O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


Munozara janrining ilk ildizlari qaysi adabiy yodgorlikda uch- raydi?


Download 2.59 Mb.
bet156/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

Munozara janrining ilk ildizlari qaysi adabiy yodgorlikda uch- raydi?

  • Yevropa adabiyotidagi munozara janriga qisqacha tarif bering.

  • Fors adabiyotidagi munozara janri haqida qisqacha ma’lumot bering.

  • O'zbek adabiyotidagi munozara janri haqida ma’lumot bering.

  • Bu munozaradan kulgi qo‘zg‘atuvchi manzaralarga misol kelti- ring

  • Bangning haqiqiy qiyofasi qaysi usullar orqali ochiladi?

  • Amiriy soxta donolikni qay yo‘sinda fosh qiladi?

    Yaqiniyning “O‘q va Yoy” munozarasi
    Reja:

    1. Yaqiniyning tarjimai holiga oid kuzatuvlar.

    2. 0‘q va Yoy” munozarasining tuzilishi. Munozaraga boshqa asarlaming ta’siri.

    3. 0‘q va Yoy” munozarasi va uning 0‘g‘uz xon haqidagi voqea- larga aioqadorligi.

    4. Yaqiniy - ulkan ijodkor.

    5. 0‘q va Yoy” munozarasining mazmuni va maqsadi.

    Tayanch so‘z va iboralar: munozara, forscha she’r, ingliz sharq- shunos olimi, baytlar, qissa, ramziy alomat, ilohiy tushuncha.
    Yaqiniyning tarjimai holiga oid kuzatuvlar. 0‘zbek adabiyoti ta- rixida munozara janrida katta iz qoldirgan ijodkorlardan biri Yaqiniydir. Yaqiniy to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumot Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” asarida bor. Shuningdek, Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida XV asming birinchi yarmidagi mashhur va istedodli shoirlar qa- torida Yaqiniyni ham eslatib o‘tadi.
    Yaqiniyning tarjimai holiga oid ma’lumotlarga aniqlik kiritish uc- hun yana “Majolis un-nafois”dagi yondosh ma’lumotlarga va “0‘q va Yoy” munozarasidagi dalillarga murojaat etish maqsadga muvofiqdir. “0‘q va Yoy”da Yaqiniy “hazrati sayyid ul-ahror” Qosim Anvorga hur- matini izhor qilish bilan birga, uning ikki misra forscha she’ridan keltira- di va “qaddasa Allohu sirrahu” deya uning vafot etganiga ishora qilib ke- tadi. Navoiy ham “Majolis un-nafois” asarida Qosim Anvor to‘g‘risida so‘z yuritganda, u olamdan o‘tganini eslatadi. Qosim Anvor 835\1431- 32 yiliarda vafot etgan. Yaqiniy Qosim Anvor to‘g‘risida so‘z yuritib, uning she’ridan keltirgan ma’lumotdan shuni anglash mumkinki, “0‘q va Yoy” munozarasi Qosim Anvor vafotidan keyin; 1435-1450-yillar oralig‘ida yozilgan. Agar bu munozara XV asming ikkinchi yarmida, ya’ni Navoiy hayotligida yozilganda edi, Yaqiniy Navoiyni esiamasligi mumkin emas edi. E. Rustamov Navoiy “Majolis un-nafois”da Yaqiniy laxallusli ikki shoir to‘g‘risida to'xtalgani haqida “XV asming birinchi yarmida o‘zbek she’riyati” (Uzbekskaya poeziya v репоу polovine XV veka.) nomli kitobida yozadi. Ulardan biri, Navoiyning e’tirof etishicha, yaxshi shoir edi. U Sulton Husayn Boyqaro saroyida xizmat qilgan, har- biy yurishlardan birida yarador bo'lib, olamdan o‘tgan. Ikkinchi bir Ya- qiniy to‘g‘risida Navoiy shunday yozadi: “Mavlono Yaqiniy - timdroq mashrabli kishi erdi. Turkiy va forsiy shc’r aytur erdi. Turkchasidan bu matla’ni ko‘p mubohotlar bila o‘qur erdikim:

    Download 2.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   237




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling