O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Oltin 0‘rdada turkiy til va turkiy adabiyotga zamin yaratilishi


Download 2.59 Mb.
bet69/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Oltin 0‘rdada turkiy til va turkiy adabiyotga zamin yaratilishi. Oltin 0‘rdada diniy madaniyat bilan bir qatorda turkiy adabiyotga va turkiy adabiy tilga e’tibor kuchaydi. Garchi bu davrdagi adabiyot - tur­kiy adabiyot, til - turkiy til deb yuritilsa xam, turkiy tilli xalqlar orasi- da alohida mavqe tutgan har bir o‘zbek kitobxoniga Oltin 0‘rda adabiy muhitida yaratilgan asarlar bugungi kunda ham juda yaqin. Oltin 0‘rda madaniy muhitida eski o‘zbek adabiy tilining z-guruhi adabiy tili amalda ekani va y-guruhi adabiy tiliga o‘tish jarayoni davom etayotgani kuzati- ladi. Bu til o‘g‘uz-qipchoq turkiy adabiy tili deb yuritiladi.
Shu o‘rinda o‘zbek mumtoz adabiyotini va o'zbek adabiy tilini davrlashtirish masalasiga e’tibor qaratish zaruratini aytib o‘tmoqchimiz. “Oltin 0‘rda adabiyoti” terminini o‘zbek adabiyotshunosligiga birinchi bo‘lib Miyon Buzruk olib kirgan111. Oltin 0‘rda davlati o‘zbek adabiyo­ti rivojida alohida bosqichga zamin yasadi. Bu davr adabiyoti o‘zidan oldingi va keyingi davr adabiyotini aslo takrorlamagan, aksincha, o‘z qiyofasiga, mavqeiga ega bo'lgan adabiyotdir. Oltin O‘rda davlatidagi ijtimoiy, siyosiy hayot madaniy hayotning tubdan yangilanishiga, o‘ziga xoslik kasb etishiga xizmat qildi. 0‘rta Osiyodagi madaniy va adabiy hayot Oltin 0‘rdaga ko‘chdi. Bu ko‘chish tarix oqimining tabiiy sama- rasi bo‘lgan edi. Shu bois “Oltin 0‘rda o'zbek adabiyoti” degan termin- dan istifoda etish, Oltin 0‘rdada va Misr Mamluklar davlatida yaratilgan adabiy jarayonga nisbatan shu terminni qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Oltin 0‘rda adabiy muhitining o‘ziga xosligi. Oltin 0‘rda adabiy muhiti shunisi bilan diqqatga sazovorki, birinchidan, o‘zbek adabiyoti- ga musulmon madaniyatini va islom dinini yoyish uchun o'zbek tilida birinchi marta agiografik (payg'ambarlar tarixiga oid) asarlar varatildi. Nosiruddin Burxoniddin Rabg'uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” (710\1310- yil), Mahmud ibn Ali as-Saroyining “Nahjul - farodis” (“Jannatlarga oc- hiq yo‘l”, 761/1361-yil), Xisom Kotibning Jumjuma sulton” (1368\69 yillar; boshqa bir qo‘lyozmada 1375\76 yillar) asarlari buning yorqin na- munasidir. “Qisasi Rabg‘uziy” singari “Qisas ul-anbiyo”larning o‘zbek tilidagi ko‘plab nusxalari bugungi kunda Turkiya muzeylarida, kutub- xonalarida saqlanmoqda. Bu asarlaming ko‘p qismi Oltin 0‘rda davlati hukm surgan davrda yaratilgan. Mazkur “Qisas ul-anbiyo”laming ak- sariyati forschadan qilingan tarjimalardir. Turk olimi Ismat Jamilo‘g‘li “XIV asrga oid bir “Qisas ul-anbiyo” nusxasi ustida sintaktik tadqiqot” (Anqara, 1994) nomli asarida Turkiya kutubxonalarida saqlanayotgan “Qisas ul-anbiyo” qo‘lyozma nusxalari to‘g‘risida ko‘p ma’lumotlami bergan.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling