O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
- IV.TAKRORIY SIFATLAR
- SON SO‘Z TURKUMI
III.JUFT SIFATLAR. O'zaro yaqin yoki zid ma’noli asosning juft kelishidan hosil bo'lgan sifat juft sifat hisoblanadi. Juft sifat qismlari chiziqcha bilan yoziladi: katta- kichik, sarg'ish-qo'ng'ir, baland-past, turli-tuman, esli-hushli, o'ydim-chuqur, arzon- garov, alg'ov-dalg'ov, yakkam-dukkam, g'adir-budur kabi. Juft sifatlar -u, -yu vositasida bog'lansa, ular o'rtasiga chiziqcha qo'yiladi va ajratib yoziladi: yakka-yu yagona kabi.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR \ mashq. Juft sifatlami topib, ulaming sintaktik vazifasini aniqlang. 1. Kasbning katta-kichigi bo'lmaydi. 2. Shu payt toshdan tushib kelayotgan sarg'ish-qo'ng'ir ayiqning bahaybat gavdasi ko'rinib qoldi. 3. G'ir-g'ir shaboda turli-tuman giyohlarning hidlarini olib keladi. 4. Baland-past devorlar orasidagi mevalaming oq, pushti, qizil gullariga tabassum bilan qaraysan. mashq. Juft sifatlami topib, ulaming sintaktik vazifasini aniqlang. Shoshilish, yengil-yelpi ishlarga havas, jahldorlik - nodonlik ishi. 2. Goho-go- ho keladigan uzuq-yuluq xabarlardan boshqa aloqa yo'q. 3. Sehrli qalpoq axtarib es- ki-tuski kiyim-boshlar tashlanadigan burchak-surchaklami tintuv qilib yurgan edim. 4. Mayda-chuyda narsalar tugilgan ro'molni ko'tarib qorovulxonaga kirdi. 5. Mahallaning qora-qura bolalari shoxdan shoxga tirmashadi. mashq. Juft sifatlami topib, ulaming sintaktik vazifasini aniqlang. 1. Menga o'xshagan esli-hushli yigitga zoriqib o'tirgan ekan. 2. Qo'llari ketmon, o'roq, ayri ushlayverganlaridan g'adir-budur, haqiqiy dehqon edilar. 3. Ba’zan plidka shokoladmi, arzon-garov qo'g'irchoqmi olib keladi. 4. Shag'al to'kilgan o‘ydim-chuqur ’ yo'ldan yurish it azobini bersa-da, Yigitali chidadi. 5. Alg'ov-dalg'ov shamol esib turar edi. 6. Shoxlar qurib, ularda yakkam-dukkam yaproqlargina qoladi. IV.TAKRORIY SIFATLAR. Bir asosning aynan takroiianishidan hosil bo‘lgan sifat takroriy sifat sanaladi. Takroriy sifatlar belgini ta'kidlab, kuchaytirib ifodalaydi. Takroriy sifat qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi: barra-barra, katta-katta, yan- : gi-yangi, uzun-uzun. mashq. Takroriy sifatlami topib, ularning sintaktik vazifasi va qaysi gap bo'la- giga boglanganini aniqlang. O'z onamni elas-elas xotirlayman. Ko'zlari qop-qora, chiroyli. Uzun-uzun . kipriklari qilt etmaydi. 2. Qishloq obod bo'lsa, katta-katta ko'chalar tushsa, kim qar- shilik qiladi. 3. Kimdir yelpib-yelpib barra-barra go'shtlardan kabob pishiryapti. 4. Yan- gi-yangi ariqlar kavlab, qo'riqlar ochamiz. SON SO‘Z TURKUMI Narsalaming son-sanog'ini va tartibini bildirib, qancha? necha? nechanchi? so'roqlariga javob bo'ladigan so'zlar son deyiladi. Hozirgi o'zbek tilida predmetning miqdorini, son-sanog'ini ifodalash uchun ko'proq yigirma uchta sondan foydalaniladi. Bulardan to'qqiztasi birlik sonlar: bir, ikki, uch, to'rt, besh, olti, yetti, sakkiz, to'qqiz; to'qqiztasi o'nlik sonlar: o'n, yigirma, o'ttiz, qirq, ellik, olt- : mish, yetmish, sakson, tb'qson; beshtasi yuzlik, minglik va yuqori sonlarni bildiradi: yuz, ming, million, milliard. Bu sonlaming barchasi miqdorga egalik ma'nosini ifodalovchilar sifatida nolga zidlanadi. Nol son miqdorga ega emaslikni bildiradi. Qolgan sonlar birlik sonlarning o'nlik songa qo'shiluvidan (o'n bir, yigirma besh, to'qson to'qqiz), shuningdek, yuzlik va o'ndan yuqori son oldidan birlik, o'nlik sonlaming keltirilishidan (bir yuz ellik ming, to'qqiz milliard ikki yuz million, o'n bir ming besh yuz) hosil bo'ladi. Sonlar predmetlaming aniq miqdoriy belgilarini bildiradi. Ana shu xususiyati bilan miqdor bildiruvchi so'zlardan farq qiladi. Solishtiring: Magazindan kitob oldim. (Miqdori bittami, undan ortiqmi, noma’lum). Magazindan ko'p kitob oldim (Miqdori bittadan ortiq, lekin nechtaligi noma’lum). Magazindan o'nta kitob oldim (Miqdorning nechtaligi aniq). Birdan boshqa sonlaming barchasi predmet bildiruvchi so'zlarga qo'shilib uning bittadan ortiqligini, ko'pligini ifodalaganligi uchun, son bilan birga kelgan otlar ko'plik shaklini olmaydi. Masalan, olma - olmalar. Lekin ikkita olma, o'nta olma- ni, ikkita olmalar, o'nta olmalar deb bo'lmaydi. Bu o'zbek adabiy tili uchun me’vomina htizilishi bo'ladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling