O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)
Qutbning “Xusrav va Shirin”ida folklor obrazlari va motivlari
Download 2.59 Mb.
|
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)
Qutbning “Xusrav va Shirin”ida folklor obrazlari va motivlari. Qutbning yana bir mahoratini xalq og‘zaki ijodi obrazlaridan, motivla- ridan foydalanganda ham ko‘rish mumkin. Qutb, ayniqsa, ot obraziga alohida e’tibor berganini ta’kidlash lozim. Qutb, asosan, Xusravning oti Shabdiz obraziga dostonda ko‘p to‘xtaladi.
Shirindan ko‘z ketarmaz erdi Parviz, Ham ul Gulgundin adrilmaz bu Shabdiz (96-b.) Gah ul Shirin o‘tar, gah shohi Parviz, Gah ul Gulgun o‘zar, gah chobsa Shabdiz (101-b.) Nizomiy ham Shabdiz ta’rifiga yigirma uch baytni bag‘ishlaydi. Turkiy xalqlar dostonlarida ot — qahramonning sodiq yo‘ldoshi, ot bilan qahramon o‘rtasida parallellik bor. Qahramonning sifatlari uning otiga ham aloqador. Qutbning yana bir diqqatga sazovor qirrasi - Sharq og‘zaki va yoz- ma adabiyotining kompozitsiyasi va motivlarini “Xusrav va Shirin” dostoniga singdirganidir. O‘nta kanizak navbatma-navbat Xusrav bilan Shirin qoshida afsona aytadilar. Bu bob Qutb dostonida “Xusrav va Shirin qatinda o‘n qiz oiRurub, afsona aymishin bayon qilur”, “Ul o‘n qiz oihutub afsona qilmishlari” deb nomlanadi. Ammo qizlaming afsonala- rini Qutb batafsil bayon qilmaydi. Faqat har bir qizning afsonasini to‘rt- besh baytda bayon qilib, asosiy voqeaning qisqa sharhi bilan cheklanadi. Sharq adabiyotidagi aynan ana shu kompozitsiya asosiga qurilgan ertak va masallar ham bir xil hajmda emas: qaysi birida qisqa, qaysi birida voqealar bayoni uzundan-uzoq hikoya qilinadi. Shunga ko‘ra, Nizomiy ham, Qutb ham o‘nta qiz afsona aytgan lavhalami yozishda Sharq adabi- yotidagi an’anaviy motivga asoslanganlar. Qadimgi Sharq adabiyotida shunday qoliplovchi qissalar yoki qissa ichida hikoya borki, bu qissalar ertak, masal janridagi asarlami o‘z iehi- ga oladi. Qoliplovchi qissalaming kompozitsiyasi tuzilishi deyarli bir- biridan farq qilmaydi - - hammasida ham bir yoki bir necha personajlar ko‘ngiloehar yoki nasihat mazmunidagi ertak (asosan, sehrli ertaklar) va masallami hikoya qilib beradilar. Bu singari qissalar Sharq adabiyotida alohida janr bo‘lib, bu janrning ildizlari sanskrit adabiyotiga borib taqaladi.O‘rta asr fors va arab adabiyotida bu janrning yaqqol namu- nasi sanskrit adabiyotidagi “Panchatatra”n‘ng “Kalila va Dimna” nomi bilan arab adabiyotiga qilingan tarjimasidir. Bu - qoliplovchi qissadir. “Panchatatra”ni arab tiliga “Kalila va Dimna” nomi bilan VIII asrda Ibn al-Mukaffa tarjima qilgan. Bu asaming forscha tarjimasini X11 asming birinchi yarmida Nizomiddin Abul-Maliy Nasmlloh amalga oshirgan. Har ikkala tarjimaga ham sanskritcha qoliplovchi qissa asos bo‘lgan. Na- tijada fors adabiyotida bu janrda “Sindbodnoma”, “Baxtiyornoma yoki o‘nta vazir haqida hikoya” kabi original asarlar paydo bo‘ldi. Shubhasiz, “Xusrav va Shirin” dostonidagi o‘nta qiz aytgan afsonaning kompozitsiyasi bilan bu davrga yaqin bo‘lgan “Baxtiyornoma yoki o‘nta vazir haqida hikoya” qissasi kompoziyasida umumiylik mavjud. Yuqoridagi qoliplovchi qissalaming manbai xalq og‘zaki ijodidadir. Voqcalarning bayon uslubi, qissalaming tuzilishi shundan dalolat beradi. Madaniy an’ana Sharq adabiyotining, jumladan, “Xusrav va Shirin”ning kompozitsiyasi va motivlarida ham an’anaviylikni davom ettirish uchun sabab bo‘igan. “Xusrav va Shirin” “Qutadg‘u bilig”dan keyin turkiy tilda masna- viyda yozilgan nodir asarlardandir. “Xusrav va Shirin” dostonining ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Sharq xalqlari adabiyotida bu qissa. keng tarqalib, ancha shuhrat qozongan. Bir qator “Jangnoma” (Firdavsiy “Shohnoma”sidagi Xusrav hikoyati), “Ishqnoma” (Nizomiyning “Xusrav va Shirin”, Xusrav Dehlaviyning “Shirin va Xusrav” dostonijlaming yuzaga kelishiga asos bo‘lgan. Nizomiyning, xususan, “Xusrav va Sh‘rin”n‘ng turkiy adabiyot- ga ta’siri faqat Qutb bilan chcgaralanib qolgan emas. Nizomiyning “Xamsa”si tarkibidagi “Maxzan ul-asror” ta’sirida Mir Haydar (Haydar Xorazmiy) milodiy 1409 - 1414-yillarda “Maxzan ul-asror” dostonini yozdi. Jumladan, u o‘z asari Nizomiydan ilhomlanib yozilganiga quyi- dagi bayti orqali ishora qiladi: Manki bishurdim bu laziz oshni, Shayx Nizomiydin olib choshni"1. Qutb doston muqaddimasida Nizomiyni katta hurmat bilan tilga oladi. Butun doston davomida ulug‘ ustozini ko‘p marta eslaydi. Shu bilan birga, Nizomiy tomonidan yaratilgan bu asaming erkin tarjimasi jarayonida Qutb o‘z davrini kuzatish asosida paydo bo'lgan qarashlari- ni ham ifodalaydi. Qutb Nizomiy obrazlarini saqlab qolgan holda, asar tarjimasiga ijodiy yondoshdi. Natijada Nizomiy obrazlarining xarakte- ri o‘zgardi. Ana shu holatlar Qutbning ma’lum darajada mustaqil yo‘l tutganini ko‘rsatadi. Buning ustiga, asarda Qutb tomonidan qo‘shilgan, xalq og‘zaki ijodiyoti va urf-odatlari singdirilgan o‘rinlar ham bor. ’’Xusrav va Shirin” - umumturkiy adabiy yodgorlik. Doston Oltin 0‘rda davlati tarkibiga kirgan barcha turkiy xalqlar - o‘zbeklar, tatarlar boshqirdlar, turkman va qozoqlar, qoraqalpoqlaming mushtarak yodgor- ligidir. Download 2.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling