O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


(Najib E.N. Yuqoridagi asar.., 237-238-b.)


Download 2.59 Mb.
bet85/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

(Najib E.N. Yuqoridagi asar.., 237-238-b.).
Har ikkala g‘azal o‘zbek adabiyoti tarixida kam uchraydigan qofiya- lanish tizimiga ega. Qofiyalanish tizimi bo‘yicha bu she’r g'azali zebqo- fiya deb yuritiladi. G‘azalning hamma baytlari, xuddi g‘azalning matla’i kabi, ya’ni a-a, a-a, a-a tarzida qofiyalanadi. Mazkur g‘azallardagi durbor-dur bor, gulzor-gul zor, totor-totor va h. qofya tajnis asosiga qurilgan. Bunday qofiyalanish tizimi o‘zbek she’riyatida каш uchraydi. Hozircha faqat ikkala shoir ijodida uchradi, xolos.
Sayfi Saroyining katta ijodkor, Oltin 0‘rda va Mamluklar davlatida e’tiborga loyiq shoir bo‘lgani uning javob g‘azaallaridan ham anglashi- lib turadi. Yuqorida nomlari zikr etilgan shoirlaming she’rlariga Sayfi Saroyi bir xil vaznda va qofiyada javob she’r bitar ekan, Xorazmiy taxal- lusli shoirning
Soldi niqob chchradin ul turki xovariy,
Bo‘ldi yana jahon yuzi oinatek ari.
matla’i bilan boshlanuvchi 9 baytli g‘azaliga uning javob she’ri diq- qatga sazovor. Uning she’riga Sayfi Saroyi 24 baytdan iborat qasidasi bilan javob beradi. Qasidaning matla’i quyidagicha:
Oltun qanotin ochti esa subh shunqari,
Ko‘k ko‘lga botti jumla kavokib kabutari.
Qasida Iskandariya shahzodasi Tayxosbekka bag‘ishlanganini quyi- dagi baytlar tasdiqlayotganday bo ‘ladi:
Aydi ravon qasidai g‘arro qilib bu kun,
Eltkil aning qatinakim, ul dahr maxfari.
Iskandariyaning maliki bo'zlar ahli jud
Kim, Hotimi zamona kerak bo‘lsa chokari..
Hamza yurakli erdam eri Rustami zamon,
Bu asr ichinda o‘zlarining yo‘q barobari.
Bundan tashqari, “Gulistoni bit-turkiy” debochasida keltirilgan mas- naviyda Tayxosbekning sifatlaridan biri - saxiylikda Hotami Toy singari ekanini ta’riflaydi. Masnaviyda Tayxosbekka qarata aytilgan “Jud ichin­da Hotimi Toyi zamon (Saxiylikda zamotmmg Hotami Toyidir)” iborasi mazmunan yuqorida keltirilgan baytda ham bor. Shu bois qasida Tay­xosbekka bag‘ishlangani yana bir karra ayon bo‘ladi.
Sayfi Saroyining she’rlari orasida ikki variantdagi bitta xalq qo‘shig‘i bor. Qo‘shiqni shartli ravishda “Farang qizi” deb nomlash mumkin. Ammo har ikkala qo‘shiq o‘g‘uz guruhidagi turkiy qavmlardan biri ijodiga mansub. Qo‘shiqning birinchi variantidan bir parcha keltira- miz:
Qizil olma dugulmudur, farang qizi,
Shu kelan yor dugulmidir, yondurmag‘il.
Hoy beklar, yondim,
Beklar, yondim.
Beklar, dedim.
Toza guldur,
Yondurmag‘il.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling