O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Tingla so‘zum kulgusuz (I BA, 96, Т. I 12‘)


Download 2.59 Mb.
bet141/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Tingla so‘zum kulgusuz (I BA, 96, Т. I 12‘)
Ag‘di bulit ko‘krayu,
Yag'mur to‘Ii sekrayu,
Qaliq ani ugriyu,
Qancha barir belgusiz (! BA, 354, Т. ‘ 336)
Turing chechak yarildi,
Barchin yazim kerildi,
Uchmaq vcri ko'ruldi.
Tumlug‘ yana kelgusuz (I BA 1‘9, Т. I 14‘)
Qush, qurt qamug‘ tirildi,
Erkak tili terildi,
Ugur alip tarildi,
Yinqa yana kirgusuz (III BA 5-6, T. Ill 11-12)
Yay, ko‘rkinga inanma,
Suvlar uza tayanma,
Esizligig anunma,
Tilda chiqar ezgu so‘z (III BA 160-161, Т. Ill 176)'34
Ayrim hollarda munozarada kichikroq hajmdagi hamd qismi ham mavjud bo‘ladi. Hamd - shu munozarani yozishga undagan shaxsga qa- ratiladi. Ba’zi tadqiqotchilar munozara janrini o‘rganib, bu janr Sharq mumtoz adabiyotidagi qasida janrining bir ko‘rinishidir, degan fikmi ham bildirganlar Bunday xulosaga kelishda ular munozaraning hamd qismiga tayanadilar.140 Ammo bu fikr unchalik o‘zini oqlamaydi. Muno­zarada hamd bo'bshi shart emas. Masalan, “Devonu lug‘atit-turk”dagi munozarada ham, “Qutadg‘u bilig”dagi 0‘zg‘urmish va O‘gdulmish munozarasida aslo ham qismi yo‘q. Shuning uchun qasida bilan muno­zara o‘rtasidagi aloqadorlik to"g‘risida gapirish o‘rinli emas.
Munozara fors va turkiy xalqlar adabiyotida eng ko‘hna janrlardan. O‘rta asr fors adabiyotidan bizgacha bu janming e’tiborli bir namuna- si yetib kelgan. Bu munozara “Daraxt va xurmo” deb nomlanib, asar- ning pahlaviycha matni, transkripsiyasi, tojik va rus tillariga tarjimasi I.S.Braginskiyning “Iz istorii tadjikskoy narodnoy poezii” (Moskva, 1956, 223-226-b.) asarida keltirilgan. Asarda hikoya qilinishicha, xurmo bilan cchki bahsga kirishib, qaysi biri insonga ko‘proq foyda keltirishini isbotlashga harakat qiladilar.
XI asrda bu janrga mashhur fors-tojik shoiri Asadi Tusiy e’tibor qaratdi. Uning beshta munozarasi bizga ma’lum. 1. “Tun va kun muno- zarasi” (Munozarai shab va ruz). 2. “Nayza va yoy munozarasi” (Muno- zarai rameh va qavs). 3. “Osmon va yer munozarasi” (Munozarai osmon va zamin). 4. “Otashparast va musulmon munozarasi” (Munozarai gabr va musulmon). 5. “Arab va fors munozarasi” (Munozarai arab va ajam).
Mazkur munozaralaming dastlabki uchtasini nemis tiliga G.Ete tar- jima qilgan. To‘rtinchi munozara Rizo Qulixonning “Majma’ ul-fusaho” (Chiroyli so‘zlovchilar jam’i) tazkirasida bor. Beshinchi munozarani ye.E.Bertels SSSR FA Sharqshunoslik institutining ilmiy to‘plamida (19-jild, 1958-yil) nashr qilgan.
Munozara janri Temuriylar davri adabiyotida ijodkorlarning mavqe- ini belgilovchi asosiy omillardan biri bo‘lgan. Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”ida Mavlono Ruhiy Yoziriyning “Bulbul bila gul”, “Sham’ bila parvona”, Mavlono Orifyning “Go‘y va Chavgon”, Xoja Mas’ud Qumiyning “Tig‘ va Qalam” munozaralari borligini alohida ta’kidlaydi (Navoiy. MAT. 13-jild, 20, 25, 47-b.).
O‘zbek adabiyoti tarixida munozara XV asming birinchi yarmida maxsus janr sifatida shakllandi. Albatta, o‘zbek adabiyoti tarixida bu janrning shakllanishiga, bir tomondan, turkiy adabiyotdagi ayrim asarlar tarkibida, mif va udumlar ko‘rinishida yetib kelgan munozara, ikkinc- hi tomondan, fors-tojik adabiyotidagi munozara ta’sir ko‘rsatdi. Yusuf Amiriyning “Chog‘ir va Bang”, Ahmadiyning “Sozlar munozarasi”, Yaqiniyning “O‘q va Yoy” munozarasi o‘zbek mumtoz adabiyotidagi munozaraning yorqin namunalaridir.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling