O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Rashididdin Fazhilloh Hamadoniy va uning “Jome’ ut-tavorix” asari


Download 2.59 Mb.
bet87/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Rashididdin Fazhilloh Hamadoniy va uning
“Jome’ ut-tavorix” asari

Reja:

  1. “Jome’ ut-tavorix” asari haqida.

  2. “Jome’ ut-tavorix”da O‘g‘uz xon haqidagi rivoyatlar.

  3. O‘g‘uz xon haqidagi rivoyatlarda shomon obrazi.

  4. “Jome’ ut-tavorix”da hikoyatlar.

  5. “Jome’ ut-tavorix” asarining tili haqida.

  6. Rashididdin - shoir.

Tayanch so‘z va iboralar: tarix fani, muarrix, adabiy janrlar, af- sona va rivoyatjanrlari, an 'anaviy obraz, turkiy qavmlar tarixi, qadimgi turkiy mifologiya, afsonaviy epik ruh, shomon obrazi, hikoyat, og'zaki hamda yozma hikoyatlar.
Jome’ ut-tavorix” asari haqida. Sharq badiiy tafakkuri adabiyot va tarix fanlarini doimo yonma-yon yurishiga, bir-birini toTdirib boris- higa erishgan. Bunga sabab shuki, o‘tmishdagi muarrixlar adabiyotga alohida mehr bilan munosabatda bo'iganiar, tarixni adabiyotsiz tasav- vur qila olmaganlar. Ayni paytda tarix asarlaridagi rivoyatlar, hikoyat­lar, she’rlar va boshqa adabiy janrlar muarrixlaming ijodiy qobiliyatidan darak beradi, ular o‘z davrining adabiy jarayonidan yaxshi xabardorli- gini namoyon qiladi. Tarix asarlarining yana bir muhim jihati shun- daki, muarrixda badiiy ijodga layoqat bo‘Isa, tarix asarini ham badii- yatning yuksak namunasiga aylantira oladi. O‘tmishdagi muarrixlaming faoliyati bunga yorqin misoldir. Ular iqtidorli ijodkorlar sifatida ham faoliyat ko’rsatganlar. Shu bois ulaming tarix asarlari badiiy asar sifa­tida uqilgan. Sharq tarixiga nazar tashlasak, buning jonli namunalarini ko‘ramiz. Qadimgi Xitoy yilnomalari yoki O‘rta Osiyo muarrixlarining har bir asari ana shunday xususiyatga ega. Muarrixlar xalq og‘zaki ijodi janrlaridan, ayniqsa, afsona, rivoyat janrlaridan unumli foydalanganlar va o‘zlarining tarix asarlariga bu janrlami olib kirganlar.
Rashididdin Fazlulloh Hamadoniyning “Jome’ ut-tavorix” asari bu jihatdan alohida namunadir. Asar milodiy 1310/ 11 yillarda yozilgan. Asar turk-mo‘g‘ul qabilalarining kelib chiqishini, Chingizxon va uning avlodlari tarixini izchil bayon qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Bu asar uch jilddan iborat bo‘lib123, birinchi jildni bevosita Rashididdinning o‘zi yozdi. Ikkinchi va uchinchi jildni muarrixlar Rashididdinning na- zorati ostida yozgan, deb taxmin qilinadi. Birinchi jilddan turk-mo‘g‘ul xalqlarining Chingizxongacha bo‘lgan tarixi o‘rin oldi. Rashididdin bu jildni yozishda yozma manbalardan -Mahmud Koshg‘ariyning arab tili- da yozilgan “Devonu lug‘atit-turk” (mil. 1068\69 y.), Juvayniyning fors tilida yozilgan “Tarixi jahonkushoy” (“Olamni bo‘ysundiruvchilar tari­xi”, mil. 1260 y.), Chingizxonning, uning ota-bobolarining rasmiy tari- xini yoritgan “Oltin daftar” kitobidan foydalandi. “Oltin daftar” mo‘g‘ul tilida yozilgan bo‘lib, Elxoniylar saroyi xazinasida saqlanardi.
Yana shunisi e'tiborga sazovorki, birinchi jildda turkiy qabilalar ta­rixi va bu qabilalaming paydo bo‘lishi haqida rivoyatlar berilgan. Bu rivoyatlar “O‘g‘uznoma” kitobiy eposida bayon qilingan turkiy qabi­lalaming kelib chiqishi haqidagi rivoyatlar bilan deyarli bir. Shuning uchun, Rashididdin birinchi jildni yozishda “0‘g‘uznoma”dan ham foydalangan, deb aytish mumkin. Garchi “0‘g‘uznoma” XV asrda eski uyg‘ur-turk yozuvida ko‘chirilib, kitobat qilingan bo‘lsa ham, ungacha og‘zaki shaklda turkiy xalqlar orasida ijro etilib kelgan. Rashididdin ana shu og‘zaki variantdan foydalangan bo‘lishi mumkin.
Rashididdin Fazlulloh Hamadoniy turkiy qavmlar tarixini va bu qavmlar 0‘g‘uz xondan tarqalganini ilk bor ilmiy asosda yoritib bergan olimdir. Yuqorida biz aytib o‘tgan Mirzo Ulug‘bekning “To‘rt ulus tari­xi” (XIV), Abdulg‘ozi Bahodirxonning “Shajarai turk” (XVI1) asarlari- ga ham “Jome’ ut-tavorix” muhim va ishonchli manbalardan biri bo‘lgan edi.
“Jome’ ut-tavorix” fors tilida yozilgan bo‘lib, olim o‘z asari orqali mo‘g‘ullaming hamma qabilasi turkiy qavmlardan tarqalganligini asos- lab berdi. Bu qabilalaming hammasi O‘g‘uzxonga, O‘g‘uzxonning sha- jarasi Nuh ibn Yofasga (yoki Abut-turkka) borib taqalishini ko‘rsatdi.
Jome’ at-tavorix”da O‘g‘uz xon haqidagi rivoyatlar. Turkiy xalqlar tarixiga bag‘ishlangan asarlaming deyarli hammasida uchraydi- gan bir an’anaviy obraz bor. Bu - O‘g‘uz xon obrazidir. Turk-mo‘g‘ul yoki turkiy qavmlar tarixi bilan mashg'ul bo‘lgan muarrixlar, albatta, O‘g xon shaxsiga murojaat etganlar. Rashididdin Fazlulloh Hama- doniyning “Jome’ ut-tavorix”, Mirzo Ulug'bekning “To‘rt ulus tarixi”, Abulg'ozi Bahodirxonning “Shajarayi turk” asarlarida 0‘g‘uz xon voqe- asi batafsil hikoya qilingan. Shuningdek, Hofiz Tanish Buxoriyning “Ab- dullanoma” (XVI) va b. ayrim tarixiy asarlarda 0‘g‘uz xon bilan bog‘liq voqealar bayon qilingan. Bu asarlaming hammasida 0‘g‘uzxonga oid rivoyatlar, ayrim juz’iy o‘zgarishlami hisobga olmaganda, deyarli bir xildir. Bu holat, birinchidan, 0‘g‘uz xon shaxsining muarrixlar tomo- nidan ko‘p va izchil o‘rgani!ganidan hamda biri ikkinchisidan foydalan- ganidan, ikkinchidan, 0‘g‘uz xon tarixiy shaxs sifatida o‘sha muarrixlar tomonidan e’tirof etilganidan yuzaga kelgan.
0‘g‘uz shaxsi yoritilgan tarixiy asarlar yana ayrim jihati bilan bir- biridan farqlanadi. Bu farq - 0‘g‘uzxon tarixiga oid lavhalaming keng yoki tor bayon qilinganida ko‘rinadi. Rashididdinning “Jome ’ ut-tavorix” asari 0‘g‘uz xon obrazi batafsil yoritilgan manbalardan biridir.
“Jome’ ut-tavorix”ning 0‘g‘uz shaxsini yoritishdagi ahamiyatli ji­hati shundaki, asarda 0‘g‘uzxon musulmonlikka e’tiqod qiluvchi qah- ramon sifatida talqin qilingan bo‘lsa ham, qadimgi turkiy mifologiya- ning ba’zi izlari saqlangan. Bu jihat “Jome’ ut-tavorix”dagi 0‘g‘uz xon rivoyatiga qadimiy “0‘g‘uznoma” kitobiy eposi kuchli ta’sir etganidan dalolat beradi. Endi “Jome’ ut-tavorix” asaridagi 0‘g‘uzxon haqidagi ri- voyatga e’tibor beraylik:
Musulmon tarixida aytib o‘tilganiday va yahudiy xalqining “Tavrot”ida yozilganiday, Nuh payg‘ambar - joyi jannatda bo'lsin — yer yuzini shimoldan janubga uch qismga bo‘ldi. Birinchi qismi- ni o‘g‘illaridan biri Xomga berdi. Xom qora tanlilaming urug‘boshisi bo‘ldi. Ikkinchi qismini Somga berdi. Som arab va forslaming urug‘bos- hisi bo‘ldi. Uchinchi qismini Yofasga berdi. Yofas turklaming urug‘bos- hisi bo‘ldi. Nuh Yofasni Sharqqa jo‘natdi. Mo‘g‘ullar va turklar ham shu voqeani aytadilar. Turklar Yofasni Bulja xon (Abuljaxon - N.R.) deb ataganlar va hozir ham shunday deb ataydilar. Lekin Bulja xon haqiqatan ham Nuhning o‘g‘li yoki nabirasi bo‘lganini aniq bilmaydilar. Bulja xon Nuhning naslidan va uning zamoniga yaqin bo‘lgani haqiqatga to‘g‘ri keladi. Hamma mo‘g‘ullar, turk qavmlari va barcha ko‘chmanchilar Bul­ja xonning naslidan kelib chiqqan. Buning batafsil tafsilotini quyidagic- ha bayon qiladilar:
Bulja xon ko‘chmanchi edi. Uning yozgi qarorgohi 0‘rtaq va Qaztog‘da joylashgan edi. Bu joyda baland tog‘lab bo‘lib, Inonj degan shahar ham bor edi. Bulja xonning qishki qarorgohi ham shu atroflarda

  • Bursun, Ko‘kyon va Qorqurum degan joylarda edi. Qorqurumni Qo- raqurum deb ham ataydilar. Shu joylar yaqinida Talas va Qari Sayram Bhaharlari bor edi.

Qari Sayram - qadimiy va g‘oyat katta shahar. Ko‘rganlaming ay- tishicha, shahaming bu boshidan narigi chetigacha bir kunlik yo‘l, qirqta darvozasi bor. Hozirgi paytda bu shaharda musulmon turklar istiqomat qiladilar. Shahar Qayduning qo‘li ostida bo‘lib, Kunju ulusidan sanala- di. Uning nasllari o‘sha joy yaqinida. Bulja xon Dib Yaquy deganning o‘g‘li edi. “Dib” - munozara yoki lavozim joyi degan ma'noni bildiradi. “Yaquy” esa butun qabilalar ustidan hukmronlik qiladigan odam degam­dir. Bu o‘g‘il kuchli bo‘lgani uchun otasidan ustun kelib, shoh bo‘lishga loyiqligini isbotladi. Uning to‘rtta o‘g‘li bor edi. O‘g‘illarining ismi Qo- raxon, O‘rxon, Ko‘zxon va Go‘rxon edi. Ulaming hammasi dinsiz edi. Qoraxon otasining o‘miga taxtga o‘tirdi. Qoraxon o‘g‘il ko‘rdi, o‘g‘li Ilch kungacha onasini emmadi. Onasi esa yig‘lab iltijo qilardi. Har kuni Iccehasi ona tush ko‘rar, tushida o‘g‘li go‘yo unga shunday deyayotgan- iay bo‘lardi: “Ey ona! Agar sen haqiqiy Xudoga ibodat qilib, muhabbat qo‘ysang, men sening sutingni emaman”.
Eri Qoraxon va butun xalq hali tanho Xudoni bilmagani uchun, lyol: “Agar tanho Xudoga sajda qilayotganimni bilib qolsalar, bolam bilan birga meni o‘ldiradilar”, deb qo'rqardi. Ayol yashirincha haqiqiy Xudoga imon keltirib, tavba qildi va komil ishonch bilan qodir Xudoning limiqatini sevguchi bo‘ldi - u shuhrat topib, hammadan ustun bo‘lsin!

  • Shundan keyin go‘dak onasining ko‘kragini ema boshladi. Bir yosh- ga yetganda, favqulodda pokiza va chiroyli bola bo‘ldi, manglayida ye- uk aqlning va haqiqiy imon yo‘lida rahnamolikning alomatlari yaltirab urardi. Shunda otasi Qoraxon o‘g‘lidagi bu alomatlami ko‘rib, aytdi: ‘Xalq orasida bunaqa qiyofadagi, bunday husndor bola hali tug'ilmagan ;di. Mening o‘g‘lim o‘z tengdoshlari va o‘ziga o‘xshaganlar orasida llug‘, hurmatga sazovor bo‘ladi, shubhasiz, komillik darajasiga yetadi”.

Bolaga nom qo‘yish munosabati bilan otasi qarindosh-urug‘larini naslahatga yig‘di. Bir yoshli bola tilga kirib: “Meni O‘g‘uz deb ay- inglar”, dedi. Shu yerda hozir bo‘lganlar bu ahvoldan haddan tashqari layratga tushdilar. Ular, chaqaloq aytganlari bo‘yicha, bolani O‘g‘uz leb atadilar. Uning bu so‘zi qodir Xudoning haqiqatiga amal qilishning jat’iy alomati edi.
O‘g‘uz voyaga yetgach, otasi Qoraxon o‘g‘lini jiyanlaridan birigs - Ko‘zxoninn qizi^ai luinshtirib qo‘ydi, Qiz nihoyatda cthrooli va aqlll edi. O‘g‘uz hech kimgs bildirmay oizga aytdi: “Agar sen Oaoioiy Xu- doga itoad etib, ilohiy hqoroqdga chin do‘st bolsang, men ham senga ko‘ngil ooyyib, bir yoshioa bosh oo‘yaman”. Qiz bu taklifiri o‘zi uchun imkonsiz deb bildi vs O‘g‘uzning msslshatiga ouloo solmasdsn dedi: “Bu gapingni otangga aytaman, toki u seni yo‘o oilsin”. Ooibatda O‘g‘uz oizga e’tibor oilmadi, moy^^k ham bildirmadi. Otasi ko‘rdiki, O‘g‘uz bu oizni sevmas ekan, ikkinchi ukssi Gn‘ronnning oiziga unashtirdi. Qizni 0‘g‘uzga ^ashtirganlaridsn keyin, O‘g‘uz bu oizga ham o‘sha gaplarini qatdi. Lekin oiz uning taklifmi rad etib, hao^y dinni oabul oilmadi. O‘g‘uz bu oizga ham kongil on‘ymqdi va oizga ysoinlashmadi. io-axon ko‘rdiki, O‘g‘uz bu oizga ham ko‘ngil on‘ymsyapti. Ikkala oo- tinidan brrnntasiga ham yaoinlashmsyqpti. Qoraoon o^Ening oohishi bilan uchinchi ukasi - O‘rxonning oiziga unashtirdi. Hali oizni uylariga olib kelmagsn edilsr, bir kuni O‘g‘uz ovdsn oqydayotib, daryo bo^ichs O‘roonning oizini ko^b ooldi. Qiz ^yimls! yuvayotgan cho‘rilarini na- zorat oilib turgan edi. O‘g‘uz oizga ysoin kelib, ungs dedi: “Bilasan- ki, men ikkala smskimning oizlariga uylangan edim, lekin men ularni sevmayman, ulsr bilan a^os oilmsymsn. Sabsbi shuki, ulsr samoviy Xudoga imon keltirsinlsr, unga e’tiood oo‘ysinlsr, deb istagan edim. Lekin ikkslasi hsm mening gspimga kirmsdilar, so‘zimni rsd oildilsr. Endi esa meni sengs unsshtirdilar. Agsr sen tanho Xudoni e’tirof etssng, Unga imon keltirsang, sengs uylansman, senga ko‘ngil oo‘ysmsn”. Qiz shunday javob berdi: “Men hsoioiy Xudoni bilmayman, sslo oabsrim yo‘o. Lekin bironta s^zingm, buyrug‘ingni yerda onldirmaymqn, sening smringga itost etib, ouloo solaman”. O‘g‘uz dedi: “Yurakdan istaganim shudir, sen ilohiy haoiostga imon keltirgin, ilohiy hsoiostni sevgin, deb amr oilaman”. “Sening aytgsnlaringgs rozimsn”, deb jsvob berdi oiz. Shundsy oilib, oiz haoioiy dinni osbul oildi va ilohiy hsoiostni sevdi.
Shundsn keyin O‘g‘uz oizni oldi, unga k^ngil oo‘ydi, har doim unga yaoinlsshdi, boshoa ontinlsriga ess yaoinlashmsdi. O‘g‘uz haoioiy Xudoni tsnib, solih bo‘lgsni uchun otssi vs smskilsri bilsn gsplsshishni istsmas edi. Chunki ulsr imonsiz edilsr. Shuning uchun doimo ulsrdan uzoo turishni istsr, ulardsn oochardi. Bir ^zi ovgs borar, har doim arab tilids “Olloh” deb Xudoning ismini sytsrdi. Bu so^ning ma^osim hech kim bilmssdi. U har doim ajoyib ovoz bilan “Olloh!” deb oitob oilardi. Qarindosh-urug'lari “O‘g‘uz bu so‘zni eshitilishi yoqimli bo‘lgani uc- hun, vaqtini chog‘ qilish, ermak uchun aytyapti, bu so‘z unga odat bo‘lib qolgan”, deb o‘ylardilar.
Bir kuni Qoraxon kelinlarigi ziyofat uyushtirdi, ularga mehribonlik lco‘rsatib, so‘radi: “Ikkala katta kelinim kichigiga qaraganda chiroyli- roq. Lekin o‘g‘lim kattalariga qaraganda kichigini sevadi. Nega u har doim kichigiga boradi, u bilan muomala qiladi, katta xotinlariga esa aslo e’tibor qilmaydi?” Ikkala kelin eridan norozi bo‘lib, uni juda ham rash qilardilar. Qulay fursat topib, erlariga qarshi chiqib, Qoraxonga dedilar: “U boshqa dinni qabul qilgan - yeru osmonni yaratgan Xudoga imon keltirgan. U bizni ham shunga ko‘ndirmoqchi bo‘ldi, lekin uning taklifini rad qildik. Uning gaplariga e’tibor bermadik. Shu sababdan u bizga yo- mon niyatda bo‘lyapti. Narigi keliningiz esa o‘g‘lingizga o‘xshab, o‘sha Xudoga imon keltirdi, u bilan maslakdosh bo‘ldi. Tabiiyki, eri uni yaxshi ko‘radi, bizni esa ko‘rarga ko‘zi yo‘q”.
Bu paytda O‘g‘uz o‘z navkarlari va do‘stlari bilan birga ovda edi. Qoraxon ukalarini, jiyanlarini, qarindosh-urug‘larini. amirlarini to‘plab, shunday dedi: “O‘g‘lim O‘g‘uz bolaligida taqdir taqozosi bilan erka o‘sgan, ammo qobiliyatli bola bo'ldi. Men ham unga butun qalbim bi­lan bog‘langandim. Lekin u endi yomon ish qilibdi, bizning dinimizdan qaytibdi. Shuning uchun uni tirik qoldirib bo‘lmaydi”. Yig‘ilganlaming hammasi g‘azabga keldi, hamma bir ovozdan 0‘g’uzni o‘ldirishga qaror qildi.
O‘g‘uzning imonli xotini bu voqeani eshitgach, o‘sha zohoti is- honchli qo‘shni ayolni uning oldiga jo‘natdi va voqeadan xabardor qildi. O‘g‘uz jangga tayyorlandi. Hamma navkarlarini va do‘stlarini chorlab, voqeadan xabardor qildi. Ular ov qilayotgan joylaridayoq bir-birlari bilan yakdil bo‘Idilar. Otasi, amakilari, qarindosh-urug‘lari O‘g‘uzni o‘ldirish uchun birlashdilar. Ikkala tomon qo‘shinni jangga shay qilib, urush boshladilar. Bu jangda qarshi tomonning o‘qi Qoraxonga tegib, ya- ralandi va halok bo‘ldi. Amakilari va O‘g‘uzning qabilasidan ko‘pchiiik Qoraxonga qo‘shilganlari uchun, ular bir-birlari bilan yetmish besh yil urishdilar, uluslar va jangchilar o‘zaro tortishib o‘tdilar.
Oxir-oqibat O‘g‘uz g‘alaba qilib, Talas va Sayramdan tortib Buxo- rogacha bo'lgan o‘lkalami bosib oldi. Bu o‘lkalar O‘g‘uzga so‘zsiz ito- at etadigan bo‘ldi. O‘g‘uzga qo‘shilmagan ba’zi amakilari, aka-ukalari va jiyanJari undan sharq tomonda joylashdilar. Ular, hamma mo‘g‘ullar bizning urug‘dan tarqalgan, deb hisoblaydigan bo‘ldilar. Bu davrda mo‘g‘ullar hali imonga kelmagan edilar. Vaqtlar o‘tib, ular ham Chin- gizxon nasli bilan birga tanho Xudoga e’tiqod qiladigan bo‘ldilar... (7 jild, 81-83-b.)
Mirzo Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi” kitobida ham yuqoridagi ri- voyat aynan beriladi124. Rivoyatda afsonaviy epik ruh hukmron bo‘lib, O‘g‘uzni ideallashtirishning sabablari bor. Tarixga nazar tashlasak, bu- ning sababini topamiz.
Xitoy yilnomalariga ko‘ra, miloddan oldingi III asrda Markaziy Osiyoda markazlashgan qudratli davlat barpo qilgan Botir tangriqutning obrazi ana shu rivoyatda yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘sha tarixiy voqeada diniy muammo emas, balki ijtimoiy-siyosiy muammo o‘rtaga chiqqan edi. Botir yemirilib borayotgan davlatni saqlab qolish uchun otasi Tu- man tangriqutni, taxtga da’vogar bo‘lgan o‘gay aka-ukalarini va taxtni egaliaydi125'"’. Tarixiy voqea O‘g‘uz xon haqidagi rivoyatning paydo bo‘iishiga sabab bo‘lgan edi. Shu tariqa O‘g‘uz xon tarixiy obraz sifatida yuzaga keldi. O‘g‘uz xon haqidagi rivoyat mo‘g‘ullaming is- lomga kirib kelishiga oid voqealarga bog‘langan bo‘lsa ham, tub tarixiy voqeaning - miloddan oldingi III asrda bo‘lib o‘tgan voqealaming qadi- miy qatlami saqlangan. Zotan, mo‘g‘ullaming islomga kirib kelishi Oltin O‘rda davlati tashkil topayotganda yuz berdi.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling