O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Download 2.59 Mb.
bet61/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Fitrat Ahmad Yugnakiy haqida. Adib Ahmad haqida Navoiy keltirgan dalillar afsonaomuz mazmunni ifodalaydi. Navoiy keltirgan naqlda Adib Ahmad Imom A’zamning eng yaxshi shogirdlaridan biri, Imom A’zamdan tahsil olgan tolibi ilm sifatida talqin qilingan. Abdurauf Fitrat bunga aniqlik kiritgan. U Imom A’zamning hijriy 150-yili vafot etganini, “Hibat ul-haqoyiq” hijriy ikkinchi asrda (“Qutadg‘u bilig” va “Devonu lug‘atit-turk”dan uch asr burun) yozilganini qabul etishga im- kon yo‘qligini ta’kidlagan edi. Fitrat uchun eng asosiy dalil - “Hibat ul-haqoyiq”ning til va uslub tomondan “Qutadg‘u bilig”ga yaqinligidir. “Hibat ul-haqoyiq” til va uslubiga ko‘ra, “Qutadg‘u bilig”dan bir-ikki asr keyin yozilgan.92
Fitrat asosiy dalil sifatida “Hibat ul-haqoyiq” bag‘ishlangan Dod Spohsolor bekning kimligi va u yashagan davmi asos qilib oladi. Dod Spohsolor bek haqida fors shoirlaridan Sayfi Isfarangiy (581M185 -666U268) devonida ma’lumot bor. Dod Spohsolor bek Sayfi Isfarangiy zamonida yashagan Farg‘ona hokimidir (Fitrat. Yuqoridagi asar, 49-b.).
Navoiyning “Munshaot” asarida Mirzo Badiuzzamonga yozilgan bir maktub bor. Badiuzzamon otasi Husayn Boyqaroga qarshi isyon ko‘taradi. Navoiy Badiuzzamonga nasihat tariqasida maktub yozar ekan, Adib Ahmadning quyidagi to‘rtligini keltiradi:
Otadin xato kelsa, ko‘rma xato,
Savob bil xato qilsa dag‘i ota.
Seni yuz balodin qutqarg‘ay Xudo,
Otaning xatosin bilgil savob
(Fitrat. Yuqoridagi asar, 48-b.).
Ammo mazkur ruboiy mavjud nashrlarda uchramaydi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, “Hibatul-haqoyiq”ning bizgacha yetib kelgan nusxa- lari bir oz chala bo‘lgan ko‘rinadi. Navoiy davrida esa bu asaming mu- kammal nusxasi bo‘lgan va ulug‘ shoir ana o‘sha mukammal nusxadan foydalangan.
Adib Ahmad “Hibat ul-haqoyiq”da ham o‘zi haqida quyidagicha ma’lumot beradi:
Adib Ahmad otiin, adab, pand so‘zim,
So‘zum munda qolur, borur bu o‘zum.
Shuningdek, “Hibat ul-haqoyiq”ning muallifi haqidagi ayrim izoh- lar, tushuntirishlar bu asami ko‘chirgan kotiblar tomonidan ham kiritil- gan. Jumladan, asaming bir qo‘lyozmasida Adib Ahmad haqida quyida­gicha ma’lumot berilgan:
Otasi oti Mahmudi Yugnakiy,
Adib Ahmad o‘g‘li, yo‘q ul hech shaki.
Adibning yeri oti Yugnak erur, Safoliq ajab yer, ko‘ngullar yorur.
Adiblar adibi fozillar boshi,
Go‘hartin so‘z aymish, adin so‘z boshi.
Shuningdek, asar qo‘lyozmasiga kotib tomonidan yozilgan izohda shunday misra bor:
Tug‘a ko‘rmas edi adibning ko‘zi.
Shoirning ko‘zi ojiz ekani to‘g‘risida Navoiy bergan ma’lumot, qola- versa, “Hibat ul-haqoyiq”ni ko'chirgan kotiblar bergan ma’lumotlardan shu narsa anglashiladiki, asarni adib og‘zaki aytib turgan va biron kotib yozib olgan.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling