O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Download 2.59 Mb.
bet66/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Yassaviyning “Devoni hikmat”i. Yassaviyning hikmatidan kel- tirilgan yuqoridagi to‘rtliklar Ahmadning ham, Arslon boboning ham tarjima holini ko‘z o'ngimizda gavdalantiradi. Faqat shugina emas. Bu hikmat yana shunisi bilan diqqatga sazovorki, Arslon bobo singari ulug‘ zotlarga xizmat qilishday burchga ushbu hikmat da’vat qiladi:
Oqil ersang, eranlarga xizmat qilg‘il,
Amri ma’ruf qilg‘onlami izzat qilg‘il.
Nahy munkar101 qilg'onlami la’nat qilg‘il,
Ul sababdin oltmish uchda yerga kirdim
To‘rtlikning birinchi misrasi diqqatni jalb qiladi. Gap xizmat qilish haqida ketmoqda. Xizmat qilish - shunchaki birovning og‘irini yengil qilish, moddiy ko‘mak berish ma’nosida emas, balki “eranlar”, ya’ni ma’naviy tomondan yetuk bo'lgan ulug‘ zotlaming, valiylaming irfoniy ilmlarini tinglash to‘g‘risida so‘z ketmoqda. Yassaviy hikmatlarining mohiyati va maqsadi faqat shu bilan chegaralanib qolmaydi. Insoniyatni g‘ofillikdan uyg‘otish, ularda ruhiy uyg‘oqlik va e’tiqodda sobitlikni bo- tiniy tuyg‘u bilan tarbiyalash va chin e’tiqodni singdirish Yassaviy hik­matlarining yana bir muhim jihatlaridandir. Quyidagi parchaga e’tibor beraylik:
Shavq sharobin ichgan oshiq nurga botar,
Nuri bilan yurgan oshiq shavqi ortar.
Kimki ko‘rsa qo‘lin ushlab so‘zga tortar,
Donolarning so‘zin izlab keldim mano (37-b.).
Shavq sharobi - muhabbat shavqi, ilohiy fayz, ideal go'zallik; oshiq - Ollohning jamoli va jaloliga mushtoq qalb. Zotan, bu to'rtlik ostidagi o'gitlar va nasihatlarga ergashgan va tobe bo'lgan odamzodning “inson- sevar va ilohsevar qalb nidolari” (N. Komilov) ekaniga yorqin bir dalil- dir.
“Devoni hikmat” 0‘rta Osiyo, Volga bo‘ylarida XVIII-X1X asrlar- da keng tarqaldi. Ayniqsa, Yassaviy hikmatlari XIX asming ikkinchi yarmida chop etilib, toshbosma kitoblar holida keng yoyildi. Yassaviy hikmatlari omma orasiga tobora kengroq kirib borishida darveshlar, qa- landarlar katta rol o‘ynadilar. Ko‘purilizoda Yassaviyning buyuk muta- sawuf ekanini, uning hayotini va turkiy tasavvuf maslagining yuzaga kelishida katta xizmati borligini chuqur o‘rgangan.
Devoni hikmat”ning muallifligi masalasi. Yassaviydan saq- lanib qolgan “Devoni hikmat” haqida har xil fikrlar bor. Obro‘li olim- lar Fuod Ko‘purilizoda va Abdurauf Fitrat “Devon” muallifi xususida jiddiy fikrlami o‘rtaga tashlagan edilar. Ko‘purilizoda Yassaviyning “Devoni hikmat”i haqida tamomila boshqa fikrda ekaniga, birinchi navbatda, hikmatlaming tili, ikkinchidan, asaming vazni sabab bo‘lgan edi. Ko‘purilizoda “Devoni hikmat”ning ayrim manzumalari aruzda, ayrimlar an’anaviy barmoq vaznida yozilganini ta’kidlab, shunday xu- losa qiladi: “Yassaviy hikmatlarining barmoqda yozilganlarini VI asr (milodiy Xll asr - N.R.) mahsuli o‘laroq qabul etmoq imkonsizdir... Qo‘limizda “Devoni hikmat”ning hij. VI, VII yoki VUI asrlarda yozil- gan qadimiy nusxasi topilmagani uchun, bu xususda qat’iy bir hukm chiqarmoq mumkin emas... “Devoni hikmat”dagi she’rlardan muhim bir qismini - aruzda yozilganlarini unga nisbat bermoqqa majburiyat sezamiz”(Ko purilizoda. Yuqortdagi asar, 123, 124-b.). Ko‘purilizoda “Devoni hikmat” bilan “Qutadg‘u bilig”ni o‘mi-o‘mi bilan solishtirib boradi. Bu qiyoslashdan Ko‘purilizodaning maqsadi - “Devoni hikmat” badiiy asar sifatida til tomondan “Qutadg‘u bilig”ga o'xshash bo‘lishi kerakligini talab qilar ekan, “Turkiy adabiyotni vujudga keltirgan asarlar orasida Xll asrdan so‘ng “Devoni hikmat” “Qutadg‘u bilig”dan keyin eng qadimiy asar sifatida numunadir” (Ко ‘purilizoda. Yuqoridagi asar, 119-b.) deya hukm chiqaradi. Abdurauf Fitrat Ko‘purilizodaning fikrla- rini ma’qullaydi. Bu - masalaning bir tomoni.
Masalaning ikkinchi tomoni shundan iboratki, “Devoni hikmat”ning nusxalari ham Ahmad Yassaviyga, ham XV yoki XVI asrlarda yashagan Ahmad ismli boshqa Yassaviy taxallusli darveshga mansub bo‘lib, bo­ra-bora murakkab qorishiq holatga kelgani ehtimoldan xoli emas. “Qul Xoja Ahmad, men daftari sone’ ayttim”, “Toza-toza daftarlarim sone’ daftar” kabi misralar bilan tugagan hikmatlar shunday xulosaga olib kela- di. Ko‘purilizoda,Yu bu misralar mavjud bo‘lgan hikmatlami “Qul Xoja Ahmad ismli darveshga mansub hikmatlardir”, deb hukm chiqarganda, haqlidir (Ко purilizoda. Yuqoridagi asar, 125-b.). Zotan, “daftari sone’” bor ekan, bundan oldin “daftari avval” bo’lishi zaruratga aylanadi; “daf- tari awal” - Yassaviyning hikmatlari, “daftari sone’” - Ko‘purilizoda aytgan Ahmad ismli boshqa darvesh shoirga tegishli hikmatlardir.
0‘zbek yassaviyshunos olimi Ibrohim Haqqul Yassaviy hikmatlari- ni nashrga tayyorlar ekan, Ko‘purilizodaning ana shu shubhalarini asosli deb topadi va dalillashga harakat qiladi102. Qolaversa, Yassaviy hikmat- larining keyingi nashrlarida ham I.Haqqul nuqtai nazarini mahkam tutdi, olimlik pozitsiyasiga sodiq qoldi. Boshqa o'zbek olimlari Yassaviyning hikmatlarini nashrga tayyorlaganlarida ham, to‘plamga so‘z boshi yoz- gan I. Haqqul “To'plamdagi qator to'rtliklar Yassaviyniki ekanligi shax- san menda ishtiboh uyg'otdi”103, deya awalgi qarashlarini ilgari surdi. Darvoqe, Abdurauf Fitrat ham Yassaviy hikmatlarining til xususiyatla- ri va bu asaming keyingi asrlarga tegishli qo'lyozma nusxalari haqida to'xtaladi: “Yassaviyning hayotiga yaqin zamonlarda yozilgan bir nus- xa “Devoni hikmat” topilmaguncha, biz Yassaviy hikmatlarini til tarixi qarashidan tekshira olmaymiz”104. Bu jihatdan Ko‘purulizoda, Fitrat va Ibrohim Haqqulning Yassaviy hikmatlari yaratilgan davrga oid qarash- lari uyg'undir. She’riyat, umuman, badiiy asar tili davrga ham, ijodkor shaxsiyatiga ham mansublikni belgilashda muhim omildir.
Yassaviy ta’sirlari. O'zbek adabiyot tarixida uchta adabiy maktab hukm surgani e’tirof etilgan: Yassaviy maktabi, Navoiy maktabi, Amir Umarxon maktabi. Ana shu nuqtai nazardan qaralsa, Yassaviy adabiy maktabiga ergashgan ko'plab izdoshlar musulmon o'lkalarida tarqalgani tabiiy.
Yassaviy hikmatlarining ayrimlari uning ijodiga mansub bo'lmasa ham, shakl va mh jihatidan Yassaviyga mansub bo'lgan hikmatlardan katta farq qilmaydi. Chunki Ahmad Yassaviy izdoshlari haqida so'z ke- tarkan, keyingi asrlarda uning hikmatlari kabi shaklda va ohangda, ayni yassaviyona ruhda hikmatlar yozilgani aniq ko'rinadi. Bunday hikmatlar- ga nisbatan Yassaviyning ta’siri haqida so'z yuritish bilan birga, xalqona shaklda va barmoqda yozilgan tasavvuf adabiyotida ayrim o'zgarishlar asrlar bo'yi davom etib kelganini ham ta’kidlash darkor. Yana bir sabab shuki, qisman “nazirachilik” an’analari ham ko'rinadi: ulug' pirga iz- doshlar hurmat-e’tibor va muqaddas mohiyat nuqtai nazaridan, Hikmat- lardagi shakl va mazmunni saqladilar.
Xoja Ahmad Yasssaviydan keyin yassaviylik tariqatiga mansub dar- veshlar Hikmat yozdilar va bu an’ana uzoq asrlar davom etdi. Yassa­viylik darveshlari muqaddas bir vazifani o‘z zimmalariga oldilar: jumla- dan, Sulaymon Boqirg‘oniy (XI1), ya’ni Hakim atodan boshlab Hikmat yozish an’anasi davom etdi. Shakl va mavuz jihatidan har ikkalasining hikmatlari farq qilmagan. Boqirg‘oniyning “Boqirg‘on kitobi”, “Oxir zamon kitobi”, “Bibi Maryam kitobi” kabi asarlari Yassaviy hikmatlari ruhida yozilgan.
0‘rta Osiyodalqoniy (Xll), SayidlmodNasimiy (XIV), Qul Sham- siddin (XVI), Xudoydod (XVI), Qul Ubaydiy (XVI), Mashrab (XV11­XV111), Huvaydo (XVI11), turk shoiri Yunus Emro (XI11) ijodi aynan Yassaviy hikmatlari ta’sirida shakllanib, rivoj topgani ulaming ijodida aniq namoyon bo‘iib turadi.
Devoni hikmat”ning mavzu ko‘lami. “Devoni hikmat” mavzu e’tibori bilan oddiy, qolaversa, mavzu rang-barangligi unchalik ko‘zga tashlanmaydi. Darveshlar va darveshlik fazilatlari haqida ko‘plab hamdu sanolar, axloqiy, diniy-falsafiy o'gitlar, Muhammad s.a.s.ning hayoti va mo‘jizalariga oid muhim parchalar, dunyo ahvolidan shikoyatlar va qiyo- mat kunlarining yaqinlashganini insonlarga eslatish maqsadi bilan yara- tilgan zohidona shikoyatnomalar, jannat va jahannam, hur va g‘ilmonlar va boshqalardan bahs etadigan jonli, hayotiy hikmatlardan iborat.
Yassaviyning hikmatlari molparastlikka, bu dunyoning hoyu havas- lariga qarshi qaratilgan kuchli g‘oya. “Jondin kechgan chin oshiqlar dun­yo demas” (52-b.), deydi Y assaviy bir hikmatida. Chin oshiqlar - muttasil ravishda Haq diydorini talab qilganlar. Ular uchun dunyo moli hech nar- sadir. Dunyo moliga suqlik bilan ko‘ngli bog‘laganlar oshiq emas. Hatto shunday riyokorlar ham borki, ishq yo‘liga qadam qo‘yadilar, o‘zlarini parvonaday o‘qqa-cho‘qqa uradilar, ammo yuz ming toat-ibodat qilsalar ham, buning asosi yo‘q, riyokorlikdan boshqa narsa emas, hamma hara- katlari soxta. Zotan, Junayd Bag‘dodiy: “Biz tasavvufni ochlik, uyqu- sizlik, dunyodan uzilmoq va sevgan narsalarimizdan nari bo‘lmoq bilan topdik” (Attor. Yuqoridagi asar, 90-b.'), deb aytganda, aynan bu yo‘lga kirganlaming hayot tarzi, a’moli, e’tiqodini ko‘rsatib bergan edi.
“Devoni hikmat”ni o‘qir ekanmiz, tasavvufning turli istilohlari, ramziy obrazlariga duch kelaveramiz. Shu bois Yassaviy hikmatlariga jo‘n qarab, tasavvufiy istilohlami bugungi zamonaviy tushunchalar va qarashlar asosida talqin qilish tamomila xatolikka olib kelgan bo‘lardi, Shu bilan birga, chuqur mazmunli diniy-falsafiy tizimlarni Yassaviy- dan qidirish ham sun’iy xulosa va qarashlarga sabab bo‘lishi tabiiydir. Yassaviy hikmatlarida soddalik, lo‘ndalik va tabiiylik yarq etib ko‘rinib turadi. Xalqona ruh, xalqona til - hikmatlaming keng omma tomoni- dan qabul qilinishiga birinchi kafolat; ayni paytda omma Hikmatlaming mazmun-mohiyatini, maqsadini qiyinchiliksiz anglay olishlari Yassaviy va uning izdoshlarining diqqat markazida turgan.
Yassaviy hikmatlarini tasavvuf ilmining o‘ziga xos manbai deb ay- tilsa ham bo‘ladi. Fikrimizning isboti uchun bu ulug‘ zotning quyidagi hikmatlaridan birini olib ko‘raylik:
Har kim qilsa tariqatning davosini,
Awal borib shariatni bilmak kerak.
Shariatning ishlarini ado qilib,
Andin so‘ngra bu da’voni qilmak kerak.
Shariatsiz dam urmaslar tariqatda,
Tariqatsiz dam urmaslar haqiqatda.
Ushbu so'zlar ma’lum bo‘lar ma’rifatda,
Jumlasini shariatdin so‘rmoq kerak (224-b.).
Bu to‘rt ruknga - shariat, tariqat, ma’rifat, haqiqatga buyuk mu- tasavvuflar o‘z ta’limotlarida bergan ta’riflari tom ma’noda chuqur ma’nolidir. Jumladan, Ahmad Yassaviyga nisbat beriladigan “Faqmo- ma” asarida har bir ruknning o'ntadan maqomi - jami qirq maqom ha- qida bayon qilingan. Bu mknlami ko‘p mutasavvuflar talqin qilganlar. Talqinlar bir-biridan tubdan farq qilmaydi. Jumladan, Najmiddin Kub- ro... deylilarki: “Ba’zi kishilar “shariatda yuribman” desalar, ba’zilari “tariqatdaman”, yana ba’zilari esa “haqiqat yo'lidaman”, deydilar. “Sha­riatda yuribman”, deya da’vo qiluvchilami mo‘min va musulmon deyi- ladi. “Haqiqat yo'iidaman”, deydiganlami esa orif, oshiq va muhib kabi ismlar bilan ataladi”. Bu yo‘llarda yurganligini da’vo qilgan kishilarga ma’ni kerak, ya’ni ular ma’naviy hoi egalari bo‘iishlari lozim...”105 Shu bois Yassaviy “Dunyo qo‘ymay, hoi ilmini bilsa bo'lmas”, degan edi. Darvoqe, ma’naviy hoi shuki, solik hoi darajasiga yetgach, tasawuri- da va xayolida ilohiy jamolni mushohada qila boshlaydi, qalbini zavqu shavq qamrab oladi106.
Umuman, tasavvuf ruknlariga berilgan ta’rif va talqinlami Boyazid Bistomiy, Hazrati Imom Ahmad Tanbal, Junayd Bag‘dodiy kabi qator mashhur mutasawuflar ta’limotida uchratamiz (Farididdin Attorning yuqoridagi asaridan 33, 36-39, 55, 90, 94, 96-betlariga qarang).

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling