O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Download 2.59 Mb.
bet90/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Dostonda ishq timsoli.

  • Xusrav va Shirin”ning qisqacha mazmuni.

  • Qutb - shoir.

  • Qutbning “Xusrav va Shirin”ida folklor obrazlari va motivlari.

    Tayanch so‘z va iboralar: erkin tarjima, badiiy mahorat, asliyat, adabiy muhit, turkiy doston muallifi, bayt, an 'ana, boblar.
    Qutbning “Xusrav va Shirin”i tarjima asari sifatida. Oltin 0‘rda adabiy muhitida yaratilgan yana bir doston “Xusrav va Shirin”dir. Bu doston mashhur ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy qalamiga mansub shunomli dostonning eski o‘zbek tilidagi erkin she’riy tarjimasidir. Asar tarpmoni xorazmlik Qutbdir. Bu ijodkorning bizgacha yetib kelgan bir- dan- bir asari “Xusrav va Shirin”dir, Zotan, Qutb o‘z asarini Nizomiy- ning shu nomdagi dostoni tarjimasi ekani to‘g‘risida shunday deya xabar beradi:
    Qozonteg qaynab ush savdo bishurdum, Nizomiy bolidan halvo bishurdum.
    Xonim oting‘a ushbu forsi tilni Chevurdum tuzdum ush nazm uzra qilni.
    Chiqardim xush yidig‘lig‘ suv bu koMdin, Ko‘ngullar qonsu teb bu sofi suvdin (32-b.)!tl9.
    Garchi Qutb kamtarlik bilan o‘z tarpmasini “Nizomiy bolidan pis- hirilgan holva” deb aytsa ham, tarjima nihoyatda katta mehnat samarasi

    1. Parch a quyidagi nashrdan olindi: Зяйанчковский A, HESR.4V AS SIRIN KI JTBA. Tckst WARSZAWA, 0958; bundan keyin mazkur kitob sahitasi koWsatiladi, xoios

    va buyuk iste’dodning zuhuri deb ayta olamiz. Badiiy tarjima tarjimonga katta mas’uliyat yuklashi bilan birga, ijod hamdir.
    Qutbning tarjimai holiga oid ma’lumotlar. Qutbning tarjimai ho- liga oid ba’zi ma’lumotlami “Xusrav va Shirin”dagi “Kitob nazm qil- moqqa sabab bayon ayur” bobidan anglash mumkin. Qutbning tug‘ilgan, yashagan yillari va joyi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Shu bobda Qutb “Xusrav va Shirin” dostonini Oq O‘rda poytaxti Sig‘naqqa (Sir- daryoning o‘rta oqimida joylashgan shahar, hozirgi Qozog‘iston hudu- dida) olib borgani haqida aytib o‘tadi. U o‘z dostonini aslida 1339-yili tamomlagan. Qutb asarini Tinibekka bag‘ishladi. Tinibek Oltin O‘rda tanazzulga yuz tutish arafasida hukmronlik qilgan xon O‘zbek xonning (hukmronlik davri 1312- 1340-yillar) o‘g‘li. Tinibek (hukmronlik davri juda qisqa - 1340-yil) Oltin O‘rda tarixida juda katta iz qoldirmagan bo‘lsa ham, Qutb “Xusrav va Shirin” dostonida bu hukmdorga bergan ta’rifidan shuni anglash mumkinki, Tinibek yosh, aqlli va jasur hukmdor edi. Qutb Oq O‘rdada yoki Sharqiy Qipchoqning poytaxti Sig‘noq shah- rida yashagan deb taxmin qilsa bo‘ladi128. Aslida Oltin O‘rdaning asosiy xonlari Ko‘k O‘rdada o'tirib, 1224-1359-yillarda Qipchoqning g'arbiy qismini boshqargan.
    Malika marhuma xon Malik madhi” bobida esa Oq O‘rda haqida so‘z ketadi:

    Download 2.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   237




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling