bajarildi. TARTIB SONLAR Narsalarning ketma-ketlik tartibini bildiradigan sonlar tartib son deyiladi. U nchi qo'shimchasi yordamida yasaladi: ikkinchi. beshinchi. Tartib sonlar arab raq^j bilan yozilganda -(i)nchi qo'shimchasi o'mida arab raqamidan so'ng chiziqcha yozilad;- 9-sinf, 30-dekabr. Tartib soniar rim raqamlari bilan ifodalanganda chiziqcha qo'yilmay- di: IX sinf, XX asr kabi. Tartib sonlar ma'no va vazifasiga ko'ra sifatlarga yaqin turadi. Ba’zi so'zlardagi -(i)nchi qo'shimchasi tartib ma’nosini bildirmaydi. Bunday so'zlarda ular narsaning sifatini bildiradi: o'ninchi ip, qirqinchi ip, yettinchi lampa kabi. HISOB (O'LCHOV) SO'ZLAR Sanoq son bilan sanaladigan narsalarni ifodalovchi so'z o'rtasida qo'llanilib bu narsaning o'lchovini bildiradigan so'zlar hisob (o'lchov) so'zlari deyiladi: bir hovuch suv, ikki qop un, bir xalta turshak, uch etak paxta, o'n chelak suv, bir savat non, besh ya- shik olma kabi. Tilimizda turli xil o'lchoviar va shu o'lchovlaming o'z birliklari bor. Ular quyidagilar:
Yuqorida sanalgan o'lchov biriiklarining ayrimlari o'lchanadigan, sanalayotgan predmetning qandayligiga xoslangan bo'ladi. Masalan, nafar shaxslaming, bosh hayvonlarning, litr suyuqliklarning, tup o'simliklarning miqdorini ifodalashga xoslangan: besh tup daraxt, o'n bosh qo'y, to'rt nafar talaba kabi. O'lchov so'zlar ichida ayrimlari faqat o'lchov - hisobni bildirsa, ayrimlari alohida olinganda predmet nomini, matn ichidagina o'lchov birligi ma'nosini bildiradi. Masalan, suyuqlik o'lchovi uchun paqir (chelak), shisha, bochka\ xashak-o'tinlarni o'lchash uchun tutam, quchoq, bog'\ uzunlikni o'lchash uchun qarich, qadam, yog'och singari so'zlar faqat matn ichidagina qo'llaniladi. Masalan, besh shisha mineral suv, uch bochka pivo, bir paqir yog'; yuz bog' beda, bir quchoq o'tin, bir tutam xashak, uch qarich gazmol, besh qadam yo'l kabi. Alohida olinganda esa narsa va hodisalaming nomini bildiradi: shisha, paqir, qadam kabi. O'lchov so'zlar butunning, guruhning yoki to'daning qismini hisoblash uchun (burda, parcha, varrak (sahifa), og'iz, luqma, siqim, tilim (karch), chimdim, qultum, tomchi, qatra, chaqmoq, nimta, to'g'ram, poy, bo'lak, shingil) va to'dalab, guruhlab ko'rsatish uchun (gala, to'p, guruh, to'da, dasta, bog' (bog'lam), quchoq, moda, nafar, hovuch) ishlatiladi. O'lchov so'zlar ot turkumiga mansub so'zlar bo'lib, ularning ayrimlari boshqa so'z turkumlaridan yasalgan: quchoq (quch (fe’l) + -oq), bog'lam (bog‘ (ot) + -la (fe’l) + -m), siqim (siq (fe’l) + -im), tilim (til (fe’l) + -im), chimdim (chimdi (fe’l) + -m), qultum (quit (taqlid so'z) + -um), tomchi (tom (fe’l) + -chi), to'g'ram (to'g'ra (fe’l) + -m), bo'lak (bo'l (fe’l) + -ak) kabi. Ayrim o'lchov so'zlar omonimlik xususiyatiga ega: og'iz (bir yoki ikki og'iz gap - qisqa gap; og'iz II - yangi tug'gan sigiming uch-to'rt kunlik sutini yig'ib pishirilgan pishloq); luqma (luqma I - bir chaynam, bir yutum ovqat; luqma II - birov gapirayotganida uning gapiga javob, izoh, so'roq tariqasida boshqa kishi tomonidan qo'shiladigan ibora, so'z); tilim (tilim I - narsalarning uzun-uzun qilib tilib, kesib ajratilgan har bir bo'lagi; tilim - mening tilim ma’nosida); to'p (to'p I - koptok; to'p II - to'da; to'p III - yumshoq narsaning yerga urilishidan chiqadigan tovush); chaqmoq (chaqmoq I - pista, bodom, yong'oq kabi qattiq po'cHoqli mevalami tishlab yoki urib yormoq; chaqmoq II - chaqmoq qand - to'rtburchak shaklida ishlab chiqarilgan qandning har bir bo'lagi; chaqmoq III - atmosferaviy elektr zaryadi, yashin; chaqmoq IV - o't oldirish, yoqish asbobi; chaqmoq V - chaqmoq telpak - tepasi duxobadan, jiyagi tulki, suvsar yoki qunduz mo'ynasidan tikilgan qimmatbaho telpak); bog' (bog' I - mevazor; bog' II - bog'lash uchun xizmat qiladigan narsa va uning bog'langan joyi, tuguni). SONLARNING TUZILISHIGA KO‘RA TURLARI Sonlar tuzilishiga ko'ra sodda, qo'shma, juft va takroriy sonlarga bo'linadi. SODDA SON. Bir asosdan iborat sonlar sodda son hisoblanadi. Sonlar affiksatsiya (morfologik) usuli bilan yasaimaydi. Ya’ni sonlar so'z yasovchi qo'shimchalar orqali yasalish xususiyatiga ega emas. Shuning uchun sodda sonlar deganda tub sonlar (ya’ni tarkibida so'z yasovchi qo'shimcha mavjud bo'lmagan sonlar) tushuniladi. O'zbek tilida 23 ta tub son mavjud: bir, ikki, uch, to'rt, besh... o'n, yigirma, o'ttiz, qirq, ellik... yuz, ming, million, milliard kabi. Sodda sonlardan to'qqiztasi birliklar orasida (bir, ikki, uch, to'rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to'qqiz), to'qqiztasi o'nliklar orasida (o'n, yigirma, o'ttiz, qirq, ellik, oltmish, yetmish, sakson, to'qson), beshtasi yuz va undan yuqori sonlarda (yuz, ming, million, milliard) uchraydi. Shulardan sakson va to'qson qadimda ikki asosdan iborat bo'lgan (sakson = sakkiz + o'n, to'qson = to'qqiz + o'n), lekin hozirda bu so'zlarga tub so'z sifatida qaraladi. Eski tilimizda tuman (o'n ming), lak (yuz ming) kabi sonlar ham ishlatilgan. II: QO'SHMA SON. Qo'shma sonlar ikki va undan ortiq sonlaming qo'shilishidan tafehkil topgan. Masalan, o'n ikki, bir yuz yigirma, ikki ming uch yuz o'n kabi. Hozirgi o'zbek tilida qo'shma son tarkibiy qismlarining qat’iy joylashish o'mi bor: yuzgacha bo'lgan sonlarda oldin katta son, undan so'ng kichik son keladi. Masalan, o'n bir, o'ttiz besh kabi. Yuzlikdan keyingi sonlarda birlik va o'nlik sonlar ulardan oldin kelishi ham, keyin kelishi ham mumkin. Birlik va o'nlik sonlar yuzlik, minglik sonlaming qayerida kelishiga ko'ra ma'no juda kuchli farqlanadi: birlik va o'nlik sonlar yuzlik va undan ortiq sonlaming oldida kelsa, yuzlik va undan ortiq sonlaming oldida kelgan son qancha bo'lsa, yuzlik va undan ortiq sonlar shuncha barobar ortiq son ekani anglashiladi. Masalan, ikki yuz degani ikkita yuz deganidir. Aksincha, birlik va o'nlik sonlar yuzlik va undan ortiq sonlardan keyin kelsa, yuzlik va undan ortiq sonlaming birlik, o'nlik sonlar bilan ortganini bildiradi. Masalan, ikki yuz uch degani ikkita yuzga uchning qo'shiluvi deganidir. JUFT SON. Juft sonlar ikki xil sonni yonma-yon keltirish orqali hosil qilinib, chama-taxmin ma'nosini bildiradi. Masalan, ikki-uch kun, besh-olti kishi kabi. TAKRORIY SON. Takroriy sonlar bir sonni aynan takrorlashdan hosil qilinadi: beshta-beshta, uchta-uchta kabi. Eslatma: bir-bir, birma-bir son emas, ravish hisoblanadi. OLMOSH SO'Z TURKUMI Olmosh boshqa so'zlar, shuningdek, so'z birikmasi va gap o'mida almashtirib qo'llanuvchi, ularga ishora qiluvchi yoki so'roq bildiruvchi so'zlardir. Masalan: Kitob- ni ko'p o'qisangiz, undan ko'p hikmat topasiz. Istagim shuki, doimo tinchlik bo'lsin. Birinchi gapda undan olmoshi kitob so'zi (ot) o'mida, ikkinchi gapda shuki olmoshi doimo tinchlik bo'lsin gapi o'mida qo'llangan. Olmoshlar ot, sifat, son, ba'zan fe'l va yordamchi so'zlar o'mida almashinib qo'llaniladi. Qiyoslang: Gul ochildi. Uning ochilishi kishilarga rohat bag'ishladi. Bu yerda u olmoshi gul (ot) o'mida qo'llangan. Gullarning ko'pi pushti rangda. Ana shu rang menga juda yoqadi. Bu yerda ana shu olmoshi pushti (sifat) o'mida qo'llangan. Karim gullami uza boshladi. Bu esa bog'bonning jahlini chiqardi. Bu olmoshi uza boshladi (fe'l) o'rnida qo'llangan. Va bog’lovchisi o'zaro teng ma’noli gaplarni bog'laydi. Bu teng bog'lovchilar sirasiga kiradi. Bu olmoshi va (yordamchi so'z) o'mida qo'llangan. Olmoshlaming atash ma’nosi bo'lmaydi. Shuning uchun ular «ichi bo'sh so‘zlar» deb ham yuritiladi. Olmoshlaming qaysi ma'noda kelayotgani matnda qaysi so'z yoki gap o'mida almashinib kelishiga qarab belgilanadi. Esda saqlang: olmoshlar morfologik usul (so'z yasovchi qo'shimchalar qo'shib so'z yasash) orqali boshqa turkumlardan yasalmaydi. Olmoshlar boshqa so'zlaming yasalishiga asos bo'lishi mumkin. O'zboshimcha, o'zbilarmon, manrrian kabilar sifat, o'zidan ketmoq, o'ziga kelmoq kabilar ibora, sMamoq, serreiramoq kabilar fe'l sanaladi. KO'RSATISH OLMOSH LARI Ko'rsatish olmoshi - oldingi gap, gapdagi biron-bir so'z, so'z birikmasi o'mida qo'llanilib, unga ishora qiluvchi yoki biror so'zni aniqlab keluvchi olmoshlar. So'z ma’nosini aniqlab keluvchi olmoshlar o'zi aniqlayotgan so'zdan oldin qo'llanadi. Masalan: Bu daftar meniki. Bu, shu, u, o'sha, ana, mana so'zlari ko'rsatish olmoshlaridir. Yozuvda mana bu, mana shu, ana bu, ana shu olmoshlari ajratib yoziladi. Ba'zan bu olmoshlar og'zaki nutqda manavi, anavi tarzida talaffuz qilinishi va shunday yozijshi 'mumkin. Egalik, kelishik hamda -day, -dek, -qa, -cha qo'shimchalari qo'shilganda asos bilan qo'shimcha orasida bir n tovushi orttiriladi va shunday yoziladi. Masalan: shunday, o'shanaqa, buncha, unisi, bunim, shunga, o'shancha, shunda: u + ga = unga, shu + da = shunda, bu + im = bunim, o'sha + aqa = o'shanaqa, bu + cha = buncha. Shunday, bunday, shuncha, buncha, shunaqa, unaqa, bunaqa olmoshlari ko'rsatish olmoshlaridan hosil qilingan bo'lib,Ibelgpva miqdorni ham bildiradi hamda belgilash olmoshlari hisoblanadi. Ko'rsatish olmoshlari belgi o'mida ishlatiladi: 1. Bu (qaysi?) cholni butun yurt izzat qilardr 2. U Saldiy bilan do'st edi, bu (qaysi?) do'stlik otalarini ham munosabatdor qilgan edi. 3. Tog'asining shu (qaysi?) odati sababli o'g'li Haydar ham, qizi Tohira ham bu (qaysi?) xonadondan bezib ketishdi. Ko'rsatish olmoshining ot o'mida ishlatiiishi: 1. Hovlini supurish, idish-tovoqlami yuvish o'shaning bo'ynida. 2. Bu tushmi yo xayol, bu na turli kuy, qayerdan bu qadar qushlar sayrashi? Ko'rsatish olmoshlari tuzilishiga ko'ra sodda, qo'shma, juft va takroriy olmoshlarga bo iinadi. U, bu, shu, o'sha, ana, mana - sodda ko'rsatish olmoshlari, ana shu, mana bu, ana o'sha - qo'shma ko'rsatish olmoshlari, u-bu, ul-bul - juft ko'rsatish olmoshlari, shu-shu, o'sha-o'sha - takroriy ko'rsatish olmoshlari. Esda saqlang: Shu onda, shu tobda, u yoqqa, bu yoqqa, u yerda, bu yerda kabi so'zlar*qb‘shma ravishlar hisoblanib, ulaming tarkibidagi olmoshlar ko'rsatish olmoshi sifatida ajratilmaydi. Masalan, Gapning butun dahshati unga shu tobda bilindi gapida butun va unga so'zlari olmosh hisoblanadi, shu tobda so'zi esa qo'shma ravish, olmosh emas. KISHILIK OLMOSHLARI Kishilik olmoshlari - uch shaxsdan biriga ishora qiluvchi olmoshlar. Men - so'zlovchi; sen, siz - tinglovchi; biz - so'zlovchi vatinglovchi; u, ular - nutqdan tashqari barcha shaxs, narsa, voqea, hodisalar - o'zga. Ba'zan biz, siz, ular birlik ma'nosida ham qo'llaniladi, bunday hollarda ular |islu- biy vazifa bajargan hisoblanadi. Siz, ular hurmatni ham ifodalaydi, biz birlik o'rnida ishlatilganda kamtarlik, bajargan ishida o'zini ta'kidlamaslik ma'nosini biidira- di, Masalan: Mening uyim o'miga bizning uyimiz, Men g'olib chiqdim o'miga Biz g'olib chiqdik. Shuningdek, siz, ular yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma’nosini bildiradi. Masalan: Sen kelding o'rniga Siz keldingiz, U keldi o'miga Ular keldilar. Siz hurmat ma'nosini bildirganda ko'pincha ko'plik ma’nosini ifodalash uchun unga -lar qo'shimchasi qo'shiladi. Masalan: Sizlarga doimo baxt yor bo'lsin. Kishilik olmoshlari turlanganda tovush tushishi va orttirilishi kuzatiladi: men (sen) + ning (-hi, -niki) = mening,sening, meni, seni, meniki, se- niki u + ga (-da, -dan) = unga, unda, undan Mening og'am ichihda, soqollari tashinda. Iloii bo'lsa, unga bildirmaylik. Esda saqlang: «u » kishilik olmoshi bilan «u» ko'rsatish olmoshi shakldosh. Ular bir-biridan so'rog'i, gapdagi vazifasi va qaysi so'zlar bilan birikite kelishiga ko'ra farqlanadi: U keldi - kishilik olmoshi, gapdagi vazifasi - ega, kim? so'rog'iga javob bo'ladi. U kishi keldi-ko'rsatish olmoshi, gapdagi vazifasi - aniqlovchi, qaysi? so'rog'iga javob bo'ladi. Eski o'zbek tilida kamtarlik ifodasi sifatida men o'mida ko'pincha faqir, kamina, kaminayi kamtarin, qulingiz, bandayi ojizingiz singari so'z va birikmalar qo'llaniladi. Hozirgi o'zbek tilida ham xuddi shu ma’noda ba’zan men olmoshi o'mida kamina so'zi ishlatiladi. Men olmoshi o'mida yuqorida sanalgan so'zlar ega vazifasida qo'llanganda kesim ba'zan III shaxs shaklida, ba'zan esa I shaxs shaklida (asosan, eski o'zbek tilida) bo'lishi mumkin. Bunda kesim I shaxsni bildirsa ham, III shaxs shaklida bo'ladi. Faqir sizning xizmatingizga bel bog'lagan. Sizni hamisha duo qilib qoluvchi bandayi ojizingiz. Kechirasiz, rais, kamina bugun emas, o'g'lingizni shogirdlikka olgandayoq buni anglagan. Kamina ham suhbatlaringizni sog'inganmen. Sizga ne bo'ldi, ikki haftadan buyon faqiringizni zoriqtirib qo'ydingiz. Tabibiy entikdi: - Faqiringiz vijdonim buyurgan gapni aytdim. Xullas kalom, u mahalda kamina endigina institutni bitirib, yoshlar gazetasiga ishga kelgandim. Faqir hozir taxmin qildimkim, Movarounnahrda ko'chki bosgan buloq, balki, shu yerga kelib qayta ko'z ochgandir? Kishilik olmoshlariga egalik qo'shimchalari umuman qo'shilmaydi. Kishtlik olmoshlari tuzilishiga ko'ra sodda va juft olmoshlardir. Men, sen, u, biz, siz, ular sodda olmoshlar, siz-u biz juft kishilik olmoshidir. Masalan, Bir vaqtlar qarshimdan o'tsang, seni (sodda) derdim oddiy yo'lovchi. Siz-u biz (juft) ulug' ishga bel bog'ladik. O'ZLIK OLMOSHI O'zlik olmoshi kishilik olmoshlari o'rnida qo'llanilib shaxsni, ba'zan predmetni ko'rsatadi. Misollar: Ikromjon xotinini qoldirib, o'zi (shaxs) idora tarafga ketdi. O'zi (narsa) bukur, tishi o'tkir, dehqonga o'rtoq. Maksimichning qo'lidagi pidjagi g'ijimlangan, o'zi (shaxs) terlab, bo'g'riqib ketgan edi. Rostini aytsam, o'zim (shaxs) ham unchalik yomon bola emasman. O'zimga o'zim (shaxs) gapira boshladim. O'zlik olmoshlning egalik qo'shimchasini olgan shaklini kishilik olmoshi bilan almashtirish mumkin. Masalan: O'zim ham hayronman - Men ham hayronman. O'zing borasan - Sen borasan. O'zlik olmoshi ibora tarkibida kelganda uni kishilik olmoshlari bilan almashtirib bo'lmaydi. Masalan, Qurvonbibi fotiha to'y id an keyin biroz o'ziga kelgan edi. O'zim, o'zing, o'zi so'zlari ba’zan egalik qo'shimchalariga mos kishilik olmoshlari bilan mening o'zim, sening o'zing, sen o'zing, uning o'zi, u o'zi tarzida qo'llaniladi va bu vaqtda ko'pincha kishilik olmoshlariga ta'kid ma’nosini yuklaydi. O'zlik olmoshlari narsa yoki shaxslaming ma’nosini ta'kidlaydi. Qiyoslang: O'zim keldim Menina o'zim keldim. O'zino bordingmi? - Senino o'zino bordingmi? Ba’zan kishilik olmoshi tarkibidagi qaratqich kelishigi belgisiz qo'llanadi: Men o'zim (mening o'zim) otang bilan gaplashaman. Sen o'zing (sening o'zing) aqlli bolasan. O'zlik olmoshlari gapda turli vazifalarda kela oladi. Masalan: Aniqlovchi'. O'zinina ovozi uzoqdan eshitilganday tuyuldi. Ega: O'zim ham hayronman. Uyingizga o'zim kuzatib qo'yaman. To'ldiruvchi: O‘zinani er bilsang, o'zgani sher bil. Kesim: Bu ishlami qilgan o`zi. O'zlik olmoshi turlanganda, qaratqich kelishigi belgili va belgisiz ishlatiladi. Bunda qaratqich kelishigi bilan birgalikda o'zlik olmoshi tarkibidagi egalik qo'shimchasi ham tushiriladi: o'z uying - belgisiz, o'zingmna uying - belgili Esda saqlang: O'zlik olmoshi egalik qo'shimchalarisiz qo'llanmaydi. O'zlik olmoshiga kelishik qo'shimchalari egalik qo'shimchasidan keyin qo'shiladi: o'zimga, o'zingdan kabi. O'zlik olmoshidan ravishga ko'chgan so'zlar mavjud. Bular o'z-o'zidan, o'zidan. o'zi, o'z-o'zicha so'zlaridir. Esda saqlang: o'z-o'zidan so'zi olmosh, ravish va modal so'z bo'la oladi. Qiyoslang: Otabek o'z-o'zidan nafratlanib ketdi - o'zlik olmoshi Mashina o'z-o'zidan yurib ketdi - ravish O‘z-o‘zidan, yurtdagi muammolar hal bo'laveradi - modal so'z O'zlik olmoshi tarkibidagi -lar qo'shimchasi ikki xil vazifani bajaradi: 1) morfologik, vazifa, ya'ni grammatik ko'plik. Masalan, Bolalaming o'zlari uycha yasadilar; 2) uslubiy vazifa. Bunda ko'plik ma’nosi emas, hurmat (Majlisni raisning o'zlari olib bordilar) va kinoya, kesatish (O'zlari ham kelibdilar-da) ma'nolari ifodalanadi. O'zlik olmoshi tuzilishiga ko'ra sodda va takroriy olmoshlardir. Ozi (sodda) pishiq, bumi qiyshiq. O'z-o'zinani (takroriy) hurmat qilishni o'rgan. SO'ROQ OLMOSHLARI So'roq olmoshlari - shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, sabab, o'rin, payt haqida so'roqni bildiruvchi olmoshlar. So'roq olmoshlari ishtirok etgan gapiar so'roq gap hisoblanadi. Bunday gapiar so'roq ohangi bilan talaffuz qilinadi va yozuvda gap oxiriga so'roq belgisi qo'yiladi. Masalan, Kim shaxmat to'garagiga qatnashadi? Bilib oling: Ergash gapiar tarkibida qo'llanuvchi so'roq olmoshlari so'roq ma’nosini bildirmaydi. Masalan, Kim ko'p o'qisa, u ko'p biladi. Esda saqlang: So'roq olmoshlari kuchli ohang bilan aytiladi va mantiqiy (gap urg'usi) urg'u oladi: Nega uni otdami, aravadami eltib qo'ymadi? Qanday fazilatlar in- songa ziynat bag'ishlaydi? So'roq olmoshining turlari: Shaxs so'rog'i: kim? Narsa-hodisa so'rog'i: nima? (ne, na ko'rinishlari ham mavjud) Belgi-xususiyat so'roqlari: qanday? qanaqa? qaysi? Miqdor so'roqlari: nechta? qancha? nechanchi? Sabab-maqsad so'roqlari: nima uchun? nega? nima sababdan? nima maqsadda? O'rin-joy so'roqlari: qayerda? qayerga? qani? Payt so'roqlari: qachon? qachondan? Ba’zan belgi-xususiyat so'rog'i o'mida narsa-hodisa so'rog'i ishlatiladi: Nima (qanday) ishlari bor ekan? So'roq olmoshlari turianganda tushum kelishigi belgili va belgisiz qo'llanadi: nima olding? - belgisiz, nimani olding? - belgili. So'roq olmoshlari tuzilishiga ko'fa sodda va takroriy olmoshlardir. So'roq olmoshining takroriy shakli ko'plik ma’nosini ifodalaydi. Qiyoslang: Majlisga kim-kim keldi? - Majlis- ga kimlar keldi? Bozordan nima-nima oldingiz? - Bozordan nimalar oldingiz? Esda saqlang: gani so'zi so'roq olmoshi va nutqiy odat undovi bo'ladi. Buni matn orqali ajratish mumkin. Kitobim qani? gapida qani so'zi so'roq olmoshi; Qani, ovqatga marhamat gapida qani so'zi nutqiy odaf undovi (undovso'z) hisoblanadi. Esda saqlang: so'roq olmoshlari qaysi so'z turkumi o'mida kelsa shu turkum bajargan sintaktik vazifani bajaradi. Qiyoslang: Ega vazifasi: Kim kitob o'qiydi? Qaratqich-aniqlovchi: Kimning xati chiroyli? Sifatlovchi-aniqlovchi: Insondagi qaysi fazilatlarni ulug'laysiz? Sabab holi: Nega uni otdami, aravadami eltib qo'yilmadi? Payt holi: Siz qachon uyga borasiz? Vositasiz to'ldiruvchi: Bozordan nima oldingiz? Vositali to'ldiruvchi: Inson nimadan saqlanishi kerak? BELGILASH OLMOSHLARI Belgilash olmoshlari - to'pdan ajratilgan yoki jartilab ko'rsatilgan shaxs, narsa- hodisa, belgi, harakat-holatlami ifodalaydigan olmoshlar. Harso'zi so'roq olmoshlariga, bir so'ziga qo'shilib to'pdan ajratilgan shaxs, narsa-hodisa, belgi, harakat-holatlar- rii ifodalaydi va ajratish olmoshlari ham deyiladi. Hamma, barcha, bari, butun olmoshlari shaxs, narsa-hodisa, belgi, harakat-holatlami jamlab ifodalaydi. Demak, to'pdan ajratilgan yoki jamlab ko'rsatilgan shaxs, narsa, belgi, harakat-holatlami ifodalaydigan olmoshlar belgilash olmoshi sanaladi. Belgilash olmoshlari belgi (sifat) yoki shaxs-narsa (ot) o'mida ishlatiladi: Belgi: o`g'limning har bir holidan xabar olib turish sening vazifang. Barcha shodlik senga bo'lsin, bor sitam, zorlik menga. Dildoming bari aaplari haqiqat edi. Bu gapning butun dahshati endi bilindi. Butun xalq yopirilib Katta Farg'ona kanalthi qazdik. Aybdor o'zi har bir savolga bergan javobi bilan jinoyatini iqror qildi. Ot o'mida: 1. Hamma hasharga qatnashdi. Hamma nopok, hamma egri, yolg'iz §jz to'g'ri. Biznikig? mehmon keldi. hammasinino qoshi qora. Agar u guzardan hassasini do'qillatib o'tib qolsa, hamma barobar qalqib, to o'tib ketgunicha ta’zimda turardi. Hamma perronda, hamma o'z-iiaarini qidiradi. Har kim o'z quvonch va orzularirti bildirib turarkan, Majdiddin, Nizomulmulk kirdi. - Butun so'zi sifat va olmosh bo'lishi mumkin. Qiyoslang: Butun (olmosh) xalq yopirilib Kattakon Farg'ona kanalini qazdik. - Dildora yosh bo'lsa ham, aqli butun (sifat). Belgilash olmoshlari tuzilishiga ko'ra soddai qb'sh'rna va takroriy olmoshlardir. Ulug' ajdodlarimiz ilm-u ma’rifatlari bilan ham butun (sodda) olamni fath etganlar. Har kim (qo'shma) ekkanini o'radi. Hamma-hammasiga (takroriy) uning o'zi aybdor. GUMON OLMOSHLARI Shaxs-narsa, belgi-xususiyat bildiruvchi mustaqil so'zlar o'mida uning ma’nosini taxminlab, gumonlab keluvchi olmoshlar gumon olmoshlari deyiladi. Gumon olmoshlari so'roq olmoshlariga va narsa so'ziga alia- yoki -dir qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil qilinadi. Alla- qo'shimchasi so'roq olmoshlari oldidan, -dir qo'shimchasi esa so'roq olmoshlari ortidan qo'shiladi. Har ikki qo'shimcha asos qism bilan qo'shib yoziladi. Narsa so'zi faqat alia- qo'shimchasi yordamida gumon olmoshiga aylanadi. Bir so'zi kishi, narsa, nima kabi so'zlarga qo'shilib bu so'zlarga gumon ma’nosini yuklaydi. Ulami kimdir, nimadir, qachondir singari gumon olmoshlari bilan almashtirish mumkin. Bunday vaqtda bir so'zi gumon olmoshi o'mida qo'llangan bo'ladi. Shu bilan birga, birov so'zi ham kimdir so'zi bilan erkin almashina olgani uchun gumon olmoshi hisoblanadi. Misollar: 1. Pochchamdan dasturxonni olib qoqish uchun gilosning yonidan o'tarmanmi, allanima baloga turtinib ketdim. Shoira ham ko'z yoshidan hech narsani ko'rmay, allanimalar deb g'udrandi. Allaaaverdan oyim paydo bo'ldi. O'zbek oyim nimadir demoqchi edi, Oybodoq dasturxon ko'tarib kirib qoldi. Kimdir qarshi so'z aytgan edi, muallim jerkib tashladi. Hazil-huzul bilan birpasda allaqancha piyozni qanorga joyladik. Tashqarida sizni bir kishi chaqiryapti. Bir nima dedingizmi? Yaqindan bir narsaning sharpasi eshitildi. Birovning aybini senga aytgan sening aybingni ham birovga aytadi. Gumon olmoshlari tuzilishiga ko'ra sodda va qo'shma olmoshlardir. Birov, kimdir,qachondir, allaqanday, allakim - sodda olmoshlar, bir kishi, bir nima, bir narsa - qo'shma olmoshlar. BO‘LISHSIZLIK OLMOSHLARI Bo'lishsizlik olmoshlari so'roq olmoshlari va bir, narsa, nima so'zlari oldidan hech so'zining qo'llanishi natijasida hosil bo'ladi. Hech kim, hech nima, hech qachon, hech qanday, hech qancha, hech narsa so'zlari bo'lishsizlik olmoshlaridir va ular yozuvda ajratib" yoziladi. Bu'oimosfilaushtirok etgan gaplarning kesimi inkor shaklida bo'ladi. Misollar: 1. Hech b/rso'zingizga tushunmadim. Hunarli odam hech qachon kam bo'lmaydi. Majlisda bu masala haqida hech kim churq etmadi. Hech bandaning boshiga farzand dog'ini solmasin ekan. Yo'q, xo'jayin, qornim to'q, hech nima yegim kelmay turibdi. OLMOSHLARNING TUZILISHIGA KO'RA TURLARI Olmoshlar tuzilishiga ko'ra sodda, qo'shma, juft va takroriy bo'ladi. SODDA OLMOSHLAR - faqat bir asosdan iborat bo'lgan olmoshlar. Kim, nima, hamma, barcha singari tub olmoshlar, qaysidir, allakim, allaqanday kabi yasama olmoshlar sodda olmoshlardir. Yasama sodda olmoshlar qismlari qo'shib yoziladi, ular faqat gumon olmoshlarida uchraydi. QO'SHMA OLMOSHLAR - ikki asosdan tashkil topgan olmoshlar. Tarkibida hech, bir, har qismlari mavjud bo'lgan olmoshlar qo'shma olmoshlardir. Qo'shma olmosh qismlari ajratib yoziladi. Ko'rsatish, belgilash, gumon, bo'lishsizlik olmoshlarida qo'shma olmoshlar ham mavjud. Bo'lishsizlik olmoshlari faqat qo'shma olmoshlardan iborat Masalan, hech kim, hech qaysi, hech bir, hech qachon kabi. Gumon, belgilash, bo'lishsizlik olmoshlarida uchraydigan qo'shma olmoshlar tarkibida so'roq olmoshlari ishtirok etadi. Masalan, bir nima (gumon olmoshi), har nima (belgilash olmoshi), hech nima (bo'lishsizlik olmoshi) kabi. Qo'shma ko'rsatish olmoshlari bir xil turdagi olmoshlaming qo'shilishidan hos.il bo'ladi: mana (ko'rsatish olmoshi) shu (ko'rsatish olmoshi), ana shu, mana bu, ana bu kabi. JUFT OLMOSHLAR - bir-biriga mazmunan yaqin olmoshlar: ul-bul, un- da-bunda, siz-u biz. Kishilik va ko'rsatish olmoshlari juft holda ham ishlatiladi. TAKRORIY OLMOSHLAR - bir olmoshning aynan yoki yarim tovush o'zgarishi bilan (masalan: uncha-muncha) takrorlanishidan hosil bo'lgan olmoshlar. Ko'rsatish, o'zlik, so'roq, belgilash olmoshlari takroriy holda ham qo'llaniladi. Masalan, shu-shu, o'sha-o'sha, o'z-o'zimga, kim-kim, nima-nima, hamma-hammasi kabi. Misollar: Halimaxonni ko'rdim, sira o'zgarmabdi: hamon o'sha-o'sha. Shu-shu Nabijon ham dilni erkalovchi, ham allaqanday iztirobga soluvchi g'alati hislar girdobiga tushib qoldi. Yorniat Yo'lchi bilan yonma-yon yurib eski tanish kabi undan-bundan so'zlashib bordi. . Mashina yuborsam, u-buiarni berib yuborasiz. Mashq. Gaplarni o'qib olmoshlami aniqlang va ulaming ishlatilish o'miga diqqat qiling. 1. Biz ona yurt, aziz Vatan debon sog'inch va orziqishlarda yashaymiz, mo'tabar tuprog'imizning har bir qarich yerini, har bir giyohini ko'zimizga surtamiz. 2. Siz Sherali Jo'ra- yev bugun Toshkentda ijro etgan yangi qo'shiqning ikki kundan keyin Termiz shahridagi ovoz yozish nuqtalarida yangrayotganiga ajablanmaysiz, chunki bilasiz: yaxshi qo'shiq ham xushxabardek tez tarqaladi (S.Sayyid). 3. Gaplaringizdan juda shodman, lekin mana bu cho'pon, hamma gapdan, hatto mendan, mening hayotimdan ham xabar- dor bo'lgan Qo'ychibor aka kim bo'ldi? 4. Bu bir hikoyat va yo rivoyatdir, balkim tiriklik quyidagi aytilgan qo'shiqdir. 5. U ba’zan tojikcha lahjada gapirardi, ba'zan o'zbekcha qochirimlar qilardi (Sh.Jo'rayev). 6. Odamlar g'urur, chegarasiz manmansirash tufayli ne-ne kulfatlarga duchor bo'lmagan deysiz, shuning uchun ham islom tafakkurining buyuk natijasi hisoblangan so'fizmda inson o'z «men»idan kechmay turib Allohni tanimaydi degan aqida bor edi. 7. Inson sirliligicha qolaveradi, ammo odamzod bir-birini anglab yetmaguncha, olam tinch, dunyo farovon bo'lmaydi (S.Mo'min). FE’L SO'Z TURKUMI FE’L VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI Fe’l - nima qilmoq? nima bo'lmoq? so'roqlariga javob bo'lib, shaxs yoki narsalarning harakat, holatini atab kelgan so'z turkumi. Fe'llar nimani atab kelishiga ko'ra harakat fe’llari va holat fe’llariga bo'linadi. Harakat fe’llari - shaxs va narsalarning jismoniy harakati natijasida ro'y bergan harakatni ifodalovchi fe’llar. Yugurmoq, eshitmoq, so'zlamoq, qurmoq kabilar harakat fe’llaridir. Holat fe’llari - shaxslarning ichki kechinmalari va narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o'tish jarayonini ifodalovchi fe’llar. Quvonmoq, achchiqlanmoq, uxlamoq, isimoq, sovimoq, pishmoq, eshitilmoq kabilar holat fe’llaridir. 1. Yumush fe’llari: ishladi, mehnat qildi, ter to'kdi va boshqalar. 2. Tafakkur fe’llari: o'ylaydi, o'qidi, kashf qildi va boshqalar. 3. Sezgi fe’llari: sezdi, his qildi va boshqalar. 4. Ruhiy holat fe’llari: kuldi, xursand bo'ldi, qayg'urdi, iztirob chekdi va boshqalar. 5. Nutq fe’llari: gapirdi, so'zladi, bayon qildi, ifoda qildi, ming'iriadi, do'ng'illadi va boshqalar. 6. Ishora fe’llari: imo qildi, labini burdi, ko'zini qisdi va boshqalar. 7. Jismoniy holat fe’llari: og'ridi, isitma chiqdi, xastalandi, sog'aydi, kuchaydi, charchadi va boshqalar. 8. Tabiiy holat fe’llari: eridi, muzladi, yotdi, uxladi va boshqalar. 9. Ko'rish fe’llari: qaradi, ko'rdi, boqdi, termildi va boshqalar. Yuqoridagi fe’l turiarining har qaysisi bir necha fe’llami o'z ichiga oladi. Bu fe’llar harakat-holat ma'nosini qanday ifodalashi bilan bir-biridan farq qiladi. Quyidagi farqla- nishlarni kuzatish mumkin: 1. Harakat-holatning kuchli-kuchsizligiga ko'ra farqlanishi: jilmaymoq - kulim- siramoq - kulmoq. 2. Ijobiy va salbiy bahoga ega bo'lishiga ko'ra: kulmoq - tirjaymoq; so'zlamoq - to'ng'illamoq, ming'irlamoq. 3. Uslubiy xoslanishiga ko'ra: kulmoq (umumiste'moldagi so'z) - tabassum qilmoq (badiiy uslubga xos), so'zlamoq (umumiste’moldagi so'z) - nutq irod etmoq (badiiy uslubga xos) kabi. Yuqoridagi fe'llaming har qaysisini o'z o'mida ishlatish nutqning ravonligi, aniqligi va ifodaliligini ta'minlaydi. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR mashq. Fe'llarni harakat bildiruvchi fe’llar va holat bildiruvchi fe'llar guruhiga ajrating. Qobil bobo, yalangbosh, yalangoyoq, yaktakchan og'il eshigi yonida turib dag‘- dag' titraydi, bukilib-bukilib ketadi, ko'zlari jovdiraydi, hammaga qaraydi, ammo hech kimni ko'rmaydi. Xotinlar o'g'rini qarg'aydi, it huradi, tovuqlar qaqag'laydi. Kimdir shunday kichkina teshikdan ho'kiz sig'ishiga aql ishonmasligi to'g'risida kishilarga gap ma'qullaydi. mashq. Fe’llami ma'no guruhlariga ajrating. 1. Otam so'zimni eshitdi: yelkasi osha qaradi-da: - Ha! - deb to'ng'illab qo'ydi. 2. Dadam har kuni ishga ketishda ham, ishdan qaytib kelib ham uni qo'liga olar, suyar, chug'urlatar, gaplariga, qiliqlariga zavq qilib kular edi. 3. Men ular bilan to'rt marta gaplashdim. 4. Mirhaydar ota, sizga bir arzim bor, - murojaat etdi birdan jonlanib O'ktam. mashq. Topishmoqlarni o'qing. Fe’llami harakat bildiruvchi va holat bildiruvchi fe'llarga ajratib yozing. 1.Dam oladi kunduzi, xonadonning yulduzi. 2. Kechasi ochilur, osmonga sochilur. Osmonda u yaraqlab, kulib turar charaqlab. 4. Oyna emas, jimiriar, tek turmasdan qimirlar. 5. Kundalik tarix o'zi, lar yerda uning so'zi. 6. Katta oppoq dasturxon yer yuzini qoplagan. 7. Tunda ko'rib cho'g' deysan, Tongda ko'rib yo'q deysan. 8. Tanga- tanga to'ni bor, mitti ko'zi unga yor. Yursa suvlar jimiriar, Qamishlar ham qimirlar. 9. Qulochida qo'sh-qo'sh halqa, Xizmat qilar charchamay xalqqa. 10. Kulib turar misoli oftob, Hamrohidir chang, tor va rubob. O'TIMLI VA O'TIMSIZ FE’LLAR O'timli fe’l - tushum kelishigidagi so'zlar bilan bog'lana oladigan fe'llar. Masalan, o'qimoq (kitobnj o'qimoq), yozmoq (xatnj yozmoq). O'timli fe'llarga majhul yoki o'zlik nisbati qo'shimchasi qo'shilsa, o'timli fe'l o‘tia\- siz fe’lga aylanadi: qurmoq - o'timli, qurilmoq - o'timsiz: Uyni qurdi - Uy qurjjdi. Qo'l bilan teriladi, ko'z bilan teriladi, og'iz bilan o'qiladi. Ushbu gapda o'timsiz fe’l vosita orqali hosil qilingan, ya’ni fe'l asosi o'timli fe'l bo'lsa ham, unga majhul nisbat qo'shish orqali o'timsiz fe'l hosil qilingan. O'timsiz fe’l - tushum kelishigidagi so'zlar bilan bog'lanolmaydigan fe’llar. Masalan, uxlamoq, qaramoq, yurmoq. O'timsiz fe’llarga orttirma nisbat qo'shimchasi qo'shilsa, o'timsiz fe’l o'timli fe’lga aylanadi. Masalan: uxlamoq - o'timsiz, uxlatmoq - o'timli: Bola uxladi - Bolani uxlatdi. Tanaffus bo'ldi deguncha do'mbirasini chalib hammani og'ziga qa- ratadi, goh kuldiradi, goh yig'latadi. Ushbu gapdagi fe’l o'timli bo'lib, vosita orqali hosil qilingan, ya’ni fe’l asosi o'timsiz fe’l bo'lsa ham, unga orttirma nisbat qo'shish orqali o'timli fe'l hosil qilingan. O'timli fe'llarga o'zlik yoki majhul nisbat qo'shimchasi qo'shilsa, o'timli fe'l o'timsiz fe’lga aylanadi. Masalan: xatni yozdi - o'timli fe'l, xat yozildi - majhul nisbat qo'shimchasi yordamida o'timsiz fe’lga aylandi; oyni ko'rdi - o'timli fe’l, oy ko'rindi - o'zlik nisbat qo'shimchasi yordamida o'timsiz fe’lga aylandi. Demak, ko'rinmoq, yozilmoq fe’llari vosita orqali hosil qilingan o'timsiz fe'llar hisoblanadi. Chunki bu fe’llarning asosi o'timli fe’llar bo'lib, qo'shimcha qo'shilishi natijasida o'timsiz fe’llarga aylangan. 1 -mashq. Quyidagi fe’llarni o'timli va o'timsiz fe’llarga ajrating. Almmashmoq, jiringlamoq, o`xshamoq, jilmaymoq, yuzlanmoq, kiyinmoq, kiymoq, so'roqlamoq, so'ramoq, so'rattirmbq, quvonmoq, quvontirmoq, joylashmoq, joylalashtirmoq. FE’L NISBATLARI O‘qidi, o'qitdi, o'qishdi, o'qildi fe’llarining o'xshash va farqli tomonlariga e’tibor bering. Ulaming hammasi bir xil o'zakdan iborat. Shu bilan birga, ularning hammasi bir xil zamon shakliga (-di) ega. Shunga qaramay, ular bir-biridan ma’lum 1 ma’nolariga ko'ra farqlanadi. Ikkinchi fe’lda fe’l o'zagiga -t qo'shimchasi qo'shilib bir 1 shaxs boshqa shaxsga o'qish harakatini bajartirganini bildiradi. Uchinchi fe’lda esa fe’l o'zagiga -sh qo'shimchasi qo'shilib fe’l o'zagida ifodalangan o'qish harakatining birgalikda bajarilganini, to'rtinchi fe'lda esa fe'l o'zagiga –l qo‘shimchasi qo'shilib o'zakdan anglashilgan o'qish harakatining kim tomonidan bajarilgani noma'lumligini ifodalaydi. Ko'rinadiki, yuqoridagi fe’llaming hammasi harakat bilan shu harakatni yuzaga chiqaruvchi shaxs o'rtasidagi munosabatni qanday ifodalashiga ko'ra o'zaro farqlanadi. Nisbat - bajaruvchining harakat-holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakli. Fe’ldan anglashilgan harakat-hofat bilan shu harakatni yuzaga chiqaruvchi shaxs o'rtasidagi munosabatni ifodalovchi fe’l shakllariga nisbat shakllari, shunday shakllar tizimiga esa nisbat kategoriyasi deyiladi. Nisbat qo'shimchalari vazi- I fasiga ko'ra lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalar hisoblanadi. Nisbat shakllari fe'lning asos qismidan keyin qo'shiladi. Fe’l 5 ta nisbat shakliga ega: 1. Aniq nisbat. 2. O'zlik nisbat. 3. Majhul nisbat. 4. Orttirma nisbat. 5. Birgalik nisbati.
1. ANIQ NISBAT - bajaruvchisi aniq bo'lgan harakat yoki holatni bildirgan fe’l shakli. Aniq nisbat bosh nisbat deb ham ataladi va harakat-holatning ega orqali ifodalangan shaxs tomonidan bajarilishini bildiradi. Masalan, Aziza kiyimlarhi yuvdi gapida Aziza - bajaruvchi, ega vazifasini bajargan, kiyimlarni -obyekt (obyekt harakat nimaning ustida bajarilayotganini bildiradi), to'ldrruvchi vazifasini bajargan, yuvdi - harakat. 1 -mashq. Fe’llami topib, ulaming qaysi nisbatda ekanligini aniqlang. 1.Shamol toy ekan, Kuchga boy ekan, Yengil ko'charkan, Ko'kka ucharkan. 2.Ko'zim tikdim, parqu bulutlar Ko'char edi zilol va toza. Lochin kabi samolyot uchar, Uchar edi solib ovoza. 3. Kampir tong qorong'isida xamir qilgani turib ho'kizdan xabar oldi. 4. Ra'no javob berish o'rniga birdan yig'ladi, ancha vaqt ko'z yoshi to'kib turdi. 5.Qobil bobo yugurib borib do'konxona eshigidan ko'chaga qaradi. O'ZLIK NISBATI - bajaruvchining o'z ustida amalga oshadigan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe'l shakli. O'zlik nisbati fe'l asosiga -(i)n, -(/)/ qo'shimchalarini qo'shish orqali hosil qilinadi. Masalan: taradi - tarandi, yuvdi - yuvindi, maqtadi maqtandi. O'zlik nisbatda harakatni bajaruvchi shaxs bilan harakat tushgan obyekt birlashgan holda bo'ladi. Masalan, Aziza yuvindi gapida Aziza ham harakat bajaruvchisi, ham harakat bajarilayotgan obyekt hisoblanadi. O'zlik nisbat shakli faqat o'timjj. fe'llarga qo'shiladi: kiyindi (kiy - o'timli fe’l), yuvindi (yuv - o'timtile'l), tarandi (tara - o'timli fe’l) Ayriim fe’llardan o'zlik nisbat shakli yasab bo'lmaydi. Masalan, yayramoq, o'qimoq, sayramoq, qichqirmoq, uxlamoq kabi. mashq. Fe’llami topib, ularning qaysi nisbatda ekanligini aniqlang. 1. Halima juda ozoda kiyinadi. 2. Sobir masalani yechishga qiynaldi. mashq. Fe’llarni topib, ularning qaysi nisbatda ekanligini aniqlang. 1. Ammo kampiming dodiga odam tez to'plandi. 2. Uning og'ilga kirib qilgan taftishi Qobil boboga bir umid bag'ishlagan edi, bu so'zdan haddan ziyoda sevindi. 3. Nurga to'ldi dara, to'ldi soy, Nur yog'ildi qorong'i jarga. 4. Yaltiraydi, doim tovlanar Oy nuriga cho'miluvchi tosh. MAJHUL NISBAT - bajaruvchisi noma’lum bo'lgan harakat yoki holatni bildirgan fe’l shakli. Qo'shimchalari: -(i)n, -(/)/ Majhul nisbat fe’li harakat bajaruvchisining noaniqligini ifodalaydi va aniq nisbat to'ldiruvchisini gap egasi darajasiga ko'taradi. Shuning uchun majhul nisbatda asosiy ma’no ish-harakatning bajaruvchislga emas, balki nima qilinganiga (obyektga) qaratiladi. Masalan: Aziza kiyimlami yuvdi - aniq nisbatda. Kiyimlar Aziza tomonidan yuvildi - majhul nisbatda. Mazkur gapda kiyimlar- obyekt ega vazifasini bajargan va asosiy e'tibor kiyimlarga qaratilgan, Aziza tomonidan birikmasi bajaruvchi bo'lib, to'ldiruvchi vazifasini bajargan. Esda saqlang: Majhul nisbatda har doim obyekt - ega vazifasida, harakat bajaruvchisi - to'ldiruvchi vazifasida kelib tomonidan so'zi bilan birga qo'llanadi: Xat Sharifa tomonidan yozildi yoki Kitob Anvar tomonidan o'qildi kabi. Majhul nisbat, asosan, o'timli fe'llardan va o'timsiz fe’lning orttirma nisbat shaklidan hosil bo'ladi. O'timsiz fe’llardan hosil qilingan majhul nisbat harakatni bajarishga imkoniyat borligini, harakatning odatiyligini bildiradi: Yo'l yurilsa ham mo'l yurildi. O'ngga yurilsa, Kumushkentga chiqiladi. O'zlik va majhul nisbat shakllari aynan bir xil, lekin ular harakat yoki holatning bajaruvchisini aniq bildirish-bildirmasligiga ko'ra farqlanadi. O'zlik nisbatda bajaruvchi aniq bo'ladi va ko'pincha gapning egasi bilan ifodalanadi. Majhul nisbatda esa bajaruvchi noaniq bo'lib, to'ldiruvchi vazifasida keladi. Masalan, tarandi-taraldi, kiyin- di-kiyildi. Majhul nisbat: 1. Hozirgi kunda xalq hunarmandchiligiga katta e’tibor berilmoqda. 2. Bir bor ekan, bir yo'q ekan, dunyoda hamma narsa yaratilgan ekan-u, ammo xushnavo bulbul yaratilmagan ekan. Ho’kizing hech qayoqqa ketmaydi, topiladi. O'zlik nisbat: 1. Buyuk bobokalonimiz A.Navoiy 1441-yilda tug'ilgan. 2. U yuziga belbog'ini tashlab ko'rpachaga cho'zildi.
ORTTIRMA NISBAT - bajaruvchining ta'siri bilan boshqa shaxs yoki narsa tomonidan bajarilgan harakat yoki holatni bildiruvchi fe'l shakli. Fe'l o'zagidan ifodalangan harakatga da’vat qilingan shaxs ma'nosini bildiradi: qoldirdi, keltirdi, kirgjzdi, o'tkazdi (o'tkizdi), o'qitdi, tomjzdi, qaytardi, ko'rgaJdi. Qo'shimchalari: -t, -dir, -tir, -giz, -qiz, -kiz, -g‘iz, -kaz, -gaz, -ir, -ar, -iz. -t qo'shimchasi unli tovush bilan tugagan ko'p bo'g'inli fe'l asosiga qo'shiladi: o'qit, ishlal, isit (bundan tashqari, ko'paytma, qisqartma so'zlarida -t qo'shimchasi «y» va «r» bilan tugagan fe'llardan ham orttirma nisbat shakli yasagan); -dir qo'shimchasi esa jarangli undosh bilan tugagan bir bo'g'inli fe'llarga qo'shiladi: kuldir, yondir, yozdir kabi (keltirmoq fe’li mustasno, yemoq fe’lidan ham orttirma nisbat qo'shimchasi shu qo'shimcha orqali yasaladi: yedir); -tir qo'shimchasi esa jarangsiz undosh bilan tugagan bir bo'g'inli hamda jarangli va jarangsiz undosh bilan tugagan ko'p bo'g'inli fe’llarga qo'shiladi: kestir, o'stir, uyaltir; -ir, -ar, -iz qo'shimchalari undosh bilan tugagan bir bo'g'inli fe'llarga qo'shiladi: shoshir, oshjr, qochjr, o'chjr, ochjr, ko'chjr, botjr, qotjr, chiqar, qayta_r, oqjz, tomjz; -sat: ko'rsat, -kaz: o'tkaz. -qaz: o'tgaz, -g‘iz: vura'iz. -kiz: ketkjz kabi. Esda saqlang: olmoq fe’liga -kaz, -qaz qo'shimchalari qo'shilib orttirma nisbat shakli hosil qilinadi. Ammo bu fe’llar orasida ma’no farqi bor. Ko'chat o'tgazmoq, ko'chadan o'tkazmoq yoki umrini o'tkazmoq. Bu fe’llarda -kaz va -qaz qo'shimchalari o'zaro paronim so'zlami yuzaga keltiradi. Ba'zan fe'l asosiga orttirma nisbat hosil qiluvchi birdan ortiq qo'shimchalar qo'shilishi mumkin. Masalan: o'qit-o'qittir-o'qitkiz, to'ldir- to'ldirgiz, yozdir-yozdirtir kabi. Bunday holatda orttirma nisbat ma'nosi kuchayadi. mashq. Fe’llami topib, ulaming qaysi nisbatda ekanligini aniqlang. 1. Tushga yaqin dadam bizga ovqat keltirib berdi. 2. U eng avval malikalar-u nabi- ralarini Samarqandga jo'natdi. 3. Ko'z ochgani qo'ymaydi alam, Boshim qo'ysam kuydirar bolish, Yupatolmas kitob va qalam, Misralarim ko'tarar nolish. 4. Xos chodir eshigiga osilgan kimxob parda Humoyunning qo'liga mayin va salqin tegdi. Uni birtomonga surib, tashqariga ko'z yugurtirdi. 5. Shayxzoda jumalistika sohasida ham qalam tebratdi. mashq. Fe’llarni topib, ulaming qaysi nisbatda ekanligini aniqlang. Avloniy o'z ishini maktab ochishdan boshladi. Gazeta chiqardi, darsliklar yozdi. Kitoblar bostirdi. Teatr ishlarini yo'lga qo'ydi. O'zi pyesalar yozdi. Havaskorlarni yig'ib tomoshalar ko'rsatdi. Abdulla Avloniy o'z xizmatlari bilan o'zbek ma’rifatchiligiga juda katta hissa qo'shdi. Yangi zamoniy o'qitishni ilmiy-amaliy asoslab berdi. BIRGALIK NISBAT - birdan ortiq bajaruvchi tomonidan birgalikda bajarilgan harakat yoki holatni bildiruvchi fe’l shakli. Birgalik nisbat shakllari: -sh, -ish. Masalan, ishlashmoq. -sh, -ish qo'shimchasi felning birgalik nisbat shaklini yasaydi va harakat bajaruvchisining ko'p ekanini ifodalab keladi. Shuning uchun III shaxs ko'plik son shaklidagi aniq nisbat fe’liga III shaxs birlik son shaklidagi birgalik nisbat fe'li ma’nodosh bo'lib keladi. Masalan: O'quvchilar hikoyani miriqib tingladijar—O'quvchilar hikoyani miriqib tinglashdi. Nisbat qo‘shimchalari haqida umumiy xulosalar: Esda saqlang: Bir fe'l asosiga bir necha nisbat qo'shimchalari ketma-ket qo'shilishi mumkin. Bunda fe'lning qaysi nisbatda ekanligi nisbat hosil qiluvchi oxirgi qo'shimchaga qarab belgilanadi: bezantirildi fe'lida o'zlik, orttirma, majhul nisbat qo'shimchalari bor, oxirgi nisbat qo'shimchasi majhul nisbat qo'shimchasi bo'lgani uchun bu fe'l majhul nisbatda deyiladi. Esda saqlang: Ko'pgina fe’llar tarkibida birgalik nisbatning -sh,'^Slfshakllari va o'zlik nisbatning -n, -in qo'shimchalari fe'l o'zagi yoki fe’l yasovchi -la qo'shimchasi bilan yaxlitlanib bir butunlikni hosil qiladi va ularga aniq nisbat shakli sifatida qaraladi. Masalan: birlashmoq, hazillashmoq, odatlanmoq, faxrlanmoq, surishtir- moq, kuzatmoq, solishtirmoq, tuzatmoq, quvonmoq, xo‘rsinmoq, o'rgat- moq, salomlashmoq, yordamlashmoq kabi. Esda saqlang: aniq, o'zlik va orttirma nisbat qo'shimchalari zamon va shaxs- son qo'shimchafarisiz ham qo'llana oladi, majhul va birgalik nisbat qo'shimchalari esa har doim zamon hamda shaxs-son qo'shimchalari bilan birga qo'llaniladi. Qiyoslang: ko'r - aniq nisbat; ko'rin - o'zlik nisbat; ko'rsat - orttirma nisbat; ko'rildi, ko'rishdi majhul va birgalik nisbat (ko'ril, ko'rish deb bo'lmaydi). Esda saqlang: o'zlik, majhul va orttirma nisbat qo'shimchalari so'z yasovchi qo'shimchalardan oldin qo'shilishi mumkin. Masalan: qur - il - ma, yoq - j! - g'i, yon - it - g'i, qaz - H - ma - majhul nisbat shakli; maqta - n - choq, kuy - in - chak - o'zlik nisbat shakli; achi—t—qi, qaqsha - J - qich, o'ch - ir - g'ich, ko'r-aaz-ma-orttirma nisbat shakli. Esda saqlang: orttirma nisbat qo'shimchalari har doim fonetik yozuv asosida yoziladi. Ayir va qayir so'zlariga majhul yoki o'zlik nisbat qo'shimchalari qo'shilsa, tovush tushishi kuzatiladi: ayir + il = ayril, qayir + il = qayril kabi. Yemoq va demoq so'zlariga majhul nisbat va birgalik nisbat qo'shimchalari qo'shilsa, tovush ortishi kuzatiladi: ye + il = yeyildi, de + il = deyildi, ye + ish = yeyishdi, de + ish = deyishdi kabi. Esda saqlang: Ba’zan bir nisbat ma'nosi o'mida boshqa nisbat shakllaridan foydalaniladi. Xususan, aniq nisbat ma'nosida birgalik nisbat shakllari ishlatiladi. Masalan: keldi - kelishdi, kelyapti - kelishyapti. Bunda hurmat ma’nosi ifodalangan. Shuningdek, nisbat ma’nosida majhul nisbat shakllaridan foydalaniladi: qildim o'rniga qilindi, bajardim o'miga bajarildi shakllari kamtarlik ma’nosini ifodalash uchun; kiring o'rniga kirilsin shakli hurmat ma’nolarini ifodalash uchun ishlatiladi. NISBAT QO'SHIMCHLARINING BOSHQA QO'SHIMCHALAR BILAN OMONIMLIGI: Bunda omonimlik lug'aviy shakl yasovchilar bilan so'z yasovchilar doirasida kuzatiladi. -n, -l (-il) qo'shimchalari Faqat o'zlik va majhul nisbat qo'shimchalari doirasida omonimlik hosil qiladi Shoira darsga tayyorlandi (o'zlik nisbat) - Dars Shoira tomonidan tayyorlandi (majhul nisbat); Gul ochildi (o'zlik nlLat) - Sir ochildi (majhul nisbat). -in qo'shimchasi Lug'aviy shakl yasovchi (o'zlik va majhul nisbat qo'shimchalari) va so'z yasovchi (ot, sifat va ravish yasovchi) qo'shimchalar doirasida omonimlik hosil qiladi: -in: o'zlik nisbati yasaydi - lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha: Saida yuvindi; -in: majhul nisbati yasaydi - lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha: Ish o'z vaqtida qilindi; -in: ot yasaydi - so'z yasovchi qo'shimcha: ekin; -in: sifat yasaydi - so'z yasovchi qo'shimcha: to'kin; -in: ravish yasaydi - so'z yasovchi qo'shimcha: yozin-qishin. -ir qo'shimchasi Lug'aviy shakl yasovchi (orttirma nisbat qo'shimchasi) va so 'z yasovchi (fe’l yasovchi) qo'shimchalar doirasida omonimlik hosil qiladi: -ir: orttirma nisbati yasaydi - lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha: tushir, ichir, botir, qotir; -ir: fe’l yasaydi - so'z yasovchi qo'shimcha: gapir. -ar qo'shimchasi Lug'aviy shakl yasovchi (orttirma nisbat, hozirgi zamon sifatdoshi qo'shimchasi) va so'z yasovchi (fe’l yasovchi) qo'shimchalar doirasida-omonimlik hosil qiladi: -ar: orttirma nisbati yasaydi - lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha: chiqar, qaytar; -ar: kelasi zamon sifatdoshi shaklini yasaydi --lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha: oqar suv; -ar: fe'l yasaydi - so'z yasovchi qo'shimcha: oqar, ko'kar, bo'zar. -sh (ish) qo'shimchasi Lug'aviy shakl yasovchi (birgalik nisbat qo'shimchasi, harakat nomi qo'shimchasi va sifatning ozaytirma daraja shakli) va so'z yasovchi (sifat yasovchi) qo'shimchalar doirasida omonimlik hosil qiladi: -ish: birgalik nisbati yasaydi - lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha: yuvishdi; -ish: harakat nomi shakli yasaydi - lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha: yuvish; -ish: sifatning ozaytirma daraja shaklini yasaydi - lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha: oqish; -sh: sifat yasaydi - so'z yasovchi qo'shimcha: tanish. mashq. Fe'lning aniq, majhul, o'zlik, birgalik va orttirma nisbatlarini aniqlang. Nisbat hosil qiluvchi qo'shimchalar ostiga chizing. Fe'lning qaysi nisbatda ekanligini qisqacha yozib qo'ying. N a m u n a: U ohista tebrandi (o'zlik nisbatda). 1. Qayumxon Olimovichning uyida zo‘r tantana. Shahaming ko'zga ko'ringan odamlari taklif etilgan. Ikki qavatli kottejning hovlisi taxta so'rilar, mstitut oshxonasidan keltirilgan stol-stullar bilan bezatilgan (T.Mahmud). 2. Studentlar bir chekkada samovar qo'ygan, choynak-piyolalami yuvib, artishgan, qo'li to‘rtta, oyog'i oltita bo'lib u yoqdan bu yoqqa narsa tashigan, domlaning ko'z qiri tushib qolarmikan degan niyatda ko'ngil erib xizmat qilishardi. Mehmonlar kechroq taklif etilgan edi (T.Mahmud). 3. Lagan- tovoqning biri-birisiga tekkan tovushi eshitilib, Otabek o'zini ohistagina yo'lakka oldi (A.Qodiriy). 4. «Sarob» romani 1953-yiida Stalin o'lgach, mamlakatda boshqacha - iliq shabadalar esa boshlagan, KPSS XX syezdi «dohiy» shaxsiga sig'inish va uning o'tkazgan siyosatini qoralagan bir paytdagina qayta qo'lga olindi (R.Qo‘chqor). 5. . .hmoq yolg'onga to'n kiygizdi boplab, bor-yo'g'i bir hamroh emish-a, qaysi nodon ishonar bunga (ADilmurod). 6. Bizning asabimiz necha ming yillar, Kishanlar ostida shu qadar pishdiki, Shuncha og'irlik ostida aslo Shoshmadik, dushmanlar hayron qolishdi! O'n olti martaba to'plandik bizlar Rejalar tortishdik yangi ishlarga, Nima deyishni bilmaydi dushman Bir reja bo'yicha yugurishlarga! (Abdulhamid Cho'lpon) mashq. Navoiy asarlari lug'atidan keltirilgan misollarni diqqat bilan o'qing. So'ngra bosh so'zi bilan bog'liq bo'lgan fe’llar sinonimiyasiga e’tibor berib yozing. Bosh oqarmoq - sochi oqarmoq, qartaymoq. Bosh olib chiqmoq - hamma narsaning bahridan o'tmoq, kechmoq, tark qilmoq. Bosh uchurmak, bosh tushirmoq - o'ldirmoq, boshini kesmoq. Bosh ura kirishmoq - ko'rina boshlamoq. Bosh o'g'irlamoq - bosh olmoq, o'ldirmoq. Bosh o'ynamoq - o'yinda boshni tikmoq, qurbon bo'lmoq. Bosh indurmak -1. Ta'zim qilmoq. 2. Pisand qilmoq. Bosh tortmoq - ko'tarilmoq, yuqorilashmoq. Bosh chiqarmoq - o'zini tortmoq, o'zini ayamoq, saqlamoq. Ollida bosh quymoq - o'zini kichik olmoq, itoat qilmoq, iltijo etmoq. Boshidin quymoq - esidan, yodidan chiqmoq. Boshdin quymoq - bahridan o'tmoq, kechmoq, tark qilmoq. Boshiga yetmoq - tepasiga kelmoq, oldiga kelmoq. Boshi falakdin o'tmoq -ulug' martaba hosil qilmoq. Xotindin bosh ko'tarmak - itoatda bo'lmoq, chizgan chizig'idan chiqmaslik. FE’LNING VAZIFA SHAKLLARL Fe'lning vazifa shakllari - fe’lning turli gap bo'laklari vazifasida kelishi uchun xoslangan shakllar. Fe’lning 4 ta vazifa turi mavjud: 1. Sof fe’l shakli. 2. Harakat nomi shakli. 3. Sifatdosh shakli. 4. Ravishdosh shakli. SOF FE’L SHAKLI -fe’lni gapda kesim vazifasini bajarishga xoslaydigan shak Sof fe’l shakli zamon, mayl, shaxs-son ma’nolarini ko'rsata oladi. Masalan: Azizim, qizingizning baxtini o'zgalarning eshigidan qidirmang gapida qidirmang fe'li sof fe’l shakli bo'lib, kelasi zamon, II shaxs ko'plik va buyruq-istak mayli ma’nolarini ifodalaydi. Fe'lning vazifa shakllaridan sof fe'l, sifatdosh, ravishdosh shakllari fe’l kesim vazifasini bajara oladi. Sof fe’l shakli esa faqat fe’l kesim vazifasini bajaradi: Harakat nomi shakli esa ot kesim vazifasini bajaradi. Sof fe’l shaklini fe'lning zamon, shaxs-son, iriayl qo'shimchalari hosil qiladi. Bu qo'shimchalar vazifasiga ko'ra sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalar hisoblanadi. Sifatdosh, harakat nomi, ravishdosh shakllaririi hosil qiluvchi qo'shimchalar esa vazifasiga ko'ra lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha sanaladi. Masalan, o'qigan bola (-gan sifatdosh shakli - lug'aviy shakl yasbvchi qo'shimcha), kulib gapirdi (-ib ravishdosh shakli-lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha), o'qish (-sh harakat nomi shakli lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha). HARAKAT NOMI SHAKLI Harakat nomi - fe’lning otga xoslangan shakli. Qo'shimchalari: -sh, -ish, -v, -uv, -moq, -mak. Masalan: o'qish, vozish. saylov, yozjjv, bilmoa. ko'rmak. Demak harakat nomi shakli demak modal so'zi bilan omonimlik hosil qiladi. Qiyoslang: 1. Oldiga kelganini yemak - hayvonning ishi, og'ziga kelganini demak nodonning ishi. 2. Demak, mening gapim yolg'on? Birinchi gapda harakat nomi, ikkinchi gapda esa modal so'z. A yoki i unlisi bilan tugagan fe'l asoslariga harakat nomining -v qo'shimchasi qo'shilganda a unlisi o ga, i unlisi u ga aylanadi va shunday yoziladi: ishla + v = ishlov; tanj + v = tanuv. Harakat nomi zamon, mayl va shaxs-sonni ko'rsatmaydi, fe’lning noaniq shakli hisoblanadi. Lug'atl&rda fe'llar harakat nomi shaklida beriladi. Masalan: to read - o'qimoq kabi. Harakat nomi fe’lga xos bo'lishli va bo'lishsizlik ma’nolarini ko'rsatish hamda nisbat qo'shimchalarini qabul qilish xususiyatlariga ega. Harakat nomining bo'lishsiz shakli: -maslik: o'qish - o'qimaslik. Bilmaslik ayb emas, uyalib so'ramaslik ayb. O'qish - aniq nisbatda, o'qitish - orttirma nisbatda, kiyinish - o'zlik nisbatda, kiyilish - majhul nisbatda. Harakat nomi otlar kabi egalik, kelishik va ko'plik qo'shimchalarini oladi, gapda ular bajaradigan gap bo'lagi vazifasida keladi. Masalan: Chiroyli yozishni o'rganl Yozuving yomon emas. HARAKAT NOMINING SINTAKTIK VAZIFALARI - ot bajargan barcha sintaktik vazifalarni bajaradi: ega: O'qish - koni foyda. ot kesim: Yozuvchi turmushni har taraflama o'rgarrishi, buning uchun uning hamma sohalaridan xabardor bo'lishi kerak; qaratqich-aniqlovchi: Bilim o'qish va takroriash mevasidir; to'ldiruvchi: Vaqtni samarasiz tortishuvlarga sarflamaylik; hol: Dorini yotishimda ichaman. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR mashq. Harakat nomi shaklidagi fe’llami toping, qaysi qo‘shimcha orqali hosil bolayotganiga e’tibor bering va harakat nomining gapdagi sintaktik vazifasini aniqlang. Bilim o'qish va takroriash mevasidir. O'qish - koni foyda. Vatanni sevish iymondandir. Ertalab turish, bet-qo'lni yuvish, boshqalarga salom berish insoniylik belgisidir. Birovni birovga chaqish eng yomon illatdir. mashq. Harakat nomi shaklidagi fe’llarni toping, qaysi qo'shimcha orqali hosil bolayotganiga e’tibor bering va harakat nomining gapdagi sintaktik vazifasini aniqlang. 1. Boshida tashvishi bo'lishiga qaramay, bolani erkalashga, tarbiyalashga vaqt topdi. 2. Xalqning o'zingga xayrixoh bo'lishini istasang, avval o'zing xalqqa xayrixoh bo'l. 3. Biror xalqning axloqini bilmoq uchun uning adabiyoti bilan tanish. 4. Qo'ziboy ishga aralashuvini ham, chiqib ketishini ham bilmay qoldi. mashq. Harakat nomi shaklidagi fe’llarni toping, qaysi qo'shimcha orqali hosil bo'layotganiga e’tibor bering va harakat nomining gapdagi sintaktik vazifasini aniqlang. 1. Yozuvchi turmushni har taraflama o'rganishi, buning uchun uning hamma sohalaridan xabardor bo'lishi kerak. 2. Xalqning sha’niga, ming yillar davomida to'plagan obro’-e’tiboriga dog' tushirishga hech kimning haqi yo'q.. 3. Vaqtni samarasiz tortishuvlarga sarflamaylik. Har bir voqea-hodisaga katta mas’uliyat, xalqimizga xos donolik va aql-zakovat bilan yondashishimiz mumkin. SIFATDOSH SHAKLI Sifatdosh - fe’lning sifatga xoslangan shakli. Qo'shimchalari: -gan (-kan, -qan), -adigan, -ydigan, -ayotgan, -r (-ar). Sifatdoshlar belgi bildirishi bilan sifatlarga o'xshaydi. Sifatlar shaxs va narsaning turg'un, barqaror belgisini bildirsa, sifatdoshlar o'zgarish, harakat belgisini ifodalaydi. Masalan: oq (sifat) gul, oqar (sifatdosh) daryo. Sifatdoshlar fe’lga xos bo'lgan zamon, bo'lishli-bo'lishsizlik, nisbat ma’nolarini ifodalaydi, -gan (-kan, -qan) sifatdoshlari o'tgan zamonni ifodalaydi. K va q undoshi bilan tugagan fe’llarga qo'shilganda fonetik, g va g‘ undoshlari bilan tugagan fe’llarga qo'shilganda morfologik qoida asosida yoziladi: tukkan, tiqqan, yog'gan, eggan; -ayotgan sifatdoshi hozirgi zamonni ifodalaydi: kelayotgan, o'qiyotgan; -adigan, -ydigan sifatdoshlari kelasi zamonni ifodalaydi: keladigan, boradigan, o'qiydigan. Sifatdoshning bo'lishsiz shakli -ma qo'shimchasi bilan yasaladi. -r (-ar) sifatdoshi esa -mas qo'shimchasi bilan yasaladi va bunda tovush almashishi kuzatiladi: oqar + ma = oqmas kabi (bu yerda «r» tovushi «s» tovushiga almashgan). SIFATDOSHLARNING SINTAKTIK VAZIFASI - sifatdoshlar har doim otga bog'lanadi yoki gapning oxirida keladi: otga bog'lansa sifatlovchi-aniqlovchi: Keng fe’l, ketmas davlat (otga bog'landi) bersin. Vahobjon boyagi qiz ko'rsatgan uy (otga bog'landi) eshigining tugmasini bosdi; gapning oxirida kelsa fe’l kesim: O'zi qator joylashgan, bir-biriga boy- langan, bir-birini kuzatar, behisob nur taratar. Llsbu gapda ikkita o'tgan zamon sifatdoshi va ikkita kelasi zamon sifatdoshi fe’l kesim vazifasida kelgan. Chopsa - chopilmas, kessa - kesilmas. Ushbu gapda ikkita kelasi zamon sifatdoshining bo'lishsiz shakli fe'l kesim vazifasini bajargan. Mixlangan qulog'idan, suv quyar oyog'idan. Eslatma. Xalq maqollari va she’rlarda gap bo'laklari o'rni o'zgargan tartibda uchraydi. Bunday hodisa inversiya atamasi bilan nomlanadi. O'zbek tilida kesimning joylashish o'rni qat’iy: har doim gapning oxirida keladi. Agar gapda gap bo'laklari inversiyaga uchragan bo'lsa, gapni odatdagi tartibga amal qilgan holda o'qish kerak, shunda gap bo'laklarini aniqlash osonlashadi. Yuqoridagi gapni me’yoriy tartib bo'yicha o'qiymiz: Mixlangan qulog'idan, suv quyar oyog'idan - Qulog'idan mixlangan, oyog'idan suv quyar. Ikkinchi gapda gap bo'laklari o'z tartibi bo'yicha joylashdi va gapning kesimi oxirida keldi. Yoki Mehmon kelar eshikdan, rizqi kelar teshikdan gapida ham inversiya kuzatil- gan. Gapni odatdagi tartibga o'tkazamiz: Mehmon eshikdan kelar, rizqi teshikdan kirar. Bunda ham sifatdoshlar gapning oxirida kelib fe’l kesim vazifasini bajargan. SIFATDOSHNING OTLASHISHI. Sifatdosh bo'glangan ot tushib qolsa, ular otlashadi. Otlashganda otga xos qo'shimchlami qabul qiladi. Masalan: Intilganga (intilgan insonga) tole yor, Qimirlagan (qimirlagan kishi) qir oshar kabi. Otlashgan sifatdoshlar ot bajargan sintaktik vazifalami bajara oladi. Ega: Birlashgan o'zar, biriashmaaan to'zar. Qaratqich-aniqlovchi: Maatanaannina uyiga bor, kerilaannina to'yiga bor. To'ldiruvchi: Avrilaanni ayiq yer, bo'linaanni bo'ri yer. Hoi: Urush boshlanaanda u hali go'dak edi. Sifatdoshlar otlashishi uchun aniqlanmishsiz qo'llanishi kerak, ya’ni sifatdosh- larning egalik qo'shimchalari bilan birikib gapda ega vazifasida kelishi uning harakat nomi o'rnida qo'llana olishini ko'rsatadi. Masalan: Poyezdning bir soatga kechikayotgani yo'lovchilarni bezovta qildi - Poyezdning bir soatga kechikishi yo'lovchilarni bezovta qildi. Bahorning erta kelgani dehqonlarga qo'l keldi - Bahorning erta kelishi dehqonlarga qo'l keldi. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR mashq. Sifatdoshni topib, qaysi qo'shimcha orqali hosil bo'layotgani va zamonini aniqlang. Gapda qanday sintaktik vazifa bajarayotganiga e’tibor bering. 1. Bilmaslik ayb emas, bilmaganini bo'yniga olmaslik ayb. 2. O'z o'rnida aytilmagan so'z hech kim yo'q yerda chalingan kuyga o'xshaydi. 3. Arslondan qo'rqqandan ko'ra o'z nafsidan qo'rqqan foydaliroq. 4. Ilm insonni izzat va sharafga yetkazadigan vositadir. 5. Boshqalar qalbiga yaxshilik urug'ini ekkan odam chinakam odamdlr. mashq. Sifatdoshni topib, qaysi qo'shimcha orqali hosil bo'layotgani va zamonini aniqlang. Gapda qanday sintaktik vazifa bajarayotganiga e’tibor bering. Men go'yo tabiat bilan qo'shilib ketgandekman. Uning bir qismi mana shu daryo, qush, o'tloq, qamishzor, chirillayotgan chigirtka, Anovi vaqillayotgan qurbaqa, huv narigi yoqda hurayotgan it, shamolda shildirayotgan qamish yaproqlari. O'tloqdagi chirillayotgan olov, chaylaga to'shalgan o't-o'lanlaming shirin, yoqimli, toza isi bilan aralash-quralash bo'lib ketgandekman. mashq. Sifatdoshni topib, qaysi qo'shimcha orqali hosil bo'layotgani va zamonini aniqlang. Gapda qanday sintaktik vazifa bajarayotganiga e’tibor bering. 1. Vahobjon boyagi qiz ko'rsatgan uy eshigining tugmasini bosdi. 2. O'z ko'zim bilan ko'rganlarimni, kechirganlarimni, o'tmish hayot lavhalaridan esimda qolganlarini qalamga olgim kelib qoldi. 3. O'z nafsiga asir bo'lgan odam insoniylikni qo'ldan boy beradi. 4. Mustafo Galatepaning chekkarog'ida, Ubaydullo Maxsumning hovuzi tarafga turtib chiqqan qir tumshug'ida yashaydi. mashq. Sifatdoshni topib, qaysi qo'shimcha orqali hosil bo'layotgani va zamonini aniqlang. Gapda qanday sintaktik vazifa bajarayotganiga e’tibor bering. J‘ 1. Endigina ko'tarilib kelayotgan oy sarg'ish nurlar sochib tun qo'ynida mudrayotgan pastqam uylaming tomlarini, daraxtlaming yalang'och novdalarini yoritib turardi. 2. Chuqur ariqdan toyimni sug'orib chiqayotganimda, bir to'da uloqchi - chavandozlar uchrabqoldilar. 3.... jimirlaboqayotgan daryo bo'yiga borib, yuz-qo'llariniyuvib, bir-ikki qultum suv ichishdi. 4. Yoqimli yoz shabadasi endigina qad ko'tarib kelayotgan yosh nihollarini tebratar edi. 5. Xolida hovlidagi gulzorga chopib chiqib tetayotgan edi, oyisi, to'xtatdi. mashq. Sifatdoshni topib, qaysi qo'shimcha orqali hosil. bo'layotgani va zamonini aniqlang. Gapda qanday sintaktik vazifa bajarayotganiga e’tibor bering. , 1 Odamlar sizni qattiq hurmat qilishadi, opa, - dedi Kamol astoydil kuyinib, sha’ningizga dog' tushiradigan bunaqa ishlarga izn bermang. 2. Shanbada to'y keladigan, el-yurtga osh beriladigan bo'lgani uchun, erta tongdanoq hovli gavjum edi. 3. Eshoh otasining vasiyatiga amal qilib to'rdan joy tegmaydigan, poygakda choy tegmaydigan bir odam bo'lib yetishibdi. 4. Bo'ladigan savdoning tezroq bo'lgani yaxshi. 5. Mana endi, Sobirjon o'g'lim, ishlab ro'zg'orga qarashadigan vaqtingiz bo'ldi. mashq. Sifatdoshni fopib, qaysi qo'shimcha orqali hosil bo'layotganiva zamonini aniqlang. Sifatdosh qo'shimchasidan oldin qanday qo'shimchalar qo'shilayotganligiga e’tibor bering. Qaynaydigan suv, yog'adigan yomg'ir, bajariladigan ish, olinadigan ko'ylak, haydaladigan yer, miniladigan ot, yoziladigan bayon, chaqiriladigan mehmon, qilinadigan to'y, ijro etiladigan raqs, pishiriladigan ovqat. mashq. Sifatdoshni topib, qaysi qo'shimcha orqali hosil bo'layotgani va zamonini aniqlang. Gapda qanday sintaktik vazifa bajarayotganiga e'tibor bering. 1.Bu ovoz hali mag'zi ilimagan dalalarga, osmondagi oqimtir yulduzlarga tegib aks sado berayotgandek tuyulardi. 2. Bola boshini qo'llari orasiga qo'yib Boysun tog'i uzra charx urayotgan bulutlarga qarab jim qoldi. 3. Qoradaryo hamisha to'lib oqqan, lekin hech qachon bunday suvsiz bo'lmagan. 4. Or - bu o'ziga nomunosib yoki ep ko'rilmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish, uyat va nomus qilish tuyg'usi. 5. Keng fe’l, ketmas davlat bersin. RAVISHDOSH SHAKLI Ravishdosh - fe’lning ravishga xoslangan shakli. Ravishdosh harakatning belgisini bildirishi bilan ravishga o'xshaydi. Ravishdosh ham ravish kabi fe’lga bog'lanib uning belgisini bildiradi. Qiyoslang: tez keldi - qanday? keldi, tez- ravish, shoshib keldi - qanday? keldi, shoshib - ravishdosh. Bu yerda ravish ham fe'lga bog'lanib uning belgisini bildirgan, ravishdosh ham fe'lga bog'lanib uning belgisini bildirgan. Ravish bilan ravishdoshning farqini eslab qoling: ravish - asosning o'zi ravish, ravishdosh - asos-negizi fe'l bo'lgan va fe’lga -b (-ib), -a (-y), -gach (-kach, -qach), -guncha (-quncha, -kuncha), -gancha (-qancha, -kancha), -gani (-qani, -kani) qo'shimchalari qo'shilishi natijasida hosil qilingan shakldin shoshib kelmoq, kulib gapirmoq, o'vlab javob bermoq kabi. Ravishdoshning -(i)b va -a(y) shakllari ko'proq harakatning holatini, ba’zan payt, sababini, -gancha (-kancha, -qancha) shakli holatini, -gach (-kach, -qach), -guncha (-kuncha, -quncha) shakllari paytini, -gani (-kani, -qani) shakli maqsadini anglatadi. 1. Aslida, qosh qoravauncha yetib olish kerak. 2. Toqqa yetgach qo'ylami o'z hoiiga tashlab qo'ydi. 3. Gapni bilib-bilmav gapirmaslik kerak. 4. Doirani olaach chal- aani odam izlab ketdi. 4. Kechqurun vaainlishaach havo aynib, shamol turdi. Musiqa tingach, qorong'i tushguncha, ko'rgani bormoq, yugurib kelmoq, yig'lay-yig'lay uxlamoq, qo'rqib kirmadi, qaynayvermagach olovni kuchaytirdi, suvga tikilgancha o'ylanib qoldi. Ravishdoshning -(i)b va -a(y) shakllari takror holda ham ishlatiladi: kula-kula, bora-bora, ayta-ayta, o'ylab-o'ylab, o'ynab-o'ynab. Ravishdoshlar bo'lishsiz shaklda ham qo'llanadi: kelgach - kelmagach, borguncha bormaguncha. Ravishdoshning -(i)b va -a(y) shakllarida bo'lishsizlik -may, -ma- yin, -masdan qo'shimchasi bilan yasaladi: ko'rib - ko'rmav - ko'rmavin - ko'rmas- dan. Shoshmasdan javob bering. Bu gapda bo'lishsiz shakldagi ravishdosh qatnashgan. Maqsad ravishdoshi -gani (-kani, -qani) qo'shimchalarining bo'lishsiz shakli yo'q. O'qigani keldim deyish mumkin, o'qimagani keldim deb bo'lmaydi. RAVISHDOSHLARNING IMLOSI: Unli va jarangli undoshlar bilan tugagan fe’l asoslariga ravishdoshning -gach, -guncha, -gancha, -gani qo'shimchalari qo'shiladi. Bu qo'shimchalar k undoshi bilan tugagan fe'l asoslariga qo'shilib -kach, -kun- phn, -kancha, -kani holida; q undoshi bilan tugagan fe'l asoslariga qo'shilib -qach, -quncha, -qancha, -qani shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Jarangsiz undosh bilan tugagan fe'l asoslariga bu qo'shimchalar qo'shilganda -kach, -kuncha, -kancha, -kani shaklida talaffuz qilinsa ham, -gach, -guncha, -gancha, -gani tarzida yoziladi. RAVISHDOSHNING SINTAKTIK VAZIFASI: Hoi: Ravishdosh har doim fe’lga bog'lanadi. Shuning uchun ravishdosh fe’lning hoi vazifasini bajarishga xoslangan shaklidir. Ravishdosh holning sabab holi, ravish holi, payt holi, maqsad holi turlarini hosil qiladi. Masalan: Gapni bilib-bilmay (qay holda? - ravish holij gapirmaslik kerak. Bola uyga qo'rqib (nima sababdan? - sabab holi) kirmadi. Siz bilan maslahatlashgani (nima maqsadda? maqsad holi) keldim. Fe’l kesim: Ishning boshi boshlanguncha. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR mashq. Ravishdoshlarni toping va qaysi qo'shimcha orqali hosil bo'layotgani hamda ma’nosini aniqlang. Shohjahon hazin kayfiyatga berilgach, ko'ngil qorong'uligini na o'yin-kulgu, na sayr- sayohat yorita olardi. Malika Mumtoz mahal shohning ma'yusligini sezgach uni xushnud etish uchun g'azallar o'qib xayollarini yaxshilikka, ezgu ishlarga undardi. Malika dunyodan o'tgach, unga bag'ishlab shoh «Tojmahal» qurdirdi. Ammo Shohjahonni xavotirga solgan hodisalar ro'y berib, o'z o'g'li Avrangzeb otaga qarshi isyon ko'tardi, taxtni egallagach otasini umrbod qamoqqa, erksizlikka mahkum etdi. mashq. Ravishdoshlarni toping va qaysi qo'shimcha orqali hosil bo'layotgani hamda ma’nosini aniqlang. Boysariboy o'n ming uyli Qo'ng'irot eli bilan ko'chib borgach Ko'kqamish ko'li atrofida mollarni semirtirjb, yaylovda yayrab yotadi. O'n ming uyli Qo'ng'irot elining boyvachchalari bilan yig'ilib, bir yerga jam bo'lib, bir baxmal otovni tikib, shu otovning ichida hamma boyvachchalar bilan qimizichib, o'zkayf-usafosi bilan o'tirar edi. mashq. Ravishdoshlarni toping va qaysi qo'shimcha orqali hosil bo'layotgani hamda ma'nosini aniqlang. 1. Aslida, qosh qorayguncha yetib olish kerak. 2. Tog'ga yetgach qo'ylami o'z holiga tashlab qo'ydi. 3. Gapni bilib-bilmay gapirmaslik kerak. 4. Yodgor kelib-kelmay hasharni adog'iga yetkazdi. 5. Doirani olgach chalgani odam izlab ketdi. 6. Tog'ga chiqqach osmonning pastligini his qildi. 7. Kechga yaqinlashgach havo aynib, shamo!turdi. mashq. Ravishdoshlarning imlosiga e'tibor bering. Fonetik yozuv va morfologik yozuv asosida yozilgan ravishdoshlarni ikki guruhga ajrating. Chiqqach, kelgach, ekkach, aytgach, chiqquncha, kelguncha, siqqancha, kelgancha, ekkancha, aytgancha, chiqqani, kelgani, ekkani, aytgani. mashq. Ravishdoshlarni toping va qaysi qo'shimcha orqali hosil bo'layotgani hamda ma'nosini aniqlang. 1. Ona kelar yo'lda yugurib, Ko'ringandan qizini so'rab. 2. Orqa tomonda o'tirgan Dilbar o'zini tutolmay qiqirladi. 3. Boburgulni yana bir hidlab boshidagi sallasining qatiga qistirib qo'ydi. 4. Taxtga chiqqach adolat bilan ish tutibdi. 5. Shamol tinavermagach, tog'ga chiqishni qoldirdi. mashq. Ravishdoshlarni toping va qaysi qo'shimcha orqali hosil bo'layotgani hamda ma'nosini aniqlang. 1.O'sha kuni kechaslyoq qahramonliklar ko'rsatlb, shon-u shuhrat taratib o'quvchilarlmni hayratda qoldirdim. 2. Men bobomning maqtovinl eshitib kekkaylb bormoqdaman. 3. Tepallkdan o'tgach chavandozlar blrib-ketin orqada qola boshladi. 4. Aka-uka maslahatlashib tong otguncha shu yerda qolishga qaror qilishdi. 5. Xola, ukam qani, olib ketgani keldim. FE’LNING VAZIFA SHAKLLARI HAQIDA UMUMIY XULOSALAR Esda saqlang: Fe'lning vazifa shakllaridan sof fe’l, sifatdosh, ravishdosh shakllari fe’l kesim vazifasini, harakat nomi shakli esa ot kesim vazifasini bajaradi. Sifatdoshlar otlashadi, ravishdoshlar esa otlashmaydi. Sifatdoshlar otga bog'lanadi, ravishdoshlar esa fe’lga bog'lanadi. Harakat nomi shaklida qo'shimcha qo'shilishi natijasida tovush o'zgarishi kuzatiladi (masalan: o'qi + v = o'quv). Harakat nomining -moq, -mak shakliga egalik qo'shimchasi qo'shilganda tovush almashishi bo'ladi (masalan: o'qimoq + im = o'qimog'im). Sifatdoshning -r (-ar) qo'shimchasidan bo'lishsizlik shakli tovush almashishi orqali hosil qilinadi (masalan: oqar + ma = oqmas). Fe'lning vazifa shakllaridan harakat nomi va sifatdosh shaklida fe’lning nisbat shakllari bilan o'zaro omonimlik hosil qiluvchi qo'shimchalar mavjud. Bular -sh (-ish) harakat nomida va -ar sifatdosh shaklidadir. Qiyoslang: O'qish (harakat nomi) ulg'ayishdir - Bolalar qunt bilan o’qishdi (birgalik nisbat). Harakat nomi shakli bilan birgalik nisbat shaklini oson farqlash mumkin: birgalik nisbat shaklldan keyin har doim zamon qo'shimchalaridan biri keladi (o'qishdi, o'qishmogda, o'qishmoachi kabi). Qaytar (sifatdosh) dunyo - Salimni yo'ldan qaytardi (orttirma nisbat). Fe’lning vazifa shakllaridan sifatdosh va ravishdosh shaklida fe’l yasovchi qo'shimchalar bilan omonimlik hosil qiladigan qo'shimchalar mavjud; -ar sifatdosh va -a, -y ravishdosh shaklidadir. Qiyoslang: oqsr (sifatdosh) suv - Rangi oqardi (fe’l yasovchi). Kula-kuia (ravishdosh) gapirdi - tuns, qona, sana (fe’l yasovchi). O'qiy-o'qiy. (ravishdosh) charchadim - qoray (fe’l yasovchi). FE’LLARNING MUNOSABAT SHAKLLARI Fe'llaming munosabat shakllari fe’l asoslariga qo'shilib gapda kesim vazifasida qo'llanilishiga xoslovchi shakllardir. Fe’llarning zamon, may!, shaxs-son qo'shimchalari munosabat shakllari sanaladi. Munosabat shakllarining ikkinchi nomi sintaktik shakl yasovchilar deb yoritiladi. Bu shakliarga ega har qanday fe’l gapda kesim vazifasida keladi. Yuqoridagi ma'no va shakllardan xoli bo'lgan fe'l asosi fe’lning noaniq shakli hisoblanadi, bu shakl -moq qo'shimchasi yordamida ifodalanadi. Zamon shakllari - fe’l asosidan anglashilgan harakat-holatning uch zamondan biriga mansubligini bildiruvchi shakllar. Mayl shakllari - fe’l asosidan anglashilgan harakat-holat haqidagi xabar, buyruq, istak, shart ma'nolarini ifodalovchi shakllar. Shaxs-son shakllari - fe’l asosidan anglashilgan harakat-holatni bajaruvchi shaxsni bildirib, fe’lni kesim sifatida shakllantiruvchi va ega bilan bog'lab keluvchi shakllar. Mashq. Fe'llar tarkibida qanday munosabat shakllari qatnashayotganini aniqlang. Mirsodiq ko'chaning ikki betiga tumaqator fonarlar nurida eron gilamidek tovlanib bu gullarga suq bilan tikilib borar ekan, bir shoxi singan na’matakka ko'zi tushib qoldi. Qaysi bag'ritosh sindirdi ekan? U yaqinroq kelib qaradi, yo'q, sinibdi-yu, uzilmabdi. Quyosh tomon bo'y cho'zib qaddini rostlab boryapti. Mirsodiq jilmayib qo'ydi. U, albatta, o'sadi, ulg'ayadi. U ochgan gullarining muattar hidi kishilar chehrasiga tabassum, shodlik baxsh eta- di, qalblarini ravshan qiladi. Hayot qonuni shunday! FE’LLARNING ZAMON SHAKLLARI Keldim, kelyapman, kelaman fe'llarining uchalasi ham I shaxsni bildiradi, lekin ular harakatning nutq momentiga nisbatan qachon bajarilishi yoki bajarilmasligi bilan farq qiladi. Fe’ldan anglashilgan harakatning nutq momentiga nisbatan bajarilishi yoki bajarilmaslik paytini bildiradigan shakllarga zamon shakllari, ana shunday shakllar tizimi zamon kategoriyasi deyiladi. Fe’l zamonlari harakat yoki holatning paytga mu- nosabatini bildiradi. Payt deganda nutq so'zlanib turgan payt - nutq momenti nazarda tutiiadi. Fe'llaming zamon shakllari - fe'l asosida ifodalangan harakat-holatning uch zamondan birida sodir bo'lishini bildiruvchi shakllar. Fe’l uchta zamon shakllariga ega: o'tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon. O'TGAN ZAMON SHAKLLARI harakat va holatning nutq so'zlanib turgan paytdan oldin bo'lganini bildiradi. Bu zamon shakllari fe'l asoslariga -di, -ib, -gan (-kan, -qan) qo'shimchalarini va ulardan so'ng shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil qilinadi. -di qo'shimchasi bilan yasalgan o'tgan zamon shakli so'ziovchining bevosita o'zi ko'rgan harakat va holatni bildiradi. Bu qo'shimchadan so'ng shaxs-son qo'shim- chasining -m, -k (qoldim, qoldik), -ng, -ngiz (qolding, qoldingiz) shakllari qo'llaniladi: Men juda quvondjm: mana, endi o'sib ham qoldim, yoshim o'n to'rtga kirdi, odamlar menga ishonadigan bo'lib qoldi deb ich-ichimdan sevindim. -b (-ib) qo'shimchasi bilan yasalgan o'tgan zamon shakli ilgari ro'y bergan harakat va holatning so'zlovchi tomonidan eshitib bilganini yoki oldindan kutilgan harakatning amalga oshganini ifodalaydi va bu qo'shimchadan so'ng shaxs-son qo'shimchasining -man, -miz, -san, -siz, -di (-lar) shakllari qo'shiladi: Sinf rahbarimiz Hasan aka menga bildirmay G'anini uyga yuboribdilar. -gan qo'shimchasi bilan yasalgan o'tgan zamon qo'shimchasi harakat va holatning ilgariroq bajarilganini bildiradi, bu qo'shimchadan so'ng shaxs-son qo'shimchasining -man, -miz, -san, -siz shakllari qo'shiladi: Men tez-tez Toshkentga kelib tur- aanman. O'tgan zamonni hosil qiluvchi barcha qo'shimchalar uslubiy betaraf qo'shimchalar hisoblanadi. TO'LIQSIZ FE’LLAR. Edi, emish, ekan bo'lishli shakldagi to'liqsiz fe’llar, emas bo'lishsiz shakldagi to'liqsiz fe’l sanaladi. To'liqsiz fe’llar mustaqil holda leksik ma’no ifodalamaydi. Ular yetakchi fe'lning zamon shakllaridan so'ng keladi, shaxs- son qo'shimchalari to'liqsiz fe’lga qo'shiladi: kelgan ekansan (eding, emishsan), kelayotgan ekansan (eding, emishsan). To'liqsiz fe’llar har doim yetakchi fe’ldan ajratib yoziladi: borgan edi, borar emish, borar ekan, borgan emas kabi. Agar to'liqsiz fe'lning birinchi bo'g'inidagi o'rta keng unli e tushib qolsa, ular yetakchi fe’lga qo'shib yoziladi va -di, -mish, -kan shaklida qo'llanadi. Masalan: borgan edi - borgandl borgan emish - boraanmish. kelar ekan - kelarkan. Fe’llarda uchraydigan -di shakli har xil vazifa bajaradi: o'tgan zamonni hosil qiladi: keldi bordim, kelding kabi. Bunday hollarda -di qo'shimchasidan oldin zamonni bildiruvchi qo'shimcha bo'lmaydi va shaxs-son qo'shimchasi -di dan keyin qo'shiladi: kel - di - m kabi. III shaxs birlik sonni hosil qiladi: keladi, boradi kabi. Bunday hollarda -di dan oldin zamon hosil qiluvchi qo'shimcha keladi va -di qo'shimchasi o'miga I va II shaxs- son qo'shimchalarini almashtirish mumkin: kel - a - dj, kel - a - man, kel - a - sgn kabi. to'liqsiz fe’lning qisqargan shaklini hosil qiladi: borgan ed] - borgandj, kelar edi kelardj kabi. Bunday hollarda -di shaklidan oldin zamonni hosil qiluvchi qo'shimcha qatnashadi va -di dan keyin shaxs-son qo'shimchasi qo'shiladi: bor - gan - dj - m kabi. Bu fe’lda -gan - zamon shakli, -di - to'liqsiz fe’l shakli, -m - shaxs-son shakli. HOZIRGI ZAMON SHAKLLARI harakat va holatning nutq so'zlanib turgan paytda yuz berishini ifodalaydi. Bu zamon shakllari fe’l asoslariga -yap, -moqda, -(a)yotib qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil qilinadi. Shaxs-son qo'shimchalari zamon qo'shimchalaridan so'ng qo'shiladi. -yotir, -yotib shakllari unli bilan tugagan fe’l asoslariga, -ayotir, \ayotib shakllari esa undosh bilan tugagan fe'l asoslariga qo'shiladi: kelavotir. ishlavotir. kelavotib. ishlavotib. -yap shakli undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo'shilib -ayap holida talaffuz qilinsa ham, -yap yoziladi. QIYOSLANG: kelayapti aytiladi, kelyapti yoziladi. Demak, hozirgi zamonning -yap qo'shimchasi ta- laffuzi va imlosi farq qiluvchi shakli hisoblanadi. Hozirgi zamon shakllari ma’lum uslubga xoslangani bilan o'zaro farqlanadi: -yapti uslubiy betaraf (neytral) shakl bo'lsa, -moqda, -yotir yozma nutq uslubiga xosdir. Mashq. Hozirgi zamonni hosil qiluvchi qo'shimchalami toping. 1.Sen ko'rmayapsan, oshna, oy botib, yulduzlar birin-ketin so'nib boryapti. 2. O'qishlar boshlanib, o'quvchilar ham maktabga kelyapti. 3. Yollarning chekkasida- gi gullar barchaga salom berayotir. 4. Ko'chadagi shamchiroqlar xira-xira shu’la sochmoqda. 5. Ko‘chaga chiqayotib orqasiga bir qarab qo'ydi. KELASI ZAMON SHAKLLARI harakat yoki holatning nutq so'zlanib turgan paytdan so'ng yuz berishini bildiradi. Bu zamon shakllari fe'l asoslariga -a, -y, -(a)r qo'shimchalarini va shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil qilinadi. Bu shakllar ba'zan harakatning doimiy, har uch zamonga oidligini ham ifodalaydi. Masalan: Akam kollejda o'qiydi. Undosh bilan tugagan fe’l asoslariga kelasi zamonning -y, -r bo'lishsiz fe’l shakllariga esa -s qo'shimchasi qo'shiladi. -(a)r shakli kelasi zamonni gumon, taxmin yo'li bilan ifodalaydi. Masalan: Ertaga mashina kelar, kelmasa yo'lga chiqmayman. Kelasi zamon ma'nosi -jak, -ar, -ur, -gusi, -gay (-kay, -qay) qo'shimchalari orqali ham hosil qilinadi. -a (-y), -ar shakllari uslubiy betaraf shakllar bo'lsa, -jak, -gay (-kay, -qay), -ur, -gusi shakllari uslubiy xoslangan: badiiy va publitsistik uslubga xosdir: boraiak- man, boraavman. borurman, kelausi. ZAMON QO'SHIMCHALARI SINONIMIYASI Zamon qo'shimchalari ham har xil uslubiy maqsadlarda foydalaniladi. Ish-harakat- ga, uning bajarilishiga va bajaruvchi shaxsga turlicha munosabatda bo'lish zarur topilsa, fe'l ma’nosida kutilmaganlik, davomiylik, imkoniyat yoki imkoniyatsizlik, tasviriylik kabi bo'yoqlar bo'lsa, bir zamon qo'shimchasi ikkinchi zamon uchun ishlatiladi: -yotir, -yapti (-moqda) -kelasi zamon fe’liga sinonim bo'ladi: Oyimxonni chaqiradilar. Hamma shu yerda. Faqat sizni kutishadi. Hali bajarilmagan ish-harakatga bajarilganlik ma’nosi yuklansa, o'tgan zamon shakllari kelasi zamonga sinonim bo'ladi: Hayotning oqimi shiddatkor: bugun bir muammoni hal qildim desang, ertasiga yana boshqasi ko'ndalang bo'lib turadida. Hozirgi zamon fe’li o'tgan zamon ma'nosida qo'llanilishi mumkin: Mana bir oydirki Tursunoy dalada tunab, astoydil ishlayapti. O'tgan zamon fe’i shakli hozirgi zamonni ifodalash uchun qo'llanilishi mumkin: Urush to'zoni Buxorodan olisda qo'zg'alib, bosilganidan buyon uzoq yillar o'tdi. Ammo jangga farzandlarini yuborgan Buxoro hamon o'rtanar, hamon qurbonlar alamini chekar edi. Tanklar, zambaraklar ag'anab yo- tibdi. Bir jangchining esa yelkasidan qon oqmoqda. O'tgan zamonda bo'lib o'tgan voqealarga tinglovchini olib kirish, ulami uning ko'z oldiga olib kelish maqsadida hozirgi zamon shakli ishlatilgan. Kelasi zamon fe’li o'tgan zamonni ifodalaydi: Ibnhimjonning ovozida zarracha shikoyat ohangi yo'q edi. Aksincha, u alohida g'urur bilan gapiradi. MAYL SHAKLLARI 1. Bordim, bording, bordi. Boray, borgin, borsin. 3. Borsam, borsang, borsa. 4. Bormoqchiman, bormoqchisan, bormoqchisiz singari bormoq fe’lining turli shakllari ma’nosiga e’tibor bering. Birinchi guruhdagilar bilan ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi guruhdagilar zamon ma'nosi bilan farq qiladi. Birinchi guruhdagilar o’tgan zamonni, qolgan guruhdagilar kelasi zamonni bildiradi. Ular o'rtasidagi farq faqat shu bilangi- na cheklanmaydi. Yuqoridagi to'rt guruhdagi fe’llar so'zlovchining harakatga bo'lgan munosabatiga ko'ra ham farq qiladi. Birinchi guruhdagi fe’llar harakat-holatni uning bajarilgan vaqti bilan bog'liq holda ifodalaydi. Harakat-holatning bajariiish-bajarilmasligi aniq bilinib turadi. Ikkinchi guruhdagi fe'llarda harakatni bajarishga buyruq ma’nosi, uchinchi guruhdagi fe'llarda harakatning bajarish sharti ma’nosi, uchinchi guruhda esa harakatning bajarilish ma'nosi ifodalanadi va bu guruhning har qaysisi ana shu ma'nolariga ko'ra o'zaro farqlanadi. So'zlovchining fe'ldan anglashilgan harakat-holat- ga munosabatini bildirgan fe’l shakllari mayl shakllari, shunday shakllar tizimi esa mayl kategoriyasi deyiladi. Mayl shakllari - fe’l asosida ifodalangan harakat-holat haqidagi xabar, buyruq-istak, shart ma’nolarini ifodalovchi fe’l shakllari. Fe’llaming to'rtta mayl shakli mavjud: 1) xabar mayli (ijro mayli); 2) buyruq-istak mayli; 3) shart mayli; 4) maqsad mayli. XABAR MAYLI (IJRO MAYLI) - harakat va holatning bajarilishi yoki ba- jarilmasligi haqidagi xabar, darakni ifodalovchi fe’l shakli. Harakatning ijro qilish-qilin- masligini bildiradi. Bu maylni hosil qiluvchi maxsus qo'shimcha yo'q. Xabar mayli fe’l asosiga zamon va shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish orqali shakllanadi. Masalan: Bola chaqqonlik bilan o'zini suvga otdi. Ishyoqmaslarning idorama- idora yurib arz qilishdan boshqa ishi yo'q. Nigoraning qop-qora ko'ziari doimo chaqnab turadi. Xabar mayli = fe’l + zamon qo'shimchalari + shaxs-son qo'shimchalari Xabar maylining o'tgan zamon shakllari: fe’l + -di + -m, -ng, -k, -ngiz, -lar = keldi, keldim, keldjng, keldik, keldingiz, keldilar. fe’l + -gan (-kan, -qan) + -man, -san, -miz, -siz, -lar = kelaanman. kelgansan, kelaan. kelganmiz, kelgansiz, kelaanlar fe’l + -b (-ib) + -man, -san, -di, -miz, -siz, -dilar = keljbman, kelibsan, kelfodi, ke- libmiz, keljbsiz, kelibdilar Xabar maylining hozirgi zamon shakllari: fe’l + yap + -man, -san, -di, -miz, -siz, -dilar = kelvapman. kelvapsan. kelyapti, kelvapmiz. kelvapsiz. kelvaptilar fe’l + -yotir (-ayotir) + -man, -san, -miz, -siz, -lar = kelavotirman. kelavotirsan. kelavotir. kelavotirmiz. kelavotirsiz. kelavotirlar fe’l + -moqda + -man, -san, -miz, -siz, -lar = kelmoadaman. kelmoqdasan. kelmogda. kelmoqdamiz. kelmoqdasiz. kelmoqdalar Xabar maylining kelasi zamon shakllari: fe’l + -a + -man, -san, -di, -miz, -siz, -dilar = kelaman, kelasan, keladi, kelamiz, kelasiz, keladilar fe'l + y + -man, -san, -miz, -siz, -lar = o'qiyman, o'qiysan, o'qiydi, o'qiymiz, o'qiysiz, o'qiydilar fe’l + -r (-ar) -mart, -san, -di, -miz, -siz, -dilar = kelarman, kelarsan, kelar, kelarmiz, kelarsiz, kelarlar Bundan tashqari kelasi zamonning uslubiy xoslangan shakllari -jak, -gay (-kay, -qay), -ur, -gusi qo'shimchalari ham xabar maylini hosil qiladi. BUYRUQ-ISTAK MAYLI - harakat va holatni bajarish yoki bajarmaslik haqidagi buyruq, istak, iltimos, maslahat ma’nolarini bildirgan fe’l shakli. Harakatni bajarishga da'vat etish ma'nosini bildiradi. Buyruq-istak mayli shakllari fe'l asoslariga quyidagi qo'shimchalami qo'shish yo'li bilan hosil qilinadi: -(a)y, -(a)yin, -gin, -(i) ng, -sin, -(a)ylik, -(i)nglar. Masalan: Kel, do'stim, yuragimni senga ochay. Hayot saboqlarini o'rgangin, chunki hayotni o'rganish zarur. Odamlarni chaqiringlar, ekinzorlarni ko'rib qo'ysin. Esda saqlang: Fe’lning zamon, shaxs-son qo'shimchalarisiz qismi it shaxs buyruq-istak maylini ifodalaydi. Masalan: Sinamagan otning sirtidan o'tma. Akangni chaqir, bugungi faoliyati uchun javob bersin. Bu qismga buyruq-istak ma’nosini kuchaytirish uchun -gin qo'shimchasini qo'shish ham mumkin, shuning uchun bu ikki shakl ma’nodosh sianaladi: ko'r, ko'rgin. Masalan: Qo'lingni ochiq tutain. boshingni g'oz tut. Juda muhim: Buyruq-istak mayli qo'shimchalari fe'llardagi boshqa qo'shimchalardan birdaniga uchta grammatik ma'noni ifodalay olishiga ko'ra farqlanadi. Masalan, boray fe’lida bitta grammatik shakl, ya'ni qo'shimcha bor: -ay; grammatik ma’no esa uchta: buyruq-istak mayli (mayl ma’nosi), kelasi zamon (zamon ma’nosi), I shaxs birlikda (shaxs-son ma’nosi). SHART MAYLI - boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmastigi uchun shart bo'lgan harakat hamda holatni, shuningdek, istak-xohishni bildirgan fe'l shakli va u -sa qo'shimchasi yordamida yasaladip' Masalan: Qani endi, hamma ham shunday g'alabalarga erishsa. Odam qahrlansa, bilimsiz bo'ladi, jahl kelsa, aql ketadi. Tilak bilan yurilsa, yiroq yer ham yaqin bo'ladi. Botirlar qo'liga qilich tutgudek bo'lsa,“fyov titroqqa tushadi. Shart mayli edi, ekan to'liqsiz fe’llari bilan kelganda orzu-istak ma’nosini bildiradi. -sa edi shakli ba’zan -saydi tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Masalan: Tezroq yoz kelsaydi. Shart mayli shakli kerak so'zini olib kelganda taxmin-gumon ma'nosini bildiradi. Masalan: Bugun yomg'ir yog'sa kerak. MAQSAD MAYLI - harakatning biror maqsadda bajarilishini bildiradi. Fe’l asosiga -moqchi qo'shimchasini qo'shish orqali hosil qilinadi: kelmoqchi. bormoachiman. avtmoachisan kabi. MAYL SHAKLLARI orqali ZAMGN ma’nolari ham anglashiladi. Xabar mayli har uchala zamon: o'tgan, hozirgi va kelasi zamon ma’nolarini ham ifodalaydi: Hozirgina uydan keldim - o'tgan zamon; Biz kitob o'qiyagmjz - hozirgi zamon; Yaqinda im- tihon topshirasan - kelasi zamon. Buyruq-istak, shart, maqsad mayllari esa faqat keldsi zamon ma’nosini ifodalaydi: borav - kelasi zamon; borsa.m - kelasi zamon; hormoachiman - kelasi zamon. SHAXS-SON SHAKLLARI Shaxs-son shakllari fe’ldan ifodalangan harakat va holatni bajaruvchi shaxsini bildirib, fe’ini kesim sifatida shakllantiruvchi, ega bilan bog'lab keluvchi shakilardir. Fe'llaming I va II shaxsi maxsus shakllar orqali ifodalanadi. Ill shaxsda esa zamon qo'shimchalari shaxs ma’nosini ham ifodalaydi. O'tgan zamonning -di hamda kelasi zamon shart mayli -sa shakllaridan so'ng -m, -ng, -k, -ingiz qo'shimchalari; ravishdosh, sifatdosh shakllari hamda sof fe’lning hozirgi zamon shakllaridan (-a(-y), -b(-ib),-gan (-kan, -qan), -ayotib, -yap, -yotir (^ayotir), -moqda, -moqchi, -r (-ar), -ur, -ajak, -gay) so'ng -man, -miz, -san, -siz qo'shimchalari qo'llaniladi. Masalan: boraman. o'qivman. kelasah. ishladim. o'ynading, o'vlasana.
Shaxs-son qo'shimchalari haqida umumiy xulosalar: Shaxs- son qo'shimchalari tusiovchi qo'shimchalar deb ataladi. So'zlaming shaxs-son qo'shimchalari bilan o'zgarishiga tuslanish deyiladi. Fe'llarda uch xil tuslanish mavjudiigi yuqorida aytildi. I tuslanish shakli xabar maylining o'tgan zamon shakli va shart maylining kelasi zamon shakliga qo'shiitadi. II tuslanish shakli xabar maylining har uchala zamon shakli va maqsad maylining kelasi zamon shakliga qo'shiladi. Ill; tuslanish shakli faqat buyruq-istak maylining kelasi zamon shaklini ifodalaydi. SHAXS-SON QO'SHIMCHALARI SINONIMIYASI I shaxs birlik I shaxs ko'plik qo'shimchalariga sinonim bo'ladi, bunda kamtarlik, mag'rurlik, hurmat yo ko'tarinkilik kabi ma’nolar ifodalanadi: - Yo'q demang, aka. Biz ham tushunadigan odammiz. Xafa qilmaymiz, - Alimardonning o'ylanib turgan ini bosh qach a tushundi. I shaxs birlik II shaxs biriikka sinonim bo'ladi. Bunda harakatning davom etishi, u yoki bu ish-harakatning bajarilishi zarur ekani, ba’zan kutilmaganlik, imkoniyatsizlik kabi ma’nolar anglashiladi: Sabr qit, Mirsalim, sabr. Beparvo ham bo'ima, otingni qamchila, oldini oil - Shunday mulohazalardan keyin Mirsalim Qodir bilan uchrashish fikriga keldi. II shaxs ko'plik I shaxs ko'plikka 'sinonim bo'ladi. Bunda so'zlovchi bilan tinglovchining bir-biriga yaqinligi, orasi yaqinlik ma'nosi anglashiladi: Qani, bolalar, yozamiz (Yozinglar, bolalar). II shaxs birlik III shaxs biriikka sinonipn bo'ladi. Bunda so'zlovchi tinglovchiga beparvo qaragandek, uni o'zidan uzoqlashtirayotgandek ma'no bo'yoqlari ifodalanadi: Anvaryugurib borib, Alimardonning yelkasidan ushlab, o'ziga qaratdi: - Shunaqa narsa bilan hazil qiladimi odam? I shaxs birlik III shaxs biriikka sinonim bo'ladi: Bu orada ham kamina uzr so'raydi. Ko'nglingiz qanday choy tilasa, hojingiz muhayyo qiladi. II shaxs birlik yo ko'plik III shaxs ko'plikka sinonim bo'lib, hurmat yo piching ma’nosi ifodalanadi: Ichkari tarafdan keksa bir xodima Gulshanga salom berdi va «Xush keldilar!» - dedi. U ta’zim qildi: «Safo keldilar, kelsinlarl» - dedi Gulshanga. Ill shaxs birlik III shaxs ko'plikka sinonim bo'ladi va bunda hurmat yo kesatish ma’nolari beriladi: Biz G'irvonga Abdulla Qodiriy izidan keldik. U kishi bundan 40 yil burun Mallaboy aka haqida ocherk yozib, uning shaxmat usulini tasvirlagan ekanlar. - Ha, o'zlari? Keldilarmi? SHAXS-SON QO'SHIMCHALARINING USLUBIYATI Ba’zi holatlarda I shaxsni ifodalash uchun II shaxs qo'shimchasi, shuningdek, birlik ma'nosini ifodalash uchun ko'plik qo'shimchalari qo'llanishi mumkin. Bunday holatlar ma’lum uslubiy maqsadda ro'y beradi. Masalan, Yurasan, yurasan, hech masofa kamaymaydi - yuraman, yuraman, hech masofa kamaymaydi. II va III shaxs birlik shakllari o'mida ko'plik shakli qo'llanilsa, shaxs ko'pligi emas, balki shaxsga hurmat ma’nosi ifodalanadi. Masalan, Dadam keldilar. Siz juda yoqimli kuyladingiz. So'zlang. Ayrim o'zbek shevalarida shart maylidan keyin qolshiladigan shaxs-son shakllari o'rniga o'tgan zamonning -gan shakli, hozirgi va kelasi zamon shakllaridan keyin ishlatiladigan shakl qo'llaniladi. Masalan, borsa o'miga borsamiz, borsavuz. II shaxs buyruq mayli qo'shimchalari o'rniga III shaxs buyruq mayli qo'shimchalari ishlatiladi. Masalan, -kiring o'miga kirsinlar; o'tiring o'rniga o'tirsinlar. Bunday holat o'zidan katta yoki obro'li kishilarga nisbatan qo'llanilib, hurmat ma’nosi ifodalanadi. Munosabat shakllari haqida umumiy xulosalar: Buyruq-istak mayli qo'shimchalari ham mayl, ham zamon, ham shaxs-son ma'nolarini ham ifodalay oladi. Demak, birgina qo'simchaning zamon, mayl, shaxs-son ma’nolarini ifodalay olishi buyruq-istak mayli qo'shimchalariga xos. Xabar mayli har uchala zamonni ham ko'rsata oladi. Buyruq-istak mayli va shart mayli esa faqat kelasi zamon ma'nosini ko'rsatadi. Fe'lning zamon va shaxs-son qo'shimchalarisiz shakli II shaxs birlik sondagi buyruq-istak mayli ma’nosini ifodalaydi. III shaxs birlik sonda zamon qo'shimchalarining o'zi shaxs-son ma'nosini ham bildiradi^ Chunki III shaxs birlik sonning qo'shimchasi yo'q: keldi*'III shaxsda, bu yerdagi -di qo'shimchasi o'tgan zamonni ifodalovchi qo'shimchadir. IKKI XIL MUNOSABAT SHAKLINI BILDIRUVCHI OMONIM QO'SHIMCHALAR Biz oldingi mavzularda munosabat shakllari 6 ta bo'lib, ismlar va fe'llarda uchrashini aytgandik. Ismlarning munosabat shakllariga egalik, kelishik va kesimlik shakllari kirishi, fe’llaming munosabat shakllariga esa zamon, shaxs-son va mayl shakllari kirishidan xabardorsiz. Ayrim qo'shimchalar borki, ular ismlar va fe'llarda munosabat shaklini hosil qiladi. Bunday qo'shimchalar omonim qo'shimchalar hisoblanib, ikki xil munosabat shaklini bildiradi. Ular fe'ldan boshqa so'zlarga qo'shilsa, ismlarning munosabat shakli; j fe'llargas qo'shilsa, fe'llaming munosabat shakli sanaladi. -ng: ismlarda II shaxs birlik sondagi egalik shakli (ukang) va fe’llarda II shaxs \ birlik sondagi shaxs-son shakli (kelding); -ing: ismlarda II shaxs birlik sondagi egalik shakli (kitobjng) va fe'llarda II shaxs ko'plik sondagi buyruq-istak shakli (keljng); -m: ismlarda I shaxs birlik sondagi egalik shakli (ukam) va fe’llarda I shaxs birlik j sondagi shaxs-son shakli (keldim); -ngiz: ismlarda II shaxs ko'plik sondagi egalik shakli (ukangjz) va fe'llarda II shaxs ko'plik sondagi shaxs-son shakli (keldinoiz): -miz: ismlarda I shaxs ko'plik sondagi egalik shakli (Bizning o'quvchimiz) va ismlarda I shaxs ko'plik sondagi kesimlik shakli (Biz o'quvchimiz) hamda fe'llarda I shaxs ko'plik sondagi shaxs-son shakli (borarmz); -man: ismlarda I shaxs birlik sondagi kesimlik shakli (Men o'quvchiman) va fe'llarda I shaxs birlik sondagi shaxs-son shakli (boraman); -san: ismlarda II shaxs birlik sondagi kesimlik shakli (Sen o'quvchisan) va . fe’llarda II shaxs birlik sondagi shaxs-son shakli (borasan); -siz: ismlarda II shaxs ko'plik sondagi kesimlik shakli (Siz o'quvchigg) va fe'llarda II shaxs ko'plik sondagi shaxs-son shakli (borasiz). KO'MAKCHI FE’LLI SO'Z QO'SHILMASI Ishlab chiqdi, ishlab bo'ldi, ishlay boshladi, ishlab yuribdi, ishlab 1 qo'ydi, ishlab yubordi, ishlab yozdi, ishlab turibdi, ishlab ko'rdi singari '< so'zlarga e'tibor bersangiz, ularning hammasi bir umumiy ma’noni - «ishlamoq» 1 ma’nosini ifodalaydi. Bu ma’no, asosan, ravishdosh shaklidagi birinchi qismdan ; anglashiladi. Ikkinchi qism esa birinchi qismdan anglashilgan leksik ma’noga turli qo'shimcha ma’nolami (harakatnjng boshlanishi, davomiyligi, tugallanishi, oson j bajarilganligi, tez bajarilganligi, harakatni bajarishga uringanligi kabi) ma’nolarni yuklaydi. Bunday so'zlar ham tuzilishiga ko'ra fe’l + fe’l tarzida bo'ladi. Birinchi fe'l so'zning asosiy leksik ma'nosini ifodalaydi. Shuning uchun u yetakchi fe'l sanaladi. Ikkinchi qismi esa birinchi qismga (yetakchi fe’lga) qo'shilib unga turli xil qo'shim- ' cha ma’nolarni yuklaydi, lekin yetakchi fe’lning leksik ma’nosini o'zgartirib yubor- | maydi. Undan yangi fe'l hosil bo'lmaydi. Shuning uchun bunday fe’llarga ko'makchi (j fe’llar deyiladi. Ko'makchi fe’lli soz qo'shilmasi fe’l + fe’l ko'rinishidagi birikuv bo'lib, yetakchi, fe’l , bilan ko'makchi fe’lning qo'shilishidan hosil bo'lgan. 3 Yetakchi. fe’l ko'makchi fe’lni qabul qiluvchi ravishdosh. shakli. Ko‘mak- ] chi fe’l - o'z mustaqil ma’nolarini yo'qotgan, ravishdoshning -(i)b, -a, -y shakllariga qo'shilib, asosdan anglashilgan harakat-holatnng bosqichlari (boshlanish, davom etish, tugallanish) ya tarzi (tezligi, imkoniyati)ni ifodalovchi fe’l. Ko'makchi fe’l faqat yetakchi fe'l bilan birgalikda qo'llanadi. Ana shu xususiyati bjlan mustaqil qo'llanuvchi olmoq, tugatmoq, turmoq, tashlamoq fe'llaridan farq qiladi. Qiyoslang: yoza olmoq - ko'makchi fe'l, xatni olmoq - mustaqil fe’l; yozib tugatmoq - ko'makchi fe’l, o'qishni tugatmoq - mustaqil fe'l; aytib turmoq - ko'makchi fe'l, o'rnidan turmoq - mustaqil fe’l; yozib tashlamoq - ko'makchi fe’l, qog'oz tashlamoq - mustaqil fe'l. Esda saqlang: ko'makchi fe’llar o'z ma’no mustaqilligini qisman yoki butunlay yo'qotgan bo'ladi. Masalan, yozib tashlamoq fe’lida yozadi, lekin tashlamaydi, qog'oz tashladi deganda tashlash ma’nosi saqlangan. Qiyoslang: sotib yubormoq - sotadi, lekin yubormaydi; sotib tashlamoq - sotadi, lekin tashlamaydi; sotib qo'ymoq - sotadi, lekin qo'ymaydi. Qiyoslang: U bir oy davomida muntazam ravishda ukol olib keldi - ko'makchi fe’lli so'z qoshilmasi, chunki olgan, lekin kelmagan. Saida uyga turli mevalar olib keldi - qo'shma fe’l, chunki olgan va kelgan. U yo‘l-yo‘lakay har xil qiziq voqealardan gapirib ketdi - so'z birikmasi, chunki bu yerda ikkita mustaqil fe'l birikkan, har biri alohida-alqhida ma'noga va alohi- da-alohida so'roqqa javob bo'lish xususiyatiga ega. Go‘dak bir yoshga yetmas- dan gapirib ketdi- ko'makchi fe’lli so'z qo'shilmasi, chunki gapirgan, ketmagan. Tilimizda ellikdan ortiq fe’llar ko'makchi fe’l vazifasini bajaradi, lekin maxsus ko'makchi fe’l vazifasini bajarishga xoslangan fe’l yo'q. Quyidagi ko'makchi fe'llar yetakchi fe’l asosida ifodalangan harakat yoki holatning bajarilish tarzi ni ifodalaydi: olmoq, yubormoq, tashlamoq, qo'ymoq. Quyidagi ko'makchi fe’llar yetakchi fe'l asosida ifodalangan harakat yoki holatning bajarilish bosqichini ifodalaydi: boshlamoq, yotmoq, yurmoq, turmoq, chiqmoq. Ravishdoshning -a, -y shakliga qo'shiluvchi boshlamoq ko'makchi fe’li harakatning boshlanishini, olmoq ko'makchi fe’li harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini ifodalaydi. Yurmoq, turmoq, yotmoq ko'makchi fe’llari ravishdoshning -(i)b shakliga qo'shilib harakatning d avomliligini bildiradi. Yubormoq, tashlamoq, qo'ymoq ko'makchi fe’llari harakatning tez va oson. bajarilishini bildiradi. Chiqmoq ko'makchi fe’li harakatning to'la yakunlanganini bildiradi. Misollar: Harakat-holatning bajarilish tarzini bildiruvchi ko'makchi fe'llar: Mo'ysafid guilami shiyponga qo'yib, mehmonlar bilan ko'risha ketdi. Sahnaga ko'zi tushdi-yu, yuragi orqasiga tortib ketdi. Mirsodiq eshikni ochdi-yu, sevinib ketdi. Ko'chaga chiqayotib orqasiga bir qarab qo'ydi. Birshoxi singan na’matakka ko'zi tushib qoldi. Mirsodiq jilmayib qo'ydi. Bolakay cho'chib tushdi. Omon dasturxonni yig'ishtirib oldi. Harakat-holatning bajarilish bosqichini bildiruvchi ko'makchi fe'llar: Indamay g'ishtlarni ustma-ust taxlay boshladi. Hozircha muvaqqat sim tortib turaylik. Atrof ko‘m-ko‘k, yo'l chetida qoqi gullar, lolalar qiyg'os ochilib yotardi. Nilufar kitobni uch kunda o'qib chiqdi. mashq. Ko'makchi fe’lli so'z qo'shilmalarini toping. Chor atrofi baland devor bilan o'ralgan tor hovlida uning aqli yetmaydigan ajoyibotlar to'lib-toshib yotibdi. Eng qizig'i, devor boshida o'qtin-o'qtin ko'rinish beradi- gan baboq xo'roz. U o'ziga hayratomuz tikilib turgan Oqbo'yinga boshini u yon-bu yon burib qarab qo'yadi-da, qanotlarini tap-tap qoqqanicha birdan qichqirib qoladiki, sho'rlik Oqto'sh qochaman deb umbaioq oshib tushadi. Gohida shu ish ustida uy egasining o'rtancha o'g'li Rasul kelib qoladi... Rasul uni yerdan ko'tarib bag'riga bosadi, siiab-siypaydi. mashq. Ko'makchi fe’lli so'z qo'shilmalarini toping. 1. Men bu yerda qalamcha suqqanimda «Nimaga boshqalar bosh qo‘shmaydi?» - deb o'ylamaganman. Ekkim kelgan, ekkanman. 2. Ertasi kun bo'yi Esonboyni xavotir aralash kutdim. Daragi bo'lmadi. Ishdan kelgach nari-beri tamaddi qilib uyiga o'tib bor- dim. 3. Sarvi xola indamadi. Bitta-bitta qadam bosib uyi tomon yurib ketdi. 4. Qo'qonga nonushta mahaliga kirib keldik. Esda saqlang: ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasiga so^z yasalishi sifatida qaral-' maydi. Chunki ularda asosiy ma'no faqat yetakchi fe’l asosida ifodalangan ma’no bo'lib, ko'makchi fe’llar turli ma’no nozikliklari qo'shish uchun qo'llaniladi. Masalan, o'qib tashiadi birikmasida o'qish ma'nosi mavjud, xolos, tashlamoq fe’li esa o'qish harakatining tez va oson bajarilganini ifodalash uchun ishlatilgan. Shu bois ko'makchi fe’lli so'z qo'shilmasi nutq birligi hisoblanadi, ular lug'aviy birlik emas. Ko'makchi fe’llar ko'payib borsa, ma'no nozikliklari ham ortib boradi. Qiyoslang: aytib ber- aytib berib tur- aytib berib tura qoi. Berilgan birliklarda birinchisida ber, ikkinchisida berib tur, uchinchisida berib tura qol fe’llari ko'makchi fe’l hisoblanadi. Ko'makchi fe’lli so'z qo'shilmasida yetakchi fe’l yoki ko'makchi fe’l bir necha so'zdan iborat bo'lishi mumkin. Yetakchi fe’li qo'shma so'zdan iborat bo'lgan ko'makchi fe’lli so'z qo'shilmasiga misollar: Bu nima degan gap o'zi, juda jim bo'lib ketdingiz! Uyga tez-tez qo'ng'iroq qilib tur. Opangizga ham yordam berib turing. Majnuntol boshini egib, hammaga salom berib turibdi. Yetakchi fe’li yasama so'zdan iborat bo'lgan ko'makchi fe’lli so'z qo'shilmasiga misollar: Bir mahal yo'l kengayib (keng + ay - sifatdan yasalgan fe’l) ketdi. Birpasgina bo'lsa ham... ko'rinish berib, notavon ko'nglimni tinchitib (tinch + i - sifatdan yasalgan fe’l) ketsang bo'lgani. Yomg'ir tobora kuchayib (kuch + ay - otdan yasalgan fe’l) borayotir. Qizlar o'zaro sekin suhbatlashib (suhbat + lash - otdan yasalgan fe’l) turlshardi. Yetakchi fe’li juft so'zdan iborat bo’lgan ko'makchi fe’lli so‘z qo'shilmasiga misollar: Uning so'zlarini eshitsa ham, indamay-netmay qo'ya qoldi. Bu niyatni Mohlaroyim ham qo'llab-quvvatlab turibdi. Hakima uyalganidan qizarib-bo'zarib ketdi. Akmal bo'lib o'tgan voqeadan xursandligidan yelib-yugurib qoldi. Ba’zan Mehrixonlar oilasiga ham borib-kelib turadi. Chor atrofi balavd devor bilan o'ralgan qo'rg'on uning aqli yetmaydigan ajoyibotlar to'lib-toshib yotibdi. Yetakchi fe’li takroriy so'zdan iborat bo'lgan ko'makchi fe’lli so'z qo'shilmasiga misollar: Qobil bobo, yalangbosh, yalangoyoq, yaktakchan og'il eshigi yonida turib titraydi, tizzalari bukilib-bukilib ketadi. Ona bir necha marta o'z dardini aytib-aytib qo'ydi. Ko'makchi fe’li bir necha so'zdan iborat bo'lgan ko'makchi fe’lli so'z qo'shilmasiga misollar: Qo'shnisi buni bilsa ham, indamay-netmay qo'ya qoldi. Keyin ularning ham chandilgan iplarini yechib, ayirib ola boshladik. Mavzuni menga aytib berib tura qol. KO'MAKCHI FE’LLI SO'Z QO'SHILMASIGA QO'SHIMCHALARNING QO'SHILISH TARTIBI Fe’lning yetakchi fe’l qismi o'zgarmas bo'ladi. Nisbat va bo'lishsizlik shakllari yetakchi fe’l tarkibida ham, ko'makchi fe’l tarkibida ham kelishi mumkin:
Ko'makchi fe’lli so'z qo'shilmasida bo'lishsizlik qo'shimchalari ikki qismning bittasi- ga (yo yetakchi qismga, yo ko'makchi qismga) yoki har ikki qismga qo'shilib kelib, turli ma’nolami ifodalaydi: -ma shakli yetakchi fe'lga qo'shilganda bo'lishsiz shakl davomiy bo'lishsizlik ma'nosini ifodalaydi: o'qib qo'ydi - o'qimay qo'ydi; -ma shakli ko'makchi fe’lga qo'shilganda bo'lishsizlik shakli bir martalik harakat inkori ma’nosini ifodalaydi: o'qib qo'ydi - o'qib ao'vmadi: -ma shakli yetakchi va ko'makchi fe'lga bir paytda qo'shilganda tasdiq ma'nosini ifodalaydi. Bunda tasdiq shakli ikkita inkor shakli orqali ifodalanib, oddiy tasdiq ma’no- sidan kuchliroq bo'ladi: o'qib qo'yadi - o'qimay qo'vmavdi. Zamon, shaxs-son qo'shimchalari, fe’lning vazifa shakllari faqat ko'makchi fe’llarga qo'shiladi:
FE’LNING BO'LISHSIZLIK SHAKLI Fe’llar bo'lishli va bo'lishsiz fe’llarga bo'linadi. Bo'lishli fe’llar harakat yoki holatning bajarilganini ko'rsatadi, grammatik shakli, ya’ni qo'shimchasi yo'q. Masalan, yurdi, o'qigan, yozmoqchi kabi. Bo'lishsiz fe’llar esa harakat yoki holatning bajarilmaganini ko'rsatadi. -ma lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha orqali hosil qilinadi. Masalan, keldi kelmadi kabi. Bo'lishsiz fe'llarining shaxs-son qo'shimchalari bilan o'zgarishi o'ziga xos xususiyatga ega. Bo'lishsizlik ma'nosi emas yordamida ifodalanganda shaxs-son qo'shimchasi undan song, yo'q yordamida ifodalanganda esa oldin qo'llaniladi. Qiyoslang: Keldim kelmadim kelgan emasman kelganim yo'q kelmading Kelding - kelgan emassan kelganing yo'q kelmadl Keldi -kelgan emas kelgani yo'q Ayrim shevalarda shaxs-son qo'shimchalari yo'q so'zidan keyin qo'shiladi. Masalan, borganim yo'q o'miga borgan yo'qman, borganing yo'q o'miga borgan yo'qsan. Bo'lishsizlikning uchta yuqoridagi shakli (-ma, emas, yo'q) o'rtasida ma'lum ma’no farqlanishi bor. Sifatdoshning -gan shakli uch xil bo'lishsizlik shakliga ega: Borganim yo'q - fe’ldan anglashilgan harakatning oddiy inkori (borish kerak edi, lekin bormadi) ma'nosini bildirmoqda. '' 2. Borgan emasman - umuman bormaganlikni ifodalamoqda. Bormaganman - qat’iy inkomi anglatmoqda. Fe’lning vazifa shakllarida ham bo'lishsizlik ma’nosi turlicha hosil bo'ladi. -r (-ar) kelasi zamon sifatdoshiga -ma qo'shimchasi qo'shilganda fe’l asosida tovush almashishi (r ning s ga almashishi) kuzatiladi: oqar + ma ? oqmas kabi. -sh (-ish), -moq, -mak, -v (-uv) qo'shimchali harakat nomining bo'lishsizlik shakli -maslik qo'shimchasi orqali hosil qilinadi: o'qish-o'qimaslik. bilmoa—bilmaslik kabi. -b (-ib), -a (-y) qo'shimchali ravishdoshning bo'lishsizlik shakli -may, -mayin, -masdan qo'shimchalari orqali hosil qilinadi: bilib - bilmav. bilmayin. bilmasdan kabi. -gani (-kani, -qani) qoshimchali maqsad ravishdoshi bo'lishsizlik shakliga ega emas. Esda saqlang: ba’zan ikkita bo'lishsizlik shakli orqali bo'lishlilik ma'nosi ifodalanadi: bormav qolmayman - boraman, o'qimay qo'yrna - o'qi kabi. Bunda tasdiq ma’nosi kuchliroq ifodalanadi. Esda saqlang: So'roq gap shaklidagi darak gaplarda ham fe’l kesim tasdiq shaklida bo'lsa inkor ma'nosi, inkor shaklida bo'lsa tasdiq ma’nosi ifodalanadi: Yordam bersangiz, men ham qarab turarmidim? - qarab turmayman degan inkor ma’nosi ifodalangan. Yoki: Birinchi yiliyoq talaba bo'lishni kim xohlamaydi?- hamma xohlaydi degan tasdiq ma’nosi ifodalangan. FE’LLARNING TUZILISHIGA KO'RA TURLARI Fe’llar tuzilishiga ko’ra 4 xil bo’ladi: sodda fe’llar; qo'shma fe’llar; juft fe’llar; takroriy fe'llar. SODDA FE’LLAR bir asosdan tashkil topadi. Sodda tub fe’llar asos holatida ish-harakat va holatni anglatadi. Masalan: qurmoq, ketmoq. Esda saqlang: O'zbek tilida fe’ldan so'z yasovchi qo'shimchalami qo'shish orqali fe’l yasalishi kuzatil- maydi. Shuning uchun tub fe’llar asosining o'zi fe’l bo'lgan so'zlardir. Masalan, sudrat- tirmoq, surishtirmoq, taqamoq, bildirmoq, tashlanmoq kabi. Sodda yasama fe’llar so'z yasovchi qo'shimchalar yordamida boshqa so'z turkumlaridan yasaladi: shod - shodlanmoq, gap - gapirmoq, guv - gu- villamoq, tez - tezlamoq kabi. Misollar: Ko'klam. Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda (yosh + a = yasha - sifatdan yasalgan fe’l). 2. Xadichaning uzunchoq sarg'ish yuzi qizardi (qizil + ar = qizar - sifatdan yasalgan fe’l). 3. Usta temimi cho'g'ga solib bolg'alaydi (bolg'a + la = bolg'ala - otdan yasalgan fe’l), cho'zadi, yassilaydi (yassi + la = yassila - sifatdan yasalgan fe'l), yana olovga soladi. 4. Bir-birimiz bilan tezda eski qadrdonlardek suh- batlashdik (suhbat + lash = suhbatlash - otdan yasalgan fe'l). 5. Mirtursun Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach (yaqin + lash = yaqinlash - ravishdan yasalgan fe’l), u qadamini sekinlatdi (sekin + la = sekinla - ravishdan yasalgan fe’l). QO'SHMA FE’LLAR. Birdan ortiq asosdan tashkil topib, asoslar orasiga boshqa qo'shimchalami qo'shib bo'lmaydigan, bitta so'roqqa javob bo'luvchi fe’llar qo'shma fe’l sanaladi. Masalan: sayr etmoq, taq etmoq, olib kelmoq, buh- yod qilmoq. Qo'shma fe’llaming tarkibi ikki xil bo'ladi. ot (fe’l bo'lmagan so'z) + fe’l tuzilishidagi qo'shma fe’llar. Bunday qo'shma fe’llar ot, sifat, son, olmosh, undov vajaqlid so'zlarga qil, et, bo'l, ayla singari fe’llarni qo'shish bilan hosil bo'ladi. Masalan: bayon qilmoq, turmush qilmoq, o'sal bo'lmoq, o'sal qilmoq, bayram qilmoq, yangi bo'lmoq, shunday bo'ldi, taraq etdi, hurmat qilmoq, ogoh aylamoq, sayr qilmoq, quloq solmoq, yordam bermoq, imzo chekmoq, salom bermoq, tarbiya qilmoq, eski bo'lmoq, bir bo'lmoq, chirs etmoq, jim bo'lmoq, javob bermoq, savol bermoq, bir bo'ldi, o'ziga kelmoq kabi. Ot + fe’l tuzilishidagi qo'shma fe’llaming ikkinchi qismini tashkil etuvchi fe’llardan aylamoq uslubiy xoslangan bo'lib, faqat badiiy uslub doirasidagina ishlatiladi: sayr aylamoq, ogoh aylamoq kabi; fe’l + fe’l tuzilishidagi qo'shma fe’llar. Bunday qo'shma fe’llar fe’l shakllariga kelmoq, ketmoq singari fe’llarni qo’shish bilan hosil bo'ladi. Bunday qo'shma fe’larning birinchi qismi fe'lning -b (-ib), ba'zan -a ravishdosh shaklida bo'ladi. Shaxs-son, zamon, bo'lishli-bo'lishsizlik singari qo'shimchalar qo'shma fe’lning ikkinchi qismiga qo'shiladi: kirib chiqmoq, sotib olmoq, olib kelmoq, borib kelmoq, ola kelmoq kabi. Qo'shma fe’llaming har ikkala qismi o'zining lug'aviy ma’nosini saqlagaydi. Masalan: borib keldi (ham bordi, ham keldi), ikkinchi qismi o'z ma’nosida qo'llanganda ko'makchi fe’lli so'z shakli hosil bo'ladi. Masalan: o'qib chiqdi (o'qidi, lekin chiqmadi, balki o'qishni tamomladi, tugatdi). Qo'shma fe'l qismlari ajratib yoziladi. JUFT FE’LLAR. Ikki fe’l jufdigidan tashkil topgan, bitta so'roqqa javob bo'luvchi va bitta gap bo'lagi vazifasida keluvchi fe’llar juft fe’llar sanaladi. Juft fe'llar ish-harakat- ning tez va kutilmaganda ro'y berishini ifodalaydi. Juft fe'l qismlari doimo chiziqcha bilan yoziladi: aytdi-qo'ydi, yozdi-oldi kabi. Oldi-berdi, bordi-keldi kabi juft so'zlar of turkumiga o'tgan so'zlar hisoblanadi. TAKRORIY FE’LLAR. Asosni takroriash bilan hosil bo'lgan juft fe’llar takroriy fe’llar ham deyiladi. Takroriy fe’l qismlari ham doimo chiziqcha bilan yoziladi. Fe’lning -b (-ib), -a (-y) qo'shimchali ravishdosh shakli va -gan (-kan, -qan) qo'shimchali o'tgan zamon sifatdoshi takroriy holda ham ishlatiladi. Masalan: Shunaqa, singlim, odam yig'lab-yig'lab marza olsa, kulib-kulib sug'orar ekan. Ishlay-ishlay charchadim. Hozirgi yoshlar shunaqa, kattalami kuydirgani-kuydirgan. FE’L YASOVCHI QO'SHIMCHALAR
Fe’l yasashning eng keng tarqalgan turi qo'shimchalar qo'shish yo'li bilan, ya'ni affiksatsiya usuli bilan fe'l yasashdir. Bunday usul bilan fe'l bo'lmagan so'zlardan fe'l yasaladi. Chunki o'zbek tilida affiksatsiya usuli bilan fe'ldan fe'l yasalmaydi. Hozirgi o'zbek tilida eng faol yasovchi qo'shimcha -la qo'shimchasidir. Bu qo'shimcha sondan boshqa barcha so'zturkumlariga qo'shilib fe’l yasay oladi. Masalan: sizla (olmoshdan fe’l yasaldi), ishla (otdan fe’l yasaldi), tekisla (sifatdan fe’l yasaldi), tezla (ravishdan fe’l yasaldi), dodia (undov so'zdan fe’l yasaldi), shivirla (taqlid so'zdan fe’l yasaldi) kabi. Eslatma: -la qo'shimchasi fe’llarga qo'shilganida so'z yasovchi qo'shimcha emas, lug'aviy shakl yasovchi qo'shimcha hisoblanadi: sava - savala, quv — quvla, buk bukla, opich - opichlg, qashi - qashila kabi. -la qo'shimchasi otlarga qo'shilib fe’l yasaganda quyidagi ma'nolami bildiradi: yasashga asos qismdan anglashilgan narsa-predmet bilan ma'nolarini bildiradi: o‘g‘itla, moyla; narsa-qurol bildiruvchi otlarga qo'shilib shu asbob bilan bajariladigan harakatni bildiradi: qaychila, arrala, egovla, ketmonla', d) yasashga asos qismdan anglashilgan narsani yuzaga keltirish ma'nosini bildiradi: urug‘la, bolala kabi. Sifat va ravishlarga -la yasovchi qo'shimchasi qo'shilganda yasashga asos qismdan anglashilgan tus, holatga kirish harakatini bildiradi. Masalan: tekisla, silliqla, to‘g‘rila, tezla, tozala kabi. -la qo'shimchasi undov so'zlarga qo'shilib yasashga asos qismdan ifodalangan his-hayajon, buyruq-xitoblaming bajarish harakatini bildiradi: xixila, ufla, dodla kabi. -la qo'shimchasi taqlid so'zga qo'shilib yasashga asos qism ifodalagan tovushning yuz berishini ifodalaydi: gumburla, taraqla kabi. Sifat, ravish, undov va taqlid so'zlarga -la yasovchi qo'shimchasi qo'shilib fe’l yasaganda yasovchi qo'shimchasi qil, et, de, singari fe’llari bilan sinonimlik munosabatda bo'ladi va ulami ko'pincha biri o'rnida ikkinchisini qo'llash imkoniyati tug'iladi,. Masalan: tekisla - tekis qil, silliqla - siliiq qil, ufla - uf de, dodla - dod de, gumburla - gumbur et, taraqiadi - taraq etdi kabi. Lekin doimo emas. Masalan: fez/ani tez qilga almashtirib bo'lmaydi. Eslatma: -la fe’l yasovchi qo'shimchasi ba’zan -ta (izla - ista), -ga, -ka (hidla - iska) holida ham talaffuz qilinadi. -la fe’l yasovchi qo'shimchasi ba'zan bilan ta’minlash qo'shimchasining qisqargan shakli -la (qo‘l-la - qo‘1 bilan bajarib bo'lmaydi) hamda -la (-oq, -yoq yuklamasi bilan ma'nodosh) yuklamasi bilan (Ace//£>-/a ketdi - keliboq ketdi) omonimlik munosabatda bo'ladi. Shuning uchun -la yasovchisini so'zga kuchaytiruv-ta’kid ma’nosini yuklaydigan -la yuklamasidan farq qilish kerak. Masajan, kelib-la ketdi - keliboq ketdi, qo‘1 I a (madad qil) va qo‘l-la (qo‘1 bilan). Hozirgi o'zbek tilida -la qo'shimchasidan tashqari yana quyidagi qo'shimchalar yordamida fe'l yasaladi: -i qo'shimchasi ot va sifatlardan fe’l yasaydi: boy - boyi tinch - tinchi chang -- changl, ranj - ranji kabi; -ilia qo'shimchasi taqlid so'zlardan fe’l yasaydi: chirq - chirqilla. uv - uvulla. guv - auvulla kabi; -ira qo'shimchasi taqlid so'zlardan fe’l yasaydi: yarq - varqira. chirq - chirqira kabi; -y (-ay) qo'shimchasi ot, sifat va ravishlardan fe’l yasaydi: past - pasav. Sust -susav, ko'p - ko'pay. oz - ozay, sariq - sarg'ay, kuch - kuchav. kam kamay kabi; -r (-ar) qo'shimchasi ot va sifatlardan fe’l yasaydi: ko'k - ko ‘kar, eski - eskir, qisqa - qisqar, bo'z - bo'zar, qizil - qizar, o'zga - o'zgar, yangi - yangir, oq -oqar kabi; -sira: qo'shimchasi ot, olmosh va sifatlardan fe’l yasaydi: suv - suvsira. yot votsira. tuz - tuzsira. sen - sensira. manman - manmansira. begona beaonasira kabi; -k (-ik) qo'shimchasi ot, son va ravishlardan fe’l yasaydi: kech - kechjk, ko'z ko'zjk, bir - birik, ich - ichjk kabi; -q (-iq) qo'shimchasi ot va sifatlardan fe’l yasaydi: yo'l - yoV/g, zor - zorjg, zo'r-zo'rig. va boshqalar; -ir qo'shimchasi ot va taqlid so'zdan fe’l yasaydi: gap - gapir, tuf- tupur kabi; -Ian qo'shimchasi ot, sifat, sonlardan fe’l yasaydi: faxr - faxrlan. ot - otlan. shod - shodlan. tinch - tinchlan. qurol - qurollan. ikki - ikkilan kabi; -lash qo’shimchasi ot, son, undov so’zlardan fe’l yasaydi: yordam - vordamlash. ko'mak - ko'maklash. gap - aaplash. bir - birlash. savdo savdolash. xavr - xavrlash. salom - salomlash kabi; -a qo'shimchasi ot, sifat va taqlid so'zlardan fe’l yasaydi: o'yin - o'yna, tun - tuna, qon - qona, qiyin - qiyna, ot - ata, yosh - yashg, son - sana, guldur- guldura, shiidir- shildira kabi; -sa qo’shimchasi otlardan fe’l yasaydi: suv - suv§g;kabi; -si qo’shimchasi ot, sifat, taqlid so'zlardan fe’l yasaydi: alax - alaxsi bo'r - bo'rsi (hidla ma’nosida), garang - garangsi kabi; -ra qo'shimchasi taqlid so'zlardan fe’l yasaydi: gang - gangra, ing - ingra kabi. Esda saqlang: O'zbek tilida fe’ldan fe’l yasalmaydi. -la qo'shimchasi sondan fe’l yasamaydi. Taqlid so'zlaming hammasidan fe’l yasaladi. Fe’l yasovchi qo'shimchalarning imlosi -la qo'shimchasi ayrim otlardan fe’l yasaganda tovush tushishi va almashishi kuzatiladi: ang + la = angla, yigl + la = yig'la; -a qo'shimchasi ayrim ot va sifatlardan fe’l yasaganda tovush tushishi va almashishi kuzatiladi: o'yin + a = o'yna, qiyin + a = qiyna, son + a = sana, ot + a = ata, yash + a = yasha; -ay qo'shimchasi ayrim sifatlardan fe’l yasaganda tovush tushishi kuzatiladi: past + ay = pasay, sust + ay = susay, ulug' + ay = uig'ay. Sariq so'zidan -ay qo'shimchasi orqali fe’l yasalganda birdaniga ikkita hodisa: tovush tushishi va almashishi kuzatiladi: sanq + ay = sarg'ay. Bunda sariq so'zining asosidagi i tovushi tushib qolgan, q tovushi g‘ tovushiga almashgan. -ilia qo'shimchasi v bilan tugagan va asosida u qatnashgan taqlid so'zlardan fe’l yasaganda tovush almashishi kuzatiladi: shov + Hla = shcjvulla, gur + ilia - gunjlla, lov + ilia = lovulla; -ir qo'shimchasi taqlid so'zdan fe’l yasaganda tovush almashishi kuzatiladi: tuf + ir = tugur. Esda saqlang: Ayrim so'zlardan bir necha qo'shimcha orqali fe’l yasaladi. Masalan: yo‘l: yo'IJa, yo'lig, yo'la; zo‘r: zo'rla, zo'rig, zo'ray; suv: suvja, suvsa, suvsira: bir: birlash. birik; yuz: vuzlan. vuzlash: yo‘q: yo'qJa, yo'qgt; sen: senla, sensira: gap: gapir, gapjash. FE’LNING LUG'AVIY SHAKL YASOVCHILARI Fe’llarda harakat va holatning kuchliligi hamda davomiyligini bildiruvchi qo'shimchalar mavjud. Bular quyidagilar: -la: savaja, quvja, ishqaja; -kila: tepkjja, turtkila: -qila: tortaila: -g'ila: eza'ila. cho'za'ila: -qi: yulgi; -g‘i: to'zgl. Harakat va holatning kuchsizligini bildiruvchi qo'shimchalar quyidagilar: -ish: to'ljshdi; -(i)msira: kulimsira. via'lamsira: -nqira: ishongira, oqarinqira. RAVISH SO‘Z TURKUMI Harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o'rni, daraja-miqdori kabi belgilarini bildiruvchi va qanday?, qayer?, qachon?, qancha?, so'roqlariga javob bo'luvchi so'zlar ravish deyiladi. Ravishlar ko'pincha fe’lga (tez keimoa). ba’zan otga (ko'p kitob). sifat- ga (biroz katta) bog'lanadi. Ravishlar tarkibida -ga, -dan kelishik qo'shimchalari, -i (-si) III shaxs birlik son egalik qo'shimchasi,.-lar ko'plik qo'shimchasi yaxlitlanib qolgan. Shuning uchun ularga turlanish sifatida qaralmaydi. Masalan, birdan, zimdan, qo'qqisdan, yangidan, birdaniga, harbiychasiga, kechasi, kunduzi, uzoqdan, oldinda, tubdan, rostdan, avvallari, kechalari ravishlari tarkibida egalik va kelishik qo'shimchalari bo'lsa ham, ular turlanmagan. Chunki bu kabi ravishlardagi qo'shimchalar asos qism bilan mustahkam birikib hozirgi kunda ajralmas holga kelgan. Bu qo'shimchalardan tashqari qadimgi davrlarda keng ishlatilgan -ra qo'shimchasi (so'ngra, uzra), -a qo'shimchasi (qayta, ko'tara), -in (-un) qo'shimchasi (birin-ketin, ostin-ustun, qishin-yozin) so'zlar tarkibida yaxlitlanib qolgan. RAVISHLARNING SINTAKTIK VAZIFASI Ravishlar holning barcha turlarini hosil qiladi. Holat, daraja-miqdor ravishlari fe'lga bog'lansagina hoi vazifasini bajaradi. Masalan: Xo'roz arang qochib qutulibdi. Oz so'zla, ko'p o'yla. O'rin, payt, sabab, maqsad ravishlari esa har doim hoi vazifasini bajaradi. Ravishlar otga bog'lansa sifatlovchi-aniqlovchi vazifasini bajaradi. Masalan: Otamizning o'lganiga ancha yil o'tib ketdi. Oz so'z - soz so'z. Ravishlar gapning oxirida kelsa ot kesim vazifasini bajaradi. Masalan: O'tloqda bedana ko'p, dangasada bahona ko'p. RAVISHLARNING MA’NO TURLARI Ravishlar ma'nosiga ko'ra holat, payt, o'rin, miqdor-daraja, maqsad-sabab ravish- lariga bo'linadi. MAQSAD VA SABAB RAVISHLARI. Ataylab, atayin, atay, jo'rttaga, qasddan, azza-bazza kabi ravishlar maqsad ravishlari, noiloj, noilojlikdan, chor-nochor, ilojsizlikdan kabi ravishlar sabab ravishlari hisoblanib, ulaming miqdori u qadar ko'p emas. HOLAT RAVISHI. Harakat-holatning qanday vaziyatda bajarilganini bildirgan va qanday?, qay holda?, qay tarzda?, so'roqlariga javob bo'luvchi ravishlarga holat ravishlari deyiladi. Holat ravishlariga jim, yayov, chindan, qo'qqisdan, piy- oda, majburan, tasodifah, astoydil, eski cha, qatorasiga, birma-bir, yakkama-yakka, yonma-yon, bafurja, arang, zo'rg'a, mardlarcha, ya- qqol, yangicha, o'rtacha, bazo'r, bazur, bemalol, beomon, beto'xtov, to'xtovsiz, bexosdan, tez, asta, sekin, ohista, birdan, birdaniga, bir-bir, omon-eson, darrov, darhol, ochiq-oydin, xomligich, yuzma-yuz kabi ravishlar kiradi. Esda saqlang: qo'qqisdan, to'satdan, birdaniga, birdan singari ravishlar harakatning kutilmagan paytda tez yuzaga kelganini ifodalaydi. To'satdan ravishi ayrim shevalarda to'sindan holida ham talaffuz qilinadi. Bunda u dialektal variant hisoblanadi. Holat ravishi gapda: fe'lga bog'lanib, ravish holi vazifasida keladi: Botir sekin ko'zini ochdi. otga bog'lanib, sifatlovchi aniqlovchi vazifasida keladi: Yigitning ko'ngli tinchidi va aybdorlarcha tabassum bilan qizga qaradi. ot kesim vazifasida keladi: Dalada ishlar jadal. PAYT RAVISHI. Harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini bildirib, qachon? so'rog'iga javob bo'luvchi ravishlar payt ravishlaridir: endi, hozircha, so'ngra, hanuz, hamisha, doimo, hamon, dastlab, erta-indin, qishin-yozin, kecha-kunduz, ertalab, saharlab, kuni bilan, yildan yilga, kundan kunga, oydan oyga, nuqul, onda-sonda, ba’zan, dam o'tmay, hali-beri, hati, tunov kuni, bugun, ertaga, kechasi, kunduzi-kech, erta-kech. Payt ravishlari gapda asosan, hoi, ba’zan ot kesim vazifasini bajaradi. Hoi: Bugun sening tug'ilgan kuning, bugun uying gulga to'ladi. Ot kesim: Pax- ta dalalarida musobaqani, terimini qizitish pallasi - hozir. O'RIN RAVISHI. Harakat-hofatning bajarilish yoki bajarilmaslik o’mini bildirib, qayer? so’rog’iga javob bo’luvchi ravishlar o'rin ravishlaridir: olg'a, ichkari, tashqari, nari, uzoqdan, yaqindan, olisda, yuqorida, pastda, quyida, ortda, u yerda, bu yerda, VVyoqqa, bu yoqqa, berida, nari-beri. O’rin ravishlari, asosan, o’rin holi, ba’zan ot kesim vazifasini bajaradi. Hoi: Oldin- dan sovuq shamol esardi. Ot kesim: Hali yutuqlarimiz oldinda. MIQDOR-DARAJA RAVISHI. Harakat-holatning bajarilishdagi miqdor-dara- jasini yoki belgining darajasini bildirib, qancha? so’rog’iga javob bo’luvchi ravishlar miqdor-daraja ravishlaridir: sal, oz, picha, ko'p, kam, ancha, xiyol, xiyla, biroz, birtalay, jinday, eng, nihoyatda, juda, sal-pal, bag'oyat, oz-moz, o'ta, obdon, g'oyat, qittay. Miqdor-daraja ravishi gapda: \ 1) asosan, fe’lga bog'lanib, daraja-miqdor holi vazifasini bajaradi: Oz gapir, ko'p tingla. ba’zan otga bog’lib, sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi: Oz so'z soz so'z. gapning oxirida kelib, ot kesim vazifasini bajaradi: Qalbimizda orzularimiz ko'p. Ravishlarning ma’no turlari doirasidagi omonimlik. Salmon ota gapni uzoqdan boshladi - holat ravishi Uzoqdan uni bir ho'kiz to'xtovsiz chaqirib kelardi - o'rin ravishi Universitet yaqinda, piyoda borsam ham bo'ladi - o'rin ravishi Yaqinda test topshiramiz - payt ravishi Siz bilan yaqindan tanishmoqchiman - holat ravishi Yaqindan qizlaming kulgisi eshitildi - o'rin ravishi Partalami nari-beri surdik - o'rin ravishi Choyni nari-beri ichdi - holat ravishi MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR mashq. Gapda nechta ravish borligini aniqlang. Ulami bog'langan so'zi bilan birga ko'chiring. Tuzilishiga ko'ra turlarini ayting. 1. Shu payt uydan - yotog'imizdan bolalar ham birin-ketin ko'zlarini ishqalab, har yoqqa qarab tushib kela boshlashdi. 2.o`rtancha botir qo'rqmadi, jim turdi. 3. Uzoqdan kun botish tomondan g'ira-shira uchqun ko’rinjb qoldi. 4. Bular piyoda asta-sekin o'rdaga bordilar. 6. Buxoroga omon-eson yetib borganlaridan so'ng uning tarhini yaxshilab qog'ozga chlzajagini aytdi. mashq. Gapda nechta ravish borllglnl aniqlang. Ularni bog'langan so'zi bilan birga ko'chiring. Tuzilishiga ko'ra turlarini ayting. 1. Tinglar edim betinim Uzun tunlar yotib jim. 2. Ikki oshna kechki salqin bilan piyoda yo'lga tushibdi. 3. Birdan xayoliga kelgan fikrdan uning vujudi titrab ketdi. 4. Jo'raboyev ham jimgina o'tirib hammaga razm soldi. mashq. Gapda nechta ravish borligini aniqlang. Ulami bog'langan so'zi bilan birga ko'chiring. Tuzilishiga ko'ra turlarini ayting. 1. Tashqariga chiqib G'ofurjon boydan ketishga izn so'raydi. 2. Sherqo'ziga ko'zi oldidan nari ketishi uchun ruxsat bermay qo'ydi. 3. Salmon ota gapni uzoqdan boshladi. Idoraga yaqin qolganda Nuriddin otga qamchi urdi. 5. Oldinda Shirinbuloq qishlog'i butun bo'y-basti bilan yastanib yotardi. mashq. Gapda nechta ravish borligini aniqlang. Ularni bog'langan so'zi bilan birga ko'chiring. Tuzilishiga ko'ra turlarini ayting. 1. Yaxshiligingiz sira-sira yerda qolmaydi. 2. Qaddini rostlab, eshikni uzoq taqillatdi. Abdushukur bu yerdan tezda chiqib ketish payiga tushdi. 4. Bo'ying sal cho'zilsin, bironta duradgor usta topilsa, shogirdlikka topshiraman. 5. U aravani Nuriddin minganini ko'rib xiyla yengil tortdi. 6. Ko'p o'tmay hamma ichkariga taklif etildi. 7. Kunduzi o'ralashib yurganlardan bu yerda qittay ham qolmagan. mashq. Gapda nechta ravish borligini aniqlang. Ulami bog'langan so'zi bilan birga ko'chiring. Tuzilishiga ko'ra turlarini ayting. Keyin u yoqqa o'tamiz deb o'ng tarafdagi oynavand uyga ishora qildi. 2. Jiydazordan hozirgina keldim. 3. Ertaga chigit ekishni boshlaymiz. 4. Uni buguncha tinch qo'y. 5. Yolg'on gapga ishonmang, erta-yu kech daladaman. 6. Yarim kechadan keyin Salmon otaning uyqusi butunlay qochdi. 7. Erta-indin rejani to'ldirgani haqidagi xushxabami topshirmoqchi. RAVISHLARNING YASALISHI
Yasama ravishlar yasashga asos qismga yasovchi qo'shimcha qo'shish yordamida yoki so'zlami bir-biriga qo'shish orqali hosii qilinadi. Yasashga asos qism ot, sifat, olmosh, sifatdosh, ba’zan ravish bo’lishi mumkin. Quyidagi qo'shimchalar ravish yasash uchun xizmat qiladi: -cha: eskicha, o'zicha kabi; -lab: saharlab, haftalab, tonnalab kabi; -larcha: mardlarcha, do'stlarcha kabi; -ona: itoatkorona, do'stona, fidokorona kabi; -siga: yoppasiga kabi; -iga: baravariga kabi; -namo: uyalgannamo kabi; -chasiga: erkakchasiga, qatorasiga kabi; -lay (-layin): tiriklay, tiriklayin, butunlay kabi; -n (-in, -un): ertan-kechin, qishin-yozin, ochin-to'qin, ostin-ustun kabi; -an yasovchi qo'shimchasi arabcha so'zlarga qo'shilib ulardan ravishlar yasaydi: taxminan, qalban, javoban. Ravish yasovchi ayrim qo'shimchalarning boshqa qo'shimchalar bilan omonimligi Ravish yasovchi -cha qo'shimchasi otlardagi kichraytirish-erkalash qo'shimchasi bo'lgan -cha bilan omonimik munosabatda bo'ladi. Masalan, yosh yigit- cha-yigitcha ishladi. Bu yerda -cha qo'shimchasining omonimligi asosida leksema omonimligi vujudga kelgan: Yigitcha: 1. Kichkina yigit. 2. Yigit kabi. , rcha qo'shimchasining bu ikki vazifasi urg'u bilan ham farqlanadi. Kichraytirish-er- kalash ma'nosini bildiruvchi -cha qo'shimchasi urg'u oladi. Ravish yasovchi -cha qo'shimchasi esa urg'u olmaydi. Bunday so'zlarda urg'u -cha qo'shimchasidan oldingi bo'g'inga tushadi. -cha qo'shimchasini tushirib qoldirib, bu qo'shimchani olgan so'z oldidan kichkina so'zini qo'yish mumkin bo'lsa, -cha qo'shimchasi otning kichraytirish-erkalash shaklini hosil qiluvchi qoshimcha hisoblanadi. Masalan, quticha - kichkina quti, uycha - kichkina uycha kabi. -cha o'miga -dek, kabi, singari ko'makchilarini qo'shish mumkin bo'lsa, u ravish yasovchi qo'shimcha hisoblanadi. Masalan, yigitcha - yigit kabi (singari). -lab qo'shimchasi so'z yasovchi va lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalar doirasida omonimlik hosil qiladi. -lab - ravish yasaydi - so'z yasovchi: ertaiab, haftalab; -lab - chama son yasaydi - lug'aviy shakl yasovchi: yuzlap, o'nlab, minglab; -la (fe’l yasovchi qo’shimcha - so'z yasovchi qo'shimcha) + -b (ravishdosh shakli yasovchi - lug'aviy shakl yasovchi) = -lab: ishlab, tayyorlab, boshlab. -larcha qo'shimchasi so'z yasovchi va lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalar doirasida omonimlik hosil qiladi. -larcha - ravish yasaydi - so'z yasovchi: mardlarcha, do'stlarcha: -larcha - chama son yasaydi - lug'aviy shakl yasovchi: yuzlarcha, o'nlarcha, minglarcha. -siz qo'shimchasi ravish yasovchi, sifat yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalar doirasida omonimlik hosil qiladi. -siz - ravish yasaydi - so'z yasovchi: tinimsjz ishladi; -siz - sifat yasaydi - so'z yasovchi: gulsiz mato; -siz - ismlarni kesimga xoslovchi shakl - sintaktik shakl yasovchi: Siz yaxshi in- sonsjz. -siz - fe’llaming shaxs-son shakli - sintaktik shakl yasovchi: Siz bugun biznikiga kelasjz. RAVISHLARNING TUZILISHIGA KO‘RA TURLARI Ravishlar tuzilishiga ko'ra sodda, qo'shma, juft va takroriy ravishlarga bo’linadi. SODDA RAVISHLAR. Bir asosdan iborat bo'lgan ravishlarga sodda ravishlar deyiladi: boya, ertalab, saharlab, do'stona, hozir, tez kabi. Sodda ravishlar tub va sodda yasama ravishlarga bo'linadi. Tub ravishlar tarkibida so'z yasovchi qo'shimcha bo'lmagan ravishlardir: hali, hozir, sekin, tez, oldinda, uzoqdan, yaqinda kabi. Sodda yasama ravishlar tarkibida so'z yasovchi qo'shimcha bo'lgan ravishlardir: do'stona, mardlarcha, uyalgannamo, aybdorlarcha, tinimsiz, beto'xtov kabi. Sodda yasama ravishlar affiksatsiya (morfologik) usul bilan yasalgan. QO'SHMA RAVISHLAR. Ikki va undan ortiq so'zlaming qo'shilishidan hosil bo'lgan ravishlardir. Qo'shma ravishlar kompozitsiya (sintaktik) usul bilan yasalgan. Qo'shma ravishlar takibida 1) bir soni: birtalay, biroz, bir qancha, birzumda kabi; 2) har, u, bu, shu olmoshlari: har doim, har gal, har yerda, u yerda, bu yerda, u yoqqa, bu yoqqa, shu onda, shu vaqt, shu tobda kabi qatna- shadi. Tarkibida olmosh qatnashgan ravishlami qo'shma olmoshlardan farqlash kerak. Qo'shma olmoshlar har so'ziga bir so'zi va so'roq olmoshlari qo'shilishidan hosil bo'ladi: har bir, har kim, har qachon - qo'shma olmosh. Qo'shma ravishlar esa har so'ziga aniq paytni yoki aniq joyni bildiruvchi so'zning qo'shilishidan hosil bo'ladi: har gal, har doim, har yerda - qo'shma ravishlar. JUFT RAVISHLAR. Ikki asosni yonma-yon keltirishdan hosil bo'ladi: as- ta-sekin, bugun-erta, eson-omon, erta-kech kabi. TAKRORIY RAVISHLAR. Bir asosni aynan yoki tovush o'zgarishi yordamida takrorlashdan hosil qilinadi: oz-oz, oz-moz, sal-pal, tez-tez, sekin- sekin kabi. BILIB OLING: Ravishlarda boshqa turkumlardan farq qiluvchi muhim xususiyat bor. Boshqa mustaqil so'z turkumlari so'z yasovchi qo'shimchalar qo'shish va so'zlami qo'shish orqaligina yasaladi. Ularda so'zlami juftlash va takroriash orqali yangi so'z yasalmaydi. Yasama ravishlar esa qo'shimchalar qo'shish, so'zlami qo'shish, asos qismni juft va takror qo'llash yo'li bilan hosil qilinadi. Faqat ravishlardagina juft va takroriy so'zlar yasama ravish bo'la oladi. Lekin bunda ham ma'lum chegara bor. Agar ravish turkumidagi so'zlar juftlansa yoki takrorlansa va yangi ma’no ifodalamasa, u holda bunday ravishlarga yasama ravish sifatida qaralmaydi: tez-tez, oz-moz, sekin-asta, sal-pal ravishlari yasama ravishlar emas. Ravish turkumidagi o'rin ravishi hisoblangan nari va beri so'zlarining juft shakli o'rin ma’nosini emas, holat ma’nosini Kbdalagani uchun yasama ravish sanaladi. Partalami nari surdik. Partalarni nari-beri surdik. Ushbu gaplarda qo'llangan nari va nari-beri so'zlari o'rin ma'nosini bildirgani uchun yasama ravish emas. Choyni nari-beri ichdim. Ushbu gapdagi nari-beri ravishi yasama ravish hisoblanadi, chunki o'rin ma’nosini emas, holat ma'nosini ifodalashga xoslanib qoldi. Demak, yasama ravishlar boshqa so'z turkumlarini takroriash va juft- lash yordamida hosil qilinadi. Bunday yasama ravishlarda oldingi so'z turkumi o'z ma’nosidan uzoqlashadi. Qiyoslang: Uyga kirdi gapidagi uyga so’zi ot, Uyma-uy yurdi gapidagi uymaruy so'zi yasama ravish, chunki uyma-uy so'zi qay tarzda? so'rog'iga javob bo'ladi. So'zlami takroriash va juftlash yo'li bilan ravish yasalganda ular quyidagi so'z tur- kumlaridan bo'ladi: .Ot-ot (qator-qator, tun-kun, yildan yilga) Sifat - sifat (uzundan uzun, ochiqdan ochiq) Fe’l - fe’l (uzil-kesil, turib-turib, qo'sha-qo'sha, qo'yarda-qo'ymay, bilinar-bilinmas) Ravish - ravish (oldinma-keyin, nari-beri) Olmosh - olmosh (o'z-o'zidan, o'z-o'zicha, o'zidan o'zi) Son - son (birma-bir) Taqlid so'z - taqlid so'z (taqa-taq, shart-shurt) va boshqalar. YORDAMCHI SO'ZLAR Yordamchi so'zlar-atash ma’nosiga ega bo'lmagan, ma’lum so'roqlarga javob bo'lmaydigan va gapda ma’lum gap bo'lagi vazifasida kelmaydigan so'zlar. Yordamchi so'zlar mustaqil so'zlami yoki gaplarni bir-biriga bog'lash, ulaming ma'nolariga qo'shimcha ma’no yuklash vazifalarini bajaradi. Yordamchi so’zlarga ko'makchi, bog'lovchi va yuklama kiradi. KO'MAKCHI Ko'makchi - ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib ularni hokim so'zga bog'lash uchun xizmat qiluvchi bilan, uchun, kabi, singari, orqali, sayin, sari, haqida; uzra kabi so'zlar. Misollar: Ish bilan ovora bo'lib kunning ham o'tganini bilmay qolasan kishi. Qish qo'ynidan baxt singari yoz uchib kelur. Ko'makchilar tarixan mustaqil so'zlar bo'lib, hozirgi kunda leksik ma'nosini yo'qotgan va grammatik ma'no ifodalashga o'tgan. Mustaqil ma'nosini yo’qotish darajasiga ko'ra ko'makchilar sof (asl) va vazifadosh ko'makchilarga bo'linadi. SOF KO'MAKCHILAR - atash ma’nosini tamoman yo'qotib, faqat o'zi birik- kan so'zni boshqa so'zga tobelashtirib bog'lash uchun xizmat qiladigan ko'makchilar. Bilan, sari, sayin, uchun, kabi, qadar, singari, uzra, tufayli, haqida, birga, holda kabi ko'makchilar sof ko'makchilardir. Misollar: 1. Barchasidan qovun soz, Paykal uzra dumalar. Halollik buyuklik sari dastlabki qadamgina bo'lib qolmay, buyuklikning ayni o'zidir. Temur tig'i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher. Qalam-la men to'qiyman qo'shiq, U - insonga, elga xizmatim. Abdulla Oripovga adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun 1989-yili«O'zbekiston xalq shoirto unvoni berildi. Ba'zan bilan, uchun ko'makchilari badiiy uslubda -la, -chun shaklida qo'llanadi va chiziqcha bilan yoziladi. Masalan, Fursat g'animatdir, shoh satrlar-la Be- zamoq chog'idir umr daftarin. Juda soz! Albatta, kiyib birini safarga do'stlar-la men ham chiqaman. Sof ko'makchilar urg'u olmaydi. Urg'u ko'makchi bilan birga kelgan mustaqil so'zning oxirgi bo'g'iniga tushadi. Shuning uchun ko'makchi ohang tomonidan o'zidan oldingi so'z bilan bir butunllkni tashkil qiladi, lekin yozuvda ko'makchi doimo ajratib yoziladi. Masalan: osmon uzra birikmasida uzra so'zi sof ko'makchi bo'lgani uchun urg'u olmaydi, bunda urg'u osmon so'zining oxirgi bo'g'iniga tushadi. VAZIFADOSH KO'MAKCHILAR - ayrim mustaqil so'zlaming ko'makchi vazifasida qo'llanishi. Ular leksik ma'nosini saqlagan holda gapda grammatik ma'no ifodalash vazifasini bajaruvchi so'zlardir. Vazifadosh ko'makchilarga ost, yon, ust, orqa, ro'para, oldin, avval, keyin, so'ng, tomon, qosh, bo'ylab, qarab, ko'ra, deya, deb, atab singari so'zlar kiradi. Ustida (ish ustida), ostida (ozodlik bayrog'i ostida), oldida (vijdoni oldida), orasida, orasiga (xalq orasiga), boshida (yo'l boshida), qarab (Toshkentga qarab yurmoq), bo'ylab (daryo bo'ylab) ko'mak- chilarini misol qilish mumkin. Bunday so'zlar ko'makchi vazifasida kelganda atash ma’nosini yo'qotadi, shuning uchun ma’lum so'roqqa javob bo'lmaydi. O'zi qo'shilgan so'z bilan bitta so'roqqa javob bo'ladi va bitta gap bo'lagi vazifasida keladi. Masalan: Avval o'yla, keyin so'yla - ravish, mustaqil so'z Bu kitob qo'liga tushgandan keyin bosh ko'tarmay mutolaaga tushdi. 2. Siz bilan hamsuhbat bo'lmasdan avval boshqacha xayolda edim - vazifadosh ko'makchi, chunki bu yerda keyin, avval so'zlari oldingi so'z bilan birgalikda bitta so'roqqa javob bo'lyapti. Devor usti yomg'irdan iviy boshladi - ot, mustaqil so'z. Kitob ustida uzoq ishladi vazifadosh ko'makchi Qoziq ustida qor turmas - ot, mustaqil so'z. Gap futbol ustida ketardi - vazifadosh ko'makchi Orqadan chuqur soy oqardi - ravish, mustaqil so'z. Muxbirimiz telefon orqali xabar berdi - vazifadosh ko'makchi Kitob televizor ustida turibdi - ot, mustaqil sp‘z. Televizor ustida janjallashdi - vazifadosh ko'makchi Devordan bo'ylab qaradi - ravishdosh, mustaqil so'z. Ariq bo'ylab ketdi - vazifadosh ko'makchi KO'MAKCHILARNING MA’NO TURLARI: Ko'makchilar yetakchi so'zga bog'lanib unga turli qo'shimcha ma’no yuklaydi: sababli, tufayli, uchun maqsad ma'nosini; tomon, qarab, sari, bo'ylab yo'nalish ma’nosini; haqida, to‘g‘risida ko’makchilari fikr mavzusi ma'nosini; kabi, singari ko’makchilari o'xshatish, qiyoslash ma’nosini; qadar, dovur ko’makchisi chegara ma’nosini; uchun ko’makchisi atalganlik, yo'nalganlik, sabab-maqsad ma’nolarini; bilan, orqali ko’makchilari vosita ma’nosini ifodalaydi. KO'MAKCHILAR VA QO'SHIMCHALAR MA’NODOSHLIGI: -dek qo’shimchasi narsa-hodisa, belgi-xususiyatga o’xshatishni ifodalaydi va shu ma’noda kabi, singari, yanglig‘ ko’makchilari bilan ma’nodoshlikni hosil qiladi: Ark suv quygandek (kabi) jimjit. Jo'nalish kelishigi qo’shimchasi yo'nalish ma’nosida tomon, bo'ylab ko’makchilari bilan ma’nodosh: Dala (-ga, tomon, bo’ylab) ketmoq. Ko’makchilar bir mustaqil so'zni ikkinchi mustaqil so'zga tobelashtirib bog’laganligi uchun kelishik qo'shimchalari bilan bir xil vazifa bajaradi, shuning uchun sof ko’makchilami ko’p hollarda kelishik qo’shimchalari bilan almashtirish mumkin bo’ladi.4/lasalan, Bolalar bog'chasiga hadya qildim. Bolalar bog'chasi uchun hadya qildim. 3 Mehnatsevarliqidan xalq o'rtasida obro'-e’tibor topdi. Mehnatsevarligi uchun xalq o'rtasida obro'-e’tibor topdi. Dalaga ketdi - dala tomon ketdi. Kelishik qo'shimchalari bilan ko'makchilar o’rtasida mazmuniy umumiylik bo’lsagi- na biri o'rnida ikkinchisi kela oladi. Birinchi gapda har ikkisida atash ma’nosi, ikkinchi gapda sabab ma’nosi, uchinchisida yo'nalish ma’nosi mavjud. Ana shu umumiy ma’no ulaming o’zaro almashinuviga imkon beradi. Ko’makchilar jo’nalish, o’rin-payt va chiqish kelishigiga ma’nodosh. Qiyoslang: . Bolalar bog’chasiga hadya qildim - Bolalar bog’chasi uchun hadva qildim. Radiodan eshitdi - Radio orqali eshitdi. Qo'lda terdi - Qo'l bilan terdi. Shuni ta'kidlash kerakki, mazkur umumiy ma'noni qanday ifodalashda kelishik bilan ko'makchi ma’lum darajada bir-biridan farqlanadi. Kelishik qo'shimchasi orqali ifodalangan ma’no aniq, ko'makchi orqali ifddalangan ma'no esa umumiyroq, noaniqroq bo’ladi, Ayniqsa, bu farq yo’nalish ma’nosini bildirishda aniq seziladi. Solishtiring: Sa- marqandga ketdi - Samarqand tomon(oa) ketdi. KO'MAKCHILAR TURLANGAN SO'ZLARGA QO'SHILADI. Bilan, kabi, singari, uchun, sari, sayiri, chog'li, bo'ylab kabi ko’makchilar bosh kelishik shaklidagi ismlarga qo'shiladi: sen bilan, oy kabi, gul singari, o'qish uchun, borgan sari, o’qigan sayin, daryo bo'ylab. Ba’zan she’riyatda, badiiy asarlarda uchun, kabi ko’makchilari qaratqich kelishigidagi ismlarga qo’siladi. Masalan, Sening kabi go’zal dunyoda yo’q. Ko'ra, qaramay, yarasha, asosan, doir, muvofiq kabi ko'makchilar jo'nalish kelishigi shaklidagi ismlarga qo'shiladi: aytishiga ko'ra, shunga qaramay, mehnatiga yarasha, qarorga asosan, hayotga doir. Tomon ko'makchisi bosh va jo'nalish kelishigi shaklidagi ismlarga qo'shiladi: uy tomon, uyga tomon. Keyin, bo'lak, boshqa, o'zga, tashqari, buyon, oldin, boshlab, avval kabi ko'makchilar chiqish kelishigi shaklidagi ismlarga qo'shiladi: o'qishdan so'ng, tushdan keyin, bundan bo'lak, undan o'zga, bugundan boshlab, ishdan tashqari. Old, ost, ust kabi ko'makchilar qaratqich kelishigi shaklidagi ismlarga qo'shiladi. Bunday hollarda ba'zan kelishik qo'shimchasi qo'llanmasligi ham mumkin: donolar oldida - donolamina oldida. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQ Gaplardagi ko'makchilarni topib, sof yoki vazifadosh ko'makchilar kabi guruhlarga ajrating. Ko'makchilar qaysi kelishik shaklidagi so'zlarga bog'lanayotgani va qaysi gap bo'lagini shakllantirshga xizmat qilayotganini aniqlang. Kozimbek mashinani yo'lga chiqarib, qishloq tomon yurdi. 2. Qish o'tib, bahor kelishi bilan Qorabog'da o'tkaziladigan qurultoyda Boyazidning ustiga yurishga qaror qilindi. 3. Yomonlikdan chiqqan aks sado har qadam sayin zaiflasha boradi, bora-bora o'chib yo'q bo'ladi. 4. Kecha Jannat xola o'glining oldiga borganda soqoli o'sib ketganini, sochlari quloqlaridan osilib vahshiy qiyofaga kirib qolganini sezgan edi. 5. Markaziy xlrurgiya klinikasining bosh vrachi Mirsidiq Jalilov bir haftadan beri Namanganda dam olardi. 6. Bu ishga qadam qo'yishdan ilgari bir karra sizning oldingizdan o'tib, ra'yingizni bilishga to'g'ri keldi. 7. Yomonlarning qoshida yalinish yaxshilar ishi emas. 8. Insonning fe’l-atvoriga qarab unga baho berishadi. 9. To'ydan keyin nog'ora chalmoq - nodonlar ishi. 10. Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqatli mehnat yotadi. 11. Donolar oldida doim eshitguvchi bo'l. 12. To'g'ri so'z o'z egasini najot sari yetaklaydi. 13. Ba’zilar ovqatlanish uchun yashaydilar. Men esa yashash uchun ovqatlanaman. 14. Pokiza kishilar hamisha shodlik ustida, gunohkor esa g‘am va qayg'u ostida bo'ladi. 15. Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun Sevgan farzand bo'lsa, kechirma aslol BOG'LOVCHILAR Bog'lovchi - gapning uyushiq bo'laklarini va qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o'zaro bog'lash uchun xizmat qiluvchi yordamchi so'zlar. Qiyoslang: Boshlanadi ijod va turmush - bu gapda va bog'lovchisi uyushiq bo'laklami bog'lagan (uyushiq bo'laklar bir xil so'roqqa javob bo'ladigan, teng bog'lovchilar yordamida bog'lanadigan gap bo'laklaridir). Bahor keldi va dalalarda ishlar qizib ketdi - bu gapda va bog'lovchisi qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog'lagan. Bog'lovchilar vazifasiga ko'ra teng va ergashtiruvchi bog'lovchilarga bo'linadi. TENG BOG'LOVCHILAR TENG BOG'LOVCHILAR - uyushiq bo'laklat va gaplarni o'zaro bog'lab keluvchi bog'lovchilar. Bog'lovchilar sof va vazifadosh bog'lovchilarga bo'linadi. Faqat bog'lovchi vazifasini bajaruvchi yordamchi so'zlar sof bog'lovchilar sanaladi: va, lekin, ammo, biroq kabi. Bir o'rinda bog'lovchi, boshqa o'rinda ko'makchi, yuklama yoki modal so'z vazifasida keluvchi yordamchilar vazifadosh bog'lovchi sanaladi: Man ko'makchisi, -u, -yu, -da yuklamalari, balki modal so'zi vazifadosh bog'lovchidir. Bilan ko'makchisi ba’zan uyushiq bo'laklami bog'lab kelganda bog'lovchi vazifasini bajaradi: qalam bilan daftar oldim. O'zaro tobe bog'lanuvchi so'zlami bog'lab kelganda ko'makchi vazifasini bajaradi: qalam bilan yozdim. BIRIKTIRUV BOG'LOVCHILAR: va, hamda, bilan, ham. Birikti- ruv bog'lovchilari - uyushiq bo'laklami va uyushiq gaplarni o'zaro biriktirib keluvchi bog'lovchilar. Biriktiruv bog'lovchilariga va, hamda sof bog'lovchilari, bilan ko'makchi bog'lovchisi, -u (-yu), -da, ham yuklama bog'lovchilari mansubdir. Bulardan ham bog'lovchi vazifasida takror holda qo'llaniladi. Masalan: O'zi balo tog'ining va ofat bulog'ining Boshida o'ltirarmish Kun-u tun, yoz ham qish. Ushbu gapda uchta biriktiruv bog'lovchisi qatnashgan: va - sof, -u, ham - vazifadosh bog'lovchi. Daftar ham qalam bo'lsin yo'ldoshing. Ushbu gapda ham vazifadosh bog'lovchisi qatnashgan. Esda saqlang: ham bog'lovchisi takror holda qo'llansa, vergul takror qo'llanilgan bog'lovchidan oldin qo'yiladi: Bir tovuqqa ham don kerak, ham suv kerak. Esda saqlang: -u (-yu), -da o'zi qo'shiiayotgan so'zdan chiziqcha bilan ajratiladi, lekin uyushiq bo'laklar o'rtasiga vergul qo'yilmaydi, qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog'laganda undan keyin vergul qo'yiladi. Qiyoslang: Ilm bir daryo - ichi to'lmish dur-u gavhar bilan, Qiymat-u qadrin qachon bilgan oni johil - yilon. Ushbu gapda -u bog'lovchisi uyushiq bo'laklami bog'lagani uchun, undan so'ng vergul qo'yilmagan. Quyuq saksovulzor duch kelishi bilan kiyikcha o'zini shu panohgohga urdi-yu, arang jon saqlab qoldi. Bu yerda -yu bog'lovchisi sodda gaplarni bog'lagani uchun, undan keyin vergul qo'yilgan. Biriktiruv bog'lovchilari payt va sabab-natija munosabatli sodda gaplarni bog'laydi. Qiyoslang: Qo'ng'iroq chalindi va dars boshlandi -payt munosabati, ketma-ket sodir bo'layotgan voqea-hodisalami ko'rsatyapti. Anor so'zlar va Zaynab qalbi tol bargidek dir-dir qaltirar-sabab-natija munosabati. ZIDLOV BOG'LOVCHILARI: ammo, lekin, biroti, balki. Zidlov bog'lovchilari - o'zaro zidlik munosabatida bo'luvchi uyushiq bo'laklar yoki gaplarni bir-biriga bog'lab keluvchi bog'lovchilar: ammo, lekin, biroq - sof bog'lovchi. Balki so'zi ko'pincha zidlov bog'lovchisi vazifasida qo'llaniladi va bunday hollarda vazifadosh bog'lovchi hisoblanadi. Masalan: 1. Bu jarang-jurung ovozlar uning g'ashini keltirmas, balki xayolini chalg'itib unga orom bag'ishlardi. Bo'rondan so'ng Olimjonning brigadasidagi ishlar ozaymadi, balki yana ko'paydi. Xalqni qo'rqitgan emas, balki xalq dardiga sherik bo'lgan odam marddir. Sobir nafaqat o'qishda, balki sportda ham eng faol o'quvchi. Yoming o'zi emas, balki guli keldi. Inson go'zalligi bilan emas, ba|ki mehnati bilan kamol topadi. Esda saqlang: balki so'zi modal so'z vazifasini bajarganda gumon ma'nosini bildiradi va har ikki tomondan vergul bilan ajratib yoziladi: Balki, ertalab o'ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir. Esda saqlang: ammo, lekin, biroq, balki bog'lovchilaridan oldin vergul qo'yiladi. Masalan: Mamlakatimizda bayramlar ko'p, lekin Navro'zning tarovati, shukuhi o’zga- cha. -u (-yu), -da yuklamalari zidlov bog'lovchilari vazifasini ham bajaradi va vazifadosh bog'lovchi sanaladi. Bunday gaplarda u ammo, lekin, biroq bog'lovchilari bilan erkin almasha oladi. Qiyoslang: Yo‘qchilik g'ayratli, ishchan odamning eshigidan mo‘ralavdi-vu. ichkariga kira olmaydi - Yo'qchilik g'ayratli, ishchan odamning eshigidan mo'ralaydi, ammo ichkariga kira olmaydi. -u (-yu), -da yuklamalari zidlov bog'lovchilari o'mida qo'llanilganda ular bilan birga ishlatiiishi mumkin. Masalan: Hamma gullaming hidi bor-u, ammo rayhon- ning hidi bo'lakcha. AYIRUV BOG'LOVCHILARI: yo... yo, yoxud... yoxud, goh... goh, dam... dam, bir... bir, ba’zan... ba’zan, xoh... xoh. Ayiruv bog'lovchilari o'zaro bog'lanayotgan bo'lak yoki gaplardan birini boshqasidan ayirib ko'rsatuvchi bog'lovchilar: yo... yo, goh... goh, dam... dam, bir... bir, ba’zan..: ba’zan, xoh... xoh. Shulardan bir... bir, ba’zan... ba’zan bog’lovchilari vazifadosh bog'lovchi hisoblanib, ular takror qo’llangandagina bog'lovchi vazifasini bajaradi. Masalan: Bir kat- taning, bir kichikning gapiga kir. Ba'zan qor yog’adi, ba’zan quyosh bulutlar orasidan ko’rinib qoladi. Ayiruv bog'lovchilarida vergulning ishlatiiishi quyidagicha: takrbr qo'llanuvchi ayiruv bog'lovchisi oldidan yozuvda vergul qo'yiladi: Yo siz keling, yo men boray; agar bog'lovchi yakka holda ishlatilsa, vergul qo'yilmaydi: Siz keling yo men boray; ikki xil bog'lovchi ishlatilsa ham, vergul qo'yilmaydi: Yo siz keling yoki men boray. Aviruv bog'lovchilari qo'shma gap qismlarini bog'lash bilan birga ularda ifodalangan voqea-hodisaning galma-gal ro'y berishini yoki ulardan faqat bittasining yuzaga chiqishini ta'kidlaydi. Qiyoslang: Goh u birdaniga o'yga tolib yuragimga g'ulg'ula solar, goh xomush tortib qolganimni ko'rib kular edi - voqea-hodisaning galma-gal ro’y berishini ko'rsatgan. Yo bir maslahatni aytib bo'ladi, yo ro'zg'or ishini eplay- di - faqat bittasining yuzaga chiqishini ko'rsatadi. INKOR BOG'LOVCHISI; na... na. Uyushiq bo'lak va gaplarni inkor ma’nosini yuklagan holda bog'laydi. Inkor bog'lovchisi uyushiq bo'lak va gaplarga inkor ma'nosini yuklaydi. Bunda gapning kesimi tasdiq shaklida bo’ladi. Masalan: Na qo'shiq, na kulgi, na churq etgan ovoz eshitiladi. Na kampirning, na Qoratoyning yupatishlari kor qildi. Na eshikni, na derazani ochib bo'lardi. Ushbu gaplarda inkor bog'lovchisi 1-gapda egalami, 2-gapda aniqlovchilami, 3-gapda to'ldiruVchilami bog'lagan. Teng bog'lovchilar haqida umumiy xulosalar: Teng bog'lovchilar yakka va takror holda ishlatiladi: Biriktiruv, ayiruv, inkor bog'lovchilari takror holda ham ishlatiladi. Inkor bog'lovchisi faqat takror holda ishlatiladi. Biriktiruv, zidlov, ayiruv bog'lovchilari yakka holda ham ishlatiladi. Zidlov bog'lovchisi faqat yakka holda ishlatiladi. Biriktiruv, ayiruv bog'lovchilari yakka va takror holda ham ishlatiladi. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR mashq. Gapiar ichidan bilan, ham so'zlarining qaysi o'rinlarda bog'lovchi, qaysi o'rinlarda boshqa yordamchi so'z vazifasida qo'llanganini aniqlang, undagi farqni tushuntirib bering 1. Kumushbibi endi o'n yettini qo'yib, o'n sakkizga qadam bosganida bo'yi ham onasiga yetayozgan, ammo jussasi onasidan ko'ra to'laroq ko'rinar edi. 2. Muloyim kishida insof ham, diyonat ham, e’tiqodga sodiqlik ham, vijdon ham, sadoqat ham - hammasi bo'ladi. 3. Ahmad Yassaviy ko'ngil va til birligini qadrlagan. 4. Binolar qurildi, biroq tadbirkorlik ishlari qanday olib borilmoqda? 5. She’r bilan kuyning hamohangligiga erishmoq zarur. 6. Ona ba’zan farzandi boshida parvona bo'lardi, ba'zan beshikka bosh qo’ygancha uxlab qolardi. mashq. Bilan bog’lovchi vazifasida kelgan o’rinlami aniqlab gaplarni ko'chiring. Millat tushunchasi hamisha Vatan bilan yonma-yondir, misoli jism-u jondir. 2. Endi buva bilan rievara teng odamday gaplashishadi. 3. Odam odam bilan tirik. 4. Yer bilan suv egizak, bir-birisiz yashay olmaydi. 5. Eshon bilan Kifoyatxon qulay bir joyni topib bulami kuzatishardi. mashq. Matnni o'qib bog'lovchiiami toping, ulami tahlil qiling. Namuna: Hamdardlik - bir odamning qayg'u-hasratlariga achinib, o'zida ham qayg'u hosil qilishdir, lekin quruq hamdardlik fbyda bermaydi. Lekin - bog'lovchi, teng bog'lovchi, zidlov bog'lovchisi yakka holda qo'llangan, 2 ta gapni bog'lash uchun xizmat qilgan. Aql va farosat quyoshga o'xshaydi, beparvolik tufayli tushish mumkin bo'lgan dog'larga o'rin qoldirmaydi. 2. Mol-u davlatingiz bilan emas, balki ilm-hunaringiz, go'zal xulq-atvoringiz bilan faxrlaning. 3. Birov odob o'rgatsa, o'rganmagan kishi hayvon, ammo uzr so’rasa, qabul qilmagan kishi shaytondir. 4. Haqiqat tikanli gulga o'xshaydi, shuning uchun ham u hidlashni bilmaganlaming bumiga sanchiladi («Hikmatlar»dan). Uning goh yig'lagisi, goh kulgisi, goh butun kechani ostin-ustun qilib qo'shiq aytgisi kelardi (S.Ahmad). ERGASHTIRUV BOG'LOVCHILARI ERGASHTIRUVCHI BOG'LOVCHILAR - o'zaro tobe munosabatda bo'lgan gap bo'lagi va gaplarni bog'lash uchun ishlatiladigan bog'lovchilar. Chunki, negaki bog'lovchilari sabab bog'lovchisi, ya’ni, ki, kim bog'lovchilari aniqlov bog'lovchisi, agar, agarda, gar, basharti singari bog’lovchilar shart bog’lovchisidir. ANIQLOV BOG'LOVCHISI gap bo’laklarini va gaplarni tobelantirib bog’laydi: ya’ni. Aniqlov bog’lovchisi izoh qism kiritadi. Masalan: Julqunboy, ya’ni Abdulla Qodiriy o'zbek romanchiligining asoschisidir. Yozuvda ya’ni bog’lovchisidan oldin doimo vergul qo'yiladi. Masalan: 1. U ilonni aldagani uchun, ya’ni unga dunyodagi eng tansiq taom ilonniki emas, qurbaqaning go'shti ekanligini aytgani uchun ta'qibga uchragan emish. 2. Bu holda mazkur so'zlar adabiy ilmlami, ya'ni til va adabiyot bilan bog'liq ilmlami anglatadi. 3. O'sha davrlarda adabiyot tarixi darsi xronologik va tematik xarakterga ega emas edi, ya’ni adabiyot tarixi dars sifatida o'tilmasdi. 4. Til o'z vazifasini bajarmasa, qo'l ishga tushadi, ya'ni insoniy munosabat o’rnini hayvoniy xatti-harakat oladi. Bu yerda 1- va 2- gaplarda ya’ni bog'lovchisi tobe gap bo’laklarini bog'lagan, va 4-gaplarda esa tobe gaplarni bog'lagan. SABAB BOG'LOVCHILARI gaplarni o'zaro tobelantirib bog'laydi, ular o'rtasidagi sabab ma'nosini ifodalaydi: chunki, negaki. Yozuvda bu bog’lovchilardan oldin vergul qo'yiladi. Sabab bog'lovchilari ergash gapning boshida keladi. Ular qatnashgan ergash gap bosh gapdan keyin keladi. Buning formulasi quyidagicha: □<— o Masalan: Bu xabar unda hech qanday norozilik tug'dirmadi, chunki erta- roq qaytishga juda ham orzumand emas edi. MAQSAD BOG'LOVCHISI gaplarni o'zaro tobelantirib bog'laydi, ular o'rtasidagi maqsad ma’nosini ifodalaydi: toki. Yozuvda bu bog'lovchidan oldin vergul qo'yiladi. Maqsad bog'lovchisi ergash gapning boshida keladi. U qatnashgan ergash gap bosh gapdan keyin keladi. Buning formulasi quyidagicha: □<—o Masalan: Bu masalani sinfda muhokama qiiamiz, toki boshqa qaytarilmasin. QIYOSLASH-CHOG'ISHTIRUV BOG'LOVCHISI gaplarni o'zaro tobelantirib bog'laydi, ular o'rtasidagi qiyoslash ma’nosini ifodalaydi: go'yoki, go'yo. Yozuvda bu bog'lovchilardan oldin vergul qo'yiladi. Qiyoslash-chog'ishtiruv bog'lovchilari ergash gapning boshida keladi. Ular qatnashgan ergash gap bosh gapdan keyin keladi. Buning formulasi quyidagicha: □<—O Masalan: Uyjimjit, go'yo butun oiam uyquga ketgan. SHARX BOG'LOVCHILARI gap bo'laklari va gaplarni tobelantirib bog'laydi, ular o'rtasidagi shart ma'nosini ifodalaydi: agar, agarda, basharti, garchi, mabodo, gar. Ular ergash gapning boshida keladi. Shart bog'lovchilari qatnashgan ergash gap bosh gapdan oldin keladi. Bunig formulasi quyidagicha: o—>□ Masalan: Agar do'stlikni ham bilmasa, asli Kimga kerak, axir, inson degan nom! Agar yoldan ozib, birxato qilsam, Kibr paydo qilsam, topilur da’vo. Shart bog'lovchilari shart, to'siqsiz hoi hamda ergash gaplarni hokim bo'lak yoki bosh gaplarga bog'lab, ular o'rtasidagi shart va to'siqsizlik munosabatini ifodalaydi. > BOG'LOVCHILARNING USLUBIYATI Bog'lovchilar bir guruhga mansub bo'lsa ham, bir-biridan uslubiy xoslanishga egaligi bilan farqlanadi. Biriktiruv bog'lovchisi sifatida oddiy so'zlashuv uslubida ko'proq bilan (minan) ko'makchisi ishlatiladi. Va, ham, hamda yordamchilari esa yozma nutq uslublari uchun xoslangan. Zidlov bog'lovchisi sifatida so'zlashuv uslubi uchun ammo, lekin bog'lovchilarining birikkan holida ammo-lekin (ammolek) shakli ko'proq ishlatiladi. Lekin bog'lovchisining lek, vale (valekin) shakllari ham badiiy uslubga xoslangan. Ayiruv bog'lovchilaridan yoxud, yoinki yozma nutq uslubi (publitsistik, badiiy uslub)dagina qo'llaniladi. Aniqlov bog'lovchilari faqat yozma nutq uslubida qo'llaniladi. Sabab bog'lovchilaridan chunki, shu sabab, shu tufayli ko'proq yozma nutq uslubida qo'llaniladi. Shart bog'lovchilaridan garchi yozma nutq uslubi uchun xoslangan. Chog'ishtiruv bog'lovchilaridan xuddi uslubiy betaraf, go'yo yozma nutq uchun xoslangan. YUKLAMALAR Yuklamalar - so'z yoki gaplarga so'roq, ta’kid, ayirish-chegaralash, gumon, o'xshatish, inkor kabi ma'nolami yuklovchi so'z va qo'shimchalar. Yuklamalar ikkiga bo'linadi: So'z yuklamalar: axir, hatto, faqat, ham, xuddi, go'yo, go'yoki, naq, hech, sira, nahotki, na... na. Affiks (qo'shimcha) yuklamalar: -mi, -chi, -gina (-kina, -qina), -dir, -u, -yu, -da, -a. Affiks yuklamalar qanday yozilishiga ko'ra ikkiga bo'linadi: so'zga qo'shib yoziladigan yuklamalar: -mi, -oq (-yoq), -dir, -gina (-kina, -qina); so'zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladigan yuklamalar: -ku, -da, -u (-yu), -a (-ya), -chi. Yuklamalarning ma’no turlari: SO'ROQ-TAAJJUB YUKLAMALARI: -mi, -chi, -a (-ya). So'roq-taajjub yuklamalariga misollar: Siz shu maktabda o'qiysizrni? 2. Nega yo'q bo'larkan? Muattar Zokirova-chi? Lobarxon-cM? 3. Bugun kutubxonaga boramizmj? Sen ham borasari-a? KUCHAYTIRUV-TA’KID YUKLAMALARI: hatto, -ku, -u (-yu), -da, -oq (-yoq), ham, nahotki, axir, g'irt. Kuchaytiruv-ta’kid yuklamalariga misollar: O‘shanda dadam ham frontda edilar. 2. Necha marta uchrashay dedim-ku. 3. Yurtimiz yaqin kunlarda bundan-da Qo'zalrog. bundan-da farovonroq bo'lishiga ishonaman. 4. Mol o'tlaydigan, bolalar chillak o'ynaydigan yer-da! Nahot. axir, so'nggi dam ham Farzandingni o'ylasang. 5. Ajralishar, ular, hattoki. Ismlarin so'rashmaslar ham. 6. Hoy, ehtiyot bo'l, bola! Daryo bilan hazillashib bo‘lmaydi-ya! AYIRUV-CHEGARALOV YUKLAMALARI: faqat, -gina (-kina, -qina), atigi, xolos. Bulardan faqat sof yuklama, -gina (-kina, -qina) vazifadosh yuklama. Ayiruv-chegaralov yuklamalariga misollar: Toki odamlar meni ko'rmasin, faqat mehnatimni ko'rishsin. 2. Ulardan faqat birga oldirilgan surataina vodaor qoladi, xolos. 3. Bu haqda Shahnozaqina biladi. 4. Xotin, bu gapiar kitobdaaina bor, xolos. hayot boshqa. 5. Bizni porloq kelajakka Mustaqillik vo'liaina eltadi. O'XSHATISH-QIYOSLASH YUKLAMALARI: go'yo, go'yoki, xuddi, naq, misoli, bamisoli, bamisli. O'xshatish-qiyoslash yuklamalariga misollar: Otasining xuddi o'zi. 2. Go'vo sharpa o'tganday bo'ldi. 3. U so'zlar, tirilib kelarlar ao'vo Birga qonli jangga kirgan o'rtoqlar. 4. Baland cho'qqilami, adirlami, daraxtlami bosib qolgan qor bu yerda shunday iliq va mayin ko'rinadiki, ao'vo tog'ga qor tushgan emas, mayin oq kigiz yopilgan. 5. Tog'laring tegrangda ao'vo Bo'g'ma ajdar bo‘ldi-yu, Ikki daryo - ikki chashming, Chashmi giryon, o'zbegim. 6. Dardga darmon bo'ladigan ham shu so'z, turmushga og'u soladigan ham xuddi shu so'z. 7. Hatto zeb-ziynatni yulqib ziyoda, Haykal ham qo'yinaiz bamisli xavol. GUMON YUKLAMASI: -dir. Bu yuklama -man, -san qo'shimchalari qatorida turuvchi uchinchi shaxs qo'shimchasi -dir bilan shakldoshdir. -dir yuklamasi urg'u olmaydi. Esda saqlang: gumon yuklamasi gumon olmoshi yasovchi -dir qo'shimchasi bilan omonimlik hosil qiladi va har ikkalasi ham o'zi qo'shiiayotgan so'zga gumon ma’nosi qo'shishi bilan o'xshaydi, farqi: gumon olmoshi yasovchisi faqat so'roq olmoshlarigagina qo'shiladi, gumon yuklamasi esa istalgan so'zga qo'shilishi mumkin. Qiyoslang: kimdir, qachondir (so'roq olmoshiga qo'shilgani uchun gumon olmoshi), kel- gandir, o'rtog'ingdir -yuklama. INKOR YUKLAMASI: hech, sira, na... na. Inkor yuklamasi na... na inkor bog'lovchisidan kesimining bo'lishli yoki bo'lishsiz shaklda ekani bilan farqlanadi: kesim tasdiq shaklida bo'lsa bog'lovchi, kesim inkor shaklida bo'lsa yuklama. Qiyoslang: Ko'kda na yuiduz bor, na bir tabassum, Tabiat ingrardi, yig'lardi yum-yum. - bog'lovchi. Na qo'shiq, na kuigi, na churq etgan ovoz eshitiimadi - yuklama. Inkor yuklamasiga misollar: . 1. Yurmasman hech behishtni izlab, Topolmasam chekmasman alam. Hayratga tushmasman bu holdan sira, Dunyo bu - quvg'indi ohuday yelar. Hayosizda or bo'lmas, aslo vafodor bo'lmas. -u (-yu), -da yordamchisi o'miga va bog'lovchisini qo'yish mumkin bo'lsa, bog’lov- chi vazifasida, boshqa holatlarda yuklama vazifasida keladi: birrov kirdi-da, chiqib ketdi. -da yordamchisi yuklama vazifasida kelganda ko'pincha uning o'rniga ham yuk- lamasini qo'yish mumkin: Choy qaynatib ichishni-da unutdi. Quyidagi yuklamalar omonimlik xususiyatiga ega: -a, -oq, -da, -chi, -dir, -gina (-kina, -qina). YUKLAMALAR HAQIDA UMUMIY XU LOSALAR So'roq-taajjub va gumon yuklamasi faqat qo'shimcha yuklamalardan iborat. O'xshatish-qiyoslash va inkor yuklamalari faqat so'z yuklamalardan iborat. Kuchaytiruv-ta'kid va ayiruv-chegaralov yuklamalari ham so'z, ham qo'shimcha yuklamalardan iborat. So'roq-taajjub, kuchaytiruv-ta'kid, ayiruv-chegaralov, gumon yuklamalarida qo'shimcha yuklamalar mavjud. Kuchaytiruv-ta'kid, ayiruv-chegaralov, o'xshatish-qiyoslash, inkor yuklamalarida so'z yuklamalar mavjud. Yuklamalardan -ku, na... na yuklamalari yozma nutq uslubi uchun xoslangan bo'lsa, qolganlari uslubiy betaraf yuklamalar sanaladi. Ham yuklamasi bog'lovchi vazifasidayam qo'llaniladi. Bunday vaqtda qaysi. vazifada (yuklama yoki bog'lovchi vazifasida) kelayotganligini farqlash kerak bo'ladi. Ikkita o'zaro teng munosabatga kirishgan so'zlami bog'lab va bog'lovchisi bilan almashtirish mumkin bo'lsa, ham bog'lovchi vazifasida qo'llangan bo'ladi. Ham yordamchisi qo'llanilgan jumla tarkibiga hatto yordamchisini ham qo'llash mumkin bo'lsa, ham yordamchisi yuklama vazifasida, ya’ni o'z vazifasida qo'llanilgan bo'ladi. Solishtiring: Soli ham Karim keldi. Hatto Karim ham keldi. Birinchi gapda bog'lovchi, ikkinchi gapda esa yuklama. UNDOV SO'ZLAR Undov so'zlar - his-hayajon, buyruq-xitobni ifodalovchi so'zlar. Undov so'zlar leksik ma’no ifodalay olmasligi, kelishik, egalik, son qo'shimchalarini olmasligi bilan mustaqil so'z turkumlaridan farqlanadi. Undov so'zlar nutqda boshqa so'zlar bilan grammatik jihatdan aloqaga kirishmasli- gi, gapning biror bo'lagi vazifasini bajara olmasligi ham bu so'z turkumining asosiy xususiyatlaridan biridir. Ular faqat otlashgandagina gapning bosh yoki ikkinchi dara- jali bo'laklari vazifasini bajarishi mumkin. Masalan: Oh-vohingni yig'ishtir. Uning dodini hech kim eshitmadi. Shuningdek, undov so'zlar ham xuddi modal so'zlar kabi qo'shimchalar olib o'zgar- maydi. Masalan, hoy so'zi kelishik, egalik qo'shimchalari olmaydi. Ayrim undov so'zlar otlashganda, ya’ni ot vazifasida qo'llanganda egalik qo'shimchasini olishi mumkin. Masalan, Ohi olamni tutdi. Bu o'rinda ohi nimasi so'rog'iga javob bo'lib, oh deyishning, nola qilishning nomini bildirib kelyapti. Undov so'zlarga yasovchi qo'shimchalar qo'shilib yangi so'z yasalmaydi. Ba’zan kishilaming undov so'zlar orqali ifodalagan his-hayajonini, buyruq-xitobini tasvirlash uchun undov so'zlarga demoq, solmoq, urmoq, tortmoq singari fe'llar qo'shilib keladi va qo'shma fe’llar hosil bo'ladi: voy demoq, dod solmoq, oh urmoq, oh tortmoq, pisht demoq kabi. Undovlar undov ohangi bilan ajralib turadi, lekin undov ohangi xilma-xildir. Bir undov so'z turli ohang bilan talaffuz qilinib, turli xil ma'nolami ifodalashi mumkin. Masalan, Hay-hay, qanday mazali (rohatlanish, zavqlanish); Hay- hay, tegma (buyurish); Hay-hay, yigitlar, bu yoqqa (undash, ta’kidlash); Hay-hay, shakkoklik qilmang (fikrdan qaytarish) kabilar. Yoki: Oh, qanday go'zal manzara! Oh zolim falak, yiqil boshimga! Berilgan gaplardagi oh so'zi ikki xil intonatsiya bilan aytiladi. Nutq jarayonida so'zlovchilaming yoshi, amali nuqtayi nazaridan undovlardan foydalanish ham ma’lum darajada farq qiladi. Xususan, o'zidan katta yoshdagilarga murojaat qilinganda yoki ma'lum lavozimni egallagan shaxslarga uning qo'l ostida ishlayotgan shaxslar hoy deb murojaat etmaydi, yoki balli undovi kattalar tomonidan kichiklaming qilgan yoki qilayotgan ishlaridan mamnunligini ifodalash, ular mehnatini baholash maqsadida ishlatiladi, lekin kichiklar tomonidan bunday undov orqali baho berilmaydi, Shuningdek, undovlar og'zaki, so'zlashuv, badiiy, qisman publitsisitik uslubda keng qo'llanilib, rasmiy va ilmiy uslubda qo'llanilish doirasi cheklangan. Ba’zan xat janrida, ma'lum voqea-hodisalar bayoni yuzasidan o'zaro maktublarda undovlar qo'llanilishi mumkin. Rasmiy doiralarning xatlarida undovlar qo'llanilmaydi. Sababi rasmiy doiralaming xatlari har qanday ehtiroslardan xoli bo'ladi. Undov so'zlar qatnashgan gaplada tinish belgi laming qo'llanilishi: yozuvda undov so'zlardan keyin vergul qo'yiladi Masalan: Oh, havo buncha- lar yoqimli! undov so'zlar alohida kuchli ohang bilan aytilsa, ulardan keyin undov belgisi qo'yiladi: -Shoshma, Qorako'z, shoshma... Drr! Ana bo'ldi, ketdik. Chu, birodar. undov so'zlar undalmadan oldin kelsa, undan keyin vergul qo'yilmaydi: Ey tabib, menga yordam bering. Undovlar ma’nosiga ko'ra uch guruhga bo'linadi: HIS-HAYAJON UNDOVLARI. BUYRUQ-XITOB UNDOVLARI. NUTQIY ODAT UNDOVLARI. HIS-HAYAJON UNDOVLARI kishilaming quvonchi, erkalash-erkalanish, rohatlanish, hayron qolish, norozilik, g'azab-nafrat, og'riq singari hissiyotlarini ifodalaydi: uf, oh, iye, o‘h-ho‘, bay-bay, o, ur-ree, e, voy. His-hayajon undovlarining o'zi gap bo'lib kelishi yoki gap tarkibida kelib uni undov gapga aylantirishl mumkin. Bunday gapiar oxiriga doimo undov belgisi qo'yiladi. BUYRUQ-XITOB UNDOVLARI kishilaming diqqatini tortish, jonivorlami haydash, chaqirish va to'xtatish uchun qo'llaniladi: hey, tiss, ey, hoy, xo'sh, chuh, beh-beh, pish-pish, drr, chip-chip, ishsh, kisht, query-qurey, mah-mah, tu-tu-tu. Hoy, hey, ey, xo‘sh, tiss undovlari kishilar uchun qo'llaniladi, hoy, hey, ey undovlari esa kishilaming diqqatini tortish uchun ishlatiladi. NUTQIY ODAT UNDOVLARI. Kishilar orasidagi oddiy muomaiada tez-tez qo'llanilib turadi: salom, xayr, rahmat, balli, barakalla, ofarin, yashang, hor- mang, borbo'ling, alio, quliuq, qani, marhamat, assalom-u alaykum kabi. UNDOV SO'ZLARGA DOIR MISOLLAR. IMLOSINIESLAB QOLING. 1.O‘h-ho‘, muncha muzdek? 2. lya, bulami nima qilasan? 3. Qo'y, yig'lama, ey bax- shi. 4. Dastlab ular Umidjonni ko'rganda pisandsiz: «E, bu mishiqi bola-ku», - deyishar, biroq uning ertaklarini eshitgach, «Yo‘q, bu bola emas, dunyo ko'rgan chol ekan», - deya tan berib ketisharkan. 5. Abduqodir «tss» deb barmog'ini labiga qo'ydi. 6. - Xo'sh, ishlar yaxshimi, Hotamjon? - so'radi Mirsidiq, aravacha yonida bitta-bitta odim bosib borishar ekan. 7. Faryodim, fig'onim butun bir jahon, Ey muhtaram shoir, izladim, keldim. 8. Voy, shoshmang, diydorginasiga bir to'yvolay. 9. - Hay, shoshma, - dedi Zebi. Hoy, nima balo bo'ldi? - deb alangladi Inoyat oqsoqol. 11. Voy, nimalarni o'ylayap- man men? 12. Oho, jiyaningiz vazir bo'pti-ya! - deya xursandchiligini izhor qildi. 13. Ol Ho'kizyo'q, og'il ko'cha tomondan teshilgan. 14.o`hl-deb yubordi bir yigitcha. 15. Oh, qanday go'zal bu olam! 16. Oh zolim falak, yiqil boshimga! 17. Uf!.. - dedi Xatira xola. 18. lye, butun boshli bir odam tirilib keladi-yu, ovoragarChiligi bormi? 19. Voyey, bolam boyoqish-ey. 20. E-e, yeb bo'pti, Ko'kyol deydilar uni! - dedi Isoy bobo kuyib-pishib. 21. Voy-bo‘, - deb yubordi u. - Yerimiz muncha chiroyli! Globusning o'zginasi-ya! 22. 0, muazzam Enasoy daryosi! 23. Oh, bizning odamlar, dilkash odamlar... 24. Chu, nari tur, arzandam, tagingni tozalab qo'yay endi. 25. Uf, chanqadim-e, munchayam kun isib ketdi. 26.0-ho, gapda sizga hech kim yetolmaydE.. Hay, menga qarangl - dedi jiddiyat bilan Zumrad. 27. Hay, ichkari kir, chag'ir-chug'urdan qulog'im bitdi. 28. To'xta, hey. Bir daqiqa to'xtab, tingla uning baxt qo'shig'ini. 29. Oh, shu chog'da uning qoramtir yuziga boqsangiz... 30. Ur-re-e-e! - u boychechakni qo'lida hilpiratib, toychoqdek shataloq otib chopar edi. 31. o`h-ho‘, - dedi Hayitvoy qo'rqqanidan ko'zlari ola-kula bo'lib. 32. E, juda ajoyib ekan-ku, - dedi Elmurod ajablanib. 33. Eh-ha, nima uchun o'rmonda bunaqa g'ala-g'ovur, tartibsizlik desam, sababi bu ekan-da, - deb o'yladi Ko'rqush. 34. Och qoldingmi, a? Voy, sen-ey, - deya Chuchuk uloqchaning shalpang quloqlaridan tortqilab qo'ydi. 35. Boshoq tortmasdan bug'doy, Yeb qo'yibdi qo'y, - Ey-voy. 36. «Voy to'ymagur, berib yubording-a, o'z ko'nglingda sen ham uloqchisan-da!» - deb har xil tovushda baqirishardilar. 37. - O', ma’lumotli ekansiz-ku! 38. Men yetim o'sganman, oh, u yetimlik. Voy bechora jonim desam arziydi. 39. Hey, menga qara, Gulchehra, - dedi u. 40. Tss, - dedi Sayyora barmog'ini labiga qo'yib. 41. Chu, jonivor! 42. Hammasi o'tkinchi, xo'sh, nima o'tmas? 43. Ey qotii, nega shunday katta azim terakni nobud qilding? 44. - Hoy, aylanay, o'g'rigina bolam, boshimda shunday musibat turganda ko'zimga uyqu keladimi? 45. Ey Luqmoni Hakim, sening Dong'ing tutdi olamni. 46. Hay usta, - dedi Ma’sumbek, - shu payt bu chiziqlaringiz kimning qulog'iga kiradi! TAQLID SO'ZLAR Taqlid so'zlar - narsalarning tovushiga va holatiga taqlidni bildirgan so'zlar. Taqlid so'zlar nimaga taqlidni bildirishiga ko'ra ikki xil bo'ladi: Tovushga taqlid so'zlar. Holatga taqlid so'zlar. TOVUSHGA TAQLID SO'ZLAR - tabjatdagi xilma-xil tovushlarni nutq to- vushlariga ko'chirishdir: g'a-g'a, di-dit, qiy-chuv, qars-qurs kabi. Tovushga taqlid so'zlarda: Odamga xos tovushlarga taqlid qilinadi: nutq a’zolarining ishtiroki bo'lgan tovushlarga: Tursunoy onasining yelkasi- ga boshini qo'yib, piq-piq yig'ladi. Qizlar bir-biriga qarab, piqir-piqir kulishardi. nutq a’zolari ishtirok etmagan tovushlarga: Umidning yuragi duk-duk urib, beixtiyor unga yaqinlashdi. Ship-shipyurib borarkan, qopga ko'zi tushdi. Hayvon, hasharot, qush, parrandalaming ovoziga taqlid qilinadi: Jimgina yotgan mushuk Bamoga qarab “miyov” dedi. Erta tongdanoq “maa”, “mo‘o‘” tovushiari eshitila boshladi. Turli jonsiz narsa, qurollaming tovushlariga taqlid qilinadi: Eshik taraq-turuq ochilib, otasi kirib keldi. HOLATGA TAQLID SO'ZLAR - tabiatdagi xilma-xil shu’la, holatlarga taqlidni bildiradi: lip-lip, jimir-jimir, yarq, yilt, yal-yal. Holatga taqlid so'zlarda: Shu’la-holat tovush orqali tasvirlanadi: par-par (yonmoq), pir-pir (lab, ko'zning uchishi), dir-dir (titramoq), qalt-qalt (qaltiramoq), xippa, g'ippa (bo'g'moq), gup- gup, guppa-guppa (qorning yog'ishi), gup (hidning urishi), g'ir (etib bormoq), shart (qirqmoq, o'midan turmoq), cho'rt (kesmoq), duv-duv (yosh to'kmoq), paqqa (qo'lga tushmoq), yurakning shig', jiz, jaz, shuv etishi, ko'zni chirt yummoq kabilar. Bular aslida tovushga taqlidni bildiruvchi so'zlar bo'lib, hozirgi kunda ularda tovush ma’nosi yo'qolgan. Predmetning holati ko'rish orqali tasvirlanadi: lip-lip, lik-lik, gir-gir, yalt-yalt, yilt-yilt, lapang-lapang, apil-tapii, dikang-dikang, mo'it-mo'lt kabi. Predmetning turg'un holati tasvirlanadi: lo‘q, tang, dang (qotmoq), qulog'i ding, pag'a-pag'a (bulut) kabi. kishining ruhiy holati ko'rish orqali tasvirlanadi: ong-tong (qolmoq), hang- mang (bo'lmoq) kabi. Predmetning ko'p yoki zich ekanligi ko'rish orqali tasvirlanadi: vij-vij, vijir-vijir, bij-bij, bijir-bijir kabi. Taqlid so'zlar tuzlishiga ko'ra sodda va takroriy bo'ladi. SODDA TAQLID SO'ZLAR yakka holda qo'llanadi: taq, ship, yalt, duv, chars kabi. TAKRORIY TAQLID SO'ZLAR davomlilik, takrorlanuvchi tovush va holatlami bildiradi. Qiyoslang: Chars yondi - chars-chars yondi. Birinchi gapda bir martalik tovush, ikkinchi gapda davomli tovush ifodalangan. Takror taqlid so'zlar asos qismning aynan takrorlanishidan yoki ayrim tovush o'zgarishi bilan takrorianishidan hosil bo'ladi. Aynan tak- rorianishdan hosil bo'lgan takror taqlid so'zlar bir xilda davom etuvchi tovush yoki holatni bildiradi: gumbur-gumbur, gurs-gurs, taq-taq, yalt-yalt kabi. Asos qismni tovush o'zgarish yordamida takroriashdan hosil bo'lgan taqlid so'zlar ikki xildagi tovush yoki holatning davomiyligini bildiradi: chars-churs, taq-tuq, yarq-yurq, yalt-yult kabi. Takror taqlid so'zlar qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Taqlid so'zlardan ot va fe’llar yasaladi. Sharshara, jizza, qahqaha, pirpirak, vizvizak, xurrak, g'urrak, chapak, qarsak, g'ijjak, hiqildoq, shaqildoq kabi otlar; gumburla, dukurla, taqilla, vizilla, guvulla, yaltira, shildira kabi fe’llar taqlid so'zlardan yasalgan. Esda saqlang: Taqlid so'zlaming barchasidan fe'l yasaladi: shovullamoq, gumburlamoq, dupurlamoq kabi. Taqlid so'zlar ham qo'shma fe’lning tarkibiy qismi bo'lib keladi: g'iq etma, tap etmoq, yilt-yilt qilmoq, chars-churs qilmoq, gup etmoq kabilar. Masalan, G'at etgan karnaychi, baioga qolgan surnaychi. Ushbu gapda qo'llangan g‘at so'zi taqlid so'z emas, qo'shma fe’lning tarkibiy qismi hisoblanadi. TAQLID SO'ZLARNING SINTAKTIK VAZIFASI Otga bog'lansa sifatlovchi-aniqlovchi: Dupur-dupur ot keldi, Ko'chaga qarang, kim keldi. Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda g‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir ovozdan uyg'onib ketdim. Shunday bo'lsa ham, vujudini tutgan qalt-qalt titroqni bosib hazilomuz qichqirdi. Fe’lga bog'lansa ravish holi: Boshidagi toj yal-yal yonarmish. To'rtta savag'ich bilan tap-tap urib par singari qilib titibdi. Jigarim otashga tegardi jiz-jiz. Gapning oxirida kelsa ot kesim: Osmonda yulduzlar g'uj-g'uj. TAQLID SO'ZLARNING OTLASHISHI Taqlid so'z bog'langan ot tushib qolsa, taqlid so'zlar otlashadi. Masalan, Ko'chada otning dupur-dupur ovozi eshitildi. - Ko'chada otning dupur-dupuri eshitildi. Birinchi gapda taqlid so'z otlashmagan, ikkinchi gapda taqlid so'z otlashgan. Otlashgan taqlid so'zlar egalik va kelishik qo'shimchalarini oladi, turlanadi, gapda ot bajargan vazifalarda keladi. Ega: Shamolda barglarning shitir-shitiri eshitiladi. To'ldiruvchi: Tursunoy hech narsani ko'rmas, yuragining dukur- dukuridan boshqa narsani eshitmasdi. MODAL SO'ZLAR Modal so'zlar - bayon qilinayotgan fikrga so'zlovchining Ishonch, gumon, quvonch, afsuslanish munosabatinl yoki fikrning tartibi, xulosasini bildirgan so'zlar. Modal so'zlar gap tarkibida boshqa so'zlardan vergul bilan ajratiiadi. Ishonch munosabati: albatta, shaksiz, so'zsiz, shubhasiz.. Gumon: ehtimol, balki, chamasi, shekilli, aftidan. Tasdiq: darhaqiqat, haqiqatan. Fikrni xulosalash: xuilas, demak, umuman. Fikrning tartibi: avvalo, avvalambor. Fikrning dalillanishi: masalan, jumladan. Achinish: attang, afsus. Quvonch: xayriyat. Modal so'zlar ham sof va vazifadosh modal so'zlarga bo'linadi. Faqat modal ma’no uchun xoslangan so'zlar sof modal so'zlar sanaladi: haqiqatan, darhaqiqat, af- suski, attang, albatta, shekilli, avvalo, avvalambor, xuilas, masalan, koshki. Modal ma’noda ham qo'llangan aftidan, chamasi, balki, ehtimol, shubhasiz, umuman, taxminan singari so'zlar vazifadosh modal so'zlar hisoblanadi. Qiyoslang: 1. - Bo'ron bo'lishi ehtimol. qizim - modal so'z emas. Ehtimol. bu onasidan yagona esdalik - modal so'z. Chamasi. hammaning og'zi tekkan ekan o'sha go'shtga - modal so'z. Gulchehraning chamasi to'g'ri chiqdi - modal so'z emas, ot. Onajonim, balki. bir kun men ham shoir bo'larman - modal so'z. U nafaqat kattalarga, balki kichiklarga ham shunday muomalada bo'lar edi - modal so'z emas, zidlov bog'lovchisi. < Aftidan. G'ulomjon bu g'alvalami ataylab boshlagan - modal so'z. Uning «ko‘cha bolasi» ekanini aftidan bilib olish qiyin emas edi - modal so'z emasio Shubhasiz. biz g'olib chiqamiz - modal so'z. Bizning g'olib chiqishimiz shubhasiz. modal so'z emas, sifat. Aftidan. u yolg'on gapiryapti - modal so'z. Uning yolg'on gapirayotgani aftidan bilinib turardi - modal so'z emas, ot. Balki. siz haqdirsiz - modal so'z. Siz emas, balki u haqdir - modal so'z emas, zidlov bog'lovchisi. MODAL SO'ZLARGA DOIR MISOLLAR: mashq. Modal so'zlami toping. 1. Xayriyat, daraning oxiriga yaqinlashgan sayin asov soy sayozlashib, muz tobora yupqalashib bordi-yu, nihoyat, qoyatoshlar chekinib, yaylov ko'rindi. 2. Xuilas, Umidjon deyarli har kuni bitta yangi, ibratli ertak o'ylab topib buvisiga so'zlab beradigan bo'libdi. 3.Kattasi ham uyg'onib ketdi, shekilli, qo'shilishib yig'lashga tushdi. 4. Ehtimol, ertalab o'ziga isitib berish uchun shunaqa deyayotgandir. 5. To'g'ri, qishloq tomonga bir-ikki qadam bosdim. Lekin, chamasi, kursdoshlar orasida yolg'izlanib qolish, ming birta’nalami eshitishdan ham qo'rqdim, shekilli. mashq. Modal so'zlami toping. 1. Avvalo, insonning qalbi go'zal bo'lmog'i kerak; 2. Afsuski, besh qo'l barobar emas. Oramizda yomon niyatli kimsalar ham uchrab turadi. 3. Ularga qarshi kurashish hammamizning burchimiz, albatta. 4. Xayriyat, odamlarimizga insof va diyonat qaytib kelmoqda. 5. Xuilas, biz ulug' odamlaming farzandlarimiz. mashq. Modal so'zlami topib, ulargapga qanday ma'no kiritayotganini aniqlang. 1. Xuilas, ana shu ajriqzordan sal o'tgandan keyin qishloqcha boshlanadi. 2. Ab- duqodiming ham tomog'iga bir narsa kelib tiqildi, shekilli, gapirolmadi. 3. - Opangiz: «Ukam qaynanasini boqib yotipti», - deb o'yladi, shekilli-da! 4. Lekin Me’moming, avvalo, raiyat, qolaversa, saltanat oldidagi mavqeyi, Xuroson-u Movarounnahrdagi shuhrati unga qarshi keskin chora ko'rishga yo'l qo'ymas edi. 5. Yomg'ir yog'yapti, shekilli, deb o'ylab boshini ichiga tiqib yotaveradi, keyin bitta-bitta hiqildog'idan tutib xaltaga solaman. mashq. Modal so'zlami toping. Haqiqatan ham, ko'rshapalaklar qushlar bilan hayvonlar orasidagi jonivorlardir. 2. Xuilas, shunday edi olam va ishlar Seni tanimagan paytlar. 3. Darhaqiqat, chang-to'zon ancha narilab, Karki tomonga ketardi. 4. Me’moming xayol surib giyohvandlardek qotib qolganini ko'rgan Xorunbek... bu, ehtimol, achchiq alamning oqibatidir deb o'ylardi. 5. Uning oldida bakni qaynatishyapti, shekilli, bak kamayidan qizil alanga chiqib qolardi. Amakimning farzandi bo'lmagani uchun, otam meni amakimga o'g'il qilib bergan. Bu, taxminan, 3-4 yoshlarimda bo'lsa kerak. mashq. Modal so'zlami toping. Nachora, kuni bitgan-da, - dedi dadam tomog'ini bo'g'gan ko'z yoshidan ovozi xirillab. 2. Mayli, hamma in’om, hamma boyliklar o'shal madhiyabozlarga buyursin. 3. Xuilas kalom, mana, yaqin uch oydirki maxfiy elchi yo'lda emas, ikki o‘t orasida! 4. Durust, mana yigirma yildirki bu takabbur hakim bizga xizmat qilishdan bosh tortdi. 5. Binobarin, bu naql ko'p purhikmat naqldur! Ha, xo‘p, mayli singari so'zlar tasdiq so'zlar; yo'q, mutlaqo, aslo singari so'zlar inkor so'zlar sanaladi. Bunday so'zlar dialogik nutqda -mi so'roq yuklamasi orqali ifodalangan so'roq gapiarning javobi bo'lib keladi. 0 NNNNNNNNN GAP HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT Gap biror voqea-hodisa haqidagi xabarni, so'roqni yoki buyruqni ifodalovchi asosiy sintaktik butunlikdir. Gap so'z birikmasidan kesim va ega yoki faqat kesim bo'laklariga aloqador grammatik asosga egaligi bilan farq qiladi, so'z birikmasi tushuncha, gap esa fikr ifodalaydi. Grammatik asosda gapning fikriy mundarijasi ifodalanadi. Bu fikriy mundarija fe’l kesimning mayl va zamon ma'nolari bilan bog'liq bo'ladi. Masalan: Bolalar ishlayaptilar. Ozoda rasm chizmoqda gaplari ish-harakatning hozirgi zamonda bo'layotganidan darak beradi. Siz dalaga bordongizmi? Sen hikoyani o'qidingmi? gaplari o'tgan zamonda bo'lgan ish-harakat haqida so'roqni bildiradi. Siz she’rni o'qing. Siz shu ishni bajarib qo'ysangiz gaplari istak-buyruq ma’nosiga ega. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling