O’zbek Adiblari
Download 1.65 Mb.
|
O\'zbek adiblari
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAHMUDXO’JA BEHBUDIY (1875-1918)
O’ZBEK ADIBLARIMUHAMMADSHARIF SO’FIZODA (1869-1937)Muhammadsharif So’fizoda 1869 yilning 29 yanvarida Namangan viloyati, Chust tumanida hunarmand-kosib oilasida tug’ilgan.Otasi Egamberdi So’fi pichoqchilik, charx tortish ishlari bilan mashg’ul bo’lgan. Onasi Zaynab xola xohishiga ko’ra u qo’shnisi Manzura otindan xat-savod o’rganadi, eski maktablarda ta’lim oladi. U Hofiz, Bedil, Alisher Navoiy, Muqimiy va Furqat kabi allomalar ijodini chuqur o’zlashtirib, she’rlar mashq qila boshlaydi. Turkistonda chiqadigan «Turkiston viloyatining gazeti» kabi Qozon, Orenburg va Boqchasaroyda chiqadigan ro’znoma, oynomalar bilan qiziqadi. Boku va Tiflisda chop etilgan ozor tilidagi asarlarni mutolaa qiladi. 1893—1898 yillarda u Qo’qonda yashab, Muqimiy, Furqat ta’sirida «Vahshiy» taxallusi bilan hajviy asarlar yaratadi. Ayniqsa, uning «Dakaning», «Bedanang», “Ayting bu so’zimni”, «O’pay», «Beg’ubor dardu olam» kabi hajviy va lirik g’azallari e’tiborga loyiq edi. MAHMUDXO’JA BEHBUDIY (1875-1918)Buyuk ma’rifatparvar adib, alloma va jamoat arbobi Mahmudxo’ja Behbudiy 1875 yili Samarqand shahrida muftiy oilasida dunyoga keldi. Ziyolilar oilasidagi muhit undagi adabiyotga, siyosatga, ma’rifatga bo’lgan qiziqishini tezroq ro’yobga chiqishiga yetakladi. Uning otasi islom huquqshunosligi bo’yicha yirik mutaxassis bo’lib, bu borada ko’plab kitob va risolalar yaratgan edi. Bu o’z navbatida Mahmudxo’jaga o’z ta’sirigi o’tkazmay iloji yo’q edi. Keyinchalik bu haqda u o’z maqolalaridan birida otasi ta’lim bergan «Hidoya» (Islom huquqiga sharhlar) asarining uning taqdirida muhim rol o’ynaganligini bejiz qayd etmaydi.Mahmudxo’ja Behbudiy adabiyot, tarix fanlari qatori siyosatshunoslik bilan ham jiddiyshug’ullanadi. Ro’znoma va oypomalardan jahonda sodir bo’layotgan siyosiy voqealar bilan yaqindan tanishib boradi. Behbudiy adib sifatida o’zining «Padarkush» dramasini yaratgan Bundan tashqari, Behbudiy o’zbek va tojik tillarida ikki yuzdan ortiq maqola va asarlar yaratgan. Jumladan, «Muntahabi jug’rofiyai umumiy» (1903 yil, «Qisqacha umumiy jug’rofiya»), «Kitobul atfol» (1904 yil, «Bolalar uchun kitob»), «Muxtasari tarixi islom» (1904 yil, «Islom qisqacha tarixi»), «Amaliyoti islom» (1905 yil), «Rossiyaning qisqacha geografiyasi» (1908 yil) kabi darsliklar, kitoblar yozgan. Uning maqolalari 1901 yildan boshlab «Turkiston viloyatining gazeti», «Taraqqiy», «Hurshid» chop etilgan.. S. Ayniy: «Jafokash shoir Behbudiyning nomini musulmon Sharqi hurmat bilan tilga oladi, chunki u 20 yil mobaynida o'zining ongi va insoniy qadru qimmatini bilgan barcha mavjudotni erkin hayot, nur va ma’rifat uchun kurashga chorlab keldi». Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling