O‘za jonsiz tan erdi mulk sensiz,
Shahanshoh Jonibckxonga yetgansiz.
Eski uyg‘ur-turk yozuvidagi nusxada esa shu bayt boshqacharoq:
O‘za jonsiz tan erdi mulk sensiz,
Shahanshoh Jonibekxon mulkin yegansiz.
(ya’ni siz Jonibekxonning qaramog’ida cdingiz degan ma’noda).
Shubhasiz, bu o'rinda O‘zbekxonning o‘g‘li Jonibek to‘g‘risida so‘z ketmayapti. V.V.Bartoldning fikrlari haqiqatga yaqin.
Eski uyg‘ur-turk yozuvidagi qo‘lyozmaning qimmati shundaki, asaming bu nusxasi arab yozuvidagi ikkinchi nusxadan oldin - asliyat yozilgandan so‘ng 79 yil o‘tgach ko‘chirilgan.
“Muh.abbatnoma”nmg arab yozuvidagi ikkinchi nusxasi XVI asr boshlarida (] 508-1509-y‘llirda) ko'chirilgan. Asar 24 varaqqajoylashti- rilgan. Bu nusxa ham Britaniya muzeyida 7914 raqami ostida saqlanadi. Mazkur nusxaning eski uyg‘ur-turk yozuvidagi nusxadan farqi shundaki, birinchidan, bu nusxaga forscha matnlar ham joylashtirilgan. Ayrim o‘rinlarda baydar va she’rlaming tartibi o‘zgartirilgan, ba’zi grammatik shakllar, so‘zlardagi farqlar ham ko‘zga tashlanadi.
“Muhabbatooma”mng uchinchi qo‘lyozma nusxasi Istanbul univer- siteti kutubxonasida (2753 raqami ostida) saqlanadi, degan fikrlar bor edi. Ammo A.M.Shcherbakning tekshirishicha, bu nusxaning nomigi- na mos ke'ladi, xolos. Xorazmiyning “Muhabbatnoma”siga aslo aloqasi yo‘q. Asaming to‘rtinchi qo‘lyozma nusxasi to‘g‘risida K.G.Zaleman, Rossiya FA Sharqshunoslik instituti quityozmalar bo‘‘imida saqlanayot- gan boi'Iishi kerak, deb xabar bergan edi. (K.G. Zaleman. Musulmanskie rukopisi, vnov postupivshie v Aziatskiy muzey v 1909—1910 gg. -Izvesti- ya Imp. Akademii nauk, SPb, 1911, ser. VI, 4, str. 260,. N9128). Ammo bu qo‘lyozma nusxasi hali topilmagan. Shuning uchun hozirgi paytda faqat ikkala nusxa to‘g‘risida gapirish va shu nusxalarga tayanish maq- sadga muvofiq.
Arab yozuvidagi nusxa forscha matolarning mavjudligi bilan farq- lanar ekan, bir savol paydo bo‘ladi: mazkur forscha she’rlar asliyatga tegishlimi yoki keyinchalik qo‘y^c^2^u^ani ko'chirish paytida kiritilgan- mi? (Gap“Muhabbatnoma”dagi forscha hikoya to‘g‘risida ketmoqda.) Afsuski, ikkala nusxani solishtirish bir xulosaga kelish uchun asos bo‘la olmaydi. Shunday taxmin qilish mumkinki, Xorazmiy qandaydir forscha asl nusxadan foydalangan va o‘z asarini yozishda o‘sha forscha “Muhabbatnoma”ga taqlid qilgan bo‘lishi mumkin.
“Muhabbatnoma”ning nusxalari o‘rtasidagi farqlar. “Muhabbatnoma”ning eski uyg‘ur-turk va arab yozuvidagi nusxasi so- lishtirilganda, nafaqat so‘z va misralarda, balki asaming mundarijasida ham farqlar ko‘zga tashlanadi. Birinchidan, uyg‘ur-turk yozuvidagi nusxa nornalarga bo‘iinmagan, balki “noma” o‘m‘da ' 'so'z boshi” ishlatil- gan. Ikkinchidan, eski uyg‘ur-turk yozuvi nusxasida dastlabki forscha g'azaldan to‘rt bayt beriladi, xolos, qolgan forscha nomalar, g'azallar va forscha she’riy hikoyat bu nusxada berilmagan. Uchinchidan, eski uyg‘ur-turk yozuvi nusxasi tarkibida janrlar (jumladan, qit’a, g‘azal, fard kabi) ajratilgan holda berilmagan, balki matn uzluksiz berilavergan. Qo- laversa, arab yozuvidagi nusxa chop etilganda, hamd qismi tushirib qol- dirilgan. Eski-uyg‘ur turk yozuvida esa berilgan. Biz har ikkala nusxani qiyoslab, arab yozuvida tushirib qoldirilgan parchalami, ayrim baytlami to‘ldirgan holda chop ettirganmiz (O zbek mumtoz adabiyoti namunala- ri. Iljild. Tuzuvchi, izoh va sharhlar muallif flol.f.d., prof N.Rahmon. Т.: “Fan" nashriyoti, 2007.).
Shu o‘rinda bir dalilni aytib o'tish lozim. Navoiy garchi noma janrini o'zbek adabiyotida boshlab bergan Xorazmiy va uning “Muhabbatnoma”sini biron asarida tilga olmasa ham, boshqa asarlar or- qali bilganbo‘lishi kerak. Navoiy Xorazmiyning “Muhabbatnoma”si bilan tanish boTgan, hech bodmaganda bu shoir haqida eshitgan. Dalii si- fatida quyidagilarni aytishga to‘g‘ri keladi: Navoiy “Majolis un-nafois” asarida Atoyi haqida ma’lumot beradi va uning turkiycha she’rlari xalq orasida ko‘p mashhur bodganini yozadi (Navoiy. MAT. 13-jild, 63-b.). Atoiy esa, o‘z navbatida, Xojandiyning “Latofatnoma”sidan yaxshi xa- bardorligini va uning bu nomasi mashhurligini quyidagi baytida aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |