O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)
‘g‘uz xon haqidagi rivoyatlarda shomon obrazi
Download 2.59 Mb.
|
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jome’ ut-tavorix”da hikoyatlar.
- (2-jild, 95-96-b.).
0‘g‘uz xon haqidagi rivoyatlarda shomon obrazi. Mazkur rivoyatda bir detal diqqatni tortadi. Rashididdin o‘mi-o‘mi bilan turkiy qavmlarga notanish urug‘ va shaxs nomlarining kelib chiqishi haqida qisqa izoh berib boradi. Buning sababi shuki, mazkur rivoyat mazmu- niga kitobxon befarq bo‘lib qolmasligi kerak edi. Tushunarsiz so‘zlar albatta rivoyat mazmuniga halaqit berishi tabiiy. Turkiy mifologiya saqlangan o‘rinlarda ana shuunday izohlar berilgan.
Ma’lumki, eski turk diniy oqimi - shomoniylikda payg‘ambarlar va muqaddas kitoblar bo‘lmagani sababli qomlar, ya’ni shomonlaming o‘mi beqiyos bo‘lgan. “Shomonlar istiqbolning yaxshi va yomon hodisa- laridan ulami (ya’ni ko‘k turklami - N.R.) voqif aylaydilar. Qomlaming tavsiyalarisiz qo‘shinto‘plab urushga kirishilmas edi”126. “O‘g‘uznoma” kitobiy eposidagi Ulug‘ Turk, “Dada Qo‘rqut kitobi”dagi Qo'rqut ota ob- razlari qadimgi turkiylar e’tiqod qilgan shomonlar obraziga misol bo‘la oladi. “Jome’ ut-tavorix” asarida ham bu shomonlar obrazlariga mo- nand obraz bor. Irqil Xoja shunday obrazdir. U O‘g‘uz xon hukmronligi davrida ham, uning vafotidan keyin Kun xon hukmronlik qilgan davrda ham noib bo'lgan edi. Irqil Xoja aslida “O‘g‘uznoma” kitobiy eposidagi Ulug‘ Turk obrazidir. Irqil Xoja ham, Ulug‘ Turk singari, O‘g‘uz xon avlodlarining har biriga laqab, nom, tamg‘a va belgi tayinlaydi. Xullas, Irqil Xoja va Ulug‘ Turk obrazlari O‘g‘uz xon haqidagi rivoyatlarda, kitobiy eposda o‘z mohiyatini saqlagan. “Jome’ ut-tavorix” asarida O‘g‘uz shaxsini yoritish borasida yana bir diqqatga sazovor ma’lumot mavjud. Bizga ma’lumki, Xitoy solno- malari qadimgi turklar tarixi va rivoyat hamda afsonalari uchun eng qadimiy, ishonchli manbadir. Rashididdin “Jome’ ut-tavorix” asarini yozishga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda - 1286-yili Eronga Xitoydan amir Po‘lod Chjen Sin degan bir tarixchi keladi. Bu odam Xitoy solno- malari, mo‘g‘ul rivoyatlari bo‘yicha chuqur bilimga ega edi. Rashididdin Hamadoniyning “Jome’ ut-tavorix” asari yuzaga kelishini, O‘g‘uz xon obrazining o‘ziga xoslik kasb etishini, ya’ni O‘g‘uz xon haqidagi kitobiy eposdan farq qilishini ana shu Xitoy muarrixining ma’ruzalaridan ham qidirish lozim. Rashididdinning mazkur asarida O‘g‘uz xon haqidagi rivoyatdan tashqari, turkiy qavmlaming - qipchoq, qarluq, qalach, saqlab, qang- li kabi qabilalaming yuzaga kelish tarixiga oid rivoyatlar ham bor. Bu rivoyatlar “Jome’ ut-tavorix”ning birinchi jildidan o‘rin olgan. Bu ri- voyatlarga alohida urg‘u berishdan Rashididdinning maqsadi shu edi- ki, mo‘g‘ul qavmlari turkiy qavmlardan kelib chiqqanini va har ikkala qavmning bobosi O‘g‘uz xon ekanini ko‘rsatish edi. Rashididdin ana shu rivoyatlardan ishonchli ilmiy dalil sifatida ham foydalandi. “Jome’ ut-tavorix”da hikoyatlar. Bu asarda Chingizxon o‘g‘illarining hayotiga oid ko‘plab hikoyatlar ham bor. Ayniqsa, Ugaday- xonga oid hikoyatlar ko‘p bo‘lib, bu hukmdoming ko‘p qirralari - yerli aholiga xayrixoh munosabati, ayni paytda yolg‘onchi, xushomadgo‘y, o‘g‘ri va talonchilarga shafqatsizligi shu hikoyatlardan o‘rin olgan. Rashididdin hikoyatlarga alohida urg‘u berar ekan, asosan, Ugadayxonning shaxsiy fazilatlariga diqqat qaratadi. Mana, bitta hikoyat: Xoqon Qoraqurum shahrini qurgandan keyin, bir kuni xazinaga kir- di va u yerda taxminan ikki tuman balish (pul birligi - N.R.) ko‘rdi. U shunday dedi: “Bu balishlami yig‘ishdan nima ma’ni bor?! Bulami doi- mo qo‘riqlash kerak bo‘ladi-ku! Hammaga e’lon qilinsin: balish olishni istaganlar kelib, olib ketaversin”. Shahar aholisi - zodagonlar ham, od- diy xalq ham, boylar ham. kambag‘allar ham - hamma xazinaga kelib, katta miqdorda balish olib ketdilar. Hikoyat, bir tomondan, Ugadayxonning saxiyligini ko‘rsatadi, ik- kinchidan, har qanday boylik insonlaming manfaatiga xizmat qilishi kerak degan uning qarashiga ishora qiladi.Endi quyidagi hikoyatga muro- jaat qilaylik: Bir odam xonga forslaming bosh kiyimini olib kelibdi. Xon shi- rakayf ekan, uni ikki yuz balish pul bilan mukofotlabdi. Xon a’yonlari yorliq qog‘ozini o‘sha odamga beribdilar, ammo muhr qo‘yishni orqaga suraveribdilar. Ular: “Ehtimol, xon janobi oliylari sarxushlikda farmon berib yuborgan bo‘lishlari mumkin”, deb xavotirlanayotgan ekanlar. Xon ertasi kuni o‘sha odamni saroyda yurganini ko‘rib qolibdi. Xon a’yonlari o‘sha odamga beriladigan yorliq qog‘ozi haqida so‘zlabdilar. Xon, uch yuz balishga yorliq beringlar, deb buyuribdi. Ammo xazinadan pul berishni yana orqaga suraveribdilar. To pul miqdori olti yuz balishga yetmaguncha, xon har kuni yuz balishdan qo‘shaveribdi. Oxiri, xon amirlarini va bitikchilarini chaqirib, ularga quyidagi savolni beribdi: “Bu olamda biron narsa abadiy qoladimi yoki yo‘qmi?” Hammalari bir ovoz- dan “Yo‘q!” deb javob beribdilar. Shunda xon sohib Yalavochga yuz burib, aytibdi: “Bu - xato, dong‘i ketgan nom va yaxshi xotira abadiy qoladi”. Kotiblarga qarab, aytibdi: “Mening ashaddiy dushmanlarim siz- larsiz, chunki sizlar mendan yaxshi nom va yaxshi xotira qolishini ista- maysizlar. Sizlar o‘yladilaringizki, xon sarxush bolgani uchun shuncha pulni berib yuboryapti deb. Sizlar esa bu qilig‘ingiz bilan (men bilan xalq o‘rtasida) g‘ov yaratdingiz, muhtoj odamni ushlab o‘tiraverdingiz. Endi boshqalarga namuna bo'lsin deb, biringiz boshqangizdan qilmish- laringiz uchun qasos olmas ekansiz, foydasi yo‘q”. Ugaday xon saxiy, ayni paytda har bir ishni ezgulik yo‘lida qilib, yaxshi nom qoldirish jamiki boyliklar oldida hech narsa ekanligini uq- tiryapti, xonning atrofidagi odamlar xonga muvofiq bo'lishi lozimligini ko'rsatyapti. Rashididdin ayni paytda hukmdoming el orasidagi sha’ni obro‘sizlanishi oqibati qanday fojia bilan nihoyasiga yetishi muqarraligi- ni ta’kidlayapti. Hukmdoming amri hech qanday mulohaza va muhoka- malarsiz vojib bo'lishi muqarrarligini muarrix ham bu hikoyat ommaga yetkazyapti. Ugadayxonni go‘zal axloq, oliyjanob fazilatlar egasi sifatida tasvir- lar ekanlar, Rashididdin va kitobni yozishda ishtirok etgan muarrixlar manfaat ko‘zlamagan, balki turli tarixiy manbalardan, og‘zaki xabarlar- dan bu hukmdor haqidagi ma’lumotlami to‘plab, hikoyatga aylantirgan. Rashididdining ijodkorlik mahorati ana shunday hikoyatlarda yorqin o‘z ifodasini topadi. Qolaversa, Rashididdin “Jome’ ut-tavorix”ni yoz- gan paytda (milodiy 1310М1 yillari) Ugaday xon allaqachonlar olamdan o‘tib ketgan edi (1241-yilda). Rashididdin Chingizxonning avlodlari ha- qida yaxlit va xolis tarixni, ular haqida yaratilgan og'zaki hamda yozma hikoyatlami bir joyga jamlash, kitobxonlarga ishonchli tarixni va xolis adabiyotni taqdim qilish edi. U maqsadiga erishdi. Boshqa mo‘g‘ul hukmdorlari, jumladan, Chig‘atoy haqida yaratilgan hikoyatlar bu fikrlami yana bir bor tasdiqlaydi. U ham akasi Ugaday vafot etgan yili - 1241-yili G‘uljada olamdan o‘tgan edi. Rashididdin Chig‘atoyning shaxsiy fazilatlarini ukasi Ugaday xon bilan aloqadorlikda yuzaga chiqaradi. Chig‘atoy Ugaday xonga hurmat va izzat-ikrom bilan munosabatda bo‘lar edi. Ugaday xon bo'lajak taxt vorisi bo‘lgani uchungina emas, balki otasi, Ugaday taxt vorisidir, deb e’lon qilgani bois, uning vasiyatini bajo qilish Chig‘atoy uchun amri vojib edi. Ota vasiyati qonun bilan barobar edi. Lavozimning ikir-chi- kirlariga ham hurmatli munosabatda bo‘lishni Chig'atoy Ugaday xonga bo'lgan munosabatida namoyon qiladi. Qolaversa, mo‘g‘ullar turkiy davlatchilik qoidalarini juda yaxshi o‘zlashtirib olgan edilar. Rashididdin bir voqea orqali Chig'atoyni nihoyatda tarbiyali, ota vasiyatiga va qonunga sadoqatli ekanini ko'rsatib beradi. Bir kuni Chig‘atoy va Ugaday xoqon sarxush holda chopqir otlari- da ketayotgan ekanlar. Chig'atoy zavqlanib, Ugaday xoqonga aytibdi: “Qani, kim o‘zarga garov bog'lab, otlarni qo‘yib yuboraylik”. Ular ga- rov bog‘lashganlaridan keyin, otlami choptirib ketibdilar. Chig‘atoyning oti yelib ketibdi va Ugadayning otidan salgina o‘zibdi. Chig‘atoy ke- chasi bu voqeani eslab, o‘ylab qolibdi: “Men, otim xoqonning otidan o‘zib ketsin deb, u bilan garov boylashdim-a! Qanday qilib bunga yo‘l qo‘ydim?! Bunday xatti-harakatim katta xato. Boshqalar ham bu voqeani ko‘rib, dag‘allashib ketadilar. Bu esa yomon oqibatlarga olib keladi”. Ertasiga ertalab Chig‘atoy o‘z amirlarini chaqirib, shunday debdi: “Ke- cha men gunoh qilib qo‘ydim, shunday-shunday ish qildim. Hozir xoqon janobi oliylarining huzuriga boramiz, toki u menga ayb qo‘ysin va lozim bo‘lgan jazoni bersin”. U bir to‘da amirlarini ergashtirib, odatdagi vaqt- dan oldinroq saroyga kelibdi. Soqchilar, Chig‘atoy xon bir qancha odam- lari bilan kelibdi, deb Ugaday xoqonga xabar beribdilar. Ugaday xoqon bu xabarga to‘liq ishonmasa ham, nima sababdan keldi ekan, deb xa- votirlanibdi. Odamlarini, chiqib bilinglar-chi, nimaga kelibdi ekan, deb tashqariga chiqaribdi. Chig‘atoy shunday javob beribdi: “Biz, hamma tug‘ishganlar, qurultoyda o‘zaro kelishib, quyidagicha qasamyod qilgan edik: Ugaday xoqon bo‘ladi, hammamiz unga itoat etamiz, buyruqlari- ni so‘zsiz bajaramiz, uning bironta so‘ziga qarshi bormaymiz, u bilan aslo tortishmaymiz. Kecha men u bilan garov boylashdim, otimni kim o‘zarga qo‘yib berdim. Xoqon bilan garov boylashimiz nahotki bizga munosib bo‘lsa?! Shuning uchun men aybdorman, aybimni anglab, bu yerga keldim. Bu qilig‘im uchun jazoga mustahiqman. Ugaday xoqon meni oldiradimi, kaltaklatadimi - u hukm qiladi”. Ugaday xoqon o‘z shubhalaridan xijolat tortibdi, Chig‘atoyga muhabbati va mehri yanada ortibdi, unga bo‘lgan diqqat-e’tiborini namoyon qilish uchun, shu gap- larimni yetkazinglar, deb buyuribdi: “Bunday gaplami qo‘ysangiz-chi! Axir, siz mening akamsiz! Bunday mayda-chuyda narsalar e’tibor be- rishingizga arzimaydi”. Ammo Chig‘atoy bu gaplarga rozi bo‘lmabdi. Oxiri, xoqon: “Sizni kechirdim”, deb aytgandan keyin, Chig‘atoy rozi bo‘libdi. Chig'atoy esa xoqonga sodiq tobc’ ekanini bildirish uchun to‘qqizta ot in’om qilibdi. Shundan keyin Ugaday xoqonning mirzasi e’lon qilibdi: “Hamma eshitib olsin, bilib qo‘ysin: xoqon Chig‘atoyni afv etdi, u esa aybi kechirilgani munosabati bilan “tikshimishi”127 qilyap- ti”. Chig‘atoy shundan so‘ng qarorgohiga borib, o‘mga xos notiqlik bilan jamiki odamlariga bu haqda hikoya qilib beribdi. Shu voqea munosabati bilan Chig‘atoy va Ugaday o‘rtasida ittifoq va muvofiqat yanada mustah- kamlanibdi. Boshqa hamma qarindosh-urug‘lar faqat itoatkorlik yo‘lini tanlab, doimo Ugaday xoqonning farmoniga bo‘ysunadigan bo‘libdilar (2-jild, 95-96-b.). Rashididdin Chig‘atoyning bu xatti-harakatini, bir tomondan, la- ganbardorlik emas, balki yozilmagan qonun sifatida baholagan bo‘lsa, ikkinchidan, sharqona odob o‘git sifatida keltiradi. Qolaversa, Chig‘atoy shohlik qonun (yasa)-qoidalariga. rioya qilish borasida tarixda hamma- ning e’tirofiga sazovor bo‘lgan edi. Hikoyatda Chig‘atoyning ana shu qirralariga ham e’tibor berilgan bo‘lib, uning tengsiz salohiyatga ega shaxs ekani ayon bo‘lib turadi. “Jome’ ut-tavorix” asarining tili haqida. Tarix asarlari ijodkor- larining badiiy ijodga aloqadorligini belgilaydigan yana bir omil badiiy tildan foydalanish mahoratidir. Rashididdinning “Jome’ ut-tavorix” asari mumtoz fors tilida yozilgan. Rashididdin bu asaridan oldin “Kitob ul- ixyo va-l-asar” qomusiy asarini va “Miftoh ul-tafsir” nomli Qur’onga sharhini yozdi. Har ikkala asaridan ham ko‘ra, “Jome’ ut-tavorix” Ras- hididdinga shuhrat keltirdi. Mazkur asar turk-mo‘g'ul xalqlari tarixini xolis va ilmiy asosda yoritgani bilan bir qatorda, asarning yozilish uslubi ham Rashididdinning nasr ustasi ekanidan dalolat berardi. “jumc’ ut- tavorix”™ u sodda, chiroyli, ayni paytda obrazli til bilan yozdi. Rashididdinning bu asari badiiy nasr namunasi sifatida ko‘plab zamondosh muarrixlarga namuna bo'ldi. Zotan, muarrixlar o'z asarlariga ortiqcha jilo berishga urinib, metaforalar, mubolag‘alar, she’riy topishmoqlar va boshqa qator timsollardan foydalanishar, buning oqibatida asami oddiy kitobxon tushunishga qiynalardi. Rashididdin esa o‘z asarini keng om- mani nazarda tutgan holda yaratdi, soddalik va oddiylikni asar tilining bosh mezoni deb bildi. Rashididdin - shoir. Rashididdinning ijodkor sifatidagi iqtidori she’riyatida ham ko‘rinadi. U ma’lum bir voqea yoki shaxsiyatlar muno- sabati bilan she’rlar yoki she’riy parehalar keltiradi. Bu she’rlaming ay- rimlari Rashididdinning o‘ziga tegishli ekani ma’lum bo‘lib turadi. Ma- salan, jang maydonida otdan yiqilib, dushmanning otliq askariga yerdan turib hujum qilgan va bir necha chaqirimgacha otliq dushmanni quvgan qahramonning jasoratidan hayratlanib quyidagi misrani bitdi: Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling