O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Download 2.59 Mb.
bet96/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Xusrav Parviz deb ism qo‘ydi. Bola o‘n to‘rt yoshga yetganda, harbiy hunarlami, barcha bilimlarni egallab bo‘ladi, odamlarni ham yaxshi, yo- mon deb ajratadigan bo‘ladi.
Kunlaming birida Shovur ismli bir jahongashta odam Xusravga Shirin hamda uning arnmasi haqida hikoyatini aytib beradi. Mehinbo- nuning qudratli hukmdor ekanini hikoya qiladi. Shirinning esa tengi yo‘q go‘zalligini Shovur ta’rif-tavsif qilgandan keyin Xusrav Shovumi Ko‘histonga borishga undaydi. Shovur Ko‘histonga borgach, ehiroyli gulzorda Xusravning suratini chizib, osib qo‘yadi. Bu go‘zal maskanga Shirin kanizlari bilan sayr qilgani chiqqan edi. Shovur Xusravning sura­tini ko‘zga ko‘rinadigan joyga qo‘ygandan keyin, o‘zi yashirinib oladi. Shirin Xusravning suratini ko‘rib unga shunchalik oshiq bo‘lib qoladiki, Shirinning ko‘zlaridan yosh o‘miga qon oqa boshlaydi. Shirin bog‘da yashirinib yurgan Shovumi sezib qoladi va kanizaklaridan birini uni cha- qirib kelishga yuboradi. Shovur bilan Shirin bog‘da yolg‘iz qoladilar. Shovur Shiringa. Xusravning kimligini, ta’rifini qilib beradi. Xusrav ham Shiringa oshiq bo‘lib qolganini, Xusravning chiroyini Shovur hikoya qi­lib beradi. Shovur gapini tugatgandan keyin Shiringa Xusravning uzugi- ni beradi va Xusravning saroyiga — Madoyinga borishni maslahat beradi. Shirin saroyga borib, Mehinbonudan ertasiga oti Shabdizni minib ovga ehiqishga ijozat so‘raydi. Mehinbonu ijozat beradi. Shirin Xusravning huzuriga borish, unga yetishish uchun ammasi Mehinbonuni aldagan edi. Ertasiga Shirin saroydan g‘oyib bodgum haqidagi xabarni kanizak- lar Mehinbonuga yetkazadilar. Mehinbonu dod-faryod qiladi. Shunda bir qari pir ko‘rgan tushini aytadi:
Bu yanglig‘ tong ajoyib tush ko‘rdim,
Tushum ta’birin ushbu ishga yo‘ydim, — deya uchib ketgan qush- ning - Shirinning ortidan quvish yaxshilik alomati emasligini, uchib ket­gan qush bir kun qaytib kelishin bashorat qiladi.
Shirin Xusravning saroyiga yctib keladi. Ammo bu paytda shoh Xo‘rmuzd taxtni o‘g‘li tortib olib qo‘yishidan qo‘rqib, uni o‘ldirmoqchi bo‘ladi. Xusravga Buzurg Ummid “Otang sening joningga qasd qilgan, yaxshisi, bir necha kun otangning ko‘ziga ko‘rinma, bu yerdan uzoq- larga ket”, deb maslahat beradi. Xusrav Arman mamlakatiga yo‘l oladi. Yo‘lda bir gulzorda Xusrav bilan Shirin uchrashib qoladilar. Shirin Xus­rav bilan birga Annan mamlakatiga ketadi.
Xusrav Mehinbonu saroyiga kelib, shu yerda yashab yurgan edi. Shu orada Xusravga otasi vafot etgani haqida xabar keladi. Xusrav otasi vafotini eshitgach, Mehinobonu saroyidan ketadi va borib, otasi o‘miga taxtga o‘tiradi. Xuddi bobosi No‘shirvon singari mamlakatni adolatli boshqara boshlaydi.
Shovur Shirinni Madoyinga Mehinbonu saroyiga qaytarib olib kela- di. Ammo bu paytda Xusravning taqdiri tahlika ostida qolgan edi. Bah- rom cho‘bin Xusravga qarshi otlanadi. Bahrom: ”Bu padarkush Xusrav podshoh bo‘lishga nomunosibdir”, deya xalqni qo‘zg‘aydi. Oqibatda Xusrav mag‘lub bo‘ladi va Eronga qochadi. Eronga qochib borayotgan- da, Shiringa duch kelib qoladi. Mehinbonuga shoh Xusrav kelgani va hushyor bo‘lib turish haqida xabar keladi. Xusrav bilan Shirin esa bir- birlarining visoliga to‘ymay, zavqlanish bilan band edilar. Mehinbonu bu ahvolni ko‘rib, Shirinni Xusravdan sovutish uchun quyidagicha gap- larni o‘ylab topadi:

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling