O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)
Yati yigirmi yashima tangut tapa suladim. Tangut bodunin buzdim, og‘lun, yutuzin, yilqisin, barimin anta altim
Download 2.59 Mb.
|
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Devonu lug‘atit-turk”da xalq maqollari.
- Erik erni yag‘lig‘, ermagu ba- shi qanlig
- Alp cherikda, bilga tirikda
- Tilin tugmishni tishin yazmaz
- Kizlanchu kelinda
- Kishi alasi ichtin, yilqi alasi tashtin
Yati yigirmi yashima tangut tapa suladim. Tangut bodunin buzdim, og‘lun, yutuzin, yilqisin, barimin anta altim (Bx, 24) — 0‘n yetti yoshim- da tangutga lashkar tortdim. Tangut xalqini yengdim, o‘g‘lini, xonumo- nini, yilqisini, molini o'shanda oldim.
Bu voqea VIII asming boshlarida - taxminan 702-yilga to‘g‘ri keladi. Ammo tarixiy voqealarning aynan nusxasini “Devon”dan qidi- rish o‘rinli emas. “Devon”dagi to‘rtliklar xalqning ijodi sifatida paydo bo‘lgan, ya’ni ular xalq qo‘shiqlaridir. Quyidagi parchada ham Bilga xoqon yodnomasidan keltirilgan parchadagi singari jang tasviri va tangutlaming mag'lubiyati tasvirlangan: Tangut susin ushuqladi, Kishi ishin elikladi, Aran atin balqiladi, Bulun bolup bashni tig‘di. (Tangut qo‘shinini sovuqda bosdi. Bu ish bilan erkaklar ishini mas- xara qildi. Bosqinda barcha er ham otlami har kimga bo‘lakladi (ya’ni hadya qildi). Oxirida o‘zi asir bo‘lgach, boshi kesildi.) Tangut xani yubildi, 0‘lum birla tubuldi, Qazashlari tabladi, 0‘lum ko'rub yuzi ag‘di. (Tangut xoni uni boshdan aldadi-da, so‘ngra o‘lim bilan tepala- di, yengdi, qarindoshlari uning bu mag‘lubiyatidan orlandilar. Chunki o‘limni ko'rgach, uning yuzi oqargan edi.) Mazkur to‘rtliklarda jang tasviri, qahramonlaming xatti-harakatlari, holati batafsil tasvir etilgan. Chunki epik bayon bilan birga, naturalistik tasvir tamoyili folklor uchun, ayniqsa, doston uchun muhim xususiyat- dir. Yoki quyidagi to‘rtlik ham motiv va syujet jihatidan To‘nyuquq, Kul tigin yodnomalaridagi aksariyat jang lavhalarini gavdalantiradi. Eran alpi o‘qushtilar, Qing‘ir ko‘zun baqishtilar, Qamug‘ tutup to‘qushtilar, Qilich qing‘a kuchin siqti. (Erlar, botirlar bir-birlarini kurashga undadilar. Bir-birlariga yov ko‘zi bilan yomon qaradilar. Butun yaroqlari bilan urushga kirishdilar. Qilichlaming qinga kirishi qiyinlashdi.) “Devon”dagi to‘rtliklar qadimgi turk davrida shakllangan va ular- ga qadimgi turk davridagi tarixiy voqealar zamin bo‘lgan ekan, yu- qoridagi parchalami tarixiy qo‘shiq janriga mansub deb qarash kerak (N.Rahmonov. yuqoridagi asar, 16-17-b.). “Devonu lug‘atit-turk”da xalq maqollari. Mahmud Koshg‘ariy nozik didli adabiyotshunos sifatida maqol va she’mi yaxshi farqlaydi va har bir baytni berishda aniqlik kiritadi. Qaysi o‘rinda maqol, qaysi o‘rinda she’r kelayotganini o‘quvehiga uqtirish uchun “maqolda shun- day kelgan”, “she’rda shunday kelgan” iboralarini keltiradi. Koshg‘ariy keltirgan maqollar mavzu jihatdan turlicha. Mehnatsevarlik va dangasalik: Erik erni yag‘lig‘, ermagu ba- shi qanlig' - tirishqoqmng labi yog‘lig‘, erinchoqning boshi qonlig‘ (1, 100); Ermaguga eshik art bo'lur — yalqovga eshik ostonasi ham tog‘ bo‘lib ko‘rinadi (1, 78). Hamjihatlik va noittifoqlik: Ingan ingrasa, bo‘tu bo'zlar - urg‘ochi tuya ingrasa, erkak tuya bo‘zlaydi (1, 142); Bilmish yek bilma- zuk kishida(n) yig - Notanish kishidan tanish shayton yaxshi (111. 175); ко ‘zdan yirasa, ко ‘nguldan yama yirar - (do‘stlar) ko‘zdan uzoqlashsa, ko‘ngildan ham uzoq bo‘ladi (111, 377). Donolik va nodonlik: Qut belgusi bilik — baxt belgisi ilmdir (1, 403); Endik uma evlikni ag ‘irlar - befaham mehmon uy egasini hurmat- laydi (1. 130). Mardlik va qo‘rqoqlik: Alp cherikda, bilga tirikda — Botir jang alangasida, dono majlisda sinaladi (1, 77); Qo ‘rqmish kishiga qo y bashi qo ‘sh ko rinur - qo‘rqqan odamga qo‘yning boshi qo'shaloq ko‘rinadi (111, 139). Ehtiyotkorlik va tadbirkorlik: Alplar birla urushma, baglar bir- la turushma - Botirlar bilan urishma, amirlar bilan xusumatlashma (1, 192); Avchi necha al bilsa, azig ‘ ancha yo 'I bilir — ovcha qancha ov hiy- lalarini bilsa, ayiq ham shuncha qochish yo‘llarini biladi (1,91). Vafodorlik: Tilin tugmishni tishin yazmaz — til bilan bog‘langan (narsa) tish bilan yechilmas (11, 28). Odoblilik va tarbiyalilik: О ‘g ‘laq iliksiz, о ‘g ‘lan biliksiz - echki bolasida ilik yo‘q, yosh bolada aql yo‘q (1, 141). Inson qadr-qimmati: Evdagi buzag ‘и о ‘kuz bo ‘lmaz—uyda o 'sgan buzoq hech vaqt ho ‘kiz bo ‘ lmaydi (1,417); Kizlanchu kelinda - Yashirin narsakelin&ibo‘ladi (111. 261). Yaxshilik va yomonlik: Suv ichurmasga sut ber - suv bermagan- ga sut ber (1, 224); Bir tilku terisin ikila so ymas - bir tulki terisi ikki martalab shilinmaydi (111, 262). Halollik, rostgo‘ylik va munofiqlik: Kishi alasi ichtin, yilqi alasi tashtin - Odamning olasi ichida, yilqiniki sirtida (1. 117); Mushyaqriqa tegishmas, ayur kishi neni yarashmas — Mushuk mixga osilgan charv yog‘iga yetolmay, “birovning moli yarashmaydi”, deydi (11, 117) va h. “Devonu hig‘atit-turk”da afsonalar. “Devon”da Mahmud Koshg‘ariy afsonalardan namunalar ham keltirgan. Shu afsonalardan biri - “Oltin qon” afsonasi, ikkinchisi - yil hisobi to‘g‘risidagi afsona- dir. Shuningdek, bulardan tashqari, Xudxur viloyatiga nom qo‘yilishi (1, 135-b.), chigil qabilasiga Iskandar Zulqamayn nom qo‘ygani haqidagi kichik afsonalar (1, 374-b.) ham bor. Yil hisobi to‘g‘risidagi afsona turkcha o‘n ikki muchal yillarining paydo bo‘lish tarixiga oiddir. Afsonaning mazmuni shunday: Turk xoqonlaridan biri o‘zidan bir necha yil oldin bo‘lib o‘tgan urushni o‘rganmoqchi bo‘lgan, shunda u urush bo‘lib o‘tgan yilni aniq- lashda yanglishgan. Bu masala yuzasidan (xoqon) qavmi bilan kengash- di va aytdi: “Biz bu tarixni (aniqlashda) qanchalik yanglishgan bo‘lsak, bizdan keyin ham shunday yanglishadilar. Shunday bo‘lgach, biz endi o‘n ikki oy va osmondagi o‘n ikki burjga asoslanib, o‘n ikki yilga ot qo‘yishimiz kerak, toki bizdan keyin yil hisobi shu yillaming aylanishiga qarab olinsin va bu narsa abadiy bir yodgorlik bo‘lib qolsin”. Ular “ayt- ganingizday bo‘lsin”, dedilar. Xoqon ovga chiqdi va odamlarga vahshiy hayvonlami Ili daryosi tomon quvishni buyurdi, bu juda katta suv. Odamlar ov qilib, hayvonlar- ni suv tomon hayday boshladilar. Shunda o‘n ikki hayvon suvdan o‘tdi. 0‘n ikki yilni ana shu o‘n ikki hayvon ismi bilan atadilar. Eng oldin suvdan o‘tgan hayvon sichg'an (sichqon) bo‘ldi. Shuning uchun yil boshini uning nomi bilan ataldi, shu so‘zga yil qo‘shib, sichg‘an yili - sichqon yili deb atadilar. Undan keyin o‘tganlari quyidagi tartibda bo‘ldi va ular- ning har biri bir yil uchun ism bo‘lib qoldi: udyili (sigir yili), bars yili (yo‘lbars yili), tavishg an yili (quyon yili), nek yili (timsoh yili), yilan yili (ilon yili), yundyili (ot yili), qoy yili (qo‘y yili), bichin yili (maymun yili), taqag‘uyili (tovuqyili), ityili (it yili), tongizyili (to‘ng‘iz yili). To‘ng‘izga yetgandan keyin hisob yana sichqondan boshlanadi. Koshg‘ariy afsonani hikoya qilib bo‘lgach, qadimgi turkiylarda yil hisobi quyidagi tartib bilan yuritilishini ko‘rsatadi: sichqon yili, sigir yili, bars yili, quyon yili, timsoh yili, ilon yili, ot yili, qoyydi, maymun yili, tovuqyili, it yili^, to‘ng‘izyili (1, 234). Bu afsonaning diqqatga sazovor tomoni shundaki, qadimgi Xitoy afsonalari tarkibida ham mazkur afsona o‘rin olgan. Xitoy xalqida bu afsona Budda bilan bog‘liq. Xitoylarda rivoyat qilinishicha, Budda yer yuzini tark etishdan oldin huzuriga hamma hayvonlami chaqiribdi. U bilan xayrlashgani o‘n ikki hayvon kelibdi, xolos. Kelgan hayvonlami mukofotlash uchun Budda, men chaqirganimda navbat bilan kelganingiz bo‘yicha yillarga nom be- raman, debdi. Hayvonlar birinchi bo‘lib kim kelgani to‘g‘risida bahs- lasha boshlabdilar. Oxiri, bir to‘xtamga kelish uchun musobaqa uyush- tirishga qaror qilibdilar: daryoning narigi qirg‘og‘iga birinchi bo'lib o‘tgan hayvonning nomi bilan birinchi yil ataladigan bo‘libdi. Navbat- dagi yillar esa daryoni birin-ketin kechib o‘tgan hayvonlar nomi bilan atalishiga qaror qilishibdi. Nihoyat, o‘n ikki jonzot qirg‘oqqa tizilibdi va baravar suvga o‘zlarini tashlabdilar. Kalamush darrov ho‘kizning ustiga minib olibdi, ho‘kiz esa hech narsani sezmabdi. Ho‘kiz boshqa hamma hayvonlardan oldinga ketib, daryoning narigi qirg‘og‘iga chiqishga tay- yorlanibdi. Shu lahzada kalamush uning ustidan sakrabdi-da, qirg‘oqqa ho ‘kizdan bir necha soniya oldin chiqibdi. Shunday qilib, kalamush birinchi bo‘lib chiqqan hisoblanibdi. Qolgan hayvonlar quyidagi tartibda suzib o‘tibdilar: yo ‘Ibars, quyon, ajdar, ilon, ot, qo y, maymun, xo ‘roz, it. To ‘ng ‘iz nihoyatda sustkash va dangasa ekan, shuning uchun eng oxirida qirg‘oqqa yetib kelibdi.91 Mazkur afsona bilan Mahmud Koshg‘ariy keltirgan afsonadagi yil hisobining nomlari va tartibida katta farq yo‘q. Ehtimol, Xitoyga bud- daviylik kirib kelgandan keyin, qadimgi turklar afsonasini o‘zlashtirgan bo‘lishlari mumkin. Shuningdek, “Devonu lug‘atit-turk”da munozara (Yoz va Qish mu- nozarasi) janri, Alp Er To‘ngaga va yana bir noma’lum qahramonga bag‘ishlangan marsiya ham bor. Agar Abdurauf Fitrat “Devonu lug‘atit- turk”dagi to‘rtliklar asosida tiklagan dostonlar ham e’tiborga olinsa, qadimgi turkiy adabiyotda janrlar rang-barangligiga guvoh bo‘lish mum- kin. Savol va topshiriqlar “Devonu lug‘atit-turk” qachon va qayerda yaratilgan? “Devonu lug‘atit-turk”ni yozish uchun material to‘plash maqsa- dida Mahmud Koshg‘ariy qaysi o‘lkalarni kezib chiqdi? “Devonu lug‘atit-turk”da “shoir aytadi” iborasi nimani anglata- di? “Devonu lug‘atit-turk”dagi didaktik she’riy parchalarga misol keltiring. “Devonu lug‘atit-turk”dagi she’riy parchalar qaysi davrga te- gishli? “Devonu lug‘atit-turk”dagi she’riy parchalar bilan qaysi qadimgi yodgorliklar o'rtasida uyg‘unlik bor? “Devonu lug ‘ atit-turk”da qaysi adabiy j anrlar uchraydi? “Devonu lug‘atit-turk”dagi maqollar qaysi mavzularda? Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling