va xalqona tilda bayon qilinadi, Misol sifatida Nizomiy bilan Qutb dos- tonlarida Xusravning o‘n to‘rt yoshda qanday fazilatlarga erishganini solishtirish kifoya:
Nizomiyda:
Yetib o‘n to‘rtta yoshi topdi iqbol,
Chiqordi murg‘i donishi paru bol (39-b.).
Qutbda:
Tamomkim umri o‘n to‘rt yoshqa yetti,
Bilig simurg‘u tan Qofini tutti (35-b.)
Qutb Xusrav obrazini yangicha talqin qilmoqchi emas, ammo turko- na obraz - xalq og‘zaki ijodiga xos mubolag‘ali tasvir yaratish Qutbning asosiy maqsadi edi. Garchi Qutbning o‘zi bu haqda aytmasa ham, Xusravning ta’rif-tavsifidan shu maqsad anglashiladi.
Dostonda Tinibek madhi. “Xusrav va Shirin”ning muqaddimasi- dagi ma’lumotlarga ko‘ra, Qutb XIV asr o‘rtalarida yashab ijod etgan. Bu davrda Xorazm Oltin O‘rda davlatiga tobe edi. Yuqorida aytgani- mizday, doston 1340-yili yozilib, Oltin O‘rda xonlaridan O‘zbekxonning (1312-1340-yillarda hukmronlik qilgan) o‘g‘li Tinibek va uning rafiqa- siga bag‘ishlangan. Asarda shahzoda Tinibekka o‘ttiz to‘qqiz baytdan iborat qasida bor. Qasidada Qutb Tinibekni olamda tengsiz xon, bilim- don, aqlli, jasur lashkarboshi, siyosatda nihoyatda dono va boshqa qator sifatlarga ega qilib tasvirlaydi:
Xonimiz Tinibek shohi juvon baxt,
Kim o‘sh andin quvanur toj ham taxt.
Yeti iqlim ichra xoli bu zamonda
Tenging yo‘q shaksiz ul barcha jihonda.
Bu kun xonliq bo‘dung‘a kertu xonsan,
O‘sh andin o‘tru kim jonu jihonsan.
Bilig qamchisini elga olib o‘sh,
Yana davlat otingg‘a otlanib xo‘sh.
Aql tizginini kim berk tuttung,
Azun maydoninda to‘b o‘ynab uttung...(28-b.)
Qutb Tinibekni o‘z davridagina emas, balki o‘tmishdagi mashhur podshohlardan ham buyuk hukmdor ekanini tasvirlar ekan, mubolag‘ali detallarga suyanadi, ammo bu detallar tarixiy voqyelikka qanchalik mos keladi - bunisi noma’lum. Bu tasvirlarni Qutbning ijodi mahsuli deb qa- rash kerak, xolos. Shu yo‘sinda Tinibek faqat Oltin 0‘rda davlatining hukmdori bo‘lib qolmay, o‘tmishdagi bilimdon, jahonshumul hukmdor- lardan ham ustun jahongir ekani kitobxon ko‘z o‘ngida gavdalanadi. Bu tasvir orqali Qutb, shubhasiz, Oltin O‘rdaning qudrati bilan birga, hukm- dorlaming shaxsiyatiga ham urg‘u beradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |