O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziy va uning “Qisasi Rabg‘uziy” asari


Download 2.59 Mb.
bet72/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziy va uning
“Qisasi Rabg‘uziy” asari

Reja:

  1. Asaming yaratilishi, maqsadi va tuzilishi.

  2. Rabg‘uziy - manbashunos va tanqidchi.

  3. Qissa.

  4. Hikoyat.

  5. Rivoyat.

  6. She’riy janrlar.

  7. Latifa.

  8. Hikmat.

  9. Boshqa kichik (xabar, foyda, munojot) janrlari.

Tayanch so‘z va iboralar: qasida, savol, javob, qissa, rivoyat, xa­bar, hikmat, ahsan ul-qasas, adabiyotshunos, tanqidchi, hadis, musul- mon va yahudiy manbalari, tafsir, hikoyat, g ‘azal, latifa, to ‘rtlik, muta- savvuf
Asarning yaratilishi, maqsadi va tuzilishi. Yuqorida aytilganiday, islomni turkiy qavmlar orasiga keng yoyish, payg‘ambarlar hayoti bilan ommani tanishtirish va bu payg‘ambarlar tarixiga oid asarlar yaratish uc- hun Berkaxon hukmronligi davridan boshlab Oltin 0‘rda hukmdorlari astoydil harakat qildilar. “Qisasi Rabg‘uziy” shunday asarlardan biridir. Payg‘abarlaming. avliyolaming hayot yo‘li, faaoliyati, mo‘jizalari va b.qator xususiyatlari haqidagi asarlar agiografik asarlar deb yuritiladi.
Rabg‘uziyning hayoti, ijodi to’g'risida biron tarixiy yoki ada- biy manbada ma’lumot saqlanib qolmagan. Bu ijodkor haqidagi qisqa ma’lumotni “Qisasi Rabg‘uziy”dan topish mumkin.
Asar inson zotini Olloh Taolo yaratgani, avvalo xotinni emas, erkak zotini yaratgani, insonni yovuz yo'ldan qaytargani va pok yo'lga solgani haqidagi hamdu sano bilan boshlaydi. Shundan so'ng Muhammad Mus- tafo s.a.v.ga bag'ishlangan bir g'azalni keltiradi. Chamasi, Rabg'uziy bu g'azalni o'zi yozgan.
Shundan keyin Burhoniddin o'zining kimligi va “Qisasi Rabg‘uziy”ning yozilish sababini quyidagicha bayon qiladi: “...bu ki- tobni tuzgan, to’at yo‘linda tizgan, ma’siyat yobonin kezgan, oz ozuq- lug', ko‘p yozuqlug' Rabot o‘g‘uzining qozisi Burhon o‘g‘li Nosurid- din urug'i... andog' aytur...beklar urug‘i, yigitlar arig‘i, ulug‘ otlig‘, qutlug' zotlig', ezgu qilqlig', islom yorig‘lig‘, mo‘g‘ul sanilig‘, mu- sulmon dinlig‘, odamiylar inonchi, mo‘minlar quvonchi, himmati adiz, aqli tegiz begimiz Nosiruddin To‘qbug‘a sabbatallohu alo dinil-islom va salomuhu”.115 Bu ta’rifdan so‘ng To‘qbug‘abekka bag'ishlangan o‘ttiz uch baytdan iborat qasida keltiriladi. Qasidaning talablari va qonun- qoidalariga ko‘ra, To‘qbug‘abekning shaxsiy fazilatlari madh etiladi: u islomga e’tiqod qo‘ygan, muttasil Qur’on o'qiydi, himmati osmondan ham yuksak, islomga chin dildan e’tiqod qo‘ygan, xulq-atvori yaxshi, ko‘proq do‘st orttirishga harakat qiladi, ko‘rinishi arslon sifatliq, yoshi kichik bo‘lsa ham ulug‘sifat, zoti toza va h.
Rabg‘uziy asaming yaratilgan yili (hijriy 150) va To‘qbug‘aning unga qilgan iltimosi to‘g‘risida bayon qiladi. Rabg'uziy keltirgan ma’lumotlardan shu narsa anglashiladiki, To‘qbug‘a payg‘mbarlar tarixiga bag‘ishlangan qissalardan yaxshi xabardor. Shuning uchun To‘qbug'abek Rabg‘uziyga payg‘ambarlar to‘g‘risida asar yaratish- ga iltimos qilishdan oldin bu xildagi qissalaming mazmuni va shakli to‘g‘risida ma’lumot beradi. Payg‘ambarlar to‘g‘risidagi ba’zi asarlar to'g'ri, ba’zilari noto‘g‘ri, ayrimlari nuqsonli, ba’zilarida kamchiligi borligini uqtiradi. Asarga “Qisasi ar-Rabg‘uziy” deb nom qo'yganini muallifning o‘zi qayd etadi.
Rabg'uziy asami yozishda Qur’ondan, Abu Is’hoq Nishopuriyning forscha “Qisas ul-anbiyo”sidan, Vahb ibn Munabbihning arab tilidagi “Ka’b ul-axbor” (mil.728) asaridan foydaiangan. Shuningdek, Sharqda yaratilgan va mashhur bo'lgan “Qisas ul-anbiyo” faqat shulardan iborat emas. Saxi bin Abdulloh at-Tustariy (mil. 896), Muhammad bin Abdul- malik al-Musabbihiy al-Xoroniy (mil. 1029) ham arab tilida “Qisas ul- anbiyo” yozganlar.
Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg'uziy” asari boshqa “Qisas ul- anbiyo”lardan faqat tuzilishi va til jihatidangina emas, balki muallifning biron dalilni tasdiqlash yoki rad qilish uchun sinchkov olim sifatida mu- nosabat bildirgani bilan ham farq qiladi.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling