O`zbek adabiyoti tarixi O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi qaysi davrlarni o`z ichiga oladi?


Download 44.05 Kb.
bet1/6
Sana08.06.2020
Hajmi44.05 Kb.
#116268
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
o`zbek adab tarixi


O`zbek adabiyoti tarixi


O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi qaysi davrlarni o`z ichiga oladi?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. 6-bet

Eng qadimgi davrlardan XIX asr o`rtalarigacha

XIX asr II yarmidan XX asming 20-yillarigacha

1930 yildan hozirgacha

Eng qadimgi davrlardan XX asr o`rtalarigacha




Milliy uyg`onish davri o`zbek adabiyoti tarixi qaysi davrlarni o`z ichiga oladi?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. 6-bet

XIX asr II yarmidan XX asming 20-yillarigacha

Eng qadimgi davrlardan XIX asr o`rtalarigacha

1930 yildan hozirgacha

Eng qadimgi davrlardan XX asr o`rtalarigacha




Yangi o`zbek adabiyoti qaysi davrlarni o`z ichiga oladi?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. 6-bet

1930-yildan hozirgacha (6-bet)

Eng qadimgi davrlardan XIX asr o`rtalarigacha

XIX asr II yarmidan XX asming 20-yillarigacha

Eng qadimgi davrlardan XX asr o`rtalarigacha




“Badoye ul-vaqoye” asarining muallifi qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. 7-bet

Zayniddin Mahmud Vosifiy

Badriddin Hiloliy

Mirxond

Nuriddin Abdurahmon Jomiy




“Majmuat ush-shuaro” asarining muallifi qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. 8-bet

Fazliy Namangoniy

Davlatshoh ibn Baxtishohi Samarqandiy

Qutb Xorazmiy

Bobur




Quyidagi baytda qanday san`atlar qo`llangan? Quyosh oydek yuzingning xijlatindin, Qochib , to`rtinchi ko`k uzra chiqibtur.

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. 9-bet

tashxis, tashbeh

tashbeh, tazod

tazod, tashxis

tashbeh, tarde aks




Arablar istilosidan so`ng yurtimizda arab yozuvi joriy etilgan bo`lsa-da, temuriylar davriga qadar qaysi yozuvdan foydalanildi?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. 15-bet

uyg`ur

oromiy

so`g`d

turkiy run




Arab tilida yirik tazkira yaratgan Abu Mansur as-Saolibiyning “Yatimat-ad dahr” asari necha qismdan iborat?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. 15-bet

4

5

3

2




O`rta Osiyoda nash`u namo topgan ijod ahliga bag`ishlangan “Yatimat-ad dahr”ning oxirgi faslida 124 adibdan 48 nafari qayer farzandlari hisoblanadi?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. 18-bet

Buxoro

Hirot

Samarqand

Shosh




Qaysi adabiy atama grekcha hisoblanib, dunyoning paydo bo`lishi, tabiat hodisalari, xudolar va pahlavonlar haqidagi to`qima afsonalar ma`nolarini anglatadi?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. 19-bet

mif

afsona

asotir

simvol




Qaysi xudo «Avesto»da bitmas-tuganmas kuchga ega bo`lgan pahlavon sifatida gavdalantiriladi?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. 20-bet

Mitra

Anaxita

Gershasp

Kayumars




Qadimgi Turon va Eron xalqlari orasida keng tarqalgan Kayumars afsonasining mufassal bayoni va uning turlinusxalari haqida kimning asarida ma`lumotlar beriladi?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. 21-bet

Abu Ja`far Muhammad bin Jariy Tabariyning “Ta`rixi Tabariy”

Jomiyning “Bahoriston”

Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog`a”

A.Fitratning “O`zbek adabiyoti namunalari”




Mifologiyaga ko`ra, Ahura Mazda tomonidan yer yuzida yaratilgan ilk odam kim?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. 22-bet

Kayumars Gaya Martan yoki Gavomard

Ahura Mazda

Jamshid

Gershasp



Qaysi afsonada ajdarni yengib, kishilarni uning halokatidan qutqargan qahramon tasvirlanadi?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. 24-bet

Gershasp afsonasi

Elikbek afsonasi

Jamshid afsonasi

Xubbi afsonasi




Xorazm mifologiyasiga ko`ra suv xudosi sifatida talqin qilingan obraz qaysi?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. 25-bet

Xubbi

Faridun

Jamshid

Elikbek




Qaysi asardagi og`zaki adabiyot namunalarining ko`pi mavsum qo`shiqlari va tabiat manzarasiga bag`ishlangan she`rlar?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. 28-bet

M.Qoshg`ariyning “Devonu lug`otit turk”

“To`maris” rivoyati

“Shiroq” rivoyati

Zarina va Striangiya eposi




Xalq og`zaki ijodidan samarali foydalangan qaysi ulug` shoir o`zining mashhur asarida Rustamni bosh qahramon darajasiga ko`taradi va unga bag`ishlangan go`zal doston yaratadi?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. 41-bet

A.Firdavsiy

A.Jomiy

A.Navoiy

Fuzuliy




«Avesto»da Siyovarman deb atalgan , mifologik xudo obrazi sifatida tasvirlangan qahramon kim?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. 41-bet

Siyovush

Spitamen

Shiroq

Rustam




Tarixchi Narshaxiyning ma`lumot berishicha, kimning sharafiga aytilgan qo`shiqlar xalq o`rtasida “mug`lar yig`isi” deb yuritilgan?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. 42-bet

Siyovush

Afrosiyob

Kayxusrav

Shiroq




Qaysi javobda dariy tilida 30 tomlik kitob yozgan ijodkor nomi to`g`ri ko`rsatilgan?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. 56-bet

Abulfayzi Bayhaqiy

Abdulloh ibn Muslim

Majididdin Muhammad ibn Adnon

Najibuddin Samarqandiy




«Odamush - shuaro» («Shoirlarning odam atosi») deya ta`riflagan ijodkorni aniqlang.

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. 58-bet

Rudakiy

Daqiqiy

Abulabbos Marvaziy

Umar Hayyom




Qaysi asar yuksak badiiy ahamiyatga ega bo`lgan yirik hajmli ilk turkiy doston bo`lishi bilan bir qatorda, qoraxoniylar davri tarixi, etnografiyasi, madaniyati, tili va adabiyotini o`rganish uchun ham qimmatli adabiy manba hisoblanadi?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. 83-bet

“Qutadg`u bilig”

“Devonu lug`otit turk”

“Qissasi Rabg`uziy”

“Hibat ul haqoyiq




Dunyo tepib haqni suygan topdi murod, Haq sharobin ichkan oshiq shavqi ziyod. Qiyomat kun kazzoblarning yuzi uyot, Yolg`onchilar haq yodini etkoni yo`q. Ushbu misralar muallifini aniqlang.

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. 83-bet

A.Yassaviy

A.Yugnakiy

A.Navoiy

A.Jomiy




“Qisasi Rabg`uziy”asarida qaysi obrazda orif kishisiymosi mujassamlashtirilgan?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. 111-bet

qarinchqa

Bilqis

Dovud

Sulaymon




Turkiy g`azalning ilk namunasi qaysi asar tarkibida kelgan?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. (113-bet

“Qisasi Rabg`uziy”

“Qutadg`u bilig”

”Devonu lug`otit turk”

“Shohnoma”




Umar Xayyomning izidan borib, ruboiy janri nafisligini oshirishda buyuk salafidan so`ng dong taratgan ijodkor kim?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. (117-bet)

Pahlavon Mahmud

Xusrav Dehlaviy

Muhammad Avfiy

Jaloliddin Rumiy




Qaysi ijodkor lirikaning 16 janrida qalam tebratgan?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. (124-bet)

Navoiy

Rabg`uziy

Jomiy

Husayniy




Tuyuq qaysi vaznda yoziladi?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. (125-bet)

ramali musaddasi maqsur

ramali musammani mahzuf

hazaji musaddasi maqsur

hazaji musammani solim




Turkiy adabiyotda noma janriga asos solgan ijodkor nomi to`g`ri ko`rsatilgan javobni aniqlang.

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. (125-bet)

Xorazmiy

Burhoniddin Sivosiy

Navoiy

Jomiy




Turkiy tilda “Xamsa” yozish an`anasini davom ettirgan marog`alik shoir kim?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. (127-bet)

Mavlono Ashraf

Lohuriy

Haqiriy

Durbek




O`zbek shoirlarining nomachilik bobidagi yutuqlari qaysi ozarbayjonlik shoirni «Dahnoma» asarini yozishga ilhomlantirgan?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. (128-bet)

Xatoiy

Xorazmiy

Ganjaviy

Fuzuliy



Kim Sharofiddin Ali Yazdiyning «Zafamoma»si asosida turkiyda o`n ming misra hajmidagi qahramonlik dostonini yozgan?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. (129-bet)

Lutfiy

Jomiy

Mas`ud ibn Ahmad

Navoiy




XV asr o`rtalaridan XVII asrgacha bo`lgan davrda kimning asarlari asosida «Badoyiul-lug`at» kitobi vujudga kelgan?

Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. (129-bet)

Navoiy

Jomiy

Faxri Hirotiy

Firdavsiy




Shayx Ahmad Taroziyning she`riy janrlar, san`atlar, qofiya, muammo hamda turkiy aruzga doir risolalarini o`zida mujassam etgan kitobi qaysi? Vohidov R., Eshonqulov H. O`zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent, 2008. (129-bet)

“Funun ul balog`a”

“Risolai qofiya”

“Badoyi` us-sanoyi` ”

“Risolai muammo”

Download 44.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling