O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Asarning tuzilishi. “Fununu-l-balog‘a” asari muqaddima va besh qismdan iborat


Download 2.59 Mb.
bet119/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Asarning tuzilishi. “Fununu-l-balog‘a” asari muqaddima va besh qismdan iborat.

  1. Muqaddimada Olloh taolo insoniyatga so‘z va nutq ato qilgani hamda ulami tartibga solganini, shu tariqa nazm va nasr paydo bo‘lgani haqida yozar ekan, Olloh balog‘at haqida shirin suhbat olib borish uchun turli san'atlar va badiiyat bilan ziynat berganini yozadi. So‘ngra Muham­mad s.a.s.ga na't keltiradi.

  2. Fununu-l-balog‘a”ning birinchi bobida qo‘yilgan masalalar. Birinchi bobni Shayx Ahmad “Avvalg‘i fanda she’rning aqsomin va anvoin sharh qilur (Birinchi ilmda she'ming qismlari va turlari sharh qilinadi)” deb nomlaydi.

Shayx Ahmad o‘z asarida keltirgan mundarijadan ko‘rinib turibdiki, Abduqodir Hayitmetov aytganlaridek, u tom ma'noda qo‘l!anma yozish- ni maqsad qilib qo‘ygan. 0‘zidan oldin yaratilgan poetikaga oid asar- lami puxta o‘rganib chiqqan. Shu bois o‘z qarashlarini dalillash uchun umumiy ravishda o‘z salaflari asaralarini o‘rganganiga ishora qiladi.
Shayx Ahmad janrlar haqida. Bu bobda Shayx Ahmad she'ming “aqsomi” o‘nta nav', ya'ni janrdan iborat ekanini aytadi. Bular: qasida, g'azal, qii'a, ruboiy, masnaviy, lane’, musammat, mustazod, mutavval, fard. Muallif mazkur janrlami she'riyatning asosiy janrlari sifatida qa- raydi. Bu shc'riy janrlarning tarkibida uchraydigan qismlari ham borki, bulaming har birini Shayx Ahmad batafsil tushuntirib beradi. Uningcha, agar bu she’rlar tarkibida Tangri azza va jallaga hamd aytsalar, o‘sha qismi tavhid deyiladi. Muhammad Mustafo s.a.s.ni vasf qilsalar, na’t deyiladi. Tavba-tazarm qilib, tangriga yolvorsalar, munojot deyiladi. Xulafoyi roshidinni ta’riflasalar, manoqib va manqabat va tamadduh de­yiladi. Agarda vafot etgan odamni yod olib, she'r yozsalar, marsiya deb aytiladi. Agar kimdandir nafratlanib, bayt tizsalar, hajv va mazammat derlar. Agar hazil qilsalar, mutoyiba derlar (32-b.)
Bu terminlar ostidagi she’riy parchalar yoki she'rlami Shayx Ah­mad janr deb hisoblamaydi. Bu qismlar asosan yuqoridagi o‘nta janr larkibiga kiradigan qismlardir. Bu she ’riy qismlami u she'ming maz- muniga, ayrim hollarda shakliga (masalan, marsiya) aloqador deb bilgan bo‘lishi mumkin.
Shayx Ahmad qasida haqida. Shayx Ahmad qasida janrining aso- siy xususiyatlari haqida to‘xtalganda, bu janr yigirma yetti bayt yoki undan kamroq ham bo‘lishini yozadi va uning tarkibiy qismlari husni matla’ bilan boshlanib, undan keyin madh, maqsud va maqta’dan iborat bo‘lishini aytadi (32-34-b.). Qasida janrining quyidagi turi haqida so‘z yuritar ekan, janrning o‘ziga xos xususiyati ana shundan iborat ekani haqida to‘liq tasawurga ega bo‘lamiz: “Va qasidaning yana bir nav’i uldurkim, bu to‘rt vajhni (tartibni - N.R.) tamomin rioya qilmaslar. So‘zni madh birla ibtido qilurlar” (34-b.). Bundan ma’lum bo'ladiki, qa­sidaning bu turi husni ibtido san’ati bilan boshlanadi va bu san’at husni matla’ o‘rnida keladi, bayt mamduhni ulug‘lashga qaratilgan boTadi134. Shu ta’rifdan keyin shayx Ahmad bir qator forsiyzabon shoirlar qatorida, Lutfiydan quyidagi baytni keltiradi:

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling