O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
SANOQ SON. Son-sanog'ini bildiruvchi sonlar sanoq sonlar deyiladi. Sanoq sonlar yozuvda ko'pincha arab raqami bilan yoziladi. Masalan: ikki, uch, besh, yigirma kabi.
mashq. Sanoq sonlar ishtirok etgan gaplarni topib ko'chiring. 1. Bolalar davrani ikki aylandi, qo'l berib ko'rishishdi. 2. Oqibat ikkovi-da baravar yiqildi. 3. Uning mo'ljali besh-olti kilometr yurib qaytish edi, biroq yangi mashina, to'g'ri va ravon asfalt yo'l havasini keltirdi-yu, rayon markaziga tushib chiqishga qaror berdi. Ahmadjon chaqiriq qog'ozini yana bir marta o'qib chiqdi, keyin uni buklab ko'krak cho'ntagiga solib qo'ydi. 5. To'tiniso hovlini sotib, ikki yetimni o'z qishlog'i Rafqonga olib keldi. 6. To'nimning etaklarini yig'ishtirib, Qashqamga bir-ikki qamchi bergan edim, jonivor shataloq otib ketdi. DONA SON. Narsalarning miqdorini donalab ifodalaydigan sonlar dona son deyiladi. Ular -ta qo'shimchasi yordamida yasaladi. Bu qo'shimcha urg'u olmaydi. Donalash ma'nosi -ta qo'shimchasidan tashqari dona so'zi bilan ham ifodalanadi: ikkita daftar - ikki dona daftar kabi. Donalab sanalayotgan narsalarning turini ta'kidlash uchun -ta qo'shimchasi o'mida bosh (hayvonlar), nafar (shaxslar), tup (o'simliklar), //fr (suyuqlik), gramm (og'irlik) kabi so'zlar ham ishlatiladi: uchta qo'y - uch bosh qo'y; to'rtta qiz - to'rt nafar qiz; beshta ko'chat - besh $ue ko'chat kabi. Bundan tashqari, benzinga nisbatan //fr so'zi o'miga -fa qo'shimchasining qo'llanilishi ham uchraydi: o'ntg quying - o'n fijr quying. mashq. Dona sonlami topib, ularning sintaktik vazifasini aniqlang. 1. Kecha tog'ang berib ketgan zog'oradan ikkitasini olib qo'yganman, birgaiashib choy ichamiz. 2. Nafis chayqaladi bir tup na'matak Yuksakda shamolning belanchagida, Quyosh- ga ko'tarib bir savat oq gul Viqor-la o'shshaygan qoya labida. 3. Derazamning oldida bir tup O'rik oppoq bo'lib gulladi. 4. Bir tup kessang, o‘n tup ek. 5. Jo'jalardan ikkitasini kalxat oldi, qolgan ikki kam o'ttiztasini o'sib tovuq bo'ldi. Sakkiztasini olib qolib, yigirmatasini bozorga olib borib sotib, bitta ona-bola echki olib kelib, bulami ham boqa berdi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling