Ayniqsa, Jo‘jixonning vafoti bilan bog‘liq voqea (turkiycha jir) “To‘rt ulus tarixi”dagi eng ta’sirli lavhalardandir.
Ma’lumki, Chingizxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘jixon Dashti Qipc- hoqda hukmronlik qilardi. Jo‘jixonning vafoti haqidagi xabar 0‘rdaga yetib kelganda, bu xabami Chingizxonga yetkazishga hech kim jur’at qila olmaydi. Oxiri barcha amirlar ulug‘ jirchidan, Chingizxon yaxshi kayfiyatda turganda bu shum xabami yetkazsangiz, deb iltimos qiladi- lar. Ulug‘ jirchi fursati yetganda Chingizxonga quyidagi turkiyeha jimi aytadi:
Tengiz boshdan bulg‘ondi, kirn tinduroro, xonim?
Terak tubtun jig‘ildi, kim turg‘uzoro, xonim?
(Daryo boshidan loyqalandi, uni kim tozalaydi, ey shohim? Terak ildizidan quladi, uni kim turg‘izadi, ey shohim?)
Chingizxon Jarchining savoliga shunday javob beradi:
Tengiz boshdan bulg‘onsa, tindurur ulum Jo‘jidir,
Terak tubdin jig‘ilsa, turg‘uzur ulum Jo‘jidir
(Agar daryo boshidan loyqalangan bo‘lsa, uni tindimvchi me- ning o‘g‘lim Jo‘jidir. Agar terak yog‘ochi ildizidan qulagan bo‘lsa, uni turg‘izuvchi o‘g‘lim Jo'jidir).
Jarchining ko‘zlaridan shashqator yoshlar oqadi. Chingizxon fojiani anglaydi va quyidagi baytni aytadi:
Ko‘zing yoshli ehungur turlu liq-liq to‘ldi bo‘lg‘aymu?
Jiring ko‘ngul o‘rkutur Jo‘chi o‘ldi bo‘lg‘aymu?
(Ko‘zlaring o‘z yoshlarini dumalatmoqda, nahotki ko‘ngling to‘lib ketgan bo‘lsa? So‘zlaring yuraklami o‘rtadi. Nahotki Jo‘ji oigjan bo‘lsa?)
Jarchi Chingizxonning bu baytiga quyidagicha javob beradi:
So‘ylamakka erkim yo‘q, sen so‘ylading, о xonim,
O‘z yarlig‘lig‘ ozarg‘a javobdi o‘ylading, о xonim!
(Bu haqda gapirishga qudratim va ixtiyorim yo‘q, o‘zing shunday buyurgansan, ey shohim! O‘z hukming o‘zing uchun bo‘lsin, to‘g‘ri fikr qilding, ey shohim!)
Chingizxon Jo'jini boshqa o‘g‘illaridan ham ko‘ra nihoyatda yaxshi ko‘rar edi. Chingizxon: “Kimki Jo‘ji xonning o‘limini taiga olsa, mening siyosatimga (jazoimga) duchor bo‘ladi”, deb ogohlantirgan edi. Jarchining javobidan taqdirga tan bergan Chingizxon shunday deydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |