O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


Download 0.61 Mb.
bet83/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

CHAMA SON. Narsalarning miqdorini chamalab ko'rsatadigan sonlarga chama son deyiladi. Ular -tacha, -lab, -larcha qo'shimchalari bilan yasaladi: beshtacha. o'nlarcha. vuzlab. Chama sonlar qo'shimchalardan tashqari ikkita sanoq sonni juftlash orqali ham hosil qilinadi: ikki-uch kun, besh-olti kishi kabi.
Esda saqlang: chama sonni hosil qiluvchi -lab va -larcha qo'shimchalari ravish yasovchi qo'shimchalar bilan omonimlik hosil qiladi. Bunda lug'aviy shakl yasov­chi va so'z yasovchi qo'shimchalar doirasidagi omonimlik kuzatiladi: yuzlab (son) - tonnalab (ravish), minglarcha (son) - mardlarcha (ravish).
mashq. Chama sonlami topib, ularning qanday hosil qilinganligini tushuntiring.
1. Bekatda o'ntacha odam avtobus kutib turishardi. 2. Barvasta, yoshi ellikka borib
qolgan bo'lsa ham, qomati sambitdek tik. 3. Mashrab bilan Akmal esa o'n besh-yigirma bolaga javobgar. 4. Ichkaridan yoshi yetmishlardan oshgan nuroniy bir chol chiqib keldi.
Shoikrom o'n kuncha ilgari ishga ketayotib birrov kirib ukasidan hoi so'ragan edi. 6. Yo'q, uning oldida bundan besh-olti yil ilgarigi yarimta tana emas, katta hayot egasi go'zal hayot qo'shig'ini kuylardi.
JAMLOVCHI SON. Narsalarning miqdorini jamlab ko'rsatadigan sonlar jamlov_ chi sonlar deyiladi. Ular -ov, -ala, -ovlon kabi qo'shimchalar yordamida yasala^j -ovlon qo'shimchasi eski shakl hisoblanadi. Jamlovchi sonlar otlashgan xususiyatga ega bo'ladi. Shuning uchun jamlovchi son qo'shimchalari ko'plik va uch shaxsdagi ega. lik qo'shimchalaridan birini olib keladi. Masalan, besh - beshovi - beshovl$ri- uch - uchalasi- uchalalari, ikki - ikkovlon, ikkalasi kabi. Misol: To‘rtovlon tugal bo'lsa, ko'kdagini undirar, oltovlon ola bo'lsa, og'zidagin oldir$r Ko'rinib turibdiki, -ov, -ovlon birlik sonlarga, ikkidan yuqorisiga qo'shiladi. Bir so^j. ga -ov qo'shimchasi qo'shilib, «kimdir» degan ma’noda qo'llanadigan birov so'zi son ma’nosini yo'qotib, olmosh turkumiga o'tgan. Qiyoslang: Birovi gul tergan, biroy. gul dastalagan (bunda birovi so'zi son) - Sizni birov (bunda birov so'zi gumQn olmoshi, chunki uni kimdir so'zi bilan almashtirish mumkin) chaqiryapti.
-ala qo'shimchasini olgan son egalik qo'shimchasini olmasligi ham mur^. kin. U vaqtda son otlashmagan bo'ladi. Masalan, ikkala kishi.
Esda saqlang: -ov, -ala qo'shimchalari faqat ikkidan yigirmagacha bo‘lg9n sonlarga qo'shilib, jamlik ma'nosini ifodalaydi. Bu qo'shimchalar unli bilan tugaggn sanoq sonlar (ikki, yetti, olti)ga qo'shilganda asos qismidagi i unlisi tushib qoladi:
ikki + ala = ikkala;
olti+ ov = oltov;
yetti + ovlon = yettovlon.
Jamlovchi sonlar ma'no va vazifasiga ko'ra otlarga yaqin turadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling