Savol va topshiriqlar
“Xusrav va Shirin” dostoni qachon qaysi tildan tarjima qilingan?
Doston kimga bag‘ishlangan?
Tarjimadagi ayrim farqlami aytib bering.
Qutb o‘z tarjimasida qaysi boblami yoki lavhalami tushirib qol- dirdi?
Tinibekni Qutb qanday so'zlar bilan ta’riflaydi?
Qutb ishqqa qanday ta’rif beradi?
“Xusrav va Shirin”ning qisqa mazmunini so‘zlab bering.
Qutb doston tarjimasida zardushtiylikka oid qaysi so‘zdan foy- dalandi?
Qutb tarjimada qaysi she’riy san’atdan foydalandi?
Sanskritcha qoliplovchi hikoyani dostonning qaysi o‘rinlarida ko‘rish mumkin?
118 Tatar adabiyot tarixi, 1jild... 172-b.
Oltin 0‘rda adabiy muhitida noma janrining yuzaga kelishi
Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari
Reja:
Noma haqida
Fors adabiyoti tarixida noma janri.
Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari haqida.
“Muhabbatnoma”ning nusxalari.
“Muhabbatnoma”ning nusxalari o‘rtasidagi farqlar.
«Muhabbatnoma»da tasawufiy timsollar.
«Muhabbatnoma» - dunyoviy ishqni kuylagan asar.
Tayanch so‘z va iboralar: noma janri, doston, g'azal, qit’a, fard, maktub, fors adabiyoti tarixi, о ‘rta asr xalq romani, hikoya, adabiy mu- hit, tasavvufiy timsollar, eski uyg ‘ur-turk yozuvidagi nusxa.
Noma haqida ma'lumot. Noma janri uzor tarixga ega. Noma so‘zi xat, maktub ma’nolarini bildiradi. Nomaning ilk ko‘rinishlari 0‘rta Osi- yo tarixida yozuv paydo bo’lmasdan ilgari buyumlar vositasida ham ifodalangan. В unga misol sifatida skiflar shohi Idanfrisning Eron shohi Doroga yuborgan buyumlar’ - kamon o‘qi, baqa, sichqon va qushdan iborat o‘ziga xos «maktub»ini eslash kifoya. Bu singari maktublaming tarixi juda qadimiydir.
Nomaning ildizlarini yana xalq og‘zaki ijodida ko‘ramiz. «Alpo- mish» dostonida nomaning ilk namunasi bor. Qalmoqlar yurtida qolgan Barchin o‘zining nochor ahvolini bayon etib, Hakimbekdan yordam so‘rab, unga noma yozadi va bu nomasini o‘nta navkar orqali yuboradi.
Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘atit-turk» asarida irqish so‘zini izohlar ekan, «maktub, noma ma’nosida ham qo’llanadi» (1 jild, 17-b.) deb izoh beradi. Shuningdek, Mahmud Koshg‘ariy qo‘shug‘ so‘ziga izoh berganda ham, lirik qahramon Turkon xotunga noma yo’llab, «xodimi xizmatga tayyor» ekanini bildiradi (1 jild, 357-b.). «Qutadg‘u bilig»da Kuntug‘d’ elig tog‘dagi g‘orda zohidona hayot kechirayotgan 0‘zg‘urmishga maktub yuborib, u bilan uchrashib, suhbatlashishni ix- tiyor qilganini yozadi. Kuntug‘dining bu xati ham noma janrining bir ko‘rin’shidir. Umuman, noma janri Markaziy Osiyo xalqlarining mais- hiy, ma’naviy va madaniy hayotida muhim rol o‘ynagan.
Noma janridan ma’lum tarixiy va ijtimoiy-siyosiy voqealar jarayo- nida ham istifoda etilgan. Miloddan oldingi III asrda Markaziy Osiyoda hukmdorlik qilgan Botir tangriqutning Xitoy malikasiga yozgan maktub- lari va malikaning Botir tangriqutga yozga javoblari ma’lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |