ishqiy-romantik dostonlar orqali izohlaydi (Jamolova S.Ko ‘rsatilgan asar, 4-b.). Bular - “Varqa bilan Gulshoh”, “Vis va Romin”, “Vomiq va Uzro”, “Xusrav va Shirin”, “Rubob va Daf’ “Bishr va Hind”, “Yusuf va Zulayho”lardir. Mazkur dostonlar Sharq adabiyotida, bir tomondan, ma’lum va mashhur afsonalar asosiga qurilgan, ikkinchi tomondan, ma- joziy obrazlar ham ishtirok etgan. Bu dostonlar noma janri yaratilishiga ham asos bo'lgan.
Xullas, nomachilik fors adabiyotida qadim ildizlarga ega. Ayni paytda Markaziy Osiyoning qadimiy udumlari, yuqorida ko‘rib o‘tganimizday, ijtimoiy, siyosiy va harbiy hayoti ham noma janriga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Yana shuni aytib o‘tish kerakki, o‘zbek adabiyotida noma janrini boshlab bergan va rivojlantirgan ijodkorlar Oltin 0‘rda adabiy muhitida forscha nomalardan yaxshi xabardor bo4ganlar. Muhammad Xo‘jabekning Xorazmiyga qarata “Ochunda porsiy daftarlaring bor” degan gapi ham bu fikrlami tasdiqlaydi. Xorazmiy singari yetuk ijodkorlar ham, qolaversa, keng xalq ommasi ham fors tilidagi nomalardan yaxshi xabardor edi.
Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asari haqida. Xorazmiyning shaxsi to‘g‘risida biron jiddiy ma’lumot yo‘q. Shoirning ismi faqat «Tazkirayi Qayyumiy»da beriladi, xolos. P.D. Qayyumov “Tazkirayi Qayyumiy”sida bu shoir to‘g‘risida quyidagicha ma’lumot beriladi: “Bu kishini Nozim Xorazmiy deb yuritiladurki, o‘zining “Muhabbatnoma” nomli yirik asari bilan 14-asming buyuk klassik yodgori bilan tanilmish- dur. Shoirning tarjimai holigina emas, hattoki nomi ham zamonamiz- da ma’lum boilmadi. Lekin asari mo‘tabar kitobdur. Bu asar ham Oltin (O‘rda) hukmdorlari davrida yozulmish qadimgi asardur. 0‘zi Xorazm- li bo‘lgan va Oltin O‘rdada yurgan o‘zbek shoiridur”. Shundan keyin “Muhabbatnoma”dagi Xojabek shaxsi to‘g‘risida P.D.Qayumovning mulohazalari hamda asardan parcha berilgan (Po ‘lotjon Domullo Qayyumov. Tazkirayi Qayyumiy. Toshkent. 1998, 22- />.).
“Muhabbatnoma”ning bir necha o‘mida “Xorazmiy” taxallusi uch- raydi. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |