Yuzungni ko‘rdum, ey jon, bayram oyin,
Munung shukronasi qurbon bo‘loyin...
Shakartek til bila to‘ti tilingiz,
Necha ko‘p sayd etar jonlar xumoyin.
Yorning yuzi gulgun, shod-xurramlikdan bayram misoli ochilib ket- ganini shoir madh qilar ekan, shunday go‘zallikka jonini qurbon qiiishga tayyor. Yorning to‘ti tili singari shirin so‘zlari qancha-qancha afsonaviy qushlarni ham maftun qilgan. Shoir bu baytlarida nafaqat samimiy oshiq qiyofasini gavdalantiradi, balki dunyoviy ishqning haqiqiy manzarasini chizadi. Yor go‘zalligining yangi-yangi qirralarini, tashbehlarini hayot- dan izlaydi, hayot, tabiat va insondagi mavjud narsalar yorning go‘zalligi oldida hech narsa. Quyidagi baytlarga e’tibor beraylik:
Ochilsa la’lingiz, shakkar sochilur,
Ko'rub gulg‘unchaning og‘zi ochilur.
Bo'yungtek sarv yo‘q bo‘ston ichinda,
Yuzung nuridin oy nuqson ichinda.
Tabassum qilsangiz, shakkar uyolur,
Tishing injusidin gavhar uyolur.
Yorning labi so‘zga ochilganda, g‘uncha hayratda qoladi; uning qomati shunchalik go‘zalki, bo‘stondagi sarvlar orasidan ham uning bo‘yiga monandini topib bo‘lmaydi. Hatto yorning birgina tabassumi ol- dida shakar, tishining oqligi oldida gavhar xijolatga tushadi. Go'zallikni bu qadar qiyoslash va o'xshatish asosida ta’riflashning «xorazmiycha» usuli keyingi nomalarga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Asardagi g‘azallarda hamda nomalarda dunyoviy muhabbat asosiy o‘rin egallaydi. Zotan, asarning «Muhabbatnoma» deb nomlanishiga ham dunyoviy ishq sababdir.
Xorazmiyning Oltin O‘rda adabiy muhitida yaratilgan «Muhabbatnoma»si o‘zbek adabiyotida nomachilikning keyingi taraq- qiyoti uchun zamin bo‘ldi.
«Muhabbatnoma» hazaji rnusaddasi maqsur - mafoilun mafoilun mafoil vaznida yozilgan.
Savol va topshiriqlar
«Muhabbatnoma»ning yaratilishiga asos bo‘lgan omillar nimalar- dan iborat baldi?
Do'stlaringiz bilan baham: |