O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari


MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR


Download 0.61 Mb.
bet60/95
Sana10.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1347996
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN MASHQLAR
mashq. Alisher Navoiyning qanday hikmatli so'zlarini bilasiz? Ulardan o'ntasinj ko'chirib yozing. Ma'nosini sharhlab bering.
VATANGA OID HIKMATLI SO'ZLAR
1.Vatan - onaning ko'ksidan boshlanadi. 2. Vatan tuyg'usining manzillari beshikdan qabrgachadir. 3. Vatanni sevish hissi - bu shunchaki tug'ma mayl emas, u sarbaland va muqaddas tuyg'udir. 4. Vatan tuprog'i oyoqdan emas, balki qadoq bog'lagan qo'llardan bo'sa olgisi keladi. 5. Belingiz Vatan yukidan bukchaysin. 6. Vatan yuki zalvarli bolsa- da, maloli yo'q. 7. Quyoshga juftlik yarashmaganidek, Vatanning ham sherigi yo'q. 8. Vatan sadaqaga berilmagan, uni bizga taqdir ato etgan. 9. Vatan - eng katta taqdir. 10.Sen Vatanni madh etgan minbar - mehrpbdir. 11. lymon - vijdonning qiblasi. Vatan ham bamisoli qiblagohdir. 12. Vatan nechog'li ulkan bo'lmasin, u qalbga ham, ko'z qorachig'iga ham jo bo'la oladi. 13. Vatan ishqi oshiq sevgisidek qalbning tub-tubidan joy olgan bo'ladi. 14. Vatan xokini to'tiyoga aylantirish uchun al-kimyogar bo'lish shart emas. 15. Vatanfurush o'z oltin beshigini pullaydi. 16. Vatan tuyg'usi ustuvor yurtda vatanfurushning bozori kasoddir (Murod Xidir).
mashq. Ilm haqidagi hikmatlami yod oling.
1.Ilmsiz inson - mevasiz daraxt. 2. Nodonga ilm o'rgatmoq ummi zoye o'tkazmoqdir.3. Ilm bir xazina bo'lsa, bu xazinaning kaliti savoddir. 4. Ilm kelinchakka o'xshaydi, u hikmat va pinhonlikni yoqtiradi. 5. Ilm - inson ziynati. 6. Qog'ozga tushirilmagan ilm unutilib ketadi. 7. Kimki ilm bilan aqlini oshirishga urinsa, mol-u davlat o'zi kelaveradi. 8. Ilm bo'lmasa, odamning hayvondan farqi bo'lmas edi. 9. Molni ishlatganing sari ozayadi, ilm esa ko'payadi. 10. Har kimki erur ulamo mohir, Bo'lg'ay anga so'zning husni zohir (Shavqiy Kattaqo'rg'oniy).
mashq Quyidagi hikmatlami o'qing va ularga izoh bering. Ularda ilgari surilgan g'oyalar haqida fikr yuriting.
Tilimizning tovlanib turishida shoir uchun ne-ne bitmas-tuganmas xazinalar bor (M.Shayxzoda).
Til uslub uchun shaxmat taxtasidagi shohdir (K.Fedin).
Kitobxonga bir fikmi anglatish uchun yoki bir narsani tasavvur qildirish uchun kishining boshini qotirmaydigan ochiq, ravon va sodda til kerak (A.Qahhor).
O'zbek tili xazinasidagi so'zlar shu qadar ko'p va jilokorki, bu tilda hech qiynalmasdan go'zal asarlar: she’rlar, qissa va hikoyalar bitish mumkin (N.Tixonov).
mashq. Amir Temur tomonidan aytilgan o'gitlarni daftaringizga yozib oling va ular haqida bahs tashkil qiling.
Ulamolar suhbatida bo'l, pok, sof niyatli kishilarga talpin. Kechira olishlik mardlik, kechira bilmaslik nomardlik. Ahli ehson bilan jahon gulshani obod bo'lar. Bir kalima shirin so'z qilichni qinga kiritadi. Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql- idrokning, ilm-u donishning asosidir, hayotni o'rgatuvchi murabbiydir. Ilm va dinning mashhur kishilari O'z maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar. Dushmanning kulgani - siringni bilgani. Bir kunlik adolat yuz kunlik toat-ibodatdan afzal. Kuch - adolatdadir.
mashq. Hadislami o'qing. Ulaming hayotimizga naqadar to'g'ri kelishi haqida fikr yuriting. O'zingiz ham hadislarga namunalar ayting va daftaringizga yozing.
Kasbning eng yaxshisi,- kishining o'z qo'li bilan bajarilgan ishi va halol savodi. Sadaqaning afzali - musulmon kishining ilm o'rganib, so'ng boshqa musulmon birodarlariga ham o'rgatishi. Halol kasbdan charchab uxlagan odam gunohlari kechirilgan holda tunaydi. Ilmni yozib qo'yish bilan bog'lab olinglar. Ilm ibodatdan afzal. Jannat onalar oyog'i ostidadir. Kimki shoshmay, sabr-qanoat bilan ish qilsa, qilgan ishi to'g'ri chiqadi. Saxiy kishining taomi shifodir. Odamlar bilan murosa-yu madoraga kirishish ham sadaqa hisoblanadi.
mashq. Matnni o'qing va undan o'zingizga tegishli xulosa chiqarib oling. Aflotunning o'z shogirdi Arastuga qilgan nasihatlari.
Hamisha ilm payida bo'lib, qalbing ham, ko'zing ham doimo bedor bo'lsin. Uyqu va oromni o'ylab bugungi ishni ertaga qoldirma. Badbaxt shunday kishiki, ishining oqibatini o'ylamaydi, gunoh ishlardan o'zini tiymaydi. Barchani birdek sev, biror kishi baloga duchor bo'lsa, unga ko'mak qo'lini cho'z. Har kimning gapi to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini bilmay turib, tekshirmay turib hukm chiqarma. Qaysi ishda bo'lmasin, sustkashlik qilma. Yaxshilik qilishda chegara bor deb o'ylama. Hakimlar hikmatini yod ol. Mol-dunyo hirsini ko'nglingdan quv. Yoqimli odoblardan ko'z yumma. Tuban ishlarga qo'l urma. Hamma bilan gaplashganda ham kamtarlikni qo'ldan berma. Birovni xor sanama, hamisha adolatni o'zingga shior qil.
NOMSHUNOSLIK
Nomlar, ulaming turlari, nomianish sabablari bilan shug'ullanuvchi tilshunoslikning bo'limiga onomastika (lotincha onoma - nom so'zidan olingan) deyiladi.
Atoqli otlar nomlanuvchi obyekt turiga ko'ra bir necha guruhga bo'linadi:
1.ANTROPONIMLAR - shaxs va ularga qo'yilgan nomlar: Ahmad, Karim va hokazo. Antroponimlarga kishilaming ismi, familiyasi, taxallusi kiradi. Antro- ponimlar har doim bosh harf bilan yoziladi: Shuhrat, Odil Yoqubov, Muqimiy kabi. Antro- ponimlar orasida kichik harf bilan ham yoziladigan qismlar mavjud bo'lib, bular arabcha ibn, binni, o'zbekcha o‘g‘li, qizi so'zlari va arab tilidan kirgan al artiklidir. Masalan, Abu Ali ibn Sino, Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek, al-Xorazmiy, at-Termiziy, Oysha binni Mansur kabilar.
Shaxsga qo'yilgan nomlarda ota-onaning orzu-umidi (Baxtiyor, Umid, Go'zal), bolaning tashqi belgisi (Xoldor, Anor, Qovoqvoy), xalqning urf-odati (O'roqvoy, Teshavoy), tug'ilgan kuni (Odina, Jumavoy) o'z aksini topadi. Antroponimlar turdosh otlar asosida (Muhabbat, Lola, Juma, Sulton, Bahri), sifatlar asosida (Go'zal, Muqaddas, Ozoda, Botir, Jasur), sonlar asosida (Oltmishvoy, Yetmishvoy, Chori, Pan- ji), fe'llar asosida (Tursunoy, To'xtasin, Turdi) paydo bo'lgan. O'zbek ismlari qo'shma so'zlardan ham iborat bo'lishi mumkin. Masalan, Sotiboldi, Gulchehra, Otamurod, Gul- bahor, Muhammadyusuf kabi. O'zbekcha ismlar tarkibida nomning oxiriga yoki oldiga qo'shilib keluvchi lug'aviy unsuriar ham mavjud. Bular bek, boy, bobo, buva, mir, mirza, xo'ja, qul, beka, bibi, begim, bonu, gul, oyim, poshsha, momo, sho kabilardir: Qodirbek, Mirzakarimboy, Karim bobo, Ochil buva, Mirahmad, Aminxo'ja, Ostonaqul, Kumushbibi, Gulchehrabonu kabi.
Antroponimlarni o'rgangan olim Ernst Begmatov bo'lib, «Kishi nomlari imlosi» (1970), «O‘zbek ismlari imlosi» (1972) kitoblari bu sohadagi qimmatli manba hisobla­nadi. 1999-yili nashr etilgan «O‘zbek ismlari» kitobida 14600 ta ismga izoh berilgan.
2.TOPONIMLAR - geografik obyektlar va ularning nomlari: Shirmonbuloq, Qorako'l, Qarshi. Turli xil obyektlaming muayyan nom bilan atalishida ulaming ma’lum belgilari e'tiborga olinadi. Buyuk shaxslaming nomini abadiylashtirish uchun u bilan qandaydir bog'liq bo'lgan holat hisobga olinadi yoki shaxsga katta hur- mat yuzasidan joy shu shaxs nomi bilan yuritiladi. Masalan, Hamzaobod shahri shu joyda ma’lum davr yashab, mehnat qilgan Hamza nomi bilan; Qipchoq, Saroy, Ke- nagas, Jaloyir, Naymancha qishloqlarining nomlari shu qishloq aholisining etnik kelib chiqishi bilan; Qatorterak, Uchtol, Beshariq, Balandmasjid singari joy nomlari shu joy- dagi o'simlik, bino, suv inshooti xususiyati bilan bog'liq ravishda qo'llangan. Aholining yashash maskanlarini nomlashda, xalqning iqtisodiy turmush tarzi, shug'ullanuvchi kasb-kori ham hisobga olinadi. Vaqtlar o'tishi bilan hunar garchi o'zgarib ketsa-da, joy nomlari saqlanib qoladi. E'tibor bering: Miskarchilik, Ko'nchilik, Egarchi, Jiyakchi, Taqachi, O'qchi, Miltiqsoz, Bo'rchi, Ketmonchi, Charmgarguzar, Tandirchi, Sovungarlik. Toponimlami nomlashda joyning relyefi ham hisobga olinadi. Masalan, Uzunko'cha, Balandqishloq, Chuqursoy, O'rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq kabi. Suv havzalari bilan atalgan joy nomlari ham mavjud. Achchiqko'l - Farg'ona viloyati O'zbekiston tumanidagi qishloq. Achchiqko'l - asli suv havzalaridan biri - ko'lning nomi, ko'l suvining achchiqligi, o'ta sho'r ekanligi, iste'mol qilish uchun yaroqsizligi ko'lning shu tarzda nomlanishiga sabab bo'lgan. Ko'l hozirda yo'q bo'lib ketgan, lekin uning nomi shu atrofdagi aholi turaijoyi atamasi sifatida saqlanib qolgan. Aniqrog'i, ko'l nomi asosida qishloq nomi vujudga kelgan.
Xalqimizda «Ko‘l qurisa ham, nomi qurimaydi* degan naql bor. Darhaqiqat, res- publikamizda garchi o'zi qurib, yo'qolib ketgan bo‘lsa-da, nomi hamon saqlanib qolgan ko'llar anchagina topiladi. Ular hozirda qishloq nomlari sifatida yashab kelmoqda.
Shaytonko'l (Farg'ona viloyati Beshariq tumani), Oydinko'l (Farg'ona viloyati Bu- vayda tumani), Qorako'l (Farg'ona viloyati Uchko'prik tumani), Oqko'l (Farg'ona viloyati Dang'ara tumani), Damko'l (Farg'ona viloyati tumani), Qo'g'aliko'l (Namangan viloyati Zadaryo tumani), Bordimko'l (Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumani), Darvozako'l, Sho'rko'l (Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumani), Chapko'l, Polvonko'l (Namangan viloyati Norin tumani), Oltinko'l (Andijon viloyati Oltinko'l tumani), Bordonko'l (Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani) singari qishloq nomlari hozirda mavjud.
Nazarmahram - Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi qishloq nomi. Mazkur to- ponim kishi ismi va Qo'qon xonligi davridagi amal - mansabga oid atamalardan biri mahram so'zidan tarkib topgan. Mahram - xonga yaqin bo'lgan va uning huzuriga kira oladigan kishi. Shuningdek, mahramlar saroydagi boshqa ishlarni ham bajarganlar. Ko'rinadiki, o'tmishda mansab nomlari ko'pincha amal egasining nomiga qo'shilib aytil­gan. Shunga ko'ra, ba'zi joy nomlariga kishi ismi va mansab nomi atama bo'lib qolgan, Nazarmahram fikrimiznipg isbotidir.
3.ZOONIMLAR - hayvon nomlari va ularga atab qo'yilgan nom­lar: To'rtko'z, Bo'ribosar. Zoonimlar ham bosh harf bilan yoziladi. Xalqimizda ot, sigir, it, mushuklarga atab nomlar qo'yiladi. Boychibor, G'irko'k, Tarion - otlarga qo'yilgan nomlar; Targ'il, Govmish - sigirlarga qo'yilgan nomlar; Olapar, Ziyrak, To'rtko'z - itlarga qo'yilgan nomlar; Mosh, Baroq, Momiq - mushuklarga qo'yilgan nomlar hisoblanadi.
4.GIDRONIMLAR - suv havzalari inshootlari va ularga atab qo'yilgan nomlar: Orol dengizi, Balxash ko'li va hokazo. Gidronimlar tarkibidagi birinchi so'z bosh harf bilan, qolganlari kichik harf bilan yoziladi: Shimoliy muz okeani, Norin daryosi kabi. Agar gidronimlar tarkibidagi ikkinchi so'z atoqli ot bo'lsa, u ham bosh harf bilan yoziladi: Katta Farg'ona kanali, Markaziy Andijon kanali kabi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling