O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Download 2.59 Mb.
bet65/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Tasawufda xurmo timsoli. Darvoqe, mazkur manqabaviy rivo- yatdagi xurmo detaliga to‘xtalaylik. Bu detal - muhim bo‘lgani va sirli mazmun kasb etgani uchun ham talqin hamda tahlilga muhtoj.
Yassaviyning hikmatidagi xurmo, shuningdek, hirqa ham, uning zakiyligi va karomatiga qaratilgan bir timsol bo‘lishi mumkin. Xurmo - Payg‘ambar alayhissalomdan meros qolgan irm-ma^rifat^i, din va tasav- vuf haqiqatini Arslonbobo Ahmadga o‘rgatganiga bir ishoradir99.
Xurmo dastlab O'rta Osiyo yozma adabiyotida Bemniyning “Mine­ralogiya” kitobidan o‘rin olgan hikoyatlar tarkibida uchraydi. Hikoyatda aytilishicha, bir boy odamga boshqalar, sizni falonchi g‘iybat qildi, deb o‘sha odamning kimligini aytib, xabar yetkazganlarida, o‘sha boy uni g'iybat qilgan odamga bir oltin tovoqda xurmo yuboradi. Beruniy bu hikoyatida xurmo timsoli orqali poklanish ramziga ishora qilgan. Fari- diddin Attor “Tazkirat ul-avliyo” asarida Hazrati shayx Husayn Mansur Xalloj bilan bog‘liqbir rivoyatni keltirib, xurmo timsolidan foydalanadi:
Xalloj to'rt yuz so'fiy bilan Barriyaga kirdi och qoldilar.

  • Yo Shayx! Bizga bitta pishgan kalla, issiq non bersang, - dedilar.

  • 0‘tiringiz, - dedi. Qo'lini xirqasiga suqib, bitta pishgan kallani issiq nonga o‘ralgan holdi olib, oldilariga qo‘ydi.

Yangi xurmo so‘radilar.

  • Keling, meni daraxtdek siltang, - dedi. Siltadilar, yangi xunnolar to‘kildi. To‘ygunlaricha yedilar100.

Mansur Xalloj hayotiga oid keltirilgan hikoyatdagi pishgan kalla, non ham majoziy ma’no ifodalashi bilan bir qatorda, xurmo Yassaviy hikmatidagi xurmoga mazmun va mohiyatan o‘xshash, ya’ni so'fiylar Mansur Xallojni “siltaganlari” va xurmo to‘kilgani - savolu mubo- hasalar orqali zakiy zotning betakror ta’limotini, tasawuf ilmiga oid ma’ruzalarini so‘fiylar ishtiyoq bilan tinglaganlarini bildiradi.
Ammo xurmo timsoli buyuk mutasawuflaming hayoti va ta’limotida ramziy ma’nodagina emas, balki moddiy ma’nosida ham qo‘llanganiga oid dalillar bor. Quyida ulug‘ mutasavvuflardan hazrati shayx Malik bin Dinoming hayotida yuz bergan quyidagi rivoyatga e’tibor beraylik:
“Qirq yil Basrada xurmo yemagan Malik nafsining istagidan hezor bo‘ldi. Kechqurun tushida yangi xurmo yeyishi bildirildi. Malik nafsiga xitob qilib: - Ey nafs, yangi xurmo yesang oyoq bo‘lursan; sabr qilsang, bosh bo'lursan”, - dedi (Attor. Yuqoridagi asar, 21-b.).
Yassaviy hikmatlarida qo‘11angan bu singari ramziy timsollar so‘fiyona ma’rifatga yetishish yo‘llariga ishora qiladi. Albatta, bu tim­sollar katta ijtimoiy hodisalardan ham darak beradi.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling