O‘zbek adabiyoti tarixi (Eng qadimgi davrlardan XV asrning hirinchi yarmigacha)


‘g‘uz uchta o‘qni bergan o‘g‘illaridan paydo bo‘ladigan qabilalar- ni


Download 2.59 Mb.
bet159/237
Sana02.06.2024
Hajmi2.59 Mb.
#1835179
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   237
Bog'liq
O\'zbek adabiyoti tarixi. Raxmonov N. (1)

0‘g‘uz uchta o‘qni bergan o‘g‘illaridan paydo bo‘ladigan qabilalar- ni uchuqlar deb atadi; bu so‘z “uch o‘q” deganidir. Keyin 0‘g‘uz shun­day buyruq berdi: “Bu uchala o‘g‘lim va uning avlodlari qo‘shinning chap qanotiga boshchiiik qilsin...Yoyn.i olgan o‘g‘illarim podshohga tengdir; o‘qlarni olgan o‘g‘illarim elchi darajasidadir”142.
Yaqiniyning “0‘q va Yoy” munozarasidagi qariya bilan navqiron yigitga berilgan yurt shu nuqtai nazardan sharhlanadigan bo‘lsa, masala bir qadar oydinlashadi. Qariyaga izzat-hurmat yuzasidan o‘ng qo‘l to- monni - borong‘omi, yigitga so‘l qo‘l tomonni - javong‘omi berdilar. 0‘g‘uz xon afsonalaridagi harbiy terminlaming maqsad-mohiyati va ma’nosi sharqona odob tushunchasini ifodalovchi so‘zlar bilan almas- hadi.
Mirzo Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi” kitobidagi 0‘q va Yoy bi­lan bog‘liq voqealar “Jome’ut-tavorix”dagi voqealarning aynan o‘zidir. Bu kitobda ham o‘q - elchi, kamon - podshohdir13v Mirxond yozadi: “Turklarda buzuqlaming darajasi uchuqlamikiga qaraganda yuqoridir. Chunki ularda o'q - elchini, yoy - shohni gavdalantiradi”. Xondamir ham o‘q bilan yoyni Mirxond singari talqin qiladi. Yana Xondamir bilan Mirxondning yozishlaricha, O‘g‘uzxon buzuqlarga qo‘shinning o‘ng qa- notini (ya’ni borong‘omi), uchuqlarga chap qanotni (ya’ni javong‘omi) boshqarishni topshirgan.
Shajarayi turk”da O‘q va Yoy talqini zaminida ilohiy tashuncha yotadi. Abulg‘ozining yozishicha, O‘q bilan Yoy Tangrining amri bilan osmondan O‘g‘uz va uning nasliga ramziy alomat sifatida vuborilgan, ya’ni O‘q va Yoy osmondan yuborilgan.
O‘q va Yoy timsoli Firdavsiyning “Shohnoma”sida, Yusuf Ami- riyning “Dahnoma”sida, Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy”sida bor. XV asrda Yaqiniydan keyin “O‘q va Yoy” munozarasini fors-tojik adabiyotida Badriddin Hiloliy davom ettirdi. Hiloliy “Shohu darvesh” (1499-15O8-yillar oralig‘ida yozilgan) dostonining XV- XV11 boblarida Yoy va O‘q tavsifiga e’tibor qaratib, har ikkalasining munozarasini tas- virlaydi. Kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, Hiloliyning munozarasiga Yaqiniyning ijodi kuchli ta’sir etgan143.
Yaqiniy - ulkan ijodkor. Navoiy “Majolis un-nafois”da bergan ma’lumotdan Yaqiniyning turkiy va forsiyda yaxshi she’rlari bor ekani ma’lum bo‘ladi. Yuqorida aytganimizday, “O‘q va Yoy”da muallifi kel- tirilmagan turkiycha va forscha she’rlar Yaqiniynikidir.

Download 2.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling