O`zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari
O'ZBEK LEKSIKOGRAFIYASI (LUG'ATSHUNOSLIK)
Download 0.61 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- ENSIKLOPEDIK (QOMUSIY) LUGATLAR VA ULARDAN J FOYDALANISH
O'ZBEK LEKSIKOGRAFIYASI (LUG'ATSHUNOSLIK)
Leksikografiya lotincha leksikos - so‘z, grapho - chizmoq, yozmoq so'zlaridarr olingan bo'lib, tilshunoslikning lug'at tuzish amaliyoti va nazariyasi bilan shug'ullanuvchi bo'limidir. Leksikografiya nazariyasining predmeti lug'at tuzish temoyillari va usuliyotlari sanaladi. Leksikografiya amaliyoti esa lug'at tuzuvchilaming ishini tashkil etish, so'zlami kartochkalarga tushirish, sistemaga solish va saqlash singarilarni o'z ichiga oladi. Leksikografiya nazariyasida lug'at turlari, so'zlik tarkibi va so'z maqolasining tuzili- shi asosiy o'rinni egallaydi. Avvalo, lug'atlar ikki turli bo'ladi: ensiklopedik (qomusiy lug'atlar); filologik (lingvistik) lug'atlar. Bu ikki turdagi lug'atlar lug'at birliklarining nimaga qaratilgani bilan farqlanadi. Lug'atga kiritilayotgan birliklar barcha tushunchalarni o'z ichiga olsa ensiklopedik (qomusiy) lug'at; ma’lum bir tildagi so'zlami o'z ichiga olsa filologik (ilingvistik) lug'at hisoblanadi. ENSIKLOPEDIK (QOMUSIY) LUG'ATLAR VA ULARDAN J FOYDALANISH Ensiklopedik (qomusiy) lug'atda turli xil tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, ilmiy tushunchalar va boshqalaro'z ifodasini topadi. Umuman, ensiklopedik lug'atlar ma’lum bir xalqning madaniy-ma’naviy, ilmiy-amaliy, siyosiy-iqtisodiy hayotiga doir barcha tushunchalarni qamrab oladi va bu tushunchalar unda o'z izohini topadi. Qomusiy lug'atlarni yaratish uzoq davom etadigan, mashaqqatli ish sanaladi. Unga kiritiladigan maqolalar tushunarli, ravon tilda berilishi, ular turli-tuman kartalar, sxemalar, rangli va oq-qora rasmlar, atoqli shaxslarning portretlari bilan bezatilishi lozim. Misol uchun, 14 jildlik O'zSEning 1-jildini tayyorlash ishida 14 ta akademik, 13 ta akademiyaning muxbir a'zosi, 88 ta fan doktori, professor, 539 ta fan nomzodi va boshqa ko'plab mutaxassislar qatnashgan. Unda 3350 ta maqola mavjud. Mazkur jild ustida 1965 - 1971-yillar mobaynida tayyorlov ishlari olib borilgan. 1971 - 1980-yillaroralig‘ida O'zSEning 14 jildi nashrdan chiqqan. O'sha davr uchun bu juda katta voqea edi, lekin ushbu qomusiy lug'atdagi ko'plab maqolalar bugungi kun talabiga javob bermaydi, eskirdi. Ularni qayta ishlash, mustaqillik mafkurasi nuqtayi nazaridan yoritish lozim bo'lib qoldi. Shu tufayli O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah- kamasi «o`zbekiston Milliy ensiklopediyasi»ni yaratish to'g'risida maxsus qaror qabul qildi. Ana shu qaror asosida 2000 - 2006-yillarda 12 jildli «o`zbekiston Milliy ensiklo- pediyasi» yaratildi. Toshkent shahrida ensiklopedik lug'atlar va kitoblarni nashr etish bilan shug'ul- lanayotgan alohida muassasa - O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti faoliyat ko'rsatmoqda. «U kim? Bu nima?» (Bolalar ensiklopediyasi) Toshkentda 1987 - 1988-yillarda nashr etilgan, 3 jilddan iborat. Birinchi kitob A - Y harflari bilan, ikkinchi kitob K - R harflari bilan,' uchinchi kitob S - H harflari bilan boshlanadigan maqolalami o'z ichiga olgan. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling