O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)
Download 2.59 Mb.
|
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)
Ikkinchidan, Oltin 0‘rda davlatidagi madaniy-adabiy hayotning ta- komili natijasida o‘zbek adabiyotiga yangi janr - noma janri kirib keldi. Xorazmiyning birinchi marta o‘zbek tilida yaratilgan “Muhabbatnoma” (1353) asari buning dalilidir.
Uchinchidan, Oltin O‘rdadagi adabiy muhitning e’tiborga molik jihatlaridan yana biri tarjimachilikka alohida e’tibor berilganidir. Tur- li tillardan o‘zbek tiliga nodir asarlaming taijima qilingani bevosita va bilvosita Chingizxon hamda uning farzandlari olib borgan siyosat, yerli aholiga bo‘lgan ehtirom samarasidir. Chingiziy hukmdorlar farmonlarini turkiy tilda e’lon qilganlari, eski uyg‘ur-turkiy yozuv asosida mo‘g‘ul yozuvini yaratib, mo‘g‘ul davlatida yangicha madaniy taraqqiyotga asos solganlari buning yana bir dalilidir. Chingizxon avlodlarining muruvvatpeshaligi va yerli aholiga xayri- xoh munosabatlarini Oltin O‘rda xonlari davom ettirdilar. Oltin O‘rdada o‘zbek tilida yaratilgan har bir asaming yuzaga kelishida biron hukmdor- ning ta’siri bor. Qutbning “Husrav va Shirin”i taijimasi shahzoda Tini- bekka bag‘ishlangan. “Muhabbatnoma” aynan o‘zbek tilida Muhammad Xo‘jabekning homiyligi va taklifi bilan, “Qisasi Rabg‘uziy” Xorazm beklaridan To‘qbug‘abekning iltimosi bilan yozilgan va h. Bulardan tashqari, til jihatdan “Qisasi Rabg‘uziy”ga yaqin bo‘lgan “Tafsir” va “Siroj ul-qulub” asarlari ham Oltin O‘rdada yaratildi. Shu o‘rinda bir dalilni ta’kidlab o‘tish o‘rinlidir. Oltin O‘rda xonla- rining shaxsiy fazilatlari haqida tarixiy asarlarda ma’lumotlar bor. Jum- ladan, Rashididdin Fazlulloh Hamadoniyning “Jome’ut-tavorix”, Mirzo Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi”, Mirzo Muhammad Haydar Ayoziy- ning “Tarixi Rashidiy” (44-bet) asarlarida berilgan ma’lumotlar buning bir dalilidir. Jumladan, Mirzo Muhammad Haydar Ayoziyning “Tarixi Rashidiy” (1541-1546-yillarda fos tilida yozilgan; 1837-1838-yillarda Xoja Muhammad Sharif tomonidan turkiy tilga tarjima qilingan) asarida Jo‘jining yettinchi avlodi Jonibek xon haqida to‘xtalib: “Bisyor hamida xisol neku af ol erdilar - ya’ni ko'p maqtovli xislatlari bor, go‘zal fe’l- atvorli edilar”112, deb ta’rif beradi. Albatta, Oltin 0‘rda abadiy davlat bo‘lib qola olmadi. Shahzoda- lar o‘rtasidagi mulkparastlik, hukmronlikka intilish Oltin 0‘rdani ich- dan yemira boshladi. Oltin 0‘rda, Tovka Temur va Shaybon sulolalari o‘rtasidagi ixtiloflar XTV asming 60-yillarida kuchaydi. Aslida tanazzul alomatlari Oltin 0‘rda ikkiga - Ko‘k 0‘rda va Oq 0‘rdaga bo‘linib ket- gan paytda boshlangan edi. Ayniqsa Jonibek davrida (1340-1357) tanazzul tezlashdi. Oltin 0‘rda davlatining tanazzuliga yana bir sabab - bu davlatdagi iqtisodiy buhronlar, ishlab chiqamvchi kuchlar izdan chiqib borayotgani, hunarmandlaming va boshqa tabaqa aholining katta qismi qashshoqlas- huvi, faqat mahalliy bozorlar bilan chegaralanib qolingani edi. Shubha- siz, iqtisodiy va siyosiy zaiflashuv Oltin 0‘rdaning adabiy hayotiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Oltin 0‘rda adabiy hayoti iqtisodiy va siyosiy buhronlar- ga aralashib, tanazzulga yuz tutmasligi uchun vaziyatni ham, makonni ham o‘zgartirishiga to‘g‘ri keldi. Adabiy hayot tamomila o‘zga yurtga - Misrga ko‘chdi. Bu adabiyot ravnaqi uchun Misrda barpo etilgan turkiy qavmlar davlati asos bo‘ldi. Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling