O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
USLUBIYAT VA NUTQ USLUBLARI TASNIFI
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
USLUBIYAT VA NUTQ USLUBLARI TASNIFI
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko'rinishi nutq uslubi hisoblanadi. Nutq uslublari adabiy tilning ijtimoiy hayotning ma'lum sohasi doirasida qo'llaniladigan ko'rinishidir. O'zbek tilining nutq uslublarini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limi esa o'zbek tili uslubiyati yoki uslubshunoslik deyiladi. O'zbek adabiy tili uslublari XIX asr ikkinchi yarmidan shakllana boshlagan. So'zlar ham ma’lum nutq uslubiga xoslanish-xoslanmaslik belgisiga ko'ra uslubiy xoslangan .so'zlar va uslubiy betaraf so'zlarga bo'linadi. Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo'llanadigan so'zlar uslubiy xoslangan so'zlar (mazkur, binobarin, dudoq, erin, qaroq, nigoh, bayonnoma, nota va hokazo), bunday xususiyatga ega bo'lmagan so'zlar esa uslubiy betaraf so'zlar (so'zlamoq, gapirmoq, uy, daftar, ovqat va hokazo) sanaladi. O'zbek tilining ichki tuzilishinigina o'rganish bizga bu til haqida to'la axborotni berol- maydi, chunki til birliklaridan qachon, qayerda, qanday vaziyatda foydalana bilish ham katta ahamiyatga ega. Masalan, muhtaram, qimmatli, aziz singari so'zlami ma’lum shaxs bildiruvchi so'zlarga faqat rasmiy, publitsistik uslublarda qo'shib ishlatishingiz mumkin: Muhtaram Solijon Soqiyevich! Qimmatli aka, aziz opajon kabi. Bunday birik- malami yoningizda siz bilan oddiy holatda jonli muloqot qilib turgan kishilarga qo'llay olmaysiz. Agar shunday birikmalarni qo'llasangiz, noqulay ahvolga tushasiz. O'zbek tilining quyidagi nutq uslublari mavjud: 1) so'zlashuv uslubi; 2) publitsistik. uslub; 3) ilmiy uslub; 4) rasmiy uslub; 5) badiiy uslub. Bulardan birinchisi og'zaki; qol- ganlari yozma va og'zaki nutqqa xosdir. Masalan, ilmiy asar yoki ilmiy ma'ruza mat- ni yozma nutqqa, ilmiy ma'ruzaning o'zi esa og'zaki nutqqa xos. Shuningdek, badiiy uslubning ham yozma va og'zaki (xalq og'zaki ijodi) ko'rinishi boriigini bilasiz. SO'ZLASHUV USLUBI. Kundalik hayotda, oilada, ko'cha-ko'yda, ish joylarida va boshqa joylarda kishilarning fikr almashishi jarayonida qo'llanadigan nutq uslubi so'zlashuv uslubi sanaladi. So'zlashuv uslubi adabiy va oddiy so'zlashuv uslublarini o'z ichiga oladi. Ma’lum adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan, tartibga solingan so'zlashuv uslubi adabiy so'zlashuv uslubi, adabiy til me’yorlariga doimo amal qilavermaydigan erkin muloqot shakli esa oddiy so'zlashuv uslubi hisoblanadi. Adabiy so'zlashuv uslubi kundalik muloqot uchun xizmat qiladi, o'qitish ishlari, tarbi- ya va tashviqot shu uslubda olib boriladi, badiiy adabiyot shu uslubda yaratiladi. Oddiy so'zlashuv uslubida so'zlovchi nutq vaziyatidan kelib chiqib axborot uchun eng kerakli so'zlarnigina ishlatadi. Qolganlari nutqiy vaziyatdan bilinib turadi yoki imo- ishora va mimikalar bilan to'ldiriladi. Masalan, kinoteatr chiptaxonasidan chipta olish uchun so'raysiz: Beshinchidan ikkita (Menga beshinchi qatordan ikkita chipta bering deb otirmaysiz). Oddiy so'zlashuv uslubida nutqiy vositalami tejashga intilish bilan birga bunga teskari bo'lgan nutqiy ortiqchalikka ham yo'l qo'yiladi. Oddiy so'zlashuv uslubida gap bo'laklarining tartibi ham ancha erkin bo'ladi. Ba’zan shevaga xos so'zlar, qo'pol, dag'al so'zlar ham kuzatiladi, lekin ulami qo'llash so'zlov- chining madaniy nutq sohibi emasligini ko'rsatadi. So'zlashuv uslubining har ikkala turi ko'pincha dialog shaklida ro'yobga chiqadi. Ikki shaxsning o'zaro so'zlashuvi dialogik nutq sanaladi. So'zlashuv uslubida so'zlar ko'pincha kinoya, piching, qochirimlarga boy bo'ladi. Bu uslubning yana bir o'ziga xos xususiyati erkinligidir. So'zlashuv uslubida kitobiy uslublarda qo'llaniladigan taklif qildi, sobiq, masalan kabi so'zlar o'mida chaqirdi, oldingi, burungi, misol uchun kabi so'zlar ishlatiladi. Ergash aka, Qumri opa singari birikmalarda qo'llaniladigan aka, opa kabi so'zlar, erkalash-kichraytirish qo'shimchalari qo'llanadi. Bu uslubda og'zi qulog'ida, joni chiqib ketdi kabi iboralar - frazeologik birliklar, maqol, matal, hikmatli so'zlar ham uchraydi. Unli tovushiami cho'zish (bo:r, ke:l), ayrim undosh tovushlami cho'zib aytish (maza-mazza: endi mazza qilib ertak eshitinglar; haqi - haqqi: haqqingni ol, yaramas!) so'zlashuv uslubiga xosdir. Oddiy so'zlashuv uslubida so'z tartibi qoidaga nomuvofiq bo'lishi (kecha konsert bo'ldi klubda); ko'chma, obrazli emotsional vositalar ko'proq qo'llanilishi (g'ayrat qil, shalvirama; Alini qarang, og'zi qulog'ida); dialogik shaklda bo'lib, to'liqsiz gap va imo-ishoraning ko'p ishlatiiishi (Kelyapti (navbatchi), Ketdimi? - Ha kabi); takrorlar (kelib-kelib shu gapni topdingmi?)-, talaffuzda erkinlik (na’lat (la’nat), yangitdan (yangidan), opti (olibdi) kabi) yaqqol namoyon bo'ladi. Oddiy so'zlashuv uslubi badiiy asarda personajlar nutqini individuallashtirishda keng qo'llanadi. So'zlashuv uslubida sodda gapiar, to'liqsiz gapiar, undalmali gaplardan foydalaniladi. PUBLITSISTIK USLUB. Publitsistika davrning eng muhim, dolzarb masalalari- ni o'quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, teievideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilaming ongiga atrofda sodir bo'layotgan voqealami singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ommaviy axborot vositalari (gazeta-jurnal, radio, teievideniye) uslubi, Oliy Majlis yig'inlarida, turli xil anjumanlarda qo'llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslubdir. Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir etish bo'lib, soddalik, ta’sirchanlik, tushunarlilik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdk. Publitsistik uslubning ham og'zaki, ham yozma shakllari mavjud. Radio-televideni- yeda chiqayotgan siyosiy sharhlovchilar, notiqlarning nutqlari publitsistik uslubning og'zaki shakliga mansub, ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag'ishlangan bosh maqolalar, felyeton, pamfletlar, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklarat- siyalar publitsistik uslubning yozma shakliga xosdir. Publitsistik uslubning o'ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo'lishlik, hozirjavoblik, ta’sirchanlik belgilariga ega. Bunday nutq uslubi ijtimoiy masalalarga harakatchanligi tufayli, unda ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so'zlar ko'proq qo'llaniladi. Masalan, isyon, irqchilik, qo'po- ruvchilik, siyosiy tanglik, bitim, reja, qurultoy, anjuman, kengash, hukumat rahbarlari, davlat va boshqalar. Publitsistika bir qancha janrlarga ega. Har qaysi janming o'zi, masalan, gazeta, radio, televideniyeda beriladigan reportajlar uslub va uslubiy vositalari hamda o'zida berilayotgan reportaj, pamflet, felyeton kabi nutqiy vositalari jihatidan farqlanadi. Shunga qaramay, ulaming hammasi bir umumiy belgi asosida publitsistik nutqning turli ko'rinishlari hisoblanadi. U ham bo'lsa nutqning jamiyatga qaratiiganidir. Publitsistik uslub, avvalo, tashviqot va targ'ibot uslubi bo'lgani uchun ham unda siyosiy faollik, hozirjavoblik, o'tkir va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy mulohaza va dalil- lar bilan tushuntirish, isbotlash kabi belgilar ustunlik qiladi. Shunga ko'ra publitsistik uslubda yozma nutqqa xos xususiyatlar (ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarga oid leksikaning, intonatsion sintaktik vositataming ishlatiiishi) ham, badiiy uslubga xos belgilar (obrazli ifodalar, bo'yoqdor so'zlami qo'llash) ham o'zaro uyg'unlashadi. Bu uslubda hayotiy voqea va dalillar oddiygina qayd qilinmay, jo'shqin va haroratli misralarda ifodalanadi, ulardan umumiy xulosalar chiqariladi, muhimi, xalqqa murojaat, undash, qiziqtirish orqali o'quvchiga ta’sir ko'rsatiiadi. Publitsistik nutqda ta'sirchan so'z va birikmalardan, maqol va hikmatli so'zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo'laklari odatdagi tartibda bo'ladi, kesimlar buyruq va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi: darak, his-hayajon va ritorik so'roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so'z va birikmalardan foydalaniladi. Publitsistik nutq uslubiga misol: Vatan, istiqlol, ma’naviyat... Bu so'zlar inson ongidagi eng buyuk tushunchalarni ifodalovchi purhikmat so'zlardir. Agar insonda shu so'zlaming birortasi yo'q bo'lsa, hayotning qayeridir kemtik bo'lib turaveradi. Yer qish uyqusidan uyg'ondi. Bahorning mayin sabolari esa boshladi. Ariqlarning bo'yi yam-yashil maysalar bilan qoplandi, daraxtlar kurtak chiqarib, ifor isli naparmon gullar bilan bezandi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling