O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


(* taarruz — qarshilik; *g‘ash - bu o‘rinda: kamon ipi; * infiol - xijolat: biron narsadan asarlanish


Download 2.59 Mb.
bet162/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

(* taarruz — qarshilik; *g‘ash - bu o‘rinda: kamon ipi; * infiol - xijolat: biron narsadan asarlanish; * tahammul — sabr, chidam; *qarn — uzoq muddat, asr; *singir - pay (yoy uchiga. bog janadi).
Yoy, ya’ni qariya maqtanishni davom ettirib, o‘zining manbai va manshai Qur’oni Karimda ekanini dalillamoqchi bo‘ladi va “himmatli- lar otasi” Qosim Anvoming she’rida ham o‘zi haqida bayon qilinganini eslatadi. Bu buyuk shoiming baytida yoming kiprik o‘qidan yaralanib, zavqu shavqqa to‘lganini iftixor bilan so‘zlaydi.
Base, men ul sohibi sarmenkim, Tengri taborak va Taolo jalla ja- lolahu va habibi orasinda — alayhissalom - mendin o‘zga kishi mahram ermas erdi. Andoqki, “qoba va qavsayn”* oyati Qur’onda mendin xabar berur va hazrati sayyid ul - ahror* amir Qosim Anvor qaddasa allohu sirrahu - meni scndin muqaddam* tutub, qobil toliblarga ko'rguzub ay- tur. Nazm:
Kamon abru batiram zad zi zavqi tiri mijgonash,
Ba sar g‘altidamu guftam fidoyat bod jonam rah!
(Qoshi kamon menga o‘q otdi, uning kiprik o‘qi zavqidan boshim bilan yiqildimu “jonim yo‘iingga fido bo‘lsin”, dedim).
(*qoba va qavsayn -ikki yoy oralig ‘ icha; *sayyidul-ahror ■- him- matlilar boshlig‘i; *muqaddam — birinchi о ‘ringa qo yilgan, ilgari)
Yaqiniy o‘z e’tiqodi va maslagini shunchaki aytib qolmaydi, bal- ki o‘tmishdoshlaridan Muhammad Mag‘ribiy Yoy vasfini qilganini va u ahli Haqqa tavhid sirini xadislar va tavhid yoyiga qo‘yib, otganini va shu tariqa yaqinlashtirganini ko‘chma ma’noli so‘zlar, so‘z o‘yinlari vo- sitasida bayon qiladi. 0‘zining kimligini qochirim so‘zlar vositasida ifo- dalamoqchi bo‘lib, musahhaf san’ati vositasida ko'rsatadi. Bu san’atga ko‘ra, arab yozuvida “yoy” so‘zi teskari yozilganda, “oy” so‘zi hosil bo‘ladi. “Yoy”ni (ya’ni o‘zini) sevikli yoming qoshiga o‘xshatib, “oy” deb ta’rif qiladi. Yoy o‘z qiyofasini - maqtanchoqligini yana bir karra oshkor qiladi.
Yana mavlono Muhammad Mag‘ribiykim, ma’rifat mashriqin qu- yoshtek yorutti, mening vasfimda “Jomi jahonnomoy*” otli doira tartib qildi va tavhid sirini ahli tahqiq uchun ishorat o‘qi birla ahodis va vohi- diyyat qavsida kezlay va nomahramlardin bulami mening otimg‘a otib, yaqin qildi. Yana ibodat tariqinda maloyikadek avvali umrumdin oxirg‘a degru ruku’dadurmen* va taqvo tavrida aksari avqot chilladurmen. Yana niyozmandliqta* yaxshi-yamong‘a quloq tutamien, har necha manga qu- loq tutmaslar va har qachon iz.zati bilan xitob qilsalar yo(y) derlar va agar zarofat birla otimni ayursalar, mahbub qoshig‘a mengzatib oy der- lar. (*Jomi jahonnomoy jahonni ко ‘rsatuvchi to ‘plant, guruh; *ruku ’
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling