O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Ahmad Yugnakiy va uning “Hibat ul-haqoyiq” asari


Download 2.59 Mb.
bet60/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Ahmad Yugnakiy va uning “Hibat ul-haqoyiq” asari
Reja:

  1. Adibning tarjima holiga oid kuzatuvlar.

  2. Fitrat Ahmad Yugnakiy haqida.

  3. Asarning qo‘lyozma nusxalari.

  4. Hibatul-haqoyiq”ning o‘rganilishi.

  5. Asarning tuzilishi va boblar tahlili.

Tayanch so‘z va iboralar: AlisherNavoiy, “Nasoyim ul-muhabbat ' talaba, hikmatlar, bayt, naql, tolibi ilm, til, uslub, Dod Spohsolor bek, Sayfi Isfarangiy, Badiuzzamon, Husayn Boyqaro, “Munshaot", Adib Ahmad, maktub, qoiyozma, xattot, bayt, sharq adabiyoti, na’t, tazod san ’ad.
Adibning tarjima holiga oid kuzatuvlar. Ahmad Yugnakiyning tarjimai holi to‘g‘risida ma’lumot deyarli saqlanmagan. Navoiy “Naso­yim ul-muhabbat” asarida Adib Ahmad haqida to'xtaladi va uning qay- si o‘lkadan ekani, shaxsiyati va jismoniy holati haqida shunday deydi: “Adib Ahmad ham turk elidin ermish. Aning ishida g‘arib nimalar man- quldur (ya’ni g‘aroyib voqealar ko‘chirib qoldirilgan). Derlarki, ko'zlari butov (ya’ni butun) ermishki, aslo zohir ermas emish. Basir bo‘lub, o‘zga basirlardek andoq emas ermishki, ko‘z bo‘lg‘ay va ko‘rmas bo‘lg‘ay” (Navoiy. MAT. 17-tom, 426-b.) Chamasi, Navoiy ham Adib Ahmad ha- qidagi ma’lumotlami biron tarixiy manabadan olgan. Aks holda, uning shaxsiy hayotiga va fazilatlariga oid quyidagi ma’lumotlami keltirma- gan bo'lardi: “Ammo bag‘oyat ziyrak va zakiy va zohid va muttaqiy (ya’ni taqvodor, parhizkor) kishi ermish. Haq s.t. agarchi zohir ko‘zni yopuq yaratqandur, ammo ko‘ngli ko‘zin bag‘oyat yoruq qilg'ondur: lo‘byog‘a (ya’ni o‘yinchoqqa) ilik surtubdur va debdurki, qo‘y bukragi- ga o'xshaydur va naxudni barmog‘i bila silab, debdurki, itolgu boshig‘a o‘xshar. Maskani Bag‘doddin necha yig‘och, ba’zi debdurlar, to‘rt yig‘och yo‘l ekan”.
Navoiy mazkur asarida Adib Ahmadning yoshligida - madrasa ta- labasi ekanligidayoq zukko, donishmand bo‘lgani va el og‘zida doston bo‘lganiga ishora qiladi. Navoiy davom etib yozadi: “Bir kuni Imom A’zam q.r. darsig‘a hozir bo‘lur erkandur va bir mas’ala o‘rganib, bu yo‘lni yayog‘ borur erkandur. Darsda yeri saffi ni’ol (ya’ni poygak) erkandur. Naqledurki, Hazrat Imomdin so‘rubdurlarki, shogirdlaringiz arosida qaysidin andoqki ko‘nglunguz tilar, rozisiz? Bovujudi (shunday bo‘lsa ham) Imom Muhammad va Imom Abu Yusuf r. va alaming abno- yi jinsi (tengqurlar) va hamsabaqlari. Imom q.s. debdurki, bori yaxshi- durlar. Ammo ul ko‘r turkki, saffi ni’olda o‘Iturur va bir mas’alani maz- but qilib (xotirda saqlab), to‘rt yig‘och yo‘l yayog‘ kelib borur, andoqki kerak ul tahsil qilur.”
Shundan so‘ng Navoiy Adib Ahmadning chuqur ma’noli hikmatlari turkiy xalqlari orasida nihoyatda mashhur bo‘lgani to‘g‘risida dalillari- ni keltiradi va garchi “Hibatul-haqoyiq” asarining nomini tilga olmasa ham, ikki bayt keltiradi: ”Va aning tili turk alfozi bila mavoizi nasoyihqa (pandu nasihatlar, o‘gitlarga) go‘yo (gapiruvchi va biyron so‘zlovchi) ermish. Xeyli elning muqtadosi (ergashtiruvchisi, imomi) ermish. Balki aksar turk ulusida hikmatu nuktalari (nozik ma’noli so‘z, ma’nosi chuqur so‘z) shoe’dur (yoyilgan, tarqalgan, mashhurdir). Nazm tariqi bilan aytur ermish, aning favoididindur (foydaliligidandir):
Ulug‘lar ne bersa yemasman dema,
Ilik so‘n, og‘iz ur, yemasang yema!
Va ham aningdurkim:
So‘ngakka ilikdur, eranga bilik,
Biliksiz eran ul so‘ngaksiz ilik” (Navoiy. MAT, 17-tom, 426-427­b.).
Bu baytlar “Hibat ul-haqoyiq”ning bugungi nashrlarida yo‘q.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling