Munozaradagi qaysi obrazlar Yaqiniyning fe’l-atvoriga mos ke- ladi?
Munozaraning shakllanishiga qaysi asarlar ta’sir etgan?
Asaming debochasi kimning qaysi asarini eslatadi?
“O‘q va Yoy munozarasi”ning O‘g‘uzxon haqidagi dostonga qan- day bog‘liqlik tomonlari bor?
0‘q va Yoy o‘rtasidagi farq nimada ko‘rinadi?
Yaqiniyning she’riy parchalaridan ulkan ijodkor ekanini tasdiq- lovchi namunalar keltiring.
Yaqiniy O‘q va Yoy obrazlari orqali insonlardagi qaysi fazilatlar- ni ulug* laydi, qaysi iilatlarni qoralaydi?
Ahmadiyning “Sozlar munozarasi’' asari
Reja:
“Sozlar munozarasi” asarining tuzilishi.
Asaming muqaddimasida qo'yiligan maqsad.
Ahmadiy - tasavvuf ilmining bilimdoni.
Piri xarobotiy obrazi va sozlar timsoli o‘rtasidagi munosabat.
Sozlar o‘rtasidagi bahslarning mazmuni.
Udning o‘ziga bergan ta'rifi.
Qo‘buzning o‘ziga bergan ta’rifi.
Yotug‘onning o‘ziga bergan ta’rifi.
Rubobning o‘ziga bergan ta’rifi.
G‘ijjakning o‘ziga bergan ta’rifi.
Kunguraning o‘ziga bergan ta’rifi.
“Sozlar munozarasi”da Ahmadiyning e’tiqodi va maslagi namo- yon bo‘lishi.
“Sozlar munozarasi” asarining tuzilishi. Ahmadiy haqida biron manbada ma’lumot saqlanib qolmagan. Uning “Sozlar munozarasi” asa- rining Britaniya muzeyida saqlanayotgan qo‘lyozmasi o‘tgan asming 60-yillarida chop etildi.
Asar hamd va na’t bilan boshlanadi, so‘ngra quyidagi qisqa nasriy parcha keltiriladi. Bu parcha asaming yozilish sababi haqida xabar be- radi:
Bu bir necha avroqi ahbob iltimosindin rud jomaning arosinda mu- nozara va mubohasa tasnif qilindi va har sozni o‘zga avsof birla oliy qadr xol ta’rif qilindi to ahli tabiatlar andiri andak talazzuzi kasb qilsun deb. Valekin bu fanning sohibrozi va bu qissaning suxanpardozi va bu mu- nozaraning murshidi alduoyi almuslimin Ahmadiy ahsan Alloh xotima”.
Do'stlaringiz bilan baham: |